US:2004

Annual Report on Human Rights

Country Reports on Human Rights Practices  - 2004
Released by the Bureau of Democracy, Human Rights, and Labor
February 28, 2005

www.state.gov

 

Uzbekistan

…Uunregistered opposition party Erk, which split into three factions and became much less active since mid 2003The leaders of three of the four unregistered opposition political parties--Mohammed Solikh of Erk, Abdurakhim Polat of Birlik, and Babur Malikov of the Free Farmers Party--remained in voluntary exile.

 

…Ro’yxatga olinmagan Erk partiyasi 2003 yilning o’rtalarida  uch qismga bo’linib ketgan va faoliyati sustlashgan…

Ro’yxatga olinmagan uch partiyaning liderlari – Muhammad Solih, Erk partiyasi, Abdurahim Po’lat Birlik, va Bobur Malikov, Ozod dehqonlar partiyasi-ixtiyoriy qochoqlikdalar.

 

 

SAVOL: AQSH Davlat Departamentining Inson huquqlari borasidagi 2004 yil yakunlari haqidagi hisobotida “Muhammad Solih, Abdurahim Po’lat va Bobur Malikovlarni “ixtiyoriy qochoqlikda”(Tarjimani “Birlik” sahifasidan topdim) deb yozilgan. Buni qanday tushunish mumkin? (Shoira, 2005 yil, 1 Mart)

 

JAVOB: AQSH Davlat Departamentining 28 Fevral kuni e’lon qilingan mazkur hisoboti nihoyat haqiqatni o’rtaga qo’ydi.

Men 1994 yilda “Liderlarning o’rni Vatandadir!” degan bir maqola yozgan edim va kimki o’zini liderlikka da’vogar, deb bilsa, Vatanda turishi kerakligini uqtirgandim. Bu maqolamni “Birlik”ning “Mustaqil haftalik” gazetasi birinchi sahifasidan e’lon ham qilgan edi.

Men o’shanda hukumat oddiy odamlarni qamatishi va yo’qotib yuborishi mumkin, ammo bir partiyaning yoki harakatning liderini bir umr qamoqda ushlab tura olmaydi, u baribir xalqaro bosim ostida ozod etiladi va prezidentlikka loyiq lider bo’ladi, qamalgan, qamalayotgan, o’ldirilayotgan ko’plab odamlarni qutqarib qoladi, degan mantiqdan kelib chiqqan va 29 yillab qamoqda o’tirib, keyin prezident bo’lgan Mandella kabi haqiqiy liderlarni, o’zini emas, xalqni o’ylagan qaharmon liderlarni misol keltirgan edim, ulardan ibrat olishga chaqirgan edim.

Chunki Ga’rbda issiqqina uylarda o’tirib, shohona hayot kechirib, yurgan bilan va hatto keyin bir kun borgan bilan xalq ularga ergashmaydi! Liderlikka da’vogar bo’lmasa, xoxlagan joyida, xoxlagan sharoitida yashashi mumkin. Ammo o’zini “liderman”, muxolifatga yetakchiman, deb jar solmoqdami, uning o’rni Vatanda bo’lishi kerak, u qamoqdan, quvg’indan qo’rqmasligi lozim. Uning o’rniga boshqalar qamoqda o’tirishini yoki o’zgalar yelib yugurishini u esa tayyor oshga bakovul bo’lib qaytishini o’ylasa xato qiladi. Hali ham kech emas, haqiqiy liderlikka da’vogarlar bo’lsa, Vatanga qaytsinlar, botqoqqa botib ketayotan yurtni qutqarsinlar va rejimga qarshi bo’lgan kuchlarni birlashtirib, maydonlarga olib chiqsinlar va shundan keyin prezident bo’lsalar, halol bo’lsin! Aks taqdirda “liderlik” ular uchun pul topish manbai, grantlar olish bahonasi bo’lib qolganini yana bir karra isbot etadilar!

SAVOL-JAVOB bo’limidan: