JAHONGIR MUHAMMAD
O’zbekiston
tanqid ostida
Ma’lumki,bugun AQSH Davlat Departamenti inson huquqlari bo’yicha
navbatdagi yillik hisobotni e’lon qildi.
Avvalo shuni ta’kidlsh kerakki, AQSH Davlat Departamenti inson
huquqlari bo’yicha e’lon qilgan hisobotning O’zbekiston qismi yuz sahifalik
o’rtacha bir kitobdan ko’proqdir. Bu "O’zbekiston
yakkahokim, fuqaro huquqlari cheklangan davlatdir" degan satr bilan
boshlanadi.
Garchi mamlakat
Konstitutsiyasi boshqaruvni qonunchilik, ijro va sud o’laroq uch mustaqil
tarmoqlarga ajratgan bo’lsada amalda prezident Islom Karimov butun hokimiyatani
markazlashtirib, bir qo’lda to’plab olgani, mamlakatdagi butun siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot ustidan qattiq nazorat o’rnatgani
ta’kidlanadi.
Shu asnoda 2002
yilda Prezident muddatini 5 yildan 7 yilga uzatish borasida o’tgan
referendumning adolatdan yiroq bo’lgani, erkin o’tmagani aytilar ekan, Oliy
Majlis a’zolari deyarli prezident tomonidan tayinlanadigan bir vaziyat
mavjudligiga urg’u beriladi.
Prezidentga tobe bo’lgan Ichki Ishlar vazirligi politsiya
vazifasini bajarish bilan birga, siyosatga ham xo’jayinlik qiladi. Sobiq KGBning davomchisi bo’lgan MXX ham yakkahokim boshqaruvning
erkin firkni bostirish quroliga aylangan.
Hisobotda mamlakatda inson huquqlari vaziyati juda yomonligi qayd
etilar ekan, odamlarning eng oddiy huquqlari ham qo’pol tarzda toptalgani
borasida ko’plab misollar keltiriladi. Fuqarolar o’z hukumatlarini tinch
yo’l o’zgartirish huquqidan mahrum qilinganlar, odamlarni bo’hton va isbotlanmagan ayblar bilan qamash, mahbuslarni, ayniqisa
siyosiy mahbuslarni qiynoq, iskanjaga tobe tutish, hatto qiynab o’ldirish
hollari ham davom etmoqda.
Mamlakatda mahbuslarni saqlash sharoiti juda ham yomon.
Ichki Ishlar va MXX xodimlari nafaqat mahbuslarga
balki istagan odamga tazyiq o’tkazadilar, qamaydilar, qiynoqqa soladilar va
ularning barcha insoniy huquqlarini mensimaydilar.
Hisbotda diniy
tashkilotlarga a’zolikda ayblanib qamalgan va qamoqda
o’ldirilgan kishilar haqida to’la ma’lumot berilgan. Shuningdek, yo’qolib
qolayotgan odamlar haqida yozilar ekan, qamoqxonada, tergov jarayonida, yoki
uyidan olib ketilganidan keyin ularning dom-daraksiz yo’qolib qolish hollariga
hukumat ko’z yumish bilan o’z xayrixohligini ko’rsatib kelayotgani hisbotda
alohida urg’ulab o’tiladi.
O’zbekistonda to’qima ayblar bilan qamalgan kishilarni qiynqoqa
solib oz’lari qilgmagan ayblara iqror qildirish, so’ngra uzoq muddatli jazo
berish yoki otuvga hukm etish an’anasidan voz kechilgan emas.Hisobotda bu
boradagi ko’plab misollardan bir qanchasiga o’rin berilgan.
Hukumat har
qanday dinga moyil bo’lgan odamni jazolashni yo’lga qo’yish bilan fuqarolarning
vijdon erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy va
O’zbekiston rahbariyati imzolagan Xalqaro hujjatlar qoidalarini qo’pol ravishda
buzib kelayotganiga diqqat tortiladi.
Muxolifatdagi
partiyalar va guruhlarga nisbatan hukumatning
murosasizligi qattiq tanqid ostiga olinadi. Sud tizimining
hukumat qo’g’irchogi bo’lib qolayotgani chidab bo’lmas darajadagi
adolatsizliklar yuz berishiga olib kelmoqda.
Odamlarning
mulklariga, oilalariga, uy joylariga va hatto
maktublariga qadar tajovuz qilish O’zbekistonda oddiy holga aylangan. Bu boradagi barcha erkinliklar toptab kelinmoqda. So’z va matbuot erkinligi keskin cheklangan. Matbuotga
turli yo’llar bilan ta’sir etish davom etayotir. Muxolifatning
mamlakat ichida barcha nashrlari ta’qilangani kabi tashqarida hozirlanadigan
web sahifalariga qadar ta’qiq qo’yilgan.
Odamlar tinch yo’l bilan namoyishlar o’tkazish huquqidan mahrum
etilganlar. Namoyishga chiqqanlarga hukumat mansublari hujumlar
uyushtiradlar, tazyiq o’tkazadailar va hatto yashash
joylarida ularni quvg’inga oladilar.
Hisobotda siyosiy huquqlarning toptalayotgani ham ko’plab misollar
bilan isbotlab beriladi. Partiyalarni ro’yxatga
olmaslik uchun hukumat har qanday nomaqbul yo’llarga kirayotgani afsus bilan
qayd etiladi.
Xalqaro
tashkilotlar va O’zbekistondagi nohukumat
tashkilotlarning qiyin vaziyatga tushganlari alohida urg’ulangan holda, xotin
qizlar, bolalar, nogironlarning huquqlari toptalayotgani va oqibatda inson
savdosining avj olgani tahlil qilib beriladi.
Bir so’z bilan aytganda AQSH Davlat Depatamentining Inson huquqlari
bo’yicha yillik hisobotida O’zbekiston hukumatining haqiqiy tarjimai holi
dunyoning ko’z o’ngiga olib chiqilgan.
("Amerika ovozi", 25-26 Fevral,
2004 yil)