JAHONGIR
MUHAMMAD
DIN
VA DAVLAT
Buhronlarning oldini olish xalqaro guruhining 10 Iyulda (2003)e’lon qilgan navbatdagi hisoboti Markaziy Osiyoda din va davlat- Islom va hokimiyat masalasiga qaratilgan bolib, bugun yuzaga kelgan vaziyat tahlil qilinadi va mavjud buhroniy holatdan chiqish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi.
Buhronlarning oldini olish uchun Markaziy Osiyodagi hukumatlar o’zlarining Islom dini borasidagi siyosatlarni qayta ko’rib chiqihslari kerak, deyiladi, jumladan hisobotda. Yetmish yil davomida Sovet boshqaruvi Islom dinini butunlay ta’qiqlab tashlay olmagan bo’lsada dunyoviylik siyosatini ilgari surib keldi.
Mustaqillikdan keyin esa Islomga bo’lgan intilish juda kuchaydi va o’z navbatida boshqaruv bilan ziddiyatga tushadigan guruhlar yetishib chiqdi. Bunday ziddiyat turli to’qnashuvlarga olib keldiki, bunda hukumatlarning ham qattiqqo’llik bilan olib borgan siyosatlari ta’sir aks ta’sir yo’lini ochdi. Jumladan, musulmonlarga qarshi kuchli qatag’onlar dastlab O’zbekistonda yuz berdi.
Ta’qibga uchraganlarning
ko’plari Tojikistonga va so’ngra Afg’onistonga o’tib
ketdilar. Shu zayl
Tojikistonda fuqarolar urushidan keyin Islom uyg’onish partiyasining hukumat tarkibidan o’rin olishi vaziyatni ancha yumshatdi. Lekin bugunga kelib Tojik hukumati "Hizbu at Tahrir" kabi guruhlarga qarshi murosasiz kurash boshlatgan. Bu holatni Qirg’iziston va Qozog’istonda ham kuzatish mumkin.
Turkmanistonda esa vaziyat yana ham achinarli bo’lib hamma narsa, jumladan din ham Saparmurod Niyozovning shaxshiga sig’inishga yo’naltirilgan.
Markaziy Osiyoda Islom dinini Sovet usullari bilan nazorat qilishga urinilmoqda.Buni O’zbekiston eksremistik repressiv yo’l bilan qilayotgan bo’lsa, Qirg’iziston esa bir qadar yumshoqlik bilan amalga oshirmoqda. Islomga ikki xil qarash shaklangan. Birinchidan, hukumatlar Islomiy oqimlar va harakatlarni mavjud konstitutsiyaviy tuzumning dushmani deb bilsalar, ikkinchidan islomiy qadriyatlarni o’z mavqelarini mustahkamlashda mafkura o’laroq qo’llanmoqdalar.
Ayni paytda barcha majitlar va imomlarning faoliyati nazorat qilibgina qolinmasdan, imomlar va diniy ulamolarni tayinlashni ham hukumatlar o’z qoliga olgan. Oqibatda Islom dinini o’rganish ham oqsab qolmoqda. Oddiy xalq orasida hukumat qo’ygan imomlarga ishonchning yoq’ligi odamlarni boshqa radikal oqimlar tomon yetaklamoqda. Vahobiylik kabi oqimlarning paydo bo’lishida xuddi anashi singari omillar ham borligini inkor qilmaslik kerak.
Markaziy Osiyoda Islomga nisbatan mavjud hokimiyatning munosabati buhronlar tug’ilishi uchun sabab bo’layotganini ta’kidlagan xalqaro tashkilot, jumladan O’zbekiston hukumatiga bunday vaziyatdan chiqsh yo’llarini ham ko’rastadi.
Masalan, din borasidagi qonunlarni xalqaro talablar darajasiga chiqarish, din erkinligini ta’minlash, diniy ta’limga ruxsat berish, machitlar va madrasalarda diniy ta’limga yo’l ochish, diniy tashkilotlarni ro’yxatga olishni madaniy darajag ko’tarish kabi tavsiyalar anashular jumlasidandir.
Shungdek, diniy peshvolarning yozganlarni erkin nashr qilish, Diniy boshqarmalarning mustaqilligini ta’minlash, Islomning noan’anaviy yo’llariga qarshi primitiv Sovet usuli bilan kurashdan voz kechib, zamon yo’nalishida bahs maydoni uchun o’rin berish, diniy qarashlari uchun qamalganlarni avf etish va majburiy iqrorlar hamda qiynoqlarga berham berish, hukumat tarkibida dinni yaxshi biladiganlar sonini ko’paytirish va umuman diniy ishonchni hurmat qilish, qadrlash kabi imkonlar borki, mavjud boshqaruv buni idrok etib, amalga oshirsa, tabiiyki buhronlarning oldini olgan bo’ladi.
(Vashington, 2003 yil, 11 Iyul)