Jahongir MUHAMMAD
AFSUS…
Ma’lumki, 2004 yilning 4-Yanvarida Af’goniston Konstitutsiyasi qabul qilindi.Yuz bergan muhim voqealardan biri o’zbek tilida ko’p gaplashiladigan mintaqalarda bu tilga rasmiy til maqomi berilganidir.Shu munosabat bilan radioda o’sha kuni aytgan gaplarimizga va web sahimamizda e’lon qilingan maqolaga turli munosabatlar bildirildi. Kimdir qutlasa, kimdir bu u qadar katta voqea emasligiga urg’u berdi. Jumladan, janubiy turkistonlik qalamkashlardan Zikrillo Ishonch shu munosabat bilan yozgan xatida shunday deydi:
"JANUBIY TURKISTON O'ZBEKLARINI O'YLAB, G’AMKHO'RLIK QILIB,YOZGAN OTASHIN MAQOLANGIZNI O'QIDIM. BU UCHUN SIZGA KATTA RAHMATLAR AYTAMAN,QALAMINGIZGA QUVVAT BERSIN. LEKIN,"LOYA JIRGA "KO'Z BO'YAMACHILIKDAN BOSHQA
NARSA BO'LMADI.QONUNNING O'NLAB GAPIRILMAGAN YOXUD, KAM GAPIRILGAN NUQTALARI QOLIB KETDI.O'ZBEKLAR MENIMCHA HECH QANDAY HAQ-HUQUQ OLAOLMAY CHIQDILAR.O'ZBEK VAKILLARI "BIZ AFG’ONMIZ"-DEGAN QORA HUJJATGA QO'L QO'ISIB,SHARAF BILAN QULLIK ZANGIRINI BO'YINLARIGA OSISHIB,MAJLISDAN CHIQDILAR...AFSUS."
Ha, ko’p odam shu gapni aytmoqda. Afsus. Lekin haqiqatning ko’ziga tik qaraydigan bo’lsak, masalaning uchhta muhim ahamiyati bor.
Birinchidan, o’zbek tiliga rasmiy til maqomi berilishi Afg’oniston tarixida ilk marta yuz bedri.
Ikkinchidan,Loya Jirga Afg’onistonda demokratiya boshlanganini ko’rsatdi.Toliblar yoki Sovetlar istilosi davrida ham bu masalani ko’tarish mumkin emas edi. Hatto uncha-buncha mamlakatdaham bugun biror oz sonli xalq o’z ona tilini rasmiylashtirish uchun oliy kengashda ochiq tortisha olmaydi.
Uchinchidan, O’zbek tlining mavjudligini tan olish o’zbeklarning mavjudligini tan olishdir va bu istiqlol yolini ochidi.
Endi bugungi biz yana qul bo’lib qoldik, tushunchasiga qaytsak, xo’sh Janubiy Turkistonda yoki Shimoliy Afg’onistonda bugun mustaqillik uchun zamin mavjudmi? Agar o’z holiga qo’ysa ertsga yana Do’stim tomonidagilar bilan Muhammad Atta tarafdorlari bir-birini o’qqa tizmaydi, deb kim kafolat bera oladi?
Afg’oniston olovlar ichida qolganda shimol mustaqil davlat kabi ayrilib qoldi, lekin oyoqda tura olmadi va tarixiy haqiqat bu zaminda mustaqillik uchun hali ko’p suv oqishi kerakligini isbotladi.
Boshqacha aytganda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart sharoitlarni hamda yuzaga kelgan bugungi vaziyatni bir joyga qo’yganda bugun mustaqillik haqida talab qlish eshakning qulog’iga tanbur chertganday gap bo’lib qolar edi. Ammo o’zbek tiliga rasmiy til maqomini qabul qildirish bu mustaqillik uchun qo’yilgan ilk mustahkam qadam va Loya Jirgada erishilgan katta g’labadir.
Prezident Karzay Loya Jirga minbaridan turib "Men endi Oz’bek tilini o’rganaman" deb va’da berdi. AQSHda va bir qator ga’arb mamlakatlarida darhol Afg’onistondagi o’zbek tilini o’rganishga, bu borada o’zlariga qo’llanma tayyorlashga kirishdilar.
Biz esa qullikni bo’yinga olib, afg’on bo’ldik, deb o’tiraversak, bori ham g’og’ozda qolib ketadi. Ammo qog’ozdagini amalga kechiradigan pashtunlar va yoki tojiklar emas, o’zbeklarning oz’lari bo’lishlari kerak.
Konstitutsiyani qurol qilib, kitoblar nashr etishni, maktab ochishni, o’qituvchilar tayyorlashni, gazetalar, jurnallar chiqarishni, radio va televideniye tashkil qilishni, san’atni oyoqqa qo’yishni o’ylash zarur va bugun bu ishlar uchun butun dunyo yordamga qo’l cho’zadi. Boshqacha aytganda o’zga ellarda don terib yurgan minglab o’zbeklarga millat yo’lida xizmat qilsih uchun va xirmon choshlash uchun katta jabha ochildi.
Toliblar rejimi davrida o’zbekman deb aytishga qo’rqib qolib, ona yerlarini tark etishga majbur bo’lganlar haliga qadar chet ellarda yashamqodalar va qaytishni ham o’ylamayotirlar. Ularni ayblashdan yiroqmiz. Lekin ularni Vatan da’vat emoqda va qaytishlari uchun imkoniyatlar mavjud. Agar ular qaytsalar va Konstitutsiyada berilgan zarradek imkoniyatni ulkanlashtirib amalga oshirsalar, ana undan keyin istiqlolga yo’l ochiladi. Oddiy haiqiqat shu!
Afg’onistonlik bir kishi "bugungi avlod qurolni vatan, qurolni ona, qurolni kelajak deb biladi" degan edi. Unday bo’lsa umid beshikdagi bolada ham emas, tug’iladigan zuryodda ekan-da. Ana bunga afsus deyish kerak. Ha, afsus, o’z ona tili ulug’langan kunda sevina olmagan dillarga va o’z ona tlini istiqlolning tamal toshiga aylantirish uchun jabhaga otilmagan erlarga afsus...
(2004 yil, 11 Yanvar)