JAHONGIR MUHAMMAD
HAMKORLIK
VA XAVOTIRLAR
Jizzaxlik Inson huquqlari
kurashchisi, O'zbekiston Inson huquqlari jamiyatining Jizzax viloyat kengashi
raisi Baxtiyor Hamroyevdan bir maktub oldim. Unda, jumladan, shunday deyiladi:
"Dilshod degan 15 yoshli yigitni mirshablar qiynagani haqida xabar
tarqatgan edik. Vaziyat qanday ekan, bir xabar olay, deb borsam, onasi nima
deydi deng:"Mirshablar kelib, bu pravozashitniklar(inson
huquqlari himoyachilari-JM) bilan aloqa qilmanglar, ular vatan xoinlari,
ehtiyot bo'linglar deb ketishdi". O'zbekistonda
dahshatli jamiyat qurib bo'lindi. Uzluksiz tazyiqlar,
qo'shnilardan "bu vahobiy" deb ko'rsatma olishlar, internetni uzub
qo'yishlar tinmayapti. Jamiyatimizning olti nafar a'zosi qamoqda....
Ma'lumki, AQSH prezidenti Bush O'zbekiston
rahbari Islom Karimov nomiga yo'llagan va
Bu AQSH Davlat Kotibi Kolin Powel 18 Sentyabr
kuni O'zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni qabul qilgan
marosimda ham ta?kidlandi.
Shundan kelib chiqib
tomonlar uzoq muddatga mo'ljallangan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
Ayni payda Qo'shma Statlar
O'zbekistondagi inson huquqlari masalasini ham diqqatdan qochirayotgani yo'q. Masalan, Davlat Departamenti hali yaqinda
qamoqlardagi qiynoqlar va sirli o'limlarni jiddiy
ravishda tekshirib chiqishni talab qildi.
"Yaqinda,-deyiladi AQSH hukumati
siyosatini aks ettirgan va "Amerika Ovozi" Radiosida 2002 yilning 14
Sentyabrida eshittirilgan bosh maqolada,- Jasliq
qamoqxonasida Mirzakomil Avazov va Husniddin Olimovning o'lgani bilan bog'liqi
olingan xabarlar tashvishlidir. Ikkala shaxs ham qamoqda ekan, qiynoqqa solinib
o'ldirilganga oxshaydi. O'zbekiston hukumati, ular, mahbuslar
orasida ro'y bergan janjal natijasida halok bolganini da'vo qilmoqda. Avazov, diniy radikalizmni tashviqlovchi materiallar tarqatganlik
aybi bilan, 1999nci yilga 16 yilga qamalgandi. Olimov
esa, foaliyati man etilgan "Hizb at Tahrir" a'zosi ekanligi aybi
bilan 20 yil qamoqqa hukum qilingan edi. Ular, sharoiti qattiq ekanligii
va butun qamoqdagilar, ayniqsa diniy tushunchalari
sababli qamalganlarni qattiq qiynoqqa solinishi bilan do'ng'i ketgan Jasliq
hibsxonasida ushlab turilgandilar. Avazovning jasadida,
qiynab o'ldirilganligi alomatlari korilgani aytiladi. O'zbekiston hukumati,
Avazov va Olimov-lar o'limining sabablari
tekshirilganini da'vo qilmoqda. Lekin, AQSH va Yevropa
Ittifoqi O'zbekiston hukumati, bu masalada qoniqarli ish bajarmagani
qanoatidair. President Islom Karimov, o'lganlar masalasi barvaqt va ishonarli ravishda tekshirib chiqilishi uchun, darhol
buyruq berishi darkor. Ana shu o'lim hodisasi yoki,
qamoqdagilarga qo'pal muomala qilganlikda ayblanayotganlar, ochiq sudda
muhokama etilishi kerak."
Shunga qaramasdan, bir
qator xalqaro tashkilotlar O'zbekistonda inson huquqlari qo'pol tarzda
buzilayotganidan ko'z yumilayotganini aytmoqdalar.
Bu mavzuda Urush va
Tinchlik xalqaro taqdqiqotlar insituti O'zbekiston Inson huquqlari jamiyati
raisi Tolib Yoqubov bilan muloqot nashr etgan. Tolib Yoqubov
keyingi kunlarda
Human Rights Watch tashkilotining ijrochi
direktori Elizabeth Andersen shu munosabat bilan e'lon qilgan bayonotida
Yo'ldosh Rasulov darhol ozod qilinishi kerak edi, unga qo'yilgan ayblar
isbotini topmadi va sud siyosiy mahkama bo'lganini
o'zi isbot etdi, dedi.
Sentyabr oyining dastlabki
kunlari Xorazm viloyatida ichki ishlar xodimlari tarafidan fuqaro Havojon
Bekjonovaga nisbatan qilingan tajavuz ham tekshiruvlarsiz qolayotgani tashvish
uyg'otmoqda.
Inson huquqlari
kurashchilarini diniy tashkilotlarga aloqadorlikda ayblash O'zbekiston sud
tizimida an'anaga aylanib bo'lgani esa bot-bot aytilayotgani bilan biror chora
ko'rilmayotir.
Bir qator inson huquqlari tashkilotlarining
a'zolari, jumladan, 16 sentyabr kuni Qashqadaryoda inson huquqlari
kurashchilari Jo'ra Murodov, Musulmonqul Hamroyev va
Norpo'lat Rajapovlarning uzoq yillarga qamoqqa jo'natilgani ham
Ilgari O'zbekiston rahbarlarining Vashington
safari oldidan ijobiy odimlar otilgan bo'lsa, endi O'zbeksiton Tashqi ishlar
vaziri Vashingtonda hujjatlar imzolayotgan, BMT da O'zbekiston nomidan nutq
irod qilayotgan, Amerikaliklarni to'plab ziyofat berayotgan kunlarda Toshkentda
va Qashqadaryoda inson huquqlari kurashchilari ustidan hukmlar o'qildi.
Anashularning ta'siri bo'lsa kerakki,
AQSHdagi eng nufuzli ro'znomalardan hisoblangan "Vashington post"da
20 Sentyabr kuni Amnesti Internationalning ijrochi direktori Oq uy Iroqqa
qarshi tadbirlar olishda Xalqro Amnesti tashkilotining hisobotlarini, matbuotdagi
chiqishlarni ham diqqat markazida tutganini eslatar ekan, O'zbekiston
masalasini ham ilgari surdi.
U agar Prezident Bush Iroq rahbariyati inson
huquqlarini oyoq osti qilayotgani haqidagi hisobotlarimizni e'tiborga olgan
bo'lsa, u holda O'zbekiston, Rossiya va Columbiyadagi vaziyat haqidagi
tashvishlarni ham jiddiy ravishda qabul qilishi kerak, bu mamlakatlarda
AQSHning harbiy yordamidan foydalanilgan holda, inson huquqlari oyoq osti
qilinmoqda, deb yozdi.
Xulosa qilib aytganda, esa
barcha mamlakatlar chetdagi har qanday masalaga o'z manfaatlari nuqtai
nazaridan qarashlarini yodda tutish kerak. O'zbekistonda inson huquqlari yaxshilanishi birinchi
navbatda xalqning, uning vakillarining harakatlari bilan amalga oshadi. Xalqaro jamoatchilikning ta'siri esa oddiy ta'sirdir. Kimgadir t'asir qiladi, kimgadir esa "pashsha tepganday"
gap bo'lib qolaveradi. Xalq bu yo'lda jon fido
qilayotgan kurashchilarni himoya qilsa, himoyachilarning o'zlari o'zaro
birlashsalar, nizolardan ustun tursalar, muxolifatmiz deganlar esa tarqoqlikdan
qutulsalargina ilgari qarab odim bo'ladi. Aks taqdirda g'oyibdan kelgan
kuchning mo'jizasini kutish bilan vaqt o'tib ketaveradi, xuddi 11 yil qanday
o'tgan bo'lsa, Baxtiyor Hamroyev alam bilan aytganidek, dahshatli rejimning
ildizlari chuqurlashib boraveradi.
(2002 yil, 21 Sentyabar).