JAHONGIR
MUHAMMAD
O'JARLIK
VA
INJIQLIK
HAQIDA
Murosa va kelishuv tufayli kop narsaga erishiladi, deb aytiladi.
Lekin inson fe'li-xiyida shunday xususiyatlar borki ular murosa va kelishuvni rad etish uchun ishlaydi. Masalan, O'jarlik ...
Xarakterimizdagi bu belgi har doim bo'rtib turadi.
O'zbek degani o'ziga bek, o'ziga xon degan ma'nolarni tashiydi, deb
ba'zan g'urur bilan yozamiz. Lekin o'jarlik ko'pincha anashu o'ziga
beklik va o'ziga xonlikni yemirib kelayotganini esa
o'ylab ham ko'rmaymiz.
Men o'jarman. Buni bilaman va tan
olaman. Ayniqsa, keyingi yillarda xarakterimdagi bu belgini
yengishga ko'p urinaman. Ammo ba'zan jilov qo'limdan chiqib ketadi va yoki o'jarlik ustunlik qiladi.
O'jarlik nima o'zi? Bu kalimaning
mohiyatiga nazar solsak, bir qancha ma'noni o'zida mujassam etgan. Masalan, o'jar deganda qaysar, boshqalarning gapiga quloq
solmaydigan, o'z fikriga yopishib olgan, o'z bilganini ma'qullaydigan kishi
tushuniladi. Qaysarligimini odimma-odim yengib
kelayapman. Boshqalarning gapiga quloq solmasligim esa
hali ham mavjud. Agar quloq solganimda bugun Amerikada
yurgan bo'lmasdim. O'z fikrimga yopishib olish ham
yo'qolgani yo'q. To'g'risi o'z fikrimni hurmat
qilishim uchun uning ustivorligi haiqda qayg'uraman.
Ayni paytda o'z fikrini o'tkazishga uringan, o'z rejalaridan
qaytmaydigan, fikrida sobit turadigan odamlarni ham o'jar deymiz. O'z fikrini o'tkazihsga urinishning ikki turi mavjud. Kimdir
bilgan narsasisni boshqlar ham bilihsini istaydi va
o'z fikrini ilgari suradi. Kimdir bilmagan narsasini
bohsqalarga uqtirishga urinadi.
Hra holda keyingisidan ancha yiroqman.
O'jarlik
kalimasiga yuklangan uchuncu ma'no esa, boshqalarning iziga yurmaydigan, asov va bo'ysunmaslikning ifodalashidir. Bu esa
Men. Hech qachon bu fe'limdan qutula olmasam kerak.
Meni ba'zan, avval falonchi bilan birga bo'ldi, keyin
falonchiga ergashdi, deb gapiradiganlar bo'ladi. Bunga
mening xarakterim yo'l bermaydi. Agar Karimovga
ergashganimda bugun kamida Oliy Majlisning raisi bo'lib o'tirgan bo'lardim.
Lekin birovga bo'ysunib, qul bo'lib, o'z fikridan voz kechib
Oliy Majlisning raisi bo'lishdan, erkin bo'lib, oddiy fuqaro tarzida qolishni
afzal ko'raman. O'jarligimning bu jihatini hech narsaga almashtirmayman!
Hammaning ham anshunday voz kechmas jihatlari bor. Lekin umumiyatla
agar o'jarlik prinsipial masalalar hal etilganda jilovga olinmasa bu salbiy
oqibatlarga olib keladi.
Masalan, Islom Karimovning muxolif fikr sohiblari bilan kelisha
olmasdan o'jarlikni ustun qo'yishi O'zbekistonni yaqin kelajakda chiqishi mumkin
bo'lmagan yo'lga soldi. Yoki muxolifat liderlarining
o'z oralarida kelishaolmasliklari ularni boshqa mamlakatlarning fuqarolari
bo'lishlari tomon yetakladi. Yoki ahamiyatsiz
masalalar paytida o'jarlik jilovdan chiqib ketsa yaxshilikni boshlab kelmaydi.
Buni "Birlik" web sahifasidagi "Mehmonlar kitobi"da
so'kinishda o'zini tiya olamslik oqibati xorijdagi o'zbekistonliklarni yuz
ko'rmas holga tushirganidan bilish mumkin.
Yaqinda bir do'stimga "Men o'jarman" deb yozsam, u
"Men ham o'jarman va hamda injiq hamman" deb javob qaytardi.
Xo'sh injiqlik nima? Injiqlik
uncha-bunchani yoqtirmaydigan, uncha- bunchaga ko'nmaydigan, tabiati nozik
odam, deganidir. Bundaylarni mijg'ov ham deyishadi.
Ko'chma ma'noda ishlatilganda esa bu kalima ters, aks
xaraketrni ifodalaydi. Lekin haligi do'stim kalimaning
bu ma'nosini bilmasdan o'zini injiq degan edi. Unda
injiqlikdan ham ko'proq o'jarlik mavjud edi.
Xarxasha qilish ham injiqlikning bir turidir. Shu o'rinda
bir rivoyat yodga tushdi:
Hotamtoy, Injiq va Vakil haqida. Bir Injiq qiyin vaziyatga
tushib qoladi. Unga yordam qo'lini cho'zgan Hotamtoy uning huzuriga
Vakilni yuboradi va uning ochdan o'lmasligini ta'min
etadi. Keyin Hotamtoyning o'zi har borganida Injiqqa katta
ulush tashlab qaytadi. Ammo bir kun Hotamtoy va
Vakilning o'rtasida yo'llar ayriladi. Vakil Injiqqa
Hotamtoyni yomonlay boshlaydi. Injiq ham uni qo'llab bir kun Hotamtoyning yoqasidan oladi. Hotamtoy
qo'l siltab ketib qoladi. Nimaga Hotamtoyga nisbatan
nonko'rlik qilding, deb so'rasalar, "Mening og'ir kunimda u emas, Vakil
meni qutqazdi" degan ekan Injiq.
Bu rivoyat esa injiqning aks xarakterli bo'lishiga bir dalildir.
Buni nega yozayapsanu nima keragi bor, deyishingiz mumkin.
Gap shundaki, juda ko'p katta millatlar o'z xarakterlaridagi
anashunday belgilarni nafaqat aniqlab chiqqanlar, balki, ilmiy asosda o'rganib,
chorasini ko'rish yo'llarini ham belgilaganlar. Shu
sababdan ham ular siyosat bilan hayotni ajrata oladilar. Siyosatda bir-biriga raqib bo'lganlar hayotda bemalol gaplashib
ketaveradilar. Kichik bir manfaat uchun katta narsani
boy bermaydilar.
Katta millatlar o'z xarakterlaridagi anashu kabi belgilarni
o'rganib, masalan, ta'lim tarbiyani shunga qarab yo'naltirishadi.
Maktabdayoq raqiblik, siyosat, bellashuv, tanqidga chidamlilik nima ekanligi
o'rgatilib, o'jarlik va injiqlik kabi xususiyatlarni
nazorat qilish immuniteti hosil qilinadi, yoshlarda.
Men millatimizning xarakterini chizib berishga ojizman. Bu ko'pchilkning ishi. Men ko'rgan narsani
boshqa odam ko'rmaydi. Boshqa odam ko'rganini esa men
ko'rmayman. Ammo men o'z xarakterimdagi belgilarni
ko'rishga urinmoqdaman. Men ojarman, dedim. Demak bu
mening nazoratimda turishi kerak bo'lgan belgi. Lekin
men injiq emasman. Sizchi? Bu
haqda o'ylab ko'rdingiz-mi? Ummon qatralardan
boshlanishini hisobga olsak, bu chizgilar balki ilk qatralardir?!
(Vashington, 2002 yil, 19
Sentyabr.)