JAHONGIR MUHAMMAD

 

KARIMOVNING TEGIRMONIGA

KIM SUV QUYMOQDA?

 

Usmon Haqnazarov(?)imzosi bilan O’zbekistondagi "klanlar" haqida yozilgan maqolani "Birlik" va "ERK" nomli web sahifalarni yurituvchilari ko’zlariga to’tiyo qilishmoqda. Yilning eng yaxshi tahlili, deb o’z sahifalarida targ’ib qilishmoqda. Bu maqola O’zbekistondagi barcha jonoyatlarga Karimov emas, boshqalar aybdor, degan chalg’ituvchi fikrni odamlarga singdirishdan boshqa emas. Faktlari chalkashliklardan iborat bo’lishi va muallifning masalani yaqindan, ichdan bilmasligi, eshitganlariga asoslanib yozganligi sezilib turganiga qaramasdan bu maqolaning "diqqat tortishi" esa mahalliychilk tarafdorlari hali ham ko’pligini ko’rsatmoqda.

Gap Jo'rabekov va yoki Alimovda emas, bundaylar Samarqand yoki Toshkentni tamsil qila olmaydilar ham. Gap anashunday jallodlarning jallodboshisi Karimovdadir. Kecha Turon g'oyasini o'ldirganlar bugun Turkiston g'oyasini chegaralarga mina to'shab portlatib yubormoqdalar,yer parchin qilmoqdalar. Yana ham tubanlashib ertaga mahalliychilk qilichi bilan millatni butunlay parchalab tashlamoqchilar.

Bu mavzuda 1999 yilda "Ozodlik" radiosidagi chiqishimda o’z fikrimni o’rtaga qo’yganman va bugun ham u o’z aktualligini yo’qotmagani uchun uni o’qib chiqishingizni taklif etaman.

Maqolalar ro’yxatiga qarasangiz oxirroqda "O’zbekistonda klanlar bormi?’ degan nom bilan turibdi.

O’qib chiqsangiz, "Karimovning tegirmoniga kim suv quymoqda?" degan savolga javob topasiz.

(Vashington,2003 yil, 4 Yanvar).