JAHONGIR
MUHAMMAD
TALABSIZ TALABALAR
"Bugun, 2003 yil 24
Mart kuni Samarqandda Chet Tillar oliygohi talabalari o'z rektorlari Yusuf
Abdullayev ishdan olinishiga qarshi bosh ko'tardilar".
(Xabarlardan)
Talabalar nima uchun millatni,
ya'ni ota-onalarini emas, balki rektorni himoya qilib ko'chaga chiqdilar?
Hammamiz ham talaba bo'lganmiz. Biror bir talabaning rektor bilan
ishi yo'q. Nari borsa muammosini dekan bilan hal
qiladi. Rektorni esa bayramlarda yoki katta
majlislarda uzoqdan ko'rib qoladi. Yoki xizmat
mashinasida g'izzillab o'tib ketganini ko'chada ko'rib qoladi. Ammo
talabalar zulm iskanjasida qolgan ota-onalarini har kun
ko'radilar. Bir burda nonini o'zi yemasdan, talaba bolasiga bergan, maktabda o'qigan
go'dagiga yangi kiyim xarid qilolmagan, ish qidirib is topolmagan, ish topganda
maoshini ololmagan ota-onasining dardlaridan xabarlari bor. Zulm bois quv'ginga
olinganlar, qamoqdagi azoblar haqida ham u yoq, bu yoqdan eshitib turadilar.
Matbuot va televideniyedagi yolg'onlardan bezillab
qolganlar.
Buning ustiga xorijiy tillar
oliygohining talabasi tashqi dunyodan ham xabrdor. Millati, ya'ni ota-onasining
hayotini taqqoslab ko'rishi uchun misollari yetarli. Dunyo
xabarlarini ham xorijiy matboutdan olib turadi. Ba'zan
oliygoh yo'llanmasi bilan chet ellarga ham borib keladi.
Ma'lumki, bugunga qadar dunyodagi
barcha isyonlar ortida talabalar turgan, ularning harakatlari katta
oz'garishlarga olib kelgan. Hech
kimning kuchi yetmagan diktatorlarni ham talabalar, yohslar yiqitganlar va bugun ham dunyoning ko'p mamlakatlarida talabalar
jamiyatning yetakchi kuchu hisoblanadilar.Ammo Oz'bekistonda bu kuchni yanchib
tashlash 1991 yil Yanvarida
Shunday ekan, Samarqandda chet
tillar oliygohining talabalari rektor Yusuf Abdullayevni ishdan olishgani uchun
nega isyon qildilar? Nega
ko'chaga chiqdilar va hokimlikka qadar borib, hatto
derazalarni sindirdilar? Buni uyg'onish deya baholaganlar ham
bo'lmoqda. Afsuski, bu uyg'onmaslikning, hali ham
uyqudalikning yorqin bir ifodasi.
Birinchidan, Yusuf Abdullayev faqulloda bir arbob emas. U xalq orasidan chiqib xalq
dardini ko'targan, bugungi rejimga qarashi bosh ko'targan rahbar ham emas.
Uning butun faoliyati bugungi hukumatning siyosatini
qo'llashga qaratildi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetidan
boshlab hukumatning Moskvadagi vakolatxonasiga va
T'alin vazirligidan rektorlikka qadar qayerda ishlamasin hukumatga sodiqligini
namoyish etdi. Lekin bu hukumat vaqti-vaqti bilan o'ziga sodiqlarning ham
"boshini tanasidan judo" ( tanasi vazifasi
ma'nosida tushunilsa ayni muddao bo'ladi-JM) qilib turadi.Sodiq rahbarni ishdan
olsalar buni dushmanlarim qilmoqda va prezidentim bilmaydi deb o'ylaydi Yoki
o'zini shunday o'ylashga majbur qiladi va perzidentiga bildirishning yo'llarini
qidiradi. Bu isyon anashunday yo'llardan biri.
Ikkinchidan, umr bo'yi hukumatda ishlab, pishib ketgan rahbarlar, ayniqsa
komsomoldan chiqqan va kommunistik partiya ta'limini
olganlar o'z atroflariga o'z odamlarini to'plashni biladilar. Ularning o'rniga keladigan yangi rahbar bu odamlarni quvib,
o'zinikini olib kelishini ham yaxshi tushunadilar. Bunga
xalq "ratatsiya" deb nom qo'ygan."Ratatsiya"ga tushganlar
anashunday kezda nima qilishni o'ylaydilar. Samarqand
misolida Abdullayevdan keyin ketishi kerak bo'lganlar talabalarni qo'llanib,
ko'chaga olib chiqqanlar. O'lmagan jondan umid! Oddiy
haqiqat shu. Aks taqdirda talabalar rektorni emas, o'zlariga undan ham
yaqinroq bo'lgan ota-onalarining manfaatalarini himoya qilib ko'chaga chiqqan
bo'lardilar.
Uchinchidan, ularning rektorni o'z o'rniga tiklash talabini
jamiyatning pishib yetilgan talabi deb aytolmayman. Jamiyatning pishib yetilgan talabi
bilan, ya'ni "Prezident iste'foga ketsin", "Biz demokratik,
adolatli va erkin saylovlar istaymiz!" "Matbout
erkinligi, so'z erkinligi, ishonch erkinligini istayamiz!"
"Biz islohotlar istaymiz, yolg'onga chek qo'yishni, adolatni tiklashni
istaymiz!". "Mirshbalar kalatklayotgan
o'ta-onalarimiz, suddan adolat topolmayotgan yurtdoshlarimizni bu kuyga
solayotganlar hukumati bilan birga daf bo'lishini istaymiz",
"Jamiyatni poraxo'rlik botqog'iga botirganlar yo'q bo'lsin!" kabi
talablar bilan chiqishganda men ularga qoyil qolgan va
ofarin degan bo'lardim. Ammo talabalarning talabsiz isyonlari
bu fojiadan, ya'ni ularni qo'llanish davom etayotganidan darak, ya'ni ular hali
mustaqil kuchga, ongli harakatga aylanmaganlaridan darak.
(Vashington, 24 Mart, 2003 yil).