JAHONGIR MUHAMMAD

 

 

 

UNIVERSAL SHOIR

 

 

 

Institutda O’zbek tilini o’rganayotgan amerikalik talabam “Xalq so’zi” gazetasining  shu yil 3 martdagi sonini oldimga qo’ydi va bosh barmog’i  bilan bir yozuvni ko’rsatib “Bu shoir nima uchun Ozbekiston Qaharamoni unvonini olgan?” dedi. Men gazetaning bu sonini oldin korgan edim. Kinoya bilan “Bizda xalq podsholarni, podsholar esa shoirlarni sevadi. Saroylardan hech qachon shoir oyog’ uzilmagan” demoqchi edimu ammo u savoliga javob kutmasdan Amerikadagi holatni anglatdi: “Bu erda eng yuksak unvon Faxriy medal bo’lib Amerika tarixining misli ko’rilmagan buyuk qahramonlariga beriladi va uning sohiblarini xalqimiz haqiqatdan ham sevadi va qadrlaydi. Ikki yuz yil davomida 12 kishiga berilgan bunday unvon” dedi.

“Xalq so'zi” gazetasida shoir Abdulla Oripovning ismi-sharifi yozilgan edi. Uning O’zbekiston Axborot agentligi tarafidan tarqatigan  “Bedorlik” deb nomlangan she’ri “O’zbekiston Qahramoni” tituli bilan bosilgandi. Xayol surib turganimni ko’rgan talaba “Balki bu kishi O’zbekiston Mustaqilligi uchun kurashgandir?” deb so’radi.

Musatqillik arafasidagi kunlarnu esladim. Abduulla Oripov SSSR xalq deputati edi va boshqa bir deputat Telman Gdlyanning O’zbekistonga, o’zbek xalqiga tuhmatlari masalasi SSSR Oliy soveti sessiyasida kun tartibiga keltirildi. Chkalov zavodinig ishchisi Odilov, jurnalist Muxtorov va boshqalar o’zbeklarni himoya qilib sozga chiqdilar. Ammo Gdlyanning tarafdorlari kopchilik edi. Yana O’zbek xalqiga malomat toshlari ota boshladilar.  Majlis tong saharga qadar davom etdi.Markaziy Televideniye davomli ravishda o’zbek deputatalar o’tirgan qatorlarni korsatar va  Abdulla Oripovning  masalaga loqayd qarab otirishi meni ajablantirar edi. Balki “Nechun tim qarodir arman kozlari’ deb yozgan sherida o’z qavmi bolgan turklarni qoralab oqlagan birodarlaridan malomat eshitayotgani uchun ezilayotgan bolsa kerak, deb oylardim. Lekin shu narsa aniqki, SSSRni parchlash zaminini hozirlagan bu sessiyalarda O’zbek deputati Abdulla Oripov bir marta ham sozga chiqmadi. Lekin O’zbek televideniesiga interviyusida bu holga izoh berib “Bu mahmadanalar buyuk davlatimizni parchalamoqchilar” dedi.

Xayolimdan anashu manzaralar otar ekan talabam sumkasidan “Sharq Yulduzi” jurnalini chiqardi. 1984 yil 11 soni ekan. Ha, o’sha 1984 yilda SSSRning poydevoriga suv ketgani ayon bolib qolgandi. Shoir zoti hamma narsani oldindan koradigan boladi, deydilar. Balki o’sha paytda bizning bugungi Qahramon shoirimiz Abdulla Oripov biror narsa bashorat qilgan bolsalar degan umid paydo bo’ldi ko’nglimda. Talabam 23- sahifani ochib, shoirning “U Tirik” saralvhali sherini oqishimni istadi.

 

Otdi insoniyat murg’ak zamondan,

Endi u shubhagar bir yoshga etdi,

Leninning nomi ham endi tamoman,

Timsol tushuncaga aylanib ketdi.

 

Kordim, qo’hna Rimda qamaldi bir zot,

Amaldor ekan u, lekin muttaham.

Soddadil bir ishchi dedi shu zahot’

“Bundoq bolgan emas Lenin sira ham.”

 

Kecha yon qoshnimiz- inqilobchi chol,

Korsatdi shikoyat to’la daftarin,

So’ng dedi yiroqqa termulib behol:

“Yig’ilb qolgandi dilda gaplarim.”

 

Ha, Lenin har kimga hamdam, hamsafar,

 U bilan basharning bir erur dardi,

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,

 Lenin olgan bolsa nima bolardi?

 

Lenin yashamasa agar vijdonda,

Kim ham kurashlarda bo’lardi sherik?!

Yaxshiyam, g’alvali vaqtu zamonda,

Lenin oramizda yuribdi tirik!

 

Ha, bu satrlar yozilganda oshkoralik va qayta qurish nafaslari sezilayotgan payt edi.  Biz shoirni ayblamaymiz. E’tiqodda har kim erkin. U Leninni sevsa, bu dunyo Leninsiz do’zzax ekanligiga ishonsa bu uning e’tiqodi.  Shu nuqtai nazardan Uning Ozbekiston Komfirqasini jannat beshigi, deb yozgan satrlarini ham tushunish mumkin.  Lekin uning Hoji  Orif taxallusi bilan yozgan she’rlari boshqa bir olam va “Xalq sozi” gazetasining shu yil 3 martadagi sonida bosilgan she’r  ham o’zicha bir dunyo. Kim biladi, balki universal soirlar dunyosidir bu dunyo!

Xullas gazetdagi she’rdan sakkiz qatorini oqiymiz:

 

Istiqlol, sadag’ang ketay, istiqlol,

Buncha og’ir ekan qutlug’ yo’llaring,

Ishonay, duch kelsa, agar yov qattol,

Burda burda qilsin uni qollaring.

 

Men esa, istiqlol, yaloving tutib,

Metin saflaringda sobit keturman.

O’tgan shahidlarning nomin yod etib,

Yurtboshim yonida bedor o’turman.

 

Javob o’rniga yana Abdulla Oripovning bosga bir she’ridan  to’rt satr oqiyman.

Bu uning bolalarga nasihati.

 

Har kimga o’z davrin yo’rig’idir yor,

Mayli tap tortmagil sen ham har ishdan.

Bolam, faqatgina bir o’tinchim bor,

Hazar qilsang basdir harom harishdan.

 

Talamabning ko'zlariga boqdimda, “O’zbekning bir maqoli bor” dedim. Va uni biroz o’zgartirdim: “Shoirning aytganini qilu  qilganini qilma. Aks taqdirda qahramon bo'lasan!”

 

(“Ozodlik” radiosi 1999 yil).