JAHONGIR MUHAMMAD
SHARAFSIZLIK
1999 yil 16 fevralda yuz bergan
7 Fevral kuni BMTning maslahatchi organi hisoblanmish inson huquqlari xalqaro Ligasining ijroiya direktori Louise Kantrow O’zbekiston prezidenti Islom Karimov nomiga yo’llagan maktubi bu "sharafsizlik"ning ko’lami naqar kengligini yana bir bor ko’rsatdi. Birgina o’tgan yilning ikki oyida olti kishi o’limga hukm qilinibdi.Ularning necha yoshdaligini qarasangiz Islom Karimovning ishtahasi qanchalik hakalak otganiga guvoh bo’lasiz. Mazkur tashkilot rahbari o’limga hukm qilingan bu olti kishi masalasi xalqaro jamoatchilik orasida jiddiy tashvish uyg’otganini ta’kidlab, prezident Islom Karimovdan bu qotillikni to’xtatishni talab qilgan. Chunki tashkilot o’z manbalariga asoslanib, bu insonlarning aybi isbotlanmagan, degan xulosaga kelgan.
Hukmni tasdiqlash va yoki tasdiqlamaslik vakolatida bo’lgan prezidentning navbatdagi qurbonlari manabular:
Iskandar Xudoyberganov, 28(!) yoshda, Toshkent shahar sudi tomonidan 2002 yilning 28 Noyabrida oliy jazoga hukm etilgan,
Azamat O’tayev, 21(!) yoshda, 2002 yilning 28 Iyun kuni Qoraqalpog’iston oliy sudining hukmi bilan o’lim jazosi olgan, Yevgeniy Gugnin, 21(!) yoshda va Ilhom Karimov u ham 21(!) yoshda, har ikkalasi ham 2002 yilning 28 Oktyabrida Toshkent shahar sudi tomonidan o’limga hukm qilingan.
Abror Isayev,
18(!) yoshda va Nodirbek Karimov, 22(!)yoshda, 2002 yilning 23 dekabrida
Bu o’n gulidan bir guli ochilmagan navqironlar nima qildilaru nima qilmadilar menga qorong’u. Ammo Inson huquqlari xalqaro Ligasining xulosasiga ishonchim komil.Chunki O’zbekistonda qiynoqlar, iqrorni qabih "Vishshinskiy" usli bilan olish "gullab –yashnagan".
Inson huquqlari xalaro Ligasi 18-28 yosh orasida bo’lgan bu shaxslar suddan olingan qiynoq, iskanjaga ma’ruz qolganlari, ulardan qattiq bosim o’tkazish yo’li bilan iqroq haqida ko’rsatma olingani, hatto bu haqda sudda bayonot beraman, desalar ham quloq solinmaganini ta’kidlagan holda bunday harakatalar BMTning Qiynoqlarga qarshi Bitimining 15 moddasiga mutloq xilof tushihsini alohida urg’ulaydi.
Ayni paytda o’limga hukm qilingan bu shaxslarning yaqinlariga ham bosim o’tkazilgani, tergovchilar shu yo’l bilan mahbuslarning bo’yinlariga ayb ilganlari qayd etilar ekan, bunday holga ko’z yumib bo’lmasligi aytiladi.
Maktubda qiynoq va iskanjalar O’zbekistonda odatiy holga aylangani, jumladan bu masala 2001 yilning Mart oyida BMTning Inson huquqlari komitetida muhokama qilinganiga qaramay jidiy chora-tadbir olinmagani ta’kidlanadi.
O’zbekiston hukumatining o’tgan yili BMTning qiynoqlar masalasi bilan shug’ullangan maxsus vakil ham O’zbekstonda qiynoqlar sistematik tarz kasb etganini e’lon qilgani amalda hukumat aniq tadbirlar olmayotgani va qotilliklar bevosita o’zining faoliyatiga aylanganini tan olishini ko’rsatadi.
Shungdek, qiynoqlar haqidagi gaplar tasdig’ini topayotgani va begunoh odamlar o’ldirib yuborilmasligini oldini olish maqsadida prezident Karimovdan bu masalaga bevosita aralashish so’raladi.
Maktub shungdek, O’zbekiston Inson huquqlari ombudsmani Sayyora Rashidova, O’zbekiston Oliy sudu raisi Aminjon Ismatov, Bosh prokuror Rashid Qodirov, Ozbekiston inson huquqlari Milliy markazining rahbari Akmal Saidovga ham yuborilgan. Aslida ular xalq tarafida turib xalqning farzandlarini qotillardan asrashlari kerak bo’lgan odamlar. Ammo bu sahnada ularning o’zlari jallodlik rolini o’ynamoqdalar. Himoyani esa xalqaro tashkilot bajarmoqda.
Turkmanboshidek jallod o’lim hukmini muzalatgan. Hatto, eng ashaddiy raqibi qo’lga olinganda ham bu aqidasini buzmadi. Demak, bu biznikilar Turkmanboshidan ham tuban ketganlarini ko’rsatmaydimi?
Bir begunoh insonni o’ldirish sharfsizlik bo’lsa, o’nlab, yuzlab begunoh insonlarni o’ldirishning nomi nima ekan?!
(Vashington, 10-fevral, 2002
yil).