JAHONGIR MUHAMMAD

 

"OTA"LAR

VA "BOLA"LAR

 

 

 

O’zbekiston Mustaqil bo’lgandan beri Qo’zog’iston bilan Abadiy do’stlik haqida bir necha marta shratnoma imzoladi. Abadiy do’stlik qayta-qayta imzolangan shartnomalar bilan emas, amaldagi harakatlar bilan ustivor bo’lishini hayot yana bir bor ko’rsatdi. Islom Karimov "Turkiston yagona uyimiz" deyishni yaxhsi ko’rsa, Nursulton Nazarboyev "Biz bir oilaning bolalarimiz" deyshni yoqtiradi. Lekin yagona uyning u xonasidan bu xonasiga o’tishda qurolli askarlar turadigan bo’ldi va adashib o’tib qolsangiz, hatto oyog’ingizdan emas, boshingizdan otishadi.

Shu yulning 6 noyabrida O’zbekistonning Toshkent rayoni va Qozog’istonning Sariog’och tumani chegarasida yuz bergan fojia oldingilari kabi siyosatadagi ikkiyuzlamachilikning hayotdagi ifodasidir. Shu kuni kechqurun Sariog’och tumanining Jibek Joli qishlog’ida yashovchi Elmurat Bayturg’unov mollarini uyidan 50 metr naryog’dan otadigan chegara atrofidan haydash uchun o’tganida o’zbek soqchilari tarafidan otib o’ldirildi. Otilganda ham boshiga otilgan. 31 yoshli marhumning 4 bolasi chirqillab qoldi. O’zbek chegarachilari marhumni kontrabandachi edi, deb rasmiylashtirishdi. Lekin tekshuruvlar bu yolg’on ekanligini ko’rasatdi.

Qo’zog’iston hukumati aralashgandan keyin O’zbekiston tomoni oradan bir kun o’tib voqea joyiga tekshiruv o’takazdi. Oldin ham Bo’stonliqda shunday voqea yuz bergandi. Oqibat esa aniq, ikki xalq orasiga rahna solinmoqda.Bugun Qozoq ro’znomalariga razm solsangiz o’zbeklar haqida iliq gap topolmaysiz, O’zbekiston gazetalari ham nafaqat Qozog’istondagi qozoqlar va balki mamlakat ichidagi qozoqlar hayotidan tashvishli xabarlardan boshqa narsa yozmaydigan bo’ldilar.       

Mamlakatlar yakkahokim, bir kishinig qovog’iga qaragan rejim bo’lganiga qaramay prezidentlarning do’stlik haqidagi gaplari amalda dushmanlik urug’iga aylanib ketayotanini qanday tushunihs mumkin?Nahotki, bir oilaning farzandlari "ota"lari olgan qarorlar bilan bir-birlariga begona bo’lmoqdalar, hatto g’anim bo’lmoqdalar?

Masala shunga qadar borib yetdki, chegaradagi qishloqlarda mustqail davlatlar e’lon qilina boshlandi, prezidentlar saylashga kirishildi. Tabiiyki, bu hollar darhol bostiirlmoqda. Lekin bu bir qarashda kulgili tuyulgani bilan aslida fojiadan darak. Chunki bu- shu joylarda yashovchi insonlarning bir isyoni. Bu- bugungi boshqaruvga, bugungi adolatsizlikka va bugungi ikkiyuzlamachilkka qarshi bir namoyish.

Ma’limki, Markaziy Osiyoda Karimov va Nazarboev orasida "Kim zo’r", degan ko’rinmas kurash mavjudligi aytiladi. Hali yaqindagina Qozog’istonda bo’lgan Karimov "Chegaralar masalasida va umuman hamma masalalarda aka ukadek, orada hech qanday muammo yoq’ligiga qanoat hosil qildik, degandi. Lekin oradan ko’p o’tmay qozoq fuqarosi otib o’ldirildi va bu yopib yuborishga urinildi.

Agar aytilgan soz’ samimiy bo’lganda Toshkent bu masalaga nihoyatda jiddiy kirishgan va Ostonadan keladigan norozilk notasini kutmasdan adolatni tantana qildirgan bo’lardi? O’z qardoshiga miltiq o’qtalgan odamning jazosini bergan bo’lardi? Afsuski, bunday bo’lmadi.

Hukumatlar va rahbarlari o’tkinchi, xalqlar esa abadiy, ammo o’tkinchilar abadiylarni abadiy dushmanlarga aylantirib qo’ymayaptilarmi?

(Vashington, 2002 uil, 26 Noyabr)