JAHONGIR MUHAMMAD
QASAMYOD
yoki
QULLIKKA DA’VAT
O’zbeksiton mustaqil bo’lganiga 11 yildan oshdi. Lekin xalqimizning qullik xususiyatlaridan qutulishi esa yillarning
odimiga qaraganda, obrazli qilib aytganda ko’kda uchib ketayotgan qushning
tezligiga nisbatan yerda sudralayotgan toshbaqaning odimi kabi juda sust
kechmoqda. Aksincha orqaga qarab ketish jarayonlari
ham sezilmoqda. Jurnalsitlarni himoa qiluvchi xalqaro tashkilot 2002
yilning Okytabrida O’zbekistonda jurnalistlar taqdiri, so’z erkinligi,
matbuotdagi vaziyat borasida e’lon qilgan maxsus hisobotiga bekordan-bekorga
"Orqaga, SSSRga " deb nom qo’magan.
Bizdan shunday kalimalar borki, bularni qandaydir ko’rinishlarini
boshqa xalqlarda uchratsangiz ham yuklangan ma’nosi bizniki kabi og’ir bo’lgan
boshqa joyni topa olmaysiz. Masalan, "Oqpadar",
"Padarkush", "Qasamyod", "Qasamxo’r" kabi va bu kalimalar mustaqillik yilarining "Islom",
"Karimov" ‘Prezidentimiz", "Yurtboshimiz" kalimalari
kabi eng ko’p ishlatilgan so’zlari desak aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz.
Qasmayod
an’anasi dunyoning barcha mamlakatlarida majud va
bugungi kunda protokol a’nanasiga aylangan va u qadar kuchli ma’no tashimaydi. Masalan, Amerikada prezidentning qasamyod qilish kuni bayram
hisoblanadi. Barcha hukumat idoralarida ishga qabul
olinuvchilar qasamyod qiladilar. Fuqarolikka qabul
qilishdan tortib, mahkama majlislariga qadar qasamyod qilish mavjud. Lekin qasamyod matnini bilgan odamni uchratish qiyin.
Qsamyod shunchalik rasmiyatga aylanganki, uni birov o’qib turadi va ikkinchi odam lablarini pichirlatib takrorlagan bo’ladi.
Bu ish shu bilan bitdi va unutilib ketadi. Bu narsani birinchi bo’lib O’zbekiston prezidenti Islom Karimov
ilg’ab oldi. U qo’lini Quron ustiga qo’yib, qasamyod qilgani bilan
va’dalarining birortasini ham bajarmadi va hech kim
undan nega qasamyodni buzding, deb so’rgan emas, yoki endi seni sazoyi qilamiz
ham degan emas.
Amerikada esa
qasamyodni buzgan buzmagani so’ralmasada prezidentning saylovoldida xalqqa
bergan va’dasi nuqtama-nuqta so’rab turiladi va unga
shunga qarab baho beriladi.
2002 yilning 19
Oktyabrida "Turkiston" gazetasida O’zbekiston Milliy Universitetining
Jurnalistika fakulteti kafedra mudiri Tohir Karimovning "Bo’lajak
jurnalistlar qasamyod qabul qilishlari kerakmi?" degan maqolasi chiqqan va
unda bituruvchilar prezidentga, vatanga, millatga xizmat qilsih haqida qasamyod
qilishlari kerakligi ilgari surilgan. Dunyoning biror joyida, Turkmaniston va Iroqdan boshqa, prezidentga xizmat qilaman, deb qasamyod
qilish yo’q. Ayniqsa jurnalsitlarga bunday tavsiya
qilinishini chetdan emas, jurnalistlarni yetishtiruvchi darhohdan chiqshi juda
qiziq.
Qiziqligi shuku, Sovet davrida paxta terishga boramiz, degan taklif
oliygohlardan chiqradi. Unga qo’l qo’ygan
talabalarning o’zlari ham bu narsadan gazetada chiqqan murojaatlaridan bilib
qolishardi. Ishni esa Partkom bitirib yuborar edi.
Partkomga esa tavsiya teppadan kelgan bo’ladi.
Masalan, O’zbekiston Kompartiyasi markaziy komitetining birinchi kotibi Islom
Karimov buni bo’lim mudiriga aytar, bo’lim mudiri esa instruktor Ahamadjon
Meliboyevga, u esa gazetalar va oliygohlarga yetkazardi.
Bugun esa nomlari qisman o’zgargan, xolos. O’zbekiston
Kompartiyasi Markaziy Komitetining binosi-Prezident devoni, birinchi
kotib-prezident, o’sha Karimov-bugungi Karimov, o’sha Meliboyev-bugungi
maslahatchi Meliboyev... Demak, Tohir Karimovga qo’ng’iroq qayerdan kelgani
aniq va buning sababi bor.
Birinchidan, senzurani olib tashlab o’rniga redaktorlani senzur
qilib qoyildi. Bosh muharrirlarning ko’zi saksonta emas va jurnalistlar bir narsalarni yozib yubormoqdalar. Shulardan sadoqat talab qilinmoqda. Tohir Karimov taklifi
amalga oshirilganda ular sadoqatsizlik uchun jazolanar ekanlar.Ya’ni
sazoyi qilinarmishlar. Boshqacha aytganda sug’urta usuli.
Ikkinchidan, Turkmanistonda, jurnalistlar "Kerak bo’lsa prezidentimiz uchun jon beramiz" deb turganlarida, nima uchun O’zbekiston orqada qolishi kerak?! Zotan bu ikki mamlakat zulm masalasida tobora egizak bo’lib qolmoqda. Xalqaro Chegara bilmas jurnalistlar tashkiloti 2002 yil hisobotida 139 mamlakatdagi vaziyatni tahlil qilar ekan, O’zbekistonga 120 va Turkmanistonga 136 o’rinlarni "hadya’qilgani ham anashundan. Yana Tohir Karimov kabi hurmatli "domla"larimiz qasamyod talab qilishlari qiziq. Ular qasamyod haqida emas, jurnalistlarning boshida ofat bulutlari bo’lib kezib yurgan masalalar haqida yozsalar o’zlariga yarashgan bo’lardi. Qsamyod bilan bir narsa o’zgarganda, O’zbekiston bundan o’n yil oldin, olti oy ichida jannatga aylanib ketardi.(1).
(Vashington, 26 Oktyabr, 2002 yil)
1.Bilmaganlar uchun izoh, bundan o’n yil
oldin Islom Karimov "O’zbekistonni olti oyda jannat qilib yuboraman",
deb qasam ichgandi.