JAHONGIR MUHAMMAD

 

 

KERAK BO’LSA...

QARG’A QARG’ANING KO’ZINI O’YADI

 

 

 

Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi, degan gap bor. Ammo bu "Yashasin Sovet ittifoqi" degan gap nafaqat eskirgani, balki modadan tushgani kabi odatdan chiqmoqda. Chunki qarg’a qarga’ning ko’zini nafaqat cho’qiydigan, balki zo’r kelsa o’zini yeb yuboradigan ham misollar ko’p. Shulardan biri, Tojikiston Islomiy uyg’onish partiyasining lideri Said Abdullo Nuriyning yaqinda anchagina shov-shuvlarga bois bo’lgan suhbatidagi gaplardir.

U partiyasining nashri hisoblangan "Najot" haftaligi(2002 yil, 19 Niyabr)da chiqqan suhbatida kutilmaganda "O’zbekiston Islomiy Harakatining Afg’onistondagi qoldiqlari Markaziy Osiyoga, jumladan, Tojikistonga ham xavf solmqoda" dedi. Aslida haqiqatdan ham O’IH ning qoldiqlrai mavjud bo’lsa, bu Tolibonning qoldiqlari kabi tahlikldir. Zero bugunga kelib bu harakatning toliblardan hech qanday faqri yo’qligi ravshan bo’lgan narsa. Chunki bu harakat mansublari toliblar safida turib mahalliy o’zbeklar va tojiklarga qarshi, tarixiy va zamonaviy madaniyatga qarshi qo’l ko’tardilar, demokratik kurash yo’lini tan olmadilar.

O’IH anashu yo’lga kirgan kunlardayoq Said Abdullo Nuriy qo’lini yuvib qo’ltig’iga urgan bo’lishi mumkin. Chunki oz’bekistonlik musulmon yigitlar unga hukumatga kelguniga qadar kerak edilar-da. Tojikiston hukumati tarkibiga kirgandan keyin uning siyosatida milliyatchilik ham oldinga chiqa boshlagani sir emas. Shu bois ham u Tolibonni emas, balki Shimoliy ittifoqni tanladi.

Ammo, O’zbekiston Islomiy Harakati liderlari "Biz Tolibon saflarida turib jang qilmoqdamiz" deya bayonotlar bergan kezlarda nima uchun Nuriy bu harakatni qorlamadi va bugun ish bitib, g’isht qolipdan ko’chganda bunday bayonot bilan chiqqani tabiiyki, qiziq. Bu ham siyosatning bir bo’lagi. Chunki islomiy kuchlar hukumatga yaqin kelganda va yoki kuch mavqeiga aylangan kezlarda ichki bo’linishlar o’rtaga chiqishi an’anaga aylangan. Mazhabchilik, tariqatchilik, oqimchilik va hatto xonaqohchilk kabi tobora maydalashib, bo’linib ketaveradilar.

Said Abdullo Nuriy O’IH vahobiylik oqimi yo’lidan ketgani bois Tohir Yo’ldosh bilan aloqlarini uzgani ko’pdan ma’lum narsa. Uni O’IHga bog’lab turgan esa Juma Namanganiy bilan bo’lgan yaqinligi ekanligi aytiladi. Bugun bu qarta ham qo’ldan tushgan.

Uning yuqorida zikr etilgan suhbatida "Hizbu at Tahrir xalifalik quraman, deb Markaziy Osiyoga, bu yerdagi konstitutsiyaviy tuzumlarga tahlika solayotgan navbatdgai kuchdir" deb aytishi ham o’z yo’lini ajratib, aniqlashirib olishga qaratilgan va yoki jon saqlab qolishga uringan odimi bo’lishi mumkin. Chunki bundan ikki-uch oy oldin Tojikiston prezidenti parlamentdagi nutqida radikal islomiy oqimlar Tojikiston davlatiga tahlika solmoqda deya, uning payini kesishga chaqirgan edi. Shu bois Nuriy etagini qoqoib olishga qaror qilgan bo’lsa ajablanadigan joyi qolmaydi.

U hatto Tojikiston Islomiy uyg’oniy partiyasining radikal qanotidan ham yuz o’girganini ma’lum qilgan. Lekin polkovnik Mahmud Xudoyberdiev kuchlarining tahlikasi haqida gapirar ekan, bu borada Tohir Yo’ldosh bilan g’oyadosh, qarashlari bir xil ekanligi ko’zga tashlanadi. Chunki Tohir Yo’ldosh ham Mahmud Xudoyberdiyevni nafaqat Tojikistonning, balki O’I H ham dushmani, deb e’lon qilgandi.

Eng asosiysi esa, Tojikistonda hukumatga kirgandan keyin Nuriy ko’rdiki, xalqning asosiy qismi radikal islomiy tuzumni istamaydi. Agar xalqning aksariyati bu tuzumni istaganda edi, har qanday bosimga qaramasdan bu partiya saylovdan hozirgisi kabi tuyaning oldidagi chumuq kabi yengilib chiqmas edi. Turkiya misoli shuni ko’rsatdiki, dunyoning boshqa joylarida ham xalq radikal islomiy kuchlarni qo’llamaydi, balki xalq demokratiya va mo’tadillikka moyildir.

Radikal qarashlari bilan tanilgan Najmiddin Erbaqan 30-40 yillik kurashi davomida Turkiyada hech qachon yakka boshiga hukumatni boshqaradigan partiyaga egan bo’lgan emas.Lekin mo’tadil qarashlari bilan tanilgan Rajab Tayyib Erdo’gan guruhi ikki yilda bu ishni uddalay oldi. Balki Nuriy ham Tojikistonning kelajakdagi Erdo’gani bo’lishni o’ylayotgan bo’lsa ne ajab? Chunki uning yuqoridagi kabi bayonotlari nafaqat Tojikiston hukumati va aksar xalqiga, balki qo’shnilariga ham ma’qul tushishi mumkin. Tabiiyki orqasida yashirin niyatlaru va qabih oyinlarisiz, samimiy bo’lsa!

(Vashington, 2002 yil, 26 Noyabr).