JAHONGIR MUHAMMAD
OZOD SHARAFIDDINOV
HAQIDA
Ozod Sharafiddinov Sovet davrida eng Leninchi tanqidchilardan biri edi. Biror yozgan narsasi yo’qki, Lenin kalimasi bilan boshlanib, Lenin kalimasi bilan bitmagan bo’lsin. (Ishonmasangiz "Sharq yulduzi" jurnalining 1975-1990 yillardagi sonlarini varaqlab ko’ring-JM).
O’zbekiston mustaqil bo’lgandan keyin bu odam Sovet tuzumiga qarshi gaplar bilan chiqa boshladi, bu tuzum millatning gullarini yo’qotgani haqida maqolalar yoza boshladi. Muxolif qarashdagi shoir va yozuvchilarni qo’llab chiqishlar qildi.
Shundan keyin bir umr Leninga sadoqat bilan xizmat etgan bu odam qanday qilib birdaniga Lenin yo’liga qarshi bo’ladi, degan gaplar ko’payib ketdi. Eshittiki, bu odam o’tmishdagi leninchiligi uchun iqroq bo’lib, butun kechmishini silib tashlagani haqida bayonot berganmish.
Shundan keyin u Sovet davrida qanday "ulug" bo’lgan bo’lsa mustaqillik davrining ham "ulug" siymolaridan biriga, hammaning "Ozod aka"siga aylandi. Katta majlislarda katta gaplar gapiradigan bo’ldi.
-U prezidentning o’zi ham qatnashgan majlisda gapni aylantirib bo’lsa ham prezidentni qo’rqmay tanqid qildi,-dedi ziyolilardan biri.
-Qani edi hamma ham unga o’xshab gapirganda bugun ko’p narsa o’zgargan bo’lardi,- dedi ikkinchisi.
-Uning xorijiy radiodagi chiqishlarini aytmaysizmi?- dedi uchunchi bir ziyoli.
-Agar prezidentni yuziga qarab tanqid qilgan bo’lsa va O’zbekistonda emin erkin yurgan bo’lsa yaqinda mukofot oladi,-dedim men o’zim yaxshi tanigan taniqli bir adiba bilan bu boradagi suhbatimizda.-Chunki prezidentning topshirig’i bilan uni silab-siypab tanqid qilgan, Prezidentga shu kerak bo’lgan bo’lsa kerak, hoynahoy.
Aytganimday bo’ldi, oradan ko’p o’tmay prezident unga orden berdi. U radioda prezidentni "Otam’" deb yubordi. Taniqli adibaga buni eslatgandim,
- Ha endi keksayib qoldilar, xursand bo’lib aytib yuborganlar, ammo u odam buyuk odam,-dedi u.
Shu orada "buyuk odam"ga "Ozbekiston qahramoni" unvonini berdi Karimov.
-Bir umr Leninnni kuylagani uchunmi?- deb soradim opaxondan.
-Mardlik qilib o’z o’tmishidan voz kechgani uchun dedilar,-opaxon bu safar.
-Menimcha Ozod akangiz Karimov haqida kitob yozayotgan bo’lsa kerakov,- dedim men kinoya bilan. Opaxon ham kinoya bilan kulib qo’ydilar.
Mana bu ham to’g’ri bo’lib chiqdi. Ozod Sharafiddinovning Islom Karimov haqidagi "Mustaqillik me’mori" degan kitobi nashrdan chiqibdi.
U avval Leninga xizmat qildi, keyin unga tupurib Karimovga xizmat qildi.
Yoshi bir joyga borib qolgani uchun bugungi faoliyatidan ham voz kechihsga, karimovchilikka tupurishga ulguradimi yo’qmi bilmayman, ammo bir kun kelib millat uning kitobiga tupurishiga ishonaman.
(Vashington, 24 Yanvar, 2003 yil).