JAHONGIR MUHAMMAD
OTALAR VA BOLALAR
Amerikaning markaziy
shtatlaridan birida ikki yuqori sinf o’quvchisi 12 nafar tengdoshini otib
o’ldirgani haqidagi xabar butundunyoga yoyildi va
o’ylaymanki siz ham bundan voqifsiz. Mazkur jinoyatni
balog’atga yetmagan bolalar sodir etushgani bois ota-onalar mas’uliyati
tortishildi. Tabbiyki, hech kim ularni qamoqa
tiqish kerak, degan emas.
“The
Ammo bola
ulg’ayishi bilan undagi mustaqillik instinkti kucayib boradi. Buning Sharq yoki G’arbga aloqasi
yoq. Alloh bandasini o’zidan boshqaga tobe bolmaslika va
mustaqillika tashna qilib yaratgan. Bu hayot jarayonida uzviy
o’laroq davom etadi. Lekin bizda 40 yoshli biri uchun
80 yoshli ota-onasini ham aybdor qilish tarixan mavjud. Balki butun imperiyalarimizning yemrilib ketishi, ota o’limidan
keyin taxt talashlari avj olishi kabi unsurlarning sababini ham anasundan
qidirmoq kerak. Otasi hayot bo’lgan davrda liderlik
darajasiga ko’tarila olmagan o’g’illar bir-birlarini yoqavayron qilish bilan
ovora bo’lganlar.
Otalar
vabolalar usulini Sovet Ittifoqi davrida kommunistlar shu qadar mahorat bilan
qo’llandilar-ki oxir oqibat ularning ham imperiyasi qulab ketdi. Otasi har qancha qobiliyatli bo’lmasin farzandi
noqobil chiqib qolsa allbatta bunday padardan voz
kechishardi. Buni ma’naviyat deb bilashardi.
Bugun
mustaqil O’zbekiston anashu an’anani sadoqat bilan davom ettirayapti. Prezident Islom Karimovning manabu so’zlarini
eshitgansiz, yana bir marta eshitib ko’ring:
”Men nafaqat bu
muttahamlarning ko’ziga qarab gapirmoqchiman, ularning otasi va
onasining ko’ziga qarab aytmoqchiman: ularga tarbiya bergan ota
bolasining yoniga kelib javob beradi. Men kerak bo’lsa, yangi
farmonga ham imzo chekaman. Otasi javobgar! Ayollar
bilan bizlar kurashmaymiz. Kerak bo’lasa, otasining yoqasidan ushlab, bo’g’ib og’lini yoniga olib kelib, bir joyga tiqib, so’roq
qilib jazosini beramiz, bilsin otasi. Olti oy, bir yil gumdon
bo’lib ketgan bolarini so’ramaydimi, qaerda yuribsan, deb, kim bilan
kurashmoqchisan, o’zining qo’li bilan boshini olib tashlamaydimi?”
Kechirasizu
bu 24 millionli bir davlat rahbarining emas dovdur brigadirning gaplariga
o’xshaydi. Amo og’zidan adi kirib
bodi chiqadigan capani va dovdur brigadir ham birovga
bolngni o’ldir, boshini kesib tashla demaydi. Butundunyoda o’lim hukmi bekor
qilinayotgan bir paytda, hatto jinoyatchining
huquqlari borligi e’tirof etilatotgan bir sharoitda va hali bolasi gunohkormi
yoqmi, isbotini topmagan bir holatdata otani qotillikada’vat etgan
Prezidentga emas, bu gaplarni hazm qilganlarga qoyi qolish mumkin.
Gapni
qarang otasini ushlab kelib, kamega tiqar ekanlar, so’roq qilar ekanlar, keyin
javobgarlikka tortar ekanlar. Butun masala bolasi qaerga gumdon bo’lib ketgani haqida.
Xo’sh bu masalaga zamonaviy davlatchilik, huquq nuqtai nazaridan baho berib ko’raylikchi qanday natija chiqar ekan? Prezident qonunlarda mavjud bo’lgan normativlar bo’yicha farmon
qabul qilish huquqiga ega. Qaysi qonunda otalar
bolalar uchun javob beradilar, deb yozilgan? Mayli,
ertaga Prezident parlamentni toplab darhol qonun qabul qildiradi, shuni ham
bilmaysizmi, deya dakki berishingiz mumkin. Ammo men
huquqiy davlat nuqtai nazaridan fikr yuritayapman. Chunki janob Karimov ikki gapda bir “Biz huquqiy davlat qurdik” deydilar.
Bu ham mayli, hali
bolasining gunohi bo’yniga qo’yilmasdan otasini ayblash
na huquqqa va na mantiqqa to’g’ri keladi. O’zbekiston
Konstitutsiyasining 117 moddasida “O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga
to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar” deb yozib qo’yilgan.
Demak, bu yosh barkamollik, voyaga yetganlik va
mustaqillik pallasi hisoblanadi. Demak, bu yoshda otasi
Karimovga ovoz bersa bolasi unga qarshi ovoz berish huquqiga ega. Yani o’z fikri, o’z qarashi bilan harakat qiladi. Demak, bu yoshda u o’z yo’lin tanlaydi. Butun dunyoda
shunday va biz bu jarayonga qarshi tursak
bobokalonlarimiz kabi holga tushamiz, qullik ruhiyatidan hech qachon qutula
olmaymiz.
Bir oilda otasi kommunist,
o’g’li demokrat va qizi sotsialist bo’lishi mumkin. Siz buning uchun otasini jazolaydigan bolsangiz sho’rolardan hech
qanday farqingiz yo’qligini isbotlaysiz, xolos. Agar birovning kamolga
etgan o’g’li jinoyat sodir etganda gumon qilinsa bu
Prezidentning emas huquq tartibot idorasining ishi. Tekshirsin, isbotlasin va qonunga ko’ra jazosini bersin. Bu uning
taqdiri, uning tanlagan yo’li. Otasini esa tinch qo’ying! Bugungacha
juda kop otalar va onalar farzandlari
Prezidentdan boshqacha fikrlagan bolsa qiynoqqa solindilar va qanch- qanchalari
yuraklarini g’jimlab bu dunyodan ko’z yumdilar. Yan
uyalmasdan biz onalar bilan kurashmaymiz deysiz.
Agar
kamolga yetgan bir yigit Vatanini tashlab chetga ketgan bo’lsa bu otasining
emas, unga yaxshi sharoit yaratmagan hukumatning aybi. Chunki hukumat otalarning
cho’ntagidan chiqqan soliq hisobiga yashayapti. Jumladan
Prezident ham. Demak uning birinchi galdagi vazifasi soliq beruvchuning
o’ziga va bolasiga xizmat qilishdir.
Agar
demokratiya mavjud bo’lganda turli fikrlilik bo’lardi. Matbuotda hamma narsa tortishilardi va bolalar yurtni tark etmasdilar.
Agar etarli ish joylari
mavjud bo’lganda, etarli maosh olishganda hech kim o’z
go’shasini tashlab ketmasdi. Demak Prezident davogar sifatida otlarning
yoqasidan olishi kerak emas, balki bolalarini shu kuyga solgan hukumat va uning boshida turgan Prezidentdan otalar davogar
bo’lishlari kerak. Ammo fikran bunga qodir emaslar,
chunki fikran mustaqil emaslar.
Hozir
kamolotga etgan yigitlarni otasiga bog’lash yoki mahallaga yuklash bu
o’rta asrga qaytish demakdir. Aslida Toshkentda
bombalar portlashi natijasida yaqinlari halok bolganlar hukumatni ayblashidan
qo’rib begunoh otalarni nishon qilib ko’rsatishmoqda. Bizga “Otamiz Lenin” deb orgatishardi xuddi hozir “Otamiz Karimov”
deb yozishayotgani kabi. “Yo’q, Lenin mening otam
emas” deganlarni qamashardi. Xuddi “Islom Karimov
xalqni emas, o’zini o’ylayapti” deganlarni yoq etishatotgani kabi.
Ammo shunday kun keldiki, biz mustaqil boldik va Leninnig bolasi
emasligimizni hamma idrok etdi.
(“Ozodlik”
radiosi 1999 yil 9 may).