JAHONGIR MUHAMMAD
O'zbekning onasi
O'zbekistonda har yilning bir oti
Bor. Keyingi uch yil esa onalar nomi bilan bogliq edi. Bu yillar onalarga nima berdi?
O'zbekning onasi bir yil tugab ikkinchi yil boshlanarkan qay
ahvolda?
Qorlar
tog'ga emas, boshingizga yog'di, Onam!
Dorlar
yovga emas, bolangizga boqdi, Onam!
Umringizdan
yana bir yil ketarkan,
Torlar
kuyga emas, nolangizga og'di, Onam!
Dynoda onalar haqida eng jo'shqin va eng larzali,
otashin hamda ohangrabo sozlarni ko'p aytganlar bellashuvu bo'lganda tabiiyki,
O'zbek g'olib chiqqan bo'lardi.Onasi haqida gap ketsa yo'llariga poyondoz
to'shashini, qo'llariga gard yuqtirmasligini, yegani oldida, yemagani ortida
kabi sharoit qilib qo'yganini gapiqib ko'krakka uradigan yan boshqa kim?.
Shoir yo'qki bu elning, onasi
haqida sherlar, dostonlar bitmagan bo'lsin.
Hofiz yo'qki bu elning, Onam deb
dilo'rtar qo'shiqlar kuylamagan bo'lsin.
Siyosatchisi yo'qki bu elning Ona
haqida jo'shib jo'shib gapirmagan bo'lsin.
O'g'loni yo'qki bu elning, Onam,
deb mag'rurlanmagan bo'lsin.
Ha, dunyodagai hamma yaxshi kalimalar o'zbek
onasining boshiga yo'gan.
Lekin subhi kosibdan kun
tig'ga kelganda ham, olamlar Xurshidi yonboshlab shafaq qontalash bo'lganda ham
paxta dalasida, go'zalar orasida emaklab qolgudek holda bukilgan ham O'zbekning
onasi emasmi?
Tandiriga o'tin tashlab, xamiriga un
toplomay nolasini ko'ksiga ko'mib, mardikor bozoriga chiqib ketgan ham
O'zbekning onasi emasmi?
Qish chillasida sovuqdan dildiragan, saratonda
issiqdan mo'ltiragan bolalariga qarab erta bir kun jallod qo'l ularni ham
bag'rimdan uzib ketmasmikan, deb xun bo'lgan ham O'zbekning onasi emasmi?.
Bolasining qarashlari va
yoxud o'zining Allohga inongani, bilib bilmay ikki og'iz haq gapni aytib
qo'ygani uchun zindonband etilgan, xokisor bo'lgan O'zbekning onasi emasmi?
Dardlar iskanjasida qolgan Onaizor
bu nomard olamni tark etgach, orqasidan zaminni titratgan kabi kabi uvvos
soladigan esa O'zbeknig bollasi emasmi? Ammo bu kechikkan sado Onaizorning laxta qonga
aylangan qalbiga yetib borarmidi?
Qabristonga yugurib marmar toshlar
tiklagan, har uch kunda bir ma'raka qilib Onam, deb bo'zlagan ham O'zbekning
bolasi emasi?
Sho'rolar davrining yemrilish
kunlarida Oz'bekiston qishloqlarida yashagan onalarning 80 foizi qamqon edi. Onalar va bollar o'limi
bo'yicha O'zbekiston dunyoda sarbon edi. Xasta onalarni davolash, bolarini
asrab qolish haqida va'zlar aytilardiyu amalda burchak burchaklarda bir musht
bo'lib o'tirgan onalarni ko'rar ko'zlar ko'r edi..
Bugun esa, bir paytlar oshkor
bo'lgan raqamlar ham sir. Onalrning xastaligi ham davlat siri. Xastaxonlar
eshgida yuragini g'ijimlab qolayotgan, qo'lida bir narsasi yo'qligigi uchun
jarroh amaliyotga olmaganda umidalari tilim tilim bo'layogan, besh tanga
topmagani uchun kitobsevar bolasi oliygohga kirolmagnidan kozlarining
qorachigi' erib sel bo'lgan, eng so'nggi chora olaroq o'z oz'ini yoqib
yuborayotgan, dahshatli kunlariga isyon sifatida o'z o'zini osib qiyayotgan ham
O'zbekning onasi emasmi?
Bangivor tashib Dehli qamoqxonasida yotgan, olis
Bangladeshda hibsga olingan, Birlashgan Arab Amirliklari zindonida iztirob
chekkan, Russiyada oddiy ruslarning ostonasida qul bolib, cho'rilik qilgan, o'z
bolasi uyida qolib Garbda bolaboqarlik yoki kekesaboqarlik qilgan ham bugungi
O'zbekning onasi emasmi?
Poyezdalarda temir ustida yotgan,
sassiz sassiz ingrangan, qo'nalg'alarda tunlarni tongga ulab kipriklari
snchiqqa aylangan, izg'rinda nimchasiga o'ralib qaltiraga, qorli qirovli
kunlarda qordan ham oqarib ketgan boshiga ba'zan boglaydigan romolcha
hamtoplmagan ham bugungi mustaqil O'zbekning onasi emasmi?
Tetapoya qilib, ming azob,
ming uqubat ichida ulg'aytirgan bolasini "ha", yo'q,"be' yo'q,
mirshablar olib ketsa, uraverib ichaklarini ezsa, qovurg'larini sindirib,
ruhini sindirsa, tirnolarini so'kib olsa yana sim sim yiglaydigan O'zbekning
onasi emasmi?
O'glini uyli qilsa "Kelinimning oldida tili
qisiq bo'lmasin", deb tashvishini yeng ichiga oladigan, qizini uztasa
"Kuyovimning qo'liga qarab qolganda", deya iztirobini ichga yutgan,
o'zi kiyadigan ko'ylagidan o'quvchi bolasiga jild tikib bergan ham O'zbekning
onasi emasmi?
Bugun yurtboshi maslahatcilari, hukumat vazirlari,
viloyat va tuman hokimlari, siyosatmadorlar orasida
ham ko'zga tashlanmaydigan zot bu O'zbekning onasi emas?
Olima bo'lganlari olmonda sarson,
otina bo'lganlari olamda sarson.Dinga ishongani diyonat ko'chasida xor, elga
inongani adolat soqmog'ida zor. Yuraklari hil-hil, orzulari chil chil, xayollari mil-mil bo'lgan
ham O'zbekning onasi emasmi?
Bir yil tugab borakan sariqlikdan sarg'aygan,
nochorlikdan notavon, nonini topsa shakarini topmagan, yog'ini olsa, go'shtini
ololmgan, ihslab ishlab maoshsiz qolgan, qadriyatiga yig'lab qadriga yig'lay
olmagan Onaizor uchun nima qildik, deb bir o'lyab koring-a? Balandparvoz
maqtovlar saltanadidan dardlar vodiysiga inib yuqoridagi kabi savollarni bir
takrorlab ko'ring-a, balki tosh kabi qotgan qalbingizda bir narsa yilt etsa?!
O'rningiz
boshimiz ustida dedik,
Oyoqlar
ostida qolib ketdingiz, Onam!
Jannat
oyog'ingiz ostida dedik,
Jahannam
bag'rida yonib ketdingiz, Onam!
("Amerika Ovozi"
radiosi, 2001 yil, 30 Dekabr)