JAHONGIR
MUHAMMAD
PREZIDENT VA OILASI
Dunyo matbuotida eng ko’p yoziladigan va eng ko’p o’qiladigan mavzulardan biri mamlakat rahbarlarining oilalari , yaqinlari bilan bog’liq xabar hamda maqolalardir. Ma’lumki, bu mavzu O’zbekistonda yopiq. Agar O’zbekistonda matbuot erkin bo’lganda hozir eng ko’p yozilgan va va eng ko’p o’qilgan xabar, maqolalardan biri prezident Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan bog’liq bo’lgan bo’lur edi.
Aslida
demokratik jamiyatlarda bu narsadan qo’rqilmaydi va
buning siyosiy faoliyatga u qadar ta’siri ham yo’q. Siyosatchining oilasi va o’ziga ayri-ayri qarash shakllangan. Masalan, bu yilgi
(2002 yil 5 Noyabr) saylov arafasida prezident Bushning ukasi Florida
shtatining gubernatori Jeb Bushning qizi narkotik iste’mol qilgani va uni
davolanishga yuborishganda bosh tortgani uchun sud huzuriga olib chiqilgani
nafaqat Amerikada, balki G’arb o’lkalarida juda ko’p yozildi. Ammo saylovda Bushning partiyasi g’olib chiqqani barobarida ukasi
ham
Lekin
O’zbekistonda prezidentning qizi Amerikalik eridan ajralganda ham xalq bundan
bexabar bo’ladi va yoki xorijiy matbuotdan
bilganlardan eshitadi. Shu kunlarda xorijiy matbuotda
O’zbekiston bilan bog’liq ikki mavzuda bir qator maqolalar chiqmoda.
Biri yuqorida ta’kidlaganimiz, Gulnora Karimova New
Sudning talabi bilan telefon so’zlashuvi tashkil qilinganda 9 yoshli Islom bir necha oydan beri ko’rmagan va mehriga zor bo’lgan otasiga "Men sen bilan gaplashishni istamayman" deb javob bergani diqqat tortdi. Endi sud bu ishga psixologni taklif qildi va video tasmaga yozish sharti bilan suhbat uyushtirishni buyurdi.Agar bu amalga oshmasa sud Gulnora Karimovani qamash va kuniga 500 dollardan jarima to’lashi haqida qarorga kelishini ma’lum qilgan. Amerika zehniyatida 9 yoshli bolaning bunday javob qilishini chetdan ta’sir va yoki kasallik belgisi, deb qarashadi. Xullas, nikohni Amerikada qilib, ajralishini O’zbekistonda hukmga bo’glatgan Gulnora Karimova bilan bog’liq masalada sud unga yana bir oy muhlat tanidi.
Yana bir masala esa, Indonesiya prezidenti Megavati Sukarnoputrining 50 yoshli ukasi Muhammad Guruxning 23 yoshli Ozbek raqqosasi Sabina Guseynovaga uylangani haqidagi maqolalardir. Masalan, "Nezavisimaya gazeta"sining yozishicha butun boyliklarini oilasiga emas, millatiga me’ros qoldirgan prezident Sukarnoning o’zini muzika olamiga baxshida qilgan uncha boy bo’lmagan o’gli o’zbek xotinidan besh bola istaganmish. Guruxning otasi Sukarnoning yettita xotini bo’lgan ekan. Muhammad Guruhning esa noyashirin 20 ga yaqin jazmani borligi aytiladi. Indoneziya matbuoti anashunday xabarlar bilan to’lib toshgan.
Bir paytlar Amerikaning havoisga uchgan Gulnora Karimovadek bir kun Sabina Guseynova ham qiyin vaziytga tushib qolsa nima bo’ladi, degan savollar ham ko’p. Chunki uning otasi prezident emaski, borib Toshkentda nikohni bekor qilsa?! Shuning uchun ham bu oilaga abadiy totuvlik tilanmoqda. Lekin tilaklar bilan hayot odimlari hamma vaqt ham baravar kelavermaydi.
Umuman esa liderlarning shaxsi va oilasi haqida xalq hamma narsani bilishni isyatdi. Zotan lidrelikka bel boglading-mi buni ko’zga olish shart.
Xulosa o’rnida esa shuni aytish kerakki, qachon Oz’bekistonda Prezidentning va boshqa liderlarning oilasi haqida hamma gaplar ochiq yoziladigan bo’lsa, demak o’shanda bu yurtga demokratiya oralabdi, deyish mumkin. Chunki bu demokratiyaning muhim uchqunidir. Ungacha esa "yopiq oqozon"- kommunistik tizimning qoidalari hukmron bo’lib qolaveradi. O’zbekistonda Prezident u yoqda tursin hali muxolifat ham demokratiyaning bu talabiga bardosh bera olmayotir. Bu esa kommunistik qoida shuurlarga qanchalik chuqur singib ketganidan dalolatdir.
(Vashington, 2002 yil, 9
Noyabr).