JAHONGIR
MUHAMMAD
XALQI
QASSHOQ,
MALIKASI
BOY MAMLAKAT
Ayni mavzuda yozilgan
oldingi maqolalarimizda ta’kidlanganidek,
Endi Oliy sud mazkur
masalaning moliyaviy jihatlarini ko’rib chiqdi. Islom Karimovning sobiq kuyovi Mansur
Maqsudiy huquqiy xarajatlar uchun oldindan 80 ming
dollar to’lagan va buning bir qismini Gulnora Karimova ko’tarishi kerakligi
masalasida sudga murojaat qilgan ekan. Sud Gulnora Karimova huquqiy xarajatlar,
xalqaro ekspertlarga to’langan mablag’, qaydiyat masraflari hamda boshqa
xarajatlar uchun darhol 50 ming dollardan ziyod pul
to’lashi kerakligini qarorga bog’ladi.
Maqsudiyning advokati, Gulnora Karimovaning
bu pulni darhol to’lamasligi uning mol-mulki yuzasidan hukm chiqarishga yo’l
ochishini, prezidentning qizining dunyoning juda ko’p joylarida, jumladan
Shvetsariya va Kayman orollarida hisoblari, mol-mulki
mavjudligini aytgan. Shungdek,Gulnora Karimova o’z
advokatiga qo’shimcha ravishda 200 ming dollar to’lashi kerakligi ham
yozilmoqda.
Ajaralish mojarosi davomida
bolalarning salomatligi hamon diqqat markazida turibdi. Gulnora Karimova bolalarni otasi bilan
gaplashtirmagani haqida sudga yozgan izohotida o’g’li Islom ruhiy jihatdan
sog’lom emasligi va uni ruhiy kasalliklar shifokoriga
ko’rsatib turish kerakligini qayd etgan. Bola otasi bilan gaplashgandan keyin yana ham og’ir vaziyatga tushgani aytiladi. Shungdek,
Gulnora Karimova qizi Iymon Ingliz tilida gaplashishni unutgani va otasi o’zbek tilini bilmagani bois u bilan muloqot qilish
imkoniga ega emasligini aytgan. Bu bahonalar esa sudda
otaning foydasiga qaror chiqishiga sabab bo’lgan omillardan biri edi.
Xullas, O’zbekiston va
Amerika orasidagi ajralish mojarosi Gulnora Karimovaning ketma-ket
mag’lubiyatlari va prezident oilasining sirlari ochilishi bilan bilan davom
etmoqda.
Mana, O’zbekiston
prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning dunyoning juda ko’p
mamlakatlarida hisob raqamlari borligi oshkor bo’ldi. Xo’sh, bu hisoblarda qancha mablag’ bor va bu pullar qayerdan topildiyu nega chet ellarga chiqib
ketdi? Buning ustiga o’zbek podshosining qizi bo’lgan malikai
turondotning chet ellarda katta mol-mulki ham borligi aytilmoqda. Amerika mahkamasida aytilgan bu gaplarga nahotki O’zbekistonda
munosabat bildiradigan kishi yo’q? O’zbekning boyligi, o’zbekning puli shu qadar ham egasizmi? O’zini
muxolifat deb yurganlar nega bu masaladan ko’z yumib kelmoqdalar? Nega buni tinimsiz fosh qilish haqida o’ylamayaptilar? Agar biror- bir g’arb davlatida shunday voqea o’rtaga chiqsa bu
muxolifat uchun eng katta qurol bo’lishini biznikilar bilmaydilarmi?
Nega muxolifat maxsus bayonotlar bilan chiqmadi va
nega o’zini mard hisoblagan deputatlar parlamentga so’rov kiritmadilar?
Savollar va
savollar... Javobsiz savollar...
(Vashington,
14 Dekabr, 2002 yil).