JAHONGIR
MUHAMMAD
SO'KAG'ON
KASALLAR
"Birlik" sahifasining "Mehmonlar kitobi"da O'zbekning nomiga yarashmagan so'kishlar va bir-birga nisbatan kurakda turmaydigan haqoratlar o'rin olishini birov "Xalqimizning madaniyati" bu deb yozdi. Avvalo shuni aytish kerak-ki uch-to’rt kishi hech qachon bir xalqning ko’zgusi bo’lolmaydi. Aksincha bunday insonlar o’sha xalqning bechora maxluqlaridir. Maxluq deganimizni ham haqorat, deb qabul qilganlar bo’lishi mumkin. Unutmang, Alloh nazdida jamiyki jonzotlar, jumladan inson ham maxluqdir.
Men masalaga boshqa jihatdan yondashib, gap nimadaligini o’rtaga qo’ymoqchiman.Bugun dunyo aholisining 30 foizi ruhiy kasallik bilan xasatalangan, deb yozgandi taniqli psixiatr olim Krew Lant. Bu esa oddiy asabiylikdan boshlab, shezafreniya, paranoya, paranoyik skleroz va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Kasallik belgilari juda ko’p. Olimning tadqiqotlariga razm solib chiqqach, yuqorida nomi zikr etilgan sahfada juda ko’p belgilarni ko’rmoqdaman. Olim yozadi: "Bolaligida va yoki undan keyin zo’rlangan kishi bir umr ruhiy bosim ostida qoladi. U gapirganda va yoki yozganda anashu o’tmishining ta’siri ostida bo’ladi va o’zi bilmagan holatda boshqalarni .... (zo’rlanganlar) deb so’ka boshlaydi". Olimning haqligi shundaki, har birimiz hayotda bunday misollarga juda ko’p duch kelganmiz. Masalan, atrofdagi do’stlarining mavjudiyatlari uchun kun kechirishga asos topib yurgan odamlar shu atrofdagilarini ayblaydilar doim.
Olim uqtiradi: "Jinsiy jihatdan yaroqsiz bo’lib qolgan va yoki bu masalada bir maummosi bor odam, doim boshqalarni "unday qilib quyaman, bunday qilib yuboraman" deb so’kadi. U o’z nuqsini boshqalar sezib qolsa nima qilaman va eshitishgan bo’lishsa qanday bosh ko’tarib yuraman, kabi andishalar bilan yashaydi.
Darhaqiqat, umri poraxo’rlik bilan o’tgan odam doim halollik haqida gapirishga va boshqalarni poraxo’rlikda ablashga intilgani kabi. Hatto xuddi oldi berdining ustida turganek, falonchi falon yilda falon joyda falon odamdan pora olgan, edi deb yozadilar va yoki aytadilar. Ular kimdir ishonib, kimdir ishonmasligini diqqatga olmaydilar. Ular o’zlarini o’ylaydilar. Bir kun ayblarining ustidagi parda olinsa, bunday odam faqat men emas, boshqalar ham shu ishni qilgan, degan fikrning asiriga aylangandir ular. O’ziga qachondir laqab qo’yganlarida ruhiy jihatdan ezilib ketgan odam boshqalarga turli laqablarni qalashtirib tashlashga harakat qiladi, degan olimga qoyil qolmay iloj yo’q.
Yoki, o’z oilasida, qarindoshlari orasida izdan chiqqanlar, buzuqlar, tarbiyasizlar bo’laganidan ezilgan kishilar esa boshqalarni shunday, deb so’akadilar, ya’ni men haqimda bilib qolishganda mening yolg’iz emasligim bilishsin, degan fikrdan qutula olmaydilar. Bu kasallik, ayniqsa Sharqqa xos bo’lib eng ko’p tarqalgan alomatdir.
Aqlini allaqachon yo’qotib bo’lganlar esa boshqalarning otidan yozib, keyin shu boshqalarni yana bir boshqalar otidan so’kib boplayapman, deb o’z oz’larini qonitiqtiirb turadilar.
Olimning kuzatuvlariga tayanib, "Birlik" sahifasining "Mehmonlar kitobi"ga ba’zan tinmay haqoratlarni yozadiganlardan ajbalanish kerak emas. Men ham avvaliga ulardan ranjib, ochiq xat ham yozdim. Ammo olimning maqolasini o'qib fikrim o'zgardi. Ular xasta odamlar ekan. Ularning xastaliklari davolanmaydigan kasallikdir. "Bukrini go’r tuzatadi", deganda xalqimiz balki anashundaylarni nazarda tutgan bo’lishi mumkin. Mening esa ularga faqat rahmim keladi. Kasallarga, tabiiyki, rahmingiz keladi.
Washington, 2002 yil, Avgust.