JAHONGIR MUHAMMAD
JURNALIST
BO’LISH
OSONMI?
Bir qarashda jurnalsit bo’lish qiyin ish emasdek, tuyuladi. Universitetga borib, "Jurnalist" diplomini olib, bir
narsalarni yozib yurish bilan o’zini jurnalist hisoblaganlarning son-sanog’i
yo’q. Lekin haqiqiy jurnalist bo’lib tanilganlar esa
juda kam. Bu faqat O’zbekiston, Markaziy Osiyogagina
xos emas, balki butun dunyoda ham shunday. Shundan
kelib chiqib jurnalistlarni uch guruhga bo’lish mumkin.
Birinchisi, haqiqat, adolat tomonida turuvchilar, xalq manfaati
uchun kurashuvchilar, ya’ni mashaqqat yo’lini tanlaganlardir.
Ikkinchisi, maqtov yo’li bilan hukumatlar, ma’lum guruhlarga xizmat
qiluvchilar. Bularni xalq "maddohlar" deydi.
Uchinchisi, faqat o’z halovatini o’ylaydiganlar, dunyoni suv bossa
ham "To’pig’imga kelmadiku?" deb o’ylaydiganlar.
Birinchi guruhga
kiruvchi jurnalistlardan 2002 yilda ham dunyo bo’ylab bir qanchasi o’ldirildi va bir qanchasi zulm qurboni bo’ldi. Diqqatimni,
qozog’istonlik jurnalsit Sergey Duvanovning qamalishi haqida norozilik bildirgan( 2002 yil Noyabr) Avropada Xavfsizlik va Hamkorlik
tashkiloti prezident Nursulton Nazarboyevni eski zehniyatdan qutulishga
chaqirgani bo’ldi.
Eski zehniyat. Bu sovet davrida
kishilarning qon-qoniga singib ketgan tanqidni hazm qila olmaslik zehniyatidir.
Ma’lumki, u paytda Xudoni so’kkanalr rag’batlantirilib,
rahbarlarni tanqid qilganlar yo qamoqqa yoki jinnixonaga tiqilardi.
Y’ani rahbar muqaddas hisoblanib qolgandi va bugun ham
o’sha "to’ra"lar o’zlarini eng pok insonlar, deb biladilar. Tanqid qilganlarni esa shayaton, deb hisoblaydilar. Aks holda Ukraina prezidenti Leonid Kuchmani tanqid qilganidan
keyin mustaqil jurnalist Georgiy Gongadze yo’qotib yuborilarmidi? Yoki Nursulton Nazarboeyni tanqid qilgani uchun jurnalsit Sergey
Duvanovga tuhmat qilinib qamoqqa tiqilarmidi? Checheniston
masalasida Prezident Putinni tanqid qilgan jurnalistlarning boshiga nimalar
kelganini hamma ko’rib-bilib turibdi. Belorussiyada
esa nafaqat qamash, balki o’ldirib yuborish an’naga aylanib bormoqda. Kavkaz o’lkalari ham bundan kam emas.
O’zbekistonda esa bugun prezident Islom Karimovning faoliyatini
tahlil qilgan holda ochiq tanqid qiladigan jurnalist yo’q hisobi, har holda
mamlakat ichida. Hukumatni yoki uning biror-bir tizimini tanqid
qilganlar yo qamalib ketadilar, va yoki ishlaridan
quviladilar. Shu bois ham bugun jurnalistlarning aksariy qismi maddohlik
yo’lini tanlaganlar. Lekin rahbarlarni eski zehniyatdan xalos qilishning asosiy
yo’li ularning kamchiliklarini tinimsiz tanqid qilish va
shu yo’l bilan ularni tanqidga o’rgatish, qayta tarbiyalash jurnalistlarning
zimmasiga tushganini yo bilmaydilar, yoki his etmaydilar.
Agar jurnalsitlarning aksariyati qamalgan safdoshlarining orqasida
tursalar hukumat ularga qarashi tadbir olishda ojiz bo’lib qoladi.
Afsuski, ko’p hollarda hukumatlar jurnalistlarning o’z qo’li bilan o’z
safdoshlarini yomon otliq qilishga urinadilar.O’zbekistonda qamoqda yotgan
jurnalistlar haqida faqat ularni qoralovchi maqolalar chiqib turishi va ularni himoya qilgan materiallar esa faqat xorijiy
matbuotda e’lon qilinishi ham anashundan dalolatdir. "Angren
haqiqati" gazetasi bosh muharriri Abdurahim Razzoqov haqida barcha
gazetalarda chiqqan sudsiz, tekshuruvsiz aybnoma va
uning o’z joniga qasd qilgani buning bir misolidir.
Bugun hatto qamalib chiqqan, hukumatning qora ro’yxatiga kirgan
jurnalistga dushman ko’zi bilan qarash ham eski holatida turibdi. Qamoqdan
chiqqandan beri adolat izlab yurgan, ish izlab yurgan qashqadaryolik Po’lat
Gadoyev, samarqandlik Shodi Mardiey va boshqalar
haqida xorijda yozilib, O’zbekistonda esa yozilmayotgani ham masalaning bir
jihati.
Prezidentni tanqid qilishdan qo’rqqan jurnalistlar o’z
safdoshlarini himoya qilishdan ham cho’chiganlari ularning eski zehniyatga tobe
bo’lib qolayotganlarini ko’rsatmaydimi?
Matbuot ancha erkin deb maqtalgan Tojikistonda Oktaybrning oxirgi kunlari harbiylarni tanqid qilgan jurnalistlar g’ayri qonuniy ravishda qamoqqa tiqilgani eski zehniyat bu yerda ham o’lmaganini ko’rsatadi. Ayni holatni Qirg’izistonda ham kuzatish mumkin. Turkmanistonda esa jurnalistlarning faqat bir guruhi, ya’ni maddohlari qolgan, xolos. Lekin xalq ham, dunyo jamoatchilgi ham maddohlarni emas, mashaqqat yo’lidan yurganlarni qadrlaydi.
(Vashington, 14 Noyabr).