JAHONGIR
MUHAMMAD
O’Z
UYIDA JOSUS
Agar rasmiy
xabarlarga nazar solsangiz, qadim Turkiston, bugungi Markaziy Osiyodagi
davlatlar orasida qizg’in, dostona va samimiy hayot
mavjudligi ko’zga tashlanadi. Prezidentlar tez-tez uchrashib turibdilar,
qator-qator hujjatlar imzolamoqdalar, hay’atlar borib-kelib, bo’zchining
mokisidek qatnamoqlar va hokazo.
Rasmiy ma’lumotlar ba’zan hayotiy xabarlarni ko’mib yuboradi.
Masalan, 5 Oktyabr kuni Dushanbeda o’tkazilgan oliy darajali uchrashuv davomida
rahbarlar do’stlik, birlik haqida jo’shib gapirar ekanlar, bir kichik xabar esa
e’tibordan chetda qolib ketdi.Dushanbe televideniyesi tarqatgan xabarga ko’ra
So’g’d viloyati mahkamasi 51 yoshli O’zbekiston fuqarosini josuslikda ayblab 12
yilga qamoq jasosiga hukm qilgan. U qo’lga olinganda unda
muhim joylarning xaritasi bo’lgan ekan.
Ha, bir qarashda
bu juda kichik xabar. Ammo bir oila bo’lgan Turkistonning
bugun qaysi manzilga kelganini ko’rsatish jihati bilan judda katta ma’no
tashiydi. Nikita Xrushchev cho’l-u sahrolarga qadar
makajo’xori ekdirgani kabi O’zbekiston-Tojikiston chegaralari bo’ylab mina
komib chiqilgani turli bahonalar bilan o’ralgandi. Bugunga
qadar 60 dan ziyod begunoh fuqarolar anashu minlarning qurboni bo’lgani esa
hech kimning parvoyiga kelmaydi.
Islom Karimovning bir chiroyli gapi bor edi: "Agar bir
mamlakatda bir kishining qoni bekordan-bekorga to’kilsa bu shu mamlakatning
rahbari uchun qora dog’dir" degandi u. Balki, dog’ bo’lmasin, deya
to’kilayotgan qonlarga ko’z yumilayotganmikan?
Nahotki, qardosh
ikki mamlakat o’rtasida josulik yo’li bilan aniqlanadigan manbalar mavjud va nahotki ular bir-birlariga josus yuboradigan darajada
dushmanga aylanganlar? U holda Islom Karimov va
Imomali Rahmonovning bizlar ikki tilda gapiaradigan bir xalqmiz, oramizda hech
qanday tafovut yo’q, hamma narsani birgalshib hal etamiz, degan bayonotlari
nima bo’ladi?
Agar o’sha O’zbekiston fuqarosi josuslik qilmagan holda josuslik
aybi bilan qamalgan bo’lsa-chi? Bu esa, birinchidan,
O’zbeksiton hukumaning o’z fuqarosi taqdiriga munosabatini o’rtaga qo’yadi.
Ikkinchidan, Tojikisonda o’zbeklarga bo’lgan munosabatni
oydinlashtiradi.
Ha, bazan,
oddiygina bir misol katta voqening ko’pik ekanligini isbotlaydi. Nima bo’lganda ham katta xabarlar ortida qolib ketgan bu kichik
xabar bugun Turkiston xalqlari o’z uylarida sohib bo’lmaganlarining bir
misolidir.
O’z uyingda o’gri, degan gap bo’lardi.
Ha, Turkiston
xalqlari bugun o’z uylarida begonaga aylanib qolmoqdalar.
(Vashington,8 Oktyabr, 2002 yil).