JAHONGIR
MUHAMMAD
IJDIHOD
DAVRI
Bugun islomshunoslar va diniy qadriyatlarni ta’rif va tafsir qiladiganlar juda ko’p. Ammo ular aksariyat hollarda bir- birlarini yo rad etmoqdalar va yoki mushtarak bir nuqtada birlasha olmayaptilar. Boshqacha aytganda asrlardir birlasha olmaslik bugun ham o’zini ko’rsatamoqda. Ulardan ba’zilari Islom va demokratiya bir birini rad etmaydi, deydilar va buni Quroni Karim asosida isbot etadilar. Boshqalari esa demokratiya bu g’arbning to’qimasi deydilar va Quronni pesh keltirib buni rad etadilar.
Yaqinda Washingtonda o’tgan "Nega demokratiya va nega aynan hozir?" deb nomlangan ilmiy anjumanda ham anashu haqda so’z bordi va islomshunos olimlardan biri demokratiya tushunchasi aslida Sharqda vujudga kelganini va bu islom dunyosiga begona emasligini urg’ulab, islom faylasufi Abu Nosir Forobiyning , "Bizning saylov erkimiz paydo bo’lmoqda" degan so’zlarini takrorladi.
Ko’pgina olimlar islom dunyosining yetakchi namoyondalarini IJTIHODga chorlamoqdalar. Bu esa, islomiy an’analar va ta’limni yangicha talqin etishni o’z oldiga qo’yadi.
Ma’lumki, Quron oyatlari ikkiga bo’linadi va ba’zilari qat’iy oyatlar bo’lib, aniq-ravshanligi uchun tafsirni talab qilmaydi. Ammo aksariyati asrlar davomida ba’zi olimlarning o’z xoxishlari, yoki amaldorlarning istaklariga qarab talqin va tafsir qilib kelindi. Islom olimlaridan biri "Demokratiya yaxshi tuzum emas, lekin hozir undan yaxshiroq tuzum ham yo’q, ya’ni borlarining yaxshisidir bu" degan edi. Shunday ekan, anashu borlarining yaxshisiga intilishning nimasi yomon degan savol tug’ilmoqda bugun.
O’zbekiston kabi yakkahokimlik hukm surib turgan joylarda esa qatag’on, zilm, quvg’in yo’li bilan islomiy qadriyatlariga uzangan kishilar extremizm, radikalizm, kuchga qarshi kuch yo’liga kirib ketishga majburlanmoqdalar. Vaholanki, Islom nima ekanligini uzoq yillar davomida chalasavod mullalardan eshitgan millatga haqiqatni bilish yo’lidagi eshiklar ochilsa uning o’zi oq va qorani ajratadigan bo’ladi va demokratiya uning foydasiga ekanligini va buni Allohi ham, Rasuli ham inkor etmaganini tushunadi.
Buyuk Britaniyada chiqadigan "Ekonomist" jurnali yozishicha, O’zbekistonda diniy va siyosiy qarashlari uchun qamalagan qariyb 6,5 ming kishining taqdiri mamlakatda haqiqiy Islomni o’rganish uchun sharoit yo’qligini ko’rsatadi. Darhaqiqat, ko-r-ko’rona ergashish hamma sohada extremizga olib boradi. Ongli, erkin va mushohadali qarash esa demokratiyaning tamalidir. O’zbekistonda esa unisi ham bunisi ham ora yo’lda. Balki shuning uchun ham mamlakat ora yo’lda qolmoqda. Boshqacha aytganda, Islomni o’rganishni demokratiyani qabul qilishdan va demokratiyani hazm qilishni Islomni anglamoqdan boshlamoq kerak.
(VASHINGTON, 2003 yil, 24 May).