JAHONGIR MUHAMMAD
HAYOT KO’P
NARSANI
ISBOTLAYDI
O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning
New
Ma’limki, sud Gulnora Karimovaga bo’lalari Islom va Iymonni Amerikada istiqomat qiladigan otasi Mansur Maqsudiy bilan telefon orqali gaplashishlariga sharoit yaratishni buyurgandi. 9 yoshli Islom telefonda otasiga "Sen bilan gaplashmayman" degandan keyin sud bolaga tashqi ta’sir bo’lgan deya videoga yozib olish sharti bilan qaytdan suhbat uyushtirishni buyurdi. Ammo Gulnora Karimova bu talabni ham inkor etdi. Sud "Agar bu talab bajarilmasa, Gulnora Karimovani qamoqqa olish haqida qaror chiqarishi" aytdi. Shu orada bolaning ilgari ruhiy kasalliklar doktoriga ko’rsatilgani va uning ruhiy jihatdan davolangani ham kun tartibiga keldi.
Sudning talablari qanday bajarilayotgani, jumladan Karimovani qamoqqa olish borasidagi ogohi munosabati bilan ochilgan navbatdagi mahkama majlisida Gulnora Karimovaning advokati uning nomidan bayonot qilib, diplomatik daxlsizligi mavjudligini ilgari surdi. O’zbekiston hukumati 1997 yilda unga diplomatik daxlsizlik haqqini bergan ekan. Har holda buni sirtdan Oliy Majlisdan ham o’tkazib qo’yishgan bo’lishsa ajablanadigan joyi yo’q. Chunki O’zbekistonda bo’lmayadigan ishning o’zi yo’q. Shu bois sud bu daxlsizlk nimadan iborat ekanligini o’rganish uchun mahkamani yana kechiktirdi.
Gulnora Karimova Amerikaga turmushga chiqqanda bu yerda doimiy yashash statusini olishi bilan Qo’shma Statlar qonunlariga bo’ysinish majburiyatini ham qabul qilgan."Green kard" olganda esa qonunlarga bo’sunaman deb, qo’lini ko’tarib qasam ichgan. Bu yerda esa prezidentning bolalari qonunni buzgan taqdirda, ayniqsa fuqarolik qonunlari bilan ish ochilganda sudga bormasin, yoki sud qarori unga nisbatan qo’llanilmaydi, degan qoida yo’q.
Hatto bevosita daxlsizligi bo’lgan prezident va kongressmenlar ustidan ish ochilganda ham bu ma’lum davrga kechiktiriladi va daxlsizlk muddati tugashi bilan ish qayta ochiladi. Ya’ni Amerikada qonundan qochish yo’q. Bu barcha demokratik davlatlarda, qonunlar hurmat qilinadigan joylarda ham shunday.
Hato Janubiy Koreada prezidentning o’gl’i ustidan ish ochilganda otasi xalqdan uzr so’radi va bolasi boshqalar kabi qonun oldida teng ekanligini aytdi. Shunday ekan, Gulnora Karimovaning diploamtik daxlsizligi nimadan iboratligi tabiiyki nafaqat sudni, balki jamoatchilikni ham qiziqtirmqoda. Chunki, O’zbekistonda 90 yillarda deputalik daxlsizligi bo’la turib Shovruq Ro’zimurodov(rahmatli), Inomjon Tursunov, Samandar Qo’qonov va boshqalar qamoqqa olingani va bugunga qdar bu an’ana davom etayotgani misollari ko’p. Buni qonunlar shunday, oldin qamoqqa olib, keyin daxlsizlk bekor qilinadi, deb izohlab kelishadi.
Endi, agar prezidentning qizi daxlsizlik orqasiga bekinadigan bo’lsa, o’rtada ziddiyat kelib chiqmaydimi? Tabiiyki kelib chiqadi. Amerikada qasamga xiyonat etsa, O’zbekistonda qonunlarni bepisand qilsa va otasi qonunlar posboni bo’lsa, demak, xulosani o’zingiz chiqarib olavering. 1991 yilda men Islom Karimov O’zbekistonni shaxshiy mulkiga aylantirib oldi, deya tanqid qilganimda, tanbeh berganlar ko’p bo’lgandi. Hayot ko’p narsani isbotlaydi, jumladan, mening gapim ham to’g’ri bo’lib chiqqanini o’tgan yillardagi va bugungi voqelikning o’zi isbotlab turibdi.
(Vashington, 20002 yil, 19 Noyabr, “Amerika
ovozi”).