JAHONGIR MUHAMMAD

 

CHINGIZXON SALTANATINING

AMERIKA SAHIFASI

 

Chingiz Xon... Butun dunyoning xoni degani...

Garchi u shunga intilgan va butun yer kurrasining bo’lmasada, dunyoning bugun Xitoy deb ataladigan o’lkasining bir qismi va Eron, Markaziy Osiyo, Rossiya va Kavkazning ham aytarli qismini o’z imperiyasi doirasiga kiritgan, qalbi Qoraqumda bo’lgan yirik bir hamjamiyatni tiklagan edi. Asl nomi Timuchin bo’lgan va mug’ullar orasida "Muqaddas qo’mondon" nomi bilan atalgan bu sarkarda bugungi Afg’onistondan tortib, bugungi Bulg’oristonga qadar ot yeldirib yetib borgan va dunyoni yakqalam qilisga intilgandi.

Bugun Amerikaning madaniy markazlaridan biri Los Angeles shahridagi Sa’nat asarlari muzeyi tashabbusu bilan Xalqaro simpozium ish boshladi. Uch kun davom etadigan bu anjumanga dunyoning barcha burchaklaridan ilm va madaniyat namaoyandalari taklif etilgan.

Chingizxon merosi deyilar ekan, Bobur Mirzoga qadar uzangan Sharq madaniyatini bunga bog’lash Ga’rbda azaldan odat bo’lgan. Zotan Boburni bugunga qadar ham mo’g’ul hukmdori deyishadi. Vaholanki, Temir kuragoniydan keyingi madaniyat o’z boshiga ayri bir dunyo.

Chingizxon merosi bugun talqin qilinar ekan, unga ikki yo’ndan qaralmoqda. Birinchisi, mo’gul madaniyati va ikkinchisi Islom madaniyati. Bugun Amerikaning madaniyat markazlaridan birida Chingizxon merosi olimlarning muhokamasiga tushar ekan, qiziqish kattaligining ham ikki bois mavjud.

Birinchidan, Timuchin dala qo’mondionligi davrida katta kuchni qo’liga to’plab, keyin emperiya qurishga qadar yetib bordi. Bugun ham dunyoda dala qo’mondonlarining "daraxti gullagan" payt. Bu Afg’onistondan Pokistonga va Indoneziyadan Kashmirga, Chechenistondan Filippinga qadar hamma joyda kun tartibida. Demak, tarixga nazar solish uchun ehtiyoj bor.

Ikkinchidan, bugun G’arbda islomni o’rganishga jiddiy ehtijoj tug’ilgan. Xitoy va Markaziy Osiyoda ikki din orasida imperiya qurgan Chingizxonning tajribasiga nazar solish shu jihatdan muhimdek ko’rinadi. Chingzixon imperiyasining halokat sabablari ham balki saboq olish uchun ibrat bo’lishi mumkin.

Nima bo’lganda ham o’sha davrning madaniyat va san’ati gullab yashnagandi va bugunga qadar sho’la sochmoqda. Boshqacha aytganda bugun Chingizxon saltananing Amerika sahifasi ochildi deyish mumkin.

(13 Iyun, 2003 yil, Lose Angeles).