JAHONGIR
MUHAMMAD
MUSTAQILLIK
BAYRAMI
ANA’NALARI
1.QADAH VA QAROR
Sessiyalar aslida xalq tafakurining xazinasi bo’lishi va bu xazina millat vakillari tarafidan to’ldiririlib turishi kerak. O’zbekiston Mustaqilliginig ilk yillarida sessiyalar o’z ma’nosida millatning majlisiga aylana boshlangandi. Masalan, 1990 yilning 20 Iyun kunida Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun deputatlar o’zbek xalqining 70 yillik orzularini majlis zaliga olib kelish bilan cheklangan emas, balki uni ro’yobga chiqarish uchun ham odim otgandilar. O’shanda millat bilan bira uning vakillari ham shod edilar. Oradan bir yil o’tib 1991 yilning 30 Avgustida Islom Karimov Mustaqillik masalasini o’rtaga otganda millatning majlisida sokinlik hukmron, hatto Karimov qarsakni ham so’rab olgandi. Sabablar ayri masala. Buni alohida yozganmiz. Lekin shu kundan e’tiboran, 1-Sentyabr O’zbekiston mustaqillik kuni, deb e’lon qilingan bo’lsa anashu kun oldadan sessiya o’tkazish a’nanaga aylandi.
Bu an’anaviy sessiyalarda Prezident uzoq nutq soz’laydi. Mamlakatning birinchi galdagi vazifalarini belgilab bergan bo’ladi. O’tgan o’n sessiyadagi nutqlarni olib, bir solishtirib ko’ring’a?! Har holda Karimovga nutq yozganlar yoki har safar bir oldingisidan nusxa ko’chirganlar va yoki Karimobning zehniyatida hech qanday o’zgarish bo’lmagan. Hamma vaqt birinchidan, ikkinchidan deb sanalgan muhim masalalar qog’ozda qolib ketadi. Amalda esa tamoman teskarisi qilinadi. Ya’ni bayram oldi sessiyasi o’z-ozini va hamda boshqalarni ham aldab turish an’anasiga aylandi.
Qizig’i shundaki boshqalar ishonmagani aniq. Har holda notiqning o’zi ham ishonmasa kerak. Shunday ekan bunday an’ana nimaga kerak? Bu savol qo’yiladigan bo’lsa barcha jabhaga qarata qo’yilihsi kerak bo’ladi va biror-bir ish qilinmagani oydinlashadi. Shuning uchun "ish qilinmoqda" timsolini yaratib turish kerak.
O’n yilda gapirilgan gaplar 10-tomlik kitob bo’libdi. Islom Karimovning bu o’n tomligini bir varaqlab ko’ring-a?! Hamma nutqlar bir-biri bilan egizakka o’xshaydi.Ayniqsa bayramoldi nutqlari.
Boshqacha aytganda, bayram sessiyasidagi nutq xuddi tug’ilgan kuni kabi bir marosimda qadah ko’tarib aytilgan so’zdek oniy bo’lib qolmoqda. Aytilgan so’z uchun birov ma’suliyat talab qilmagandan keyin shunday bo’ladi-da. Eshituvchilar ham majlisga emas, bayramga keladilar. Ularga ham qadah so’z kerak. Maqsad ichkilikni ichish, maqsad-gap va maqasad emas.
Mazkur sessiyalarda o’nlab masalalar kun tartibiga qo’yiladi va qadahni yutib yuborgan kabi tez qabul qilinadi. Deputatlar u yoqda tursin hatto prezidentning o’zi ham bu sessiyalarda qanday qonun qabul qilinganini aytib berolmasa kerak. Diktatura kasali shunaqa, odamlar nima qilayotganlarini bilmaganlari kabi nima qilganlarini ham bilmaydilar.
("Amerika ovozi" radiosi, 2002
yil, 4- Avgust).
2.SADOQATFURUSHLIK
Sovet davrida bir latifa bo’lardi. Brejnev Mudofaa vaziri bilan shaxmat o’ynab o’tirgan ekan, jangci-uchuvchi kirib keladi va :
-O’rtoq bosh qo’mondon Kobulga bomba tashlab shoh saroyini vayron qildim,-deydi.
Brejnev vazirga qarab: -Bu o’zimizdan’mi?-deb so’raydi.
-Shuning uchun bu yerga erkin kirib keldi-da, bulmasa ...
-Ha,ya..-degan Brejnev g’aladondan bir ordenni olib uchuvchining, ikkinchisini esa mudofaa vazirining va uchinchisini o’zining ko’ksiga taqib qo’yadi.
Bu latifa Brejnev tirikligida xalq orasida tarqalgandi. Darvoqe, orden- medalu va mukofotlari eng ko’p o’lka Sovet Ittifoqi edi va Brejnevning ko’ksida orden taqishga joy qolmagandi.
Sovetismning barcha ko’rinishlari qatorida bu timsoli ham O’zbekistonda qolgan. Faqat orden va medallarning nomi o’zgargan. Masalan, "Sovet uttifoqi Qahramoni" o’rniga "O’zbekiston qahramoni" degan kabi Lening ordeni o’rniga Amir Temur va yoki Jaloliddin Mnagu berdi ordeni kabi.
Ilgari bu orden medallar berilishida ikki holat e’tiborga olinardi. Xizmati va sadoqati. Hozir esa faqat sadoqati hisobga olinadi. Ilgari mukofotlar bayramlarda tarqatilgan. Hozir ham. Ammo eng ko’p mustaqillik kuni tarqatiladi.
Toshkentdan olingan bir xabarga ko’ra, bu yil mukofot oluvchilarga, agar ularning qo’lidan yozish-chizish keladigan bo’lsa, rejim tomonidan o’ldirilgan yoki quvg’in qilingan kishilar haqida, "Ayb ularning o’zida", deb qoralovchi kitoblar yozish buyurilgan ekan. Bu ham sadoqatga chorlov, albatta.
Darvoqe, shu o’rinda bir narsani eslatmoq kerak. Agar mukofot berilishi kerak bo’lsa, va bu ish mustaqillik kuniga to’gri kelganda eng avvalo Mustaqillik uchun kurashganlarga berilihsi kerak. O’zbekiston mustaqil bo’lsin, deb bayroq ko’traganlardan, adib Mamadali Mahmudov, mustaqillik uchun kurash yillarining xalq deputatlari Samandar Qo’qonov, Murod Jo’aryev, Meli Qobulov va boshqalar bugunga qadar hibsda o’tirsa-yi "Mustaqillik bu orqadan pichoq urishdir", deganlar O’zbekiston qahramoni bo’lib, davralarning kelbatiga aylansa haqiqatning beli singani emasmi?
Sadoqat sotilmaydi, degan ekan, mashoyixlardan biri. Ko’rib turibmizki u xato qilgan ekan. Bugun sadoqat ham sotiladi va sotb olinadi. Ya’ni sadoqat ko’rsatish ham xizmatga aylangan va bu xizmat evaziga mukofot beriladi va mukofot olinadi.
Suhbatimizni Brejnev haqidagi
latifa bilan boshlatgan edik.
Brejnev narigi dunyoda ham orden medallarini shaqirlatib taqib yurgan ekan, yoniga bir kishi kelibdi. Unda Brejnevdagidan o’n barvar ko’p orden va medallar bor ekan.
Qanday qilib mendan ko’p olding bularni,- deb ajablanibdi Brejnev.
-Bozorda bularning hammasini bir choychaqaga sotib oldim,- deb javob qilibdi haligi kishi.
Ha, o’tgan kunlarning eng yuksak ordenlari bugun choychaqachalik ham qadri qolmagan.
Har holda O’zbekiston orden-medallarining bahosi kelajakda qancha bo’ladi, buni vaqt ko’rsatadi.
("Amerika
ovozi" radiosi, 2002 yil, 11 Avgust).
3.QO’RQUV
Qurquvni shaytoni la’yn deydilar. U inson vujudiga bir yopishib oldimi, chiqib ketishi qiyin bo’ladi.
Ba’zilar o’z kamchiliklari, qusurlari ochilib qolishidan qo’rqadilar va umrlarini anashu nozik nuqtalarni bilganlarga qarshi kurashga sarflaydilar. Ya’ni shaytoni la’ynning malayiga aylanadilar.
Ba’zilar kimlargadir yomonlik qilib, zulm o’tkazib o’zimga ham shunday tarzda qaytmasin, deb qo’rquv girdobiga g’arq bo’ladilar. Ya’ni sayatoni la’yning quliga aylanadilar.
Ba’zilar qo’ruv bilan tug’ilib, qo’rquv bilan o’lib ketadilar. Y’ani shaytoni la’ynning o’ziga aylanadilar. Bu bir falsafa. Haqiqat esa shuki, qo’rquv O’zbekistonda mustaqillik boshlangandan beri mustaqillik kunlarining an’anasiga aylandi.
Ma’lumki, 1 Sentyabr bayram deb
e’lon qilingan. Lekin qo’rquv qurshovidagi bayram. Sentyabr yaqinlashaverishi
bilan
Ilgari podsholar mamlakatning to’rt tomoni ichiq qolgan holda o’zlari yashagan shaharni qal’a bilan o’rab olganlar. Ularga xalqning joni emas o’z jonlari aziz bo’lgan. Bugun ham ayni holatni ko’rish mumkin.
O’zbekistonda 16 fevraldan keyin kuchli tadbirlar olinishi kerak bo’ldi, bu shart-sharoit taqozosi, deguvchilar ham bor.
Darvoqe, Amerika ham 11
Sentyabrdan so’ng katta tadbirlar oldi-ku, va Mustaqillik kuni bayram qilingan
4-Iyulda
Ha,
Shu kuni terroristlar hujumi bo’ladi, deya xabar olingani uchun katta tadbirlar ko’rildi va bu tadbirlar xalqning ommaviy sayliga hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatgan emas. Amerikaning istalgan nuqtasidan istagan odam kelib, Washingtonning markazida Mustaqillik kunini bayram qildi. Sen kirishing mumkin va yoki sen kira olmaysan degan gap bo’lgan emas.Boshqacha aytganda tahlika qo’rquvga aylangan emas.
O’z soyasidan ham qo’rqish, degan gap bor.Yoki qo’rqqan "ilon" deya ipning ustidan hatlamaydi, deydilar. Yoxud qo’rqqanga qo’sha ko’rinadi, degan maqol bor. Agar qo’sha ko’rinmaganda tabiiyki bigungi manzaralar boshqacharoq bo’lardi. Amerika prezidentlari haftada ikki uch marta xalq orasiga kirishadi. Bu qo’rqmaslik an’anasini saqlab qolishning bir yo’li. Aks taqdirda saylov kezlari har kuni xalqning oldiga qanday chiqadilar?!
Boshqacha aytganda ular xalqning orasidan o’tib taxtga kelganlari uchun yanq xalqning orasiga chiqishlari qo’rquvga aylanmaydi. Xalqni bosib, uning ustidan o’tib kelganlar esa bir umr qo’rquv ichida yashaydilar. Orqaga yurish emas, balki orqaga qarash ham ularga keljakka qarash kabi qo’rqinchdir.
("Amerika ovozi" radiosi, 2002 yil, 18 Avgust).
4.TOMOSHA
SAHNASI
Ma’lumki, Sovetlar mafkurasining asosiy bo’ginlaridan biri tomosha
sahnasi edi. Boshqacha aytganda ko’zboyamachilk va so’zbo’yamachilk edi. Ya’ni
ichkarida birov o’lib yotgan bo’lsa ham tashqarida konsert, tomosha davom
etaverdi. Konsertlarning mag’zi-mundarijasi jonajaon partiya va uning
rahbarlarini, ular bergan faravonchilkni kuylashga qaratilgan bo’lardi. Ilgari
shoirlar yozib berar, kompozoitor musiqasini yozar, ashulachi kuylardi. Ya’ni
maddohlik madhiyasi uch "qo’l"dan chiqardi. Bugunga kelib bu ham
qisqardi. Ashulachining o’zi yozib, o’zi kuylab beraveradi.
Mustaqillik kunlarining eng muhtasham an’anasiga aylangan tantanali
konsertga har yili alohida tayyorgarlik ko’riladi. Har har bir harakat va har
bir qoshiq nazoratdan o’tkaziladi. Aytib bo’ladimi? Qoshiqchilardan biri bilib
yoki bilmasdan muxolifat yoki "Hizbu Tahrir" deb yuborsa nima
bo’ladi? Konsert paytida qaysi qo’shiqchi yoki o’yinchi yurtboshining yoniga
boradi va kim uning ko’ksiga bosh qo’yadi va kim u haqda qo’shiq aytadi va kim
qarshak chaladi, hamamsini bayramni o’tkazish komissiyasining raisi belgilab
beradi. Odatada bu ishni preizdentning maslahatchilaridan biri va Bosh vazir
o’rinbosari bajaradi, Madaniyat vaziri esa yordamchi. Ular ijrochilarni bir
necha martalab mashqdan o’takazadilar. Shunday bo’ladiki, ijrochilar xuddi
vatanni qutqarish uchun urushga borayotgandek shay bo’ladilar. Hukumat tomonidan
bu ishlarga bosh-qosh bo’lganlarning fikri-zikridagi aniq. Butun sahna, butun
tomosha bir kishining kayfiyatini chog’ qilish va bir kishiga yoqish uchun
yo’naltiriladi.
Aslida mustaqillik kuni konsertlar, tomoshalar hamma mamlakatlarda
ana’anaga aylangan. Y’ani shu kuni xalq bayram qiladi. Masalan, Amerikada shu
kuni xalq sayllari bo’ladi va kechqurun paytaxt Washingtonda va bohsqa markaziy
nuqtalarda mushakbozlik o’tkaziladi. Rasmiylar, ya’ni mulozimlar ham shu kuni
ko’p qatori o’z oilalari va yoki do’stlari davrasida bayram qiladilar. Chunki
shu kuni rasmiy bayram deb e’lon qilingan, ish yo’q va bu bayram prezidentdan
tortib oddiy fuqaroga qadar hamma uchun. Ya’ni odamlar tabaqalashtirilmaydi va
ajratuilmaydi. Konsertlar uyushtirilganda ham ularga mavzu berilmaydi.
Sa’antkorlar istagan mavzuda istganlari kabi kuylaydilar. Masalan G’ulomjon
Yoqubov deganiga prezidentni maqtab yoki Yulduz Usmonova deganiga vatan
xoinlarni qoralab, degandak mavzular berilamydi.
O’zbekistonda mana bir necha yillardir-ki mustaqillik kuni mamlakat
tomosha sahnasiga aylanadi. Lekin aslida butun mamlakat tomosha sahnasiga
aylangan.
Qorni och odam qo’liga miskov olib tish kovlayotgandek bo’lib ochligini
yashirganidek, cho’ntagida bir miri ham qolmagan xalq faravonlik haqida kuylaydi.
Kuylamay ko’rsin-chi?
Yoki, talaba ilmgohda pora olinadi, deb gazetaga xabar yozsa, buning
to’griligiga hamma ishonsa va lekin talabani ayblashsa bu ham
"normal" hol. Jo’jaxo’rozga kim qo’yibdi bunday gaplarni aytishga,
deyishadi.
Qamoqlarda mahbuslar qiynab o’ldirilgani haqida xabarlar oqimi to’xtamasa
ham sharoitlar yaxshilangan degan hisobotlar tarqatiladi. Dunyodagi eng yaxshi
qamoq bizning qamoq. Qashqadaryolik bir yigit, meni ham qamang, ochiqda na ish
na non bor, qamoqda har holda ochdan o’lmayman, degani shundan bo’lsa kerak.
Iqtisodiy buhron eshik qoqmagan hovli qolmagan holda oynaijumhir,
(oynaijahon deyishga til bormaydi)ya’ni televideniye va radio buyuk
o’zgarishlardan gapirib tursa tabiiyki bularning hammasi tomosha sahnasi.
Boshqacha aytganda masxarabozlik tomoshasi.
Ammo gap shundaki tomoshbain kim?
Javob jo’n, tomoshabin tomosha sahnasining qarshisida o’tirganlar.
("Amerika ovozi"
radiosi, 2002 yil, 30 Avgust).