JAHONGIR MUHAMMAD

KARIMOVGA KALTAK

 

Bugin xalqaro Amnesty tashkiloti 2002 yilning voqelarini o’zida mujassam etgan yillik hisobotini e’lon qildi. "Hisobot-2003" deb nomlagan hujjatni dunyo jamoatchiligiga taqdim etish munosabati bilan tashkilotning bosh kotibi Ayrin Kanning murojaatida dunyoda xavfsizlik yo’lida otilayotgan odimlar va ulardan kelib chiqayotgan natijalarga, inson umriga zavol bo’layotgan omillarga ko’proq o’rin beriladi.Inson haqlarining turli ko’rinishlardagi buzilishlari keskin qoralandi.

Hisobotda O’zbekiston uchun ham alohida o’rin ajratilgan. O’zbekistonning AQSH harbiylariga o’z hududlarida joy bergani va inson haqlarini toptashda xalqaro terrorizmga qarshi kurash shiorini o’ziga qalqon qilib olgani aytiladi.Referendum o’tkazish yo’li bilan prezident vakolatlarini uzaytirish kinoyaga olinar ekan, mamlakatda garchi ba’zi inson haqlari tashkilotlari ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsada, umum vaziyat juda og’irligi, hukumat siyosatini tanqid qilib kelayotgan mustaqil tashkilotlar esa quvg’in etilayotgani ta’kidlanadi.

Inson haqlari uchun kurashayotgan, ta’qib va tazyiqlarga uchrayotganlarini misollar bilan asoslagan tashkilot vijdon erkinligi ayniqsa yomon ahvolda ekanligiga urg’u beradi. Musulmonlar bilan birga boshqa dinlarning oqimlariga ham erkin faoliyat uchun yol berilmagani va hatto bu boradagi ishonchlari uhcun qamalganlar ko’payib borayotgani aytiladi.Jumladan, Marat Mudarissov va boshqlarning sudga tortilgani qayd etiladi.

Hisobotning O’zbekistonga ajratilgan qismining siyosiy mahbuslar bo’limida keyingi paytda "Hizbu at Tahrir" a’zosi deb qamashlar avj olgani, ayniqsa ayollarga ham anashu tamg’a bosilayotgani, ularning norozilik namoyishlari esa bostirib yuborilayotgani, militsiya xodimlari qamoqdagilarning oilalariga ham qattiq bosim o’tkazayotgani ta’kidlanadi.

O’zbekistonda qiynoqlar surunkali tus olganini BMTning mamlakatga borib qaytgan maxsus vakili e’lon qilgan hisobot bilan mustahkamlar ekan Amnisty tashkiloti tergov jarayonida va sud paytida, undan keyin ham qiynoq va iskanja davom etayotgani, shu yo’l bilan mahbuslar o’zlari qilmagan ishlarni qildim, deyishga majburlanayotgani, ularni o’limga hukm qilib yuborish esa oddiy holga aylanib qolgani aytiladi. Misol sifatida qamoqda o’ldirilgan Ravshan Haitovning taqdiriga to’xtalingan.Shungdek, 35 yoshli Muzaffar Avazov va boshqalarning qamoqda qiynoqlarda o’ldirilgani chidab bo’lmas hol ekanligi aytiladi.

O’zbekistonda 2002 yilda olim jazosi keng miqyosda qollanilganini ta’kidlagan tashkilot oliy jazoga hukm qilinganlarning ism sharifalarini sanab o’tadi.

O’zbekiston inson haqlari bo’yicha odimlar otmoqdamiz, deya ko’rinish bergani bilan aslida vaziyat qanday bo’lsa, shundayligicha qolmoqda va yoki aksiga qarab ketmoqda.Bunga 2002 yilda ro’y bergan va qaydiyatga olingan misollar dalolatdir.

Bu hisobot Islom Karimovga navbatdagi kaltak bo’ldi. Ammo kaltakka o’rgangan bohsga bunday zarbalar ta’sir ham qilmasa kerak. Boshqacha aytganda gapni gapir uqqanga… (Vashington, 2003 yil, 28 May).