Jahongir Muhammad

 

 

ALDARKO'SA

TAXTGA

MINGANDA...

 

Siyosiy latifalar

 

 

 

 

2005-2006

Vashington 

 

 

 

 

Aldarko’sa hayotining mag’zini idrok etishni istasangiz u holda mazkur kunlarda yuz bergan voqealarni ham eslang.

Shunchaki jilmayib qo’yishni istasangiz kunlariga parvo qilmasdan o’qiyvering.

Unutmang kunlar oldinga emas, orqaga qarab “yuradi”.

Zotan biz falakning charxi orqaga aylangan kunlarda yashadik...

                                                                                                                                Muallif.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

26-01-06

“CHLEN”

-Mana endi men ham sizga “chlen” bo’ldim,-dedi Aldarko’sa Ittifoqqa

a’zo bo’lish majlisidan chiqar ekan.

-Nima deyapsan o’zingcha? Sen ham hech narsaga yaramaysan!

Biz hammamiz qarib qolganmiz,

bizning tirik, turadigan, chopadigan “chlen”ga

ehtiyojimiz bor,-dedi Nursulton kesatib.

 

25-01-06

GAZ

Oqposhsho Aldarko’sani siquvga oldi.

-Hujjatlarni imzolachi, imzoingga qarab senga baho beramiz?

-Jonim bilan..Qanday hujjatlarni?

-Mamlakatingni gazini menga berasan?

-Mayli, mayli... Faqat evaziga kichkina bo’lsa ham bir narsa

bermasangiz, odamlar nima deydi?

Oq poshsho Aldarko’sani masxara qildi:

-Bo’pti mamlakatingni butun gazi bizniki, mening shaxsiy gazim esa seniki!

 

IT

-Samalyotga chiqishdan oldin “Bo’linganni bo’ri yer” deb aytibsanmi,

kimni nazarda tutding, kim bo’ri?-deb so’radi Oq poshsho Aldarko’sadan.

-Sizni emas, o’zimni nazarda tutdim,-dedi qo’rqib ketgan Aldarko’sa.

-Tavba,-dedi Oq poshsho,-qanaqa davr o’zi, it ham

o’zini bo’ri deydigan bo’ldi-ya?

 

24-01-06

OVSAR

-Ittifoqqa qo’shilish masalasini nega buncha orqaga surdingizlar,

bu ishni o’tgan yilning dekabrida bajarishni rejalagandim,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.

-Tug’ilgan kuningizga to’hfa bo’lsin deb Yanvarning

oxiriga olgandik-da,-deb javob qildi maslahatchi.

-He, men tug’ilmay o’lay, sanlar qutillaring!-deya jahl qildi Aldako’sa.

-Taqsir tug’ilish orqada qolib ketdi, endi bu haqda o’ylab, asabni

egovlashning keragi yo’q, endi oldinga qarab, oldindan keladiganni o’ylash kerak!

Ovsar bo’lib qolgan Aldarko’sa maslahatchining kinoyasini anglamadi va:

-Axmoqmisan, nima, tug’ilganda odam orqadan keladimi?-dedi

 

23-01-06

OT VA YER

Aldako’sa tush ko’rsa, otda ketayotganmish.

Bu tushning sirini maslahatchisidan so’radi.

-Faqat otning ustidamidingiz yoki yiqilgan

paytingiz ham bo’ldimi?-deb so’radi  maslahatchi.

-Yiqilgan paytim bo’lmadi, lekin oxirida

men bir qarich yerda yotgan edim, ot esa

oldinga yugurib ketayotgandi…

-Xudoga shukur, -dedi maslahatchi,-ot ketsa ham bir

qarich yer nasib etibdi,

shu ham tegmaydimi deb cho’chiridim!

-Kallavaram, bilasanku,

mening tishim teskari keladi!

-Qo’ying-e, unday bo’lsa ot orqaga qaytib

tepkilab ketishi mumkin,-dedi maslahatchi.

 

22-01-06

“AXMOQ EMAS”

-Saylov ham yaqinlashmoqda, biror gap e’lon

qilamizmi?-deb so’radi maslahatchi abadiy prezident bo’lib

o’tirgan Aldarko’sadan.

-Yana mendan so’raysanmi, o’zlaringdan bir taklif

chiqmaydimi?- deya o’kindi Aldarko’sa.

Maslahatchi nima deyishini bilmasdan,

gapni boshqa tomonga burmoqchi bo’ldi:

-Amerika prezidentining o’zi-ku mayliya, hatto xotini

ham 2008 yilgi saylovda nomzod bo’lmasligini e’lon qildi…

Aldarko’sa maslahatchini jerkib tashladi:

-Birinchidan, buning menga nima aloqasi bor?

Ikkinchidan esa, mening xotinim prezident bo’ladigan

darajada axmoq emas!

 

21-01-06

OLTINSIZ

-Shavkat nima qilib yuribdi?-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.

-Sizni yo’qotishga urinib yuribdi,-deb javob qildi maslahatchi.

-Nima men tangamidim, yo’qotsin!

-Yo’q, siz oltinsiz!

-Oltin bo’lsam, tembole, oltinni yo’qotib nima qiladi?

-Oltinsiz bo’lib qolmoqchidur-da!

 

20-01-06

OTA

-Bitta mavzoley qursam, o’sha yerdan turib qizingni

nazorat qilardim, bo’lmasa u mamlakatni chohga qulatishi

mumkin,-dedi Aldarko’sa xotiniga.

-Nima, hozir nazorat qila olayapsanmiki, unda qilarding?-deya

kesatdi xotini.

-Tirikdan qo’rqmagan o’likdan, ayniqsa otasining o’ligidan qo’rqadi

degan gap bekorga aytilmagan,-dedi Aldarko’sa. Xotini yana kinoya qildi:

-Tavba qildim, nima sen Leninning o’ligidan qo’rqasanmi?

 

19-01-06

YAXSHI ODAM

-Kechalari uxlay olmayapman, nega?-deb so’radi

 Aldako’sa do’xtirdan.

-Parvo qilmang, uyqu o’lim emas, bugun kelmasa

ertaga baribir keladi,-deya javob berdi do’xtir.

-Nima, o’lim kelmaydigan bo’lganmi?

-Bilmasam, xalqimiz, yomondan o’lim ham bezor, deydi…

-Shunaqami, men kallavaram, yaxshi odam bo’lishga

 intilib yuribman-a?-dedi Aldarko’sa.

 

18-01-06

SARIQ CHAQAGA

-Oramizda sotqin bor,-dedi  maslahatchisi

Aldarko’saga.

-Nimani sotmoqda? Necha so’mdan?-qiziqish

bilan so’radi Aldarko’sa. Maslahatchi

har bir savolga javob berishi shartligini yodda tutib:

-Sizni... Sariq chaqaga..-dedi.

-

17-01-06

 

ISHONCH

-Nega odamlar Nursultonning yana yetti yil

rahbar bo’lishiga ishonishadiyu, nega mening yana

shuncha turishimga ishonishmaydi?-deb

so’radi Aldarko’sa xotinidan.

-O’zing nima deysan, o’zing ishonasanmi?- dedi xotini.

-Xudo umr bersa, nega ishonmayin! -dedi Aldarko’sa.

-Demak, Xudo xoxlasa odamlar ham ishonishadi,-dedi xotini.

 

16-01-06

ROST VA YOLG’ON

-Bugungi yoshlarni aldash uchun nima qilish kerak?-dedi

Aldarko’sa maslahatchisiga.

-Hech narsa? Chunki ular shunday ham rost bilan

yolg’onning farqini bilishmaydi,-dedi maslahatchi.

-Nima, hali yo’lg’on ham bormi o’rtada?-deya ajablandi Aldarko’sa.

-Chalkashib ketishmasin deya o’rtaga rostni aralashtirganimiz yo’q...

-Ha-a..., shunday demaysanmi?

 

15-01-06

O’G’IL

-Otang qayerda ishlagan?- deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.

-Otam shaharning eng katta boyi bo’lgan, eng dong’i chiqqan

savdo bazasi uniki edi, kambag’allikdan

chiqib hammasiga o’zi erishgan,-dedi maslahatchi.

-Ammo, ja, poraxo’r bo’lgan ekan-da otang ,-dedi Aldarko’sa.

-Yo’q! Otam hech pora olmagan,-dedi gerdayib maslahatchi.

-Unday bo’lsa pora berishga usta bo’lgan!

-Yoq, pora ham bermagan,-dedi maslahatchi.

Aldako’saning avzoyi buzildi va:

-Bekor aytibsan, unda sen pora berishni

qayoqdan bilasan?-dedi.

 

14-01-06

TOSH OTISH

-Hojilarimiz sizga telefon qilib, tabrik

yo’llamoqdalar?-dedi maslahatchi Aldarko’saga.

-Bekorchilikdan zerikib qoptilarmi?-deya kinoya qildi Aldarko’sa.

Maslahatchi  darhol telefonning naryog’idagi Hajga borgan odam bilan gaplashdi va:

-Bekor emas ekanlar, shu damda

Shaytoni la’ynga tosh otish bilan band ekanlar,-dedi.

 

13-01-06

QARIYA

-Yana yetti yilga prezident bo’lishni hujjatlashtirding, lekin

shuncha yil yashashni qanday bajarasan?-dedi

Aldako’sa Nursultonga.

-Hey, qariya, sen bizni teng deb

o’ylayapsan, shekilli?-ajablandi Nursulton.

 

12-01-06

XUSHOMAD

Ostona shahriga borgan Aldako'sa qasamyod kuni

Nursultonga xushomad qilib:
-Bizda ancha mashhursan, odamlarim sen haqingda
yaxshi gaplar aytib yurishibdi,-dedi.
-Senchi?-deb so'radi Nursulton.
-Men odamlardan farqli bo'lsin deya
ba'zan sen haqingda latifa aytaman,-dedi
Aldako'sa kulib.
Nursulton miyig'ida kuldi-da:
-Men ham odamlardan farqli o'laroq seni hech so'kmayman!-dedi.

 

11-1-06

YANGILIK

-Qanday yangilik bor dunyoda?-deb so'radi

Aldarko'sa maslahatchidan.
-Kecha hayit va'zini qilganda
Qohiradagi eng katta mulla "Kimki xotini
bilan yalang'och holda "yotsa" dindan chiqadi" deb
e'lon qilibdi,-dedi.
-Ko'rdingmi, men seni dinsiz, desam
xafa bo'lib yuribsan, esingdami, yangi yil oqshomi
sen ham, men ham xotinimiz bilan yalang'och bo'lib
cho'milib, keyin yotib qolgandik,-dedi Aldarko'sa.

 

10-1-06

NIYAT

-Mana hayit ham keldi,-dedi xotini Aldarko'saga.
-Nima qipti? Qanday kelgan bo'lsa
shunday ketadi!
-Biror niyat qilmaymizmi?
-Sening niyatlaring shum bo'ladi, keyingi
safarga saqlab qo'y!,-dedi Aldarko'sa.

 

9-1-06

MALOMAT

-Xudo ursa qanday uradi?-deb so'radi Aldako'sa har kuni
telefon qilib turadigan oshnasiga.
-Xudoning yo'llari ko'p, har tomondan urishi mumkin.
Masalan, xotinning qo'li bilan ham uradi yoki xotinning
tili bilan malomat toshi otib sharmanda qiladi...
-Siz buni qayoqdan bilasiz?-ajablanib so'radi Aldarko'sa.
-Kecha o'zingiz hayit bilan tabriklash o'rniga faqat
xotiningizdan shikoyat qildingiz-ku!-dedi oshnasi.
-Menga malomat qilmang,-dedi Aldarko'sa,-
elning huzuriga chiqib xotindan shikoyat qilish
erning ishi emas!

 

8-1-06

QURBONLIK!

-Qurbonlikka ataganingiz bormi, tayyorgarlik qilaylikmi?
-deb so'radi maslahatchi Aldarko'sadan.
-Ha, bor, tayyorgarligingni ko'raver!
Kalimangni ham yodlab qo'y! -dedi Aldarko'sa.

 

7-1-06

XODA

-Vatandoshlar nima deb ming'irlashmoqda?-deb so'radi
Aldako'sa maslahatchisidan.
-Hamma vazifalar va hamma narsalarni boshqa xalq vakillariga
beryapti, deb tandiq qilishmoqda,-dedi maslahatchi.
-Ularni bekorchilikdan qutqarib, axlat kovlash uchun
qo'liga cho'p berib qo'yibmiz-ku,
bo'pti xoda beraylik bo'lmasa!-dedi Aldarko'sa.
-Unda o'zimiz nima qilamiz?-deya o'ylanib qoldi maslahatchi.

 

6-1-06

YASHASIN!

-Yashasin Aldarko'sa,-dedi maslahatchi.
-Nega unday deyapsiz?-deb so'radi undan xotini.
-U yashasa biz ham yashaymizda,-dedi maslahatchi.
-U begunoh odamlarni o'ldirib tursayu siz shunaqa
deb turibsiz-a?-deya araz qildi xotini.
-Ha, tushunmagan xotin,-dedi maslahatchi
devorda ham quloq bor degandek atrofni ko'rsatib, -qo'y yashasin,
hammaga Xudo bergan umr bor deydilar,
duo qil, shu davrni tezroq yashasin!

 

5-1-06

HAJGA

-Hajga haligi otarchilarni ham yubordingmi?-deb so'radi
Aldarko'sa maslahatchisidan.
-Yubordim!
-Ha, yaxshi, Hajning ta'sirida odam bo'lib qaytishadi...
-O'zimiz ham bormadik-da!-dedi maslahatchi o'kinch bilan.

 

4-1-06

MUXOLIFAT

-Keyingi saylovda nomzodimni muxolifatdan qo'ysam,
nima deysan?-dedi Aldarko'sa maslahatchisiga.
-Ja, zo'r bo'ladi, yuz foyiz ovoz olamiz,
butun xalq muxolifat bo'lib ketgan,-dedi maslahatchi.
-Unday bo'lsa partiyalarimizni muxolifat deb e'lon qilaver!

 

3-1-06

QUTULISH

Aldarko'sa mehmonda o'tirib charchadi va:

-Qutulshning biror yo'lini top!-dedi  qo'riqchisiga.

-Bizning bulardan qutulishimiznimi yoki bularning

bizning qutulishlarinimi?-deb so'radi qo'riqma.

Aldarko'saning jahli chiqib ketdi va:

-Meni sendan qutulishimning!-dedi. 

U yoq bu yog'iga qaragan qo'rima javob qildi:

-Tapponchani tashlab kelibman!

.

2-1-06

MADANIYAT

Yangi yilning ikkinchi kuni Aldarko'sa rus futbolchilarni qabul

qilishi kerak  edi. Bu kunni bayram deb e'lon qilgani yodiga tushdida

 mehmonlarni uyida qabul qiladigan bo'ldi. Uchrashuvni endi boshlayotgan

edi xotini milliy kiyimida kirib keldi.

A'ldarko'sa xotiniga boshdan oyoq qaradi-da:

-Axmoq, bor ishtoningni yechib kel!- dedi!

 

1-1-06

XO'JAYIN

-O'likka o'xshab dumalab yotaversanmi,

mana Yangi yil ham kirib keldi,-dedi xotini

araq ichib yumalab qolgan Aldarko'saga.

Aldarko'sa shishani quchoqlab valdiray boshladi:

-Qachon? Men izn berdim-mi? Kimdan so'rab kirib keldi?

-He o'l-e, hamma narsaga xo'jayinlik qilasan,-dedi

xotini,-tezroq go'ringga kirib qo'shmazor bo'lsang-ku,

sandan qutulardik!

-Qutulib bo'bsan! Men seni kallanga kirib olganman. Hali ko'rasan,

go'rdan turib ham xo'jayinlik qilaman, sanlarga!

Sanlar qo'rqoq qullar, xo'jayinsiz yashay olmaysanlar!

-Seni kallamku kallam, go'ringdan ham chiqarib

tashlayman, hali, mana ko'rasan-dedi xotini jahl bilan.

 

31-12-05

YANGI YIL

-Ana-mana demay Yangi yil ham bostirib keldi,-dedi
maslahatchi Aldarko'saga.
Xayol surib o'tirgan Aldako'saning ko'zi
qinidan chiqib ketdi:
-Nima? Qachon? Qayoqdan? Kim bostirib keldi?

 

30-12-05

ISH

-Hormang,-dedi ayollarga termulib turgan
Aldarko'saga bir oqsoqol.
-Nima deyapti bu chol?-dedi Aldarko'sa
maslahatchisiga.
-Ishlab nima qilasiz?-deyaptilar deb tushuntirgan
bo'ldi maslahatchi.
-Davr endi yoshlarniki,-dedi Aldarko'sa askiya qilib,-
biz ishlayolmay qolganimizga ko'p yillar bo'lgan!

 

29-12-05

HAYKAL

Aldarko’sa maydonlarni aylanib yurib, maslahatchiga:
-Mana shu yerga mening haykalimni qo’ysak, nima deysan?-dedi.
-Odamlar gap qilishadimi, deyman!
-Nasriddin Afandining eshagiga haykal qo’yishgan,
uni odamlar gap qilishmaydi-yu menga haykal qo’yilsa
gap qilishadimi?-deya jahl sochdi Aldarko’sa.
-Ha-ya, gapingiz to’g’ri, bachchag’arning eshagi

zap aqlli bo’lgan-da!-dedi maslahatchi.

 

28-12-05

SOTILMASLIK KERAK!

-Rossiya meni sotib yubormasligi uchun nima
qilishim kerak?-deb savol berdi Aldarko'sa
O'zbek radiosiga.
-Baribir sotadi,-deb javob qildi radio.
-Baribir sotishini bilaman, shuning uchun
nima qilish kerak deb so'rayapmanda?-yana
savol berdi Aldarko'sa.
-Sotilmaslik kerak-da!-dedi radio.

 

27-12-05

VAYSAQI

-Lo'li bilan vaysaqining nima farqi bor?-deb

so'radi Aldarko'sa maslahatchidan.

-Bilishimcha, lo'li vaysaqi, vaysaqi esa

lo'li,-deb jabob berdi maslahatchi.

 

26-12-05

"ODAM"

-Mana meni "qo'llayman" degan bitta odam ham bor ekan,

sizlar bo'lsa yo'q deb turibsizlar?-dedi Aldarko'sa O'zbek radiosiga.

-Ha, shu gapni aytguniga qadar odam bo'lgan

"odam"ni aytayapsizmi?-deya savol bilan javob qildi O'zbek radiosi.

 

25-12-05

"AQLLI"

-Aqlli odamlar kelajakni ham o'ylashadi,-dedi Aldarko'sa maslahatchisiga.

-To'g'ri aytasiz... Darvoqe, mana shu hujjatga qo'l qo'yib bersangiz...

-Nima bu!

-Ikkita shaharda yangi maktab qurib bermoqchimiz.

-Jinni-pinni bo'lding-mi, xazinadagi pulni qaytib kelmaydigan

joylarga tarqatmalaring, demaganmidim,-deya o'shqirdi Aldarko'sa.

 

 

24-12-05

QAYTIB OL!

-Almatov tuzaladigan bo'libdi,-dedi maslahatchi
Aldarko'saga.-Do'xtirlar aytishdi...
-Unday bo'lsa kecha bergan ordenlarni qaytib ol!-dedi
Aldarko'sa jahl bilan.

 

23-12-05

"QIL" -"QIL"

Internetda "Bir umr nafrat "qil"ib yashash mumkin
emas" degan gapni o'qigan Aldarko'sa:
-Tavba, nega mumkin emas ekan, agar men har bir so'zdan keyin
"qil" o'zagini ishlatadigan bu odamlardan
nafrat "qil"sam, qanday "qil"ib nafrat
"qil"masdan umrguzaronlik "qil"ishim mumkin?-deya
o'ziga o'zi savol berdi.
Buni eshitib turgan xotini:
-Uf, yana Internet, yana "qil", "qil" mi?-dedi.

 

22-12-05

DORI MOJAROSI

Olmoniyadan qaytgan Almatovning barmog'iga qarab:
-Barmog'ing qotib qolibdimi?-dedi Aldarko'sa.
-Barmog'im uxlab qoladigan bo'lgandi,
nemislar turg'azib qo'yadigan dori berishdi, ichsam
tayoqday bo'lib qotib qoldi,-dedi Almatov.
-Olib kelmading-mi, o'sha doridan?-deya qiziqish bilan
so'radi Aldarko'sa.
-Olib kelgandim, lekin oldingizga kirishdan oldin
qizingiz olib qo'ydilar,-deya javob qildi Almatov.
-Sen hali uning oldiga kirib chiqadigan odat
chiqardingmi?-deya o'shqira ketdi Aldarko'sa.

21-12-05

QOCHIRISH

-Almatovni ham qochirdim,-dedi maslahatchi Aldarko'saga.

-Sen nega qochirasan, kerak bo'lsa uni men

ozim qochirtirar edim, buning tomoshasiga

yetadigan narsa bormi?-dedi Aldarko'sa.

 

20-12-05

KO'ZAYNAK

-Odamlar meni nega yaxshi ko'rishadi?-deya so'radi Aldarko'sa
O'zbek radiosidan.
-Yaxshi ko'rishsa, demak, hamma ko'zaynak taqqan,-deb
javob qildi radio.

19-12-05

KASAL

-Almatov hamma gapni aytib qo'ysa nima qilasiz?-deya

Aldarko'saga murojaat qildi O'zbek radiosi.

-U kasal, aqldan ozgan, tentak, buning ustiga saraton ham bo'ldi.

Shunday ekan bunday kasalga ishonadiganlar topiladi deb

o'ylaysizmi?- savolga savol bilan javob qildi Aldarko'sa.

-25 milion odam bitta kasalga ishonib turganda, unga ham ishonadigan

topilishi mumkin,-deya javob qildi radio.

 

18-12-05

"HOMIY"

Aldarko'sa qizini chaqirib:
-Homiylikni sendan boshlasin deb aytishmoqda, nima qilamiz?-dedi.
-Bitta buyruq bilan izohli lug'atdan bu so'zning
mazmunini o'zgartiramiz,-dedi qisi.

17-12-05

REYTING

-Nazarboyev qanday qilib saylovda bu qadar ko’p
ovoz oldi?-deb so’radi Aldako’sa O’zbek radiosidan.
-Sizning soyangizda,-deb javob qildi radio.
-Qanday qilib mening soyamda bu qadar ko’p
ovoz top’laydi?-deya yana savol berdi Aldako’sa.
-Odam ham shuncha go’l bo’ladimi?
Andijon voqealaridan keyin uning reytingi oshib ketdi,
qozoqlar Xudoga shukur qilib qoldilar!-deb
javob berdi radio.

16-12-05

REKORD

-Qanday rekord qo'ysak-ki bizning nomimizni
ham Gennes kitobiga kirgizishsa?-dedi
Aldarkosa maslahatchisiga.
-Manimcha, 2007 yilgi saylov-referendumdan
keyin shunday ham Gennesga kirdik
deyavering!-dedi maslahatchi.

15-12-05

SIR

-Kecha Ford kasal bo'lib qolibdi, bachchag'ar

92 yoshda ekan, yana tuzalib ketibdi. Men bo'lsam

bosh og'rig'idan qutula olmayapman, bu AQSH prezidentlari 

qanday qilib buncha uzoq yashashadi?-dedi Aldako'sa xotiniga

-Buning siri ularning vaqtida pensiyaga chiqishlarida,-

deb javob qildi xotini.

-Ularning sirini qayoqdan bilasan?-deya baqirdi Aldarko'sa.

-Ularnikini bilmayman-u, lekin siznikini bilaman-da,-dedi xotini.

 

14-12-05

ONA TILI 

-Muxolifatni yana nimalar deb tanqid qilsak ekan,

 yangi ideyalar bersangiz,-dedi maslahatchi Aldarko'saga.

-Mana kecha bur murojaatlarini o'qidim. O'zbekchasini

tushunmadim,  ruschasini topib o'qisam vij-vij xato...

Qanday qilib rus tilini unutishadi? Ona tilimizni shunday

tahqirlashlariga qanday chidashimiz kerak?!-dedi Aldarko'sa.

 

13-12-05

"OZODLIK"
-Mana "Ozodlik"ni ham bo'g'dik, endi nima qilaylik?-dedi
maslahatchi Aldarko'saga.
-Endi xalqni bo'g'ish kerak!-dedi Aldarko'sa.

 

12-12-05

BOYLAR

-Bu mamlakatda puldorlar ham, kambag'allar ham

bo'lmaydi,-dedi Aldarko'sa.

-U holda biz-ahli saroy nima qilamiz?-deb so'radi maslahatchi.

-Men boylar haqida gapirganim yo'q-ku?!-dedi Aldarko'sa.

 

11-12-05

AZA

-Vashingtondagi to'y-ziyofat qanday o'tdi?-dedi

Aldarko'sa maslahatchisiga.

-Azaga o'xshab qoldi,-dedi maslahatchi.

-Nega?

-Chunki aza edi-da!

 

10-12-05

"QO'ZG'OLON"


-Andijon voqealarini "qo'zg'olon" deganimizdan ba'zilar
ranjimoqda,-dedi maslahatchi Aldarko'saga.
-Bahona topishni bilasanmi o'zing, mana
Lening qilgan Rus inqilobini ham "qo'zg'olon" deyishgan,
masalani shu tomonga burib yubormaysanmi?
-U holda Ukraina, Gurjiston, Qirg'izistonda ham
qo'zg'olon bo'lgan ekan-da,-ajablandi maslahatchi.
Gapidan adashib ketga Aldarko'sa:
-Ha-da, kallavaram, biz ana shu qo'zg'olonni bostirdik!-dedi.

9-12-05

KELASI YIL

-Kelasi yilni nega "Homiylar va shifokorlar yili" deb
atadingizlar, degan savollar ko'payib ketdi.
Rostdan ham nega shunday deb atadik?-deb
so'radi maslahatchi Aldarko'sadan.
-Axmoq, shu ketishda ikkalamizning ham
kelasi yili ham homiyga, ham shifokorga ehtiyojimiz tug'iladi,-dedi
Aldarko'sa jahl bilan.

8-12-05

NIMA BO'LDI?

-Nama bo'ldi, nega Vashington radiosi menga hujum
qilib qoldi, bolalaring qayoqqa qarayapti?- dedi radio eshitib
o'tirgan Aldako'sa.
-O'zingiz aytar edingiz, agar ikki oyoq bir teshikka
tiqilsa, "bir qadam orqaga, ikki qadam oldinga"
siyosatini ishga solgin deb, shunday qildik,-dedi
hozirjavob maslahatchi.
-Tavba,-dedi Aldako'sa,- ikki oyoq
bir teshikda bo'lsa, qanday qilib ham oldinga va
hamda orqaga yurish mumkin ekan?

 

7-12-05

PAYG'AMBAR

-Sizni xorijiy radiodan Mo'so payg'ambar deb e'lon
qildirdik,-dedi maslahatchi Aldarko'saga.
-Nega Muhammad payg'ambar deyishmadi?-so'radi Aldako'sa.
-U hozir qora ro'yxat-da,-dedi maslahatchi.

 

6-12-05

"KO'RAYLIK-CHI?"

-Vashingtonda bizni propaganda qilmoqchi bo'lgan
bolalarimizning orqasi ko'rinib qoldi,-dedi maslahatchi
Aldarko'saga.
-Undan bo'lsa bu yoqqa olib kelgin,
bir ko'raylik-chi?-dedi Aldarko'sa.

5-12-05

KETMOQCHI

-Chet elda qolib ketayotganlar ko'payib ketmoqda,-dedi

maslahatchi Aldarko'saga.

-Borib tovoq-qoshiq yuvib yurishibdmi? Mayli ketishsin.

Shunda qadrimizga yetishadi. Hammani jo'nat,-dedi Aldarko'sa.

-Rahmat-ey, men ham ketmoqchi edim,-dedi maslahatchi.

 

4-12-05

AMNISTIYA

-Mana Amnistiya ham chiqardik, shunga amal qilib
barcha mahbuslarni ham chiqarib yuborayapmiz,-dedi Aldarko'sa
xorijdan kelgan oliy darajali mehmonga.
Mehmon ajablandi:
-Nima, davlat chegaralarini ochib yubordingizmi?

3-12-05

DEMOLAR va KRATIYA

-Ukraina va Gurjiston boshchiligida besh-oltita mamlakat bir bo'lib
Demokratik Davlatlar Hamdos'tligini tuzishibdi,-dedi
maslahatchi Aldarko'saga.
Bu xabardan uning jahli chiqdi va:
-Oralarida Rossiya bormi?-dedi.
-Yo'q...,- Aldarko'saning baqirishidan
maslahatchining tovushi ichiga tushib ketdi.
-Rossiyasiz qanday qilib demokrat bo'ladilar?
Baqiroqlar! Bilmaydilarmi, Demo bu biz,
ular ham Demo, Kratiya esa Rossiya,
shunday bo'lib kelgan, shunday bo'lib qoladi,
buni qanday qilib ajratish mumkin?

2-12-05

ISHTAHA

-20 yildan buyon avval iqtisod, keyin siyosat deya

shu kuyga tushdik, teskarisini qilsak

bo'lar ekanmi?-dedi maslahatchi Aldarko'saga.

-Parvo qilma, vaqtimiz ko'p, ulguramiz, endigi 20 yillikda

bunisini sinab ko'ramiz,-deb javob qildi Aldarko'sa.

 

1-12-05

"TOZALA"

-Ruslar harbiy shartnomani ratifikatsiya qildilar, endi

tinch uxlasak bo'ladi,-dedi maslahatchi Aldarko'saga.

-Bo'lmasa beton to'siqlarni olib tashla, endi hech narsa

kira olmaydi, orqamiz baquvvat,-dedi Aldarko'sa mamnun ohangda.

 

30-11-05

"CHAQIRIB OL!"

-Vashingtondagi yoshlarimiz kimga ergashmoqda?-deb

so'radi Aldarko'sa maslahatchisidan.