Jahongir.Org
JAHONGIR MUHAMMAD
ISLOM
LASHKARLARI
yoki
O’zbekiston Islomiy Harakatining
Parvoz va Inqiroziga sabab bo'lgan omillar
(2000-2003)
1.MAQSAD ISLOMIY DAVLATMI YOKI...?
Ming yillardir nomi qanday
atalishidan qatiy nazar, xoh Turon zamin bo’lsin, va yoki xoh Turkistonu
Movaraunnahr bo’lsin, bu zamindan Azon tovushisi uzilmagan. Hatto qattol sovet
rejimi davrida ham Azonni yo’q etisholmagan. Mustaqillikdan keyin bu sas yana
jarangdorroq va yanada balandroq eshitila boshlagani kimlarningdir qulog’iga
yoqmadi va umuman Azon caqirig’idan harakatga keladiganlarga qarshi kurash
boshlandi. Islomiy ma'rifat uchun yo’lga chiqqanlar bugun qo’lga qurol olishga
qadar yetib keldilar.Boshqacha aytganda, O’zbekiston hukumati o’ziga qarshi
o’zi qurolli muxolifat yetishtirishga zamin hozirladi.Bu masalaning ko’p
gapirilgan va hammaga ayon bo’lgan qismi. Ammo bugungi haqiqat shuki, AQSH
hukumati bu qurolli guruhni, yani O’IH (O’zbekiston Islomiy Harakati-JM) ni
dunyodagi eng tahlikali terroristlar ro’yxatiga kiritdi. Bunda O’zbekiston
hukumatining qanchalik jonbozligi bo’lsa, O’IHning ham shuncalik yo’l qo’yib
bergan jiddiy xatolari bor. Jumladan, O’zbekiston hukumatining Toliblarga
nisbatan birdaniga yumshab qolishi kelgusida O’IH bilan ham shunday muzokaraga
kirmasmikan, degan savolni uyg’otadi. Lekin bu-savol. Bu-fikr va xayol. Haqiqat
esa shuki 2000 yilning Sentayabr oyi boshida BMT o’tkazgan Ming yillik
anjumanida O’zbekiston prezidenti Islom Karimov tahlika ko’lami juda katta
ekanligini aytdi. Uning manabu so’zlarini mazkur anjumanda qatnashganimda
magnit lentasiga tushirganman:
- Mavjud
tahlikaning markazi 20 yildan buyon urush ichida bo’lgan Afg’oniston ekanligini
isbotlashga hojat yo’q. Afg’oniston bugun xalqaro terrorizm va ekstremizmning
tayanch nuqtasiga aylanib qoldi, narkotiklar ishlab chiqarishning dunyodagi eng
yirik fabrikasiga aylandi. Bu
milliradlab dollar miqdorida foyda keltirmoqda va xalqaro terrorizmni
boqmoqda...
Ammo oradan 19 kun o’tib,
O’zbekiston rahbari Bishkekda boshqa gapni aytdi:
-Men Afg’oniston haqida vahima
qilishlariga, shov-shuv ko’tarishlariga chek qo’yish tarafdoriman. Afg’onistonda
nima bo’layotgan bo’lsa, bu uning ichki ishidir. Toliblar harakatini shu
mamlakatning xalqi tanladi va biz bu tanlovni hurmat qilishimiz kerak.
Bu yerda izohga hojat yo’q.
Lekin Usama Bin Laden,Tohir
Yo’ldosh masalasi nima bo’ldi? Juma Namanganiy-chi? Axir ular Afg’onistondan
chiqib ketganlari yo’q-ku! Qolaversa, BMT minbaridan aytilgan gaplar nima
bo’ldi? Bunday savollarga javob qidirishdan oldin O’IH lideriga boshqa savol
berdik.
SAVOL:Mana Amerika Qoshma
Shtatlari, xususan, Davlat departamenti O’IHni Usama Bin Ladenga bog’liq
terrorirstik guruhlarning ro’yxatiga qo’shdi. Buni O’zbekiston hukumati juda
mamnuniyat bilan kutib oldi. Qanday bo’lishidan qatiy nazar umuman mana
sizlarni terroristik harakat deb, yil boshida ham ro'yxatga qo’shishgan edi
,lekin endi dunyodagi eng tahlikali 28 ta terroristlar ro'yxatiga
kiritishganiga o’zlaringizning baholaringiz qanday?
JAVOB: Bismillahi Rahmani Rahim.
Albatta AQSHning 14 sentyabrda e’lon qilgan va xorijiy terroristik tashkilotlar
ro’yxatiga bizning tashkilotimiz nomi ham qo’shilgani, harakatimiz a’zolari
tarafidan ajablangan holatda, taajjub holatda qabul qilindi. Chunki
terroristlar guruhiga nainki bizni, balki millatimizni 80 yildan beri terror
qilib kelayotgan O’zbekiston rejimi yozilsa va bugungi kunda 9 yil mobaynida
mustaqillikni e’lon qilgan O’zbekistonda kechayotgan qonli holatlarni, ya’ni
musulmon millatimizga bo’layotgan zulmlarga ko’z yumilib, mana shu zulmga
qarshi haqiqiy ozodlik uchun kurashmoq maqsadida qo’liga qurol olgan haqiqiy
mujohidlarni terroristlar guruhiga qo’shilishi va terrorist deb atalishiga biz
afsuslandik. Lekin shu bilan birga bu Amerika hukumatining bir necha kundan
keyin Karimov rejimiga qarshi e’lon qilgan boshqa bayonoti ham bizning
qo’limizda turibdi. Albatta bu bayonotda avvalgi berilgan bahodan farqli
o’laroq bizni ichkarida bo’layotgan qonunsizlikka, ichkarida bo’layotgan zulmga
qarshi chiqqan muxolifat deb aytilgan. Bu ham bizni tan olishdir. Lekin bizni
emas, Karimov rejimini terrorist, deb yozilganda adolat bo’lar edi. Bu narsalar
bizni o’z oldimizga qo’ygan maqsad, haq-huquqimiz uchun kurash yo’limizni to’sa
olmaydi va bu berilingan bahoni biz adolatsizlikk bahosi, deya qarshi oldik.
SAVOL:Bilasizmi, Amerika hukumatining qo’lida ham dalillar bor. Masalan Sizlarni terrorist, deb atar ekan, ular aytmoqdaki, mana o’tgan yili Qirg’izistonda to’rt geologni garovga olishdi, bu yil yana amerikalik alpinistlarni garovga olishdi, xo’p siz aytayotganingizdek, O’zbekiston hukumati aybdor deylik, Karimov aybdor deylik, lekin garovga olingan bu odamlarda ayb nima edi?
JAVOB:Albatta, o’tgan yilgi va bu yil bizning harakatimizning qo’liga asir tushgan kishilarni biz izlab topib olganimiz yo’q, balki ular bizning yo’limizdan chiqishdi. Bilasizmi, jangning o’z qonun-qoidalari bor, manashunga muvofiq yo’limizdan chiqqan har bir kishini biz asir olishimiz mumkin. Lekin ularning o’zlari ham tan olganlaridek, biz ularga insoniy nuqtai nazardan eng yaxshi muomala qilganmiz. Biz alohida markazlarga borib bu odamlarni ushlab kelgan emasmiz. Shuning uchun bu masalada biz o’zimizni aybdor, deb bilmaymiz. Balki mintaqadagi hukumatlarni aybdor, deb bilamiz.
SAVOL: Toshkent hukumati sizlarni 1999 yil 16 Fevralda yuz bergan voqelarda to’la ayblab keldi, mana endi Amerika hukumati ham bu fikrga qo’shilmoqda. Jumladan e’lon qilingan hujjatlarda bu haqda yozilgan. Sizlar esa buni bugunga qadar tan olmay kelayapsizlar. Lekin mana bugun O’zbekiston bilan urush holatidasizlar, bugun nima deysiz, haqiqatdan ham o’sha portlovlar sizlarning ishlaringizmi?
JAVOB:Butun dunyoning qoidasi shuki, jinoyat isbotini topmagunga qadar birovni jinoyatchi deysihsga hech kimning haqqi yo’q. 16 fevral voqealari masalasi haliga qadar isbotlangan emas. Gumonlar va majburlab olingan ba’zi bir iqrorlar bor, xolos. Biz bugun O’zbekiston hukumati bilan oshkor jangga kirganimizni tan olamiz, lekin shu kunga qadar 16 Fevral voqealari va mamlakat ichida yuz bergan bergan boshqa voqealarni biz tan olgan emasmiz va tan ham olmaymiz. Chunki, mening shaxsim va yoki harakatning bu ishga aloqasi isbot etilmagan. Bugun O’zbekistonda davom etayotgan zulmga qarshi kurash bu O’zbekiston musulmonlarining haq-huquqlari deb bilaman, Chunki qamoqlarda o’layotgan o’nlab shahidlarni va Farg’ona vodiysida 7 nafar militsiya xodimi tarafidan nomusiga tajovuz qilingan muslima ayol kabilarni kim himoya qiladi? Shuning uchun biz O’zbekiston hukumatiga qarshi e’lon qilgan jihodimizdan afsuslanmaymiz, inshoolloh, bu jihodimizni oxirigacha davom ettiramiz.
SAVOL: Keyingi paytda bir iddao o’rtaga tashlanmoqda. Ya’ni O’IH bu Buxoro amirligining vorisi va bir paytlar amirlikning juda katta mablag’i banklarga qo’yilgan, yashirilgan va shu pulning hisobiga tashkil topgan bir guruhnig ishi deyilmoqda. Bunga nima deysiz?
JAVOB: O’IH tarixini nainki xorijdan, balki O’zbekistonning ichidan izlash kerak. O’IHni bir daraxtga o’xshatadigan bo’lsak, uning ildizi 70-80 yil oldin kommunistlarga qarshi chiqqan mujohid bobolarimiz ishining davomi, deb bilamiz. Biz o’zimizni o’sha bobolarimizga qiyos qilamiz. Biz o’sha bobolarimizning yo’lini davom ettirayotganligimiz bilan afsuslanmaymiz. Lekin bizni tashqaridagi iqtisodiy manbalarga bog’lash bu adolatsizlk bo’ladi.
O’IH ayni Stalinning repressiya vaqtidan omonda qolgan ulamolar harakatining davomi, xolos. Stalin zulmi davridan beri bizning ulamolarimiz maxfiy uslubda, turli ravishda bizlarni tarbiyalashdi, biz anashu harakatning davomchilarimiz, xolos. Shuning uchun bizni tashqariga bog’lash kerak emas, bizning mustahkam ildizimiz yurtimizning ichida.
SAVOL:Bog’lash kerak emas, deyapsiz. Ammo sizlar tashqaridasizlar. Istaymizmi, istamaymizmi, sizlar Afg’onistonda va u yerda Toliblar hukmronlik qilmoqda. Toliblarning Usama Bin Laden bilan aloqasini butun dunyo ko’rib-bilib turibdi, sahunday ekan, sizlar ham Bin Laden bilan aloqada bo’lmaganlaringizni qanday isbot etasizlar?
JAVOB: Bizni Bin
Laden bilan birga bo’lganimizni isbotlaydigan biror-bir hujjat na Amerika
hukumatida va na O’zbekiston hukumatida y’oq. Bu gaplarning hammasi bir gumondan
boshqa narsa emas. Lekin bir harakat, bir muxolifat chet elga chiqib, chet elda
siyosiy boshpana topishi butun dunyo qabul qilgan qonunlar doirasidadir. Buning
uchun bu narsa ayb deb bilinmaydi. Bizning Afg’onistonda va yoki boshqa-boshqa
o’lkalarda bo’lishimiz bu bizning O’zbekistonga xiyonat qilganimiz emas. Bugun
Ga’rbda va Amerikada yashayotgan O’zbekistonning boshqa muxolifat vakillari
o’zlarini vatanning asl farzandlari deb biladi, ular mustaqillik uchun
o’zlarini haqiqiy kurashgan kishilar, deb biladi. Biz ham hech qachon o’zimizni na Bin Ladenga
va na Toliblarga bogliq, deb bilmaymiz. Biz yurtimizning, alhamdulilo, asl
musulmon farzandlarimiz va shuning uchun bizlarning yuzimizni bo’yashga urinish
behuda harakat qilishlik, xolos. Biz vatanimizga xiyonat qilgan emasmiz va
xiyonat qilmaymiz ham.
SAVOL: Siz mana yuzimizni
bo’yashga behuda urinish deyapsiz, lekin ayni paytda mayli, O’zbekiston
hukumatini bir tomonga qo’yib turaylik, sizlarga dushman bo’lsin, Karimovni ham
bir tomonga qo’yib turaylik, sizlarga dushman bo’lsin, lekin, O’zbekistonda
tanilgan dindorlar, din ilmidan uncha-buncha xabari bo’lgan kishilar ham bugun
sizlarni hatto "Ma’lunlar" deyishmoqda, sizlarning Islom bilan hech
qanday aloqasi yo’q deyishmoqda. Sizlarni Islomning orqasidan pul qilishga ,
manfaatga kirgan odamlar deyishmoqda. Hattoki joylardagi dindorlar, mullalar
sizlarning orangizdan o’lganlarni O’zbekistonda ko’mishga izn berishmayapti.
Bunga nima deysiz?
JAVOB: Bizga qarshi
gapiaryotganlar saroy ulamolaridir. Ular haqiiqy ulamo emas. Ular 70-80 yil
qizil saraton-qizil imperiyaning maddohlari bo’lgan insonlardir. Ular o'sha
vaqtda imperiyani maqtab kelganalr. Ular bo’lgan va ular bo’ladi yana. Lekin
biz dinni niqob qilganimiz yoq, balki dinni hokim qilamiz, deb jihod e’lon
qilganmiz. Rejimning atrofida turgan kishilar o’zining shaxsiy manfaati uchun
dinni sotayotgan kishilar, xolos. Ular yashasin Islom deydi, lekin shariatga
rozi bo’lmaydi. Biz shariatni tadbiq qilmoqchimiz. Shariatga taslib bo’lib
yashamoqchimiz. Ularning bizga qarshi gapirayotgan gaplari laganda ham turmaydi
va biz ularga qarshi o’zlariga o’xshab gapira olmaymiz.
SAVOL: Shariatni tadbiq qilamiz,
deyapsiz, lekin masalaga real qaraydigan bo’lasak O’zbekistonda bugun
ko’pchilik shuni istaydimi? Ko’pchilk buni istamaydi-ku?
JAVOB:O’zbekiston aholisining 83
foyisi musulmondir. Ularning ming yillik tarixi bor. 70-80 yilda paydo bo’lgan
bedin toifa bu yangi toifadir. Shariatga muvofiq yashash har bir musulmonning
orzusi. Karimov da'vo qilayotgan Islom bilan biz da'vo qilayotgan Islomning
farqi shuki, Karimov islomning suvratini xoxlaydi, biz esa islomning siyratini
xoxlaymiz. U ota bobolarimizning dinda taqiqlangan haykallarini qo’yib uni
tijorat qilib yashamoqchi, biz esa ota-bobolarimiz yozgan kitoblariga amal
qilib yashamoqchimiz.
SAVOL: Endi sizlar ham
Afg’onistondagi kabi ayollarni ishlatmaslik, ayollarni ishlardan quvish,
kaltaklash, o’qitmaslik rejimini o’rnatasizlarmi yoki Afg’onistondagi kabi
o’zaro janjallar, o’zaro nifoqlarga asoslangan bir jamiyatni istaypsilzrmi?
Axir bugun Islom davlati, Islom rejimi der ekansiz bunday bir Islom davlatining
o’zi model sifatida, dunyoda ibrat sifatida yo’q-ku?
JAVOB: Balle, siz haqsiz bu
so’zda. Bugun yer yuzida ayni RAV(Rasulilloh alayhissalom)dan qolgan islom modeli
bugun yo’q. Buni men ham tan olaman. Biz RAVdan qolgan islomning aslini
xoxlaymiz. Biz na Afg’oniston, na Eron, na Pokiston, na Saudiya rejimini
istamaymiz. Bular Islomning asliga hech vaqt o’xshatib bo’lmaydigan modellar.
Agar ayollarning haq-huquqini gapiradigan bo’lsak, birinchi bo’lib ayollarga
haq-huquq bergan bu Islom dini. Ayollar ko’chalarga miting qilib chiqmasdan
ilgari ayollarni, xususan, onalarni ulug’lab, jannat ularning oyog’ining
ostida, deb Islom dini haq bergan. Shuning uchun bir narsadan xotirjam bo’lish
kerakki bizning yurtimizda, inshoolloh, nafaqat musulmonlar, balki boshqa
dindagilar ham o’zlarining huquqlariga to’la ega bo’lib, Islom qo’ygan huquqlar
bilan yashashadi.
SAVOL: Xo’p endi, qurol bilan,
odamlarni o’ldirish bilan, qon to’kish bilan Islom davlatini qurish mumkinmi?
JAVOB: Islom davlatini qurishdan
oldin gapirmoqchi bo’lgan gapimiz, biz bugun zulmni ko’tarib tashlamoqchimiz.
Bizning harakatimiz bir yil oldin e’lon qilgan jihodida oldiga qo’ygan birinchi
maqsad, yurtda kechayotgan zulm-sitamga qarshi, poraxo’rlikka qarshi,
adolatsizliklarga qarshi qo’zg’algan harakat. Birinchi darajalai maqsadimiz
yurtimizdagi yuz minglab musulmonlarni zindonlardan ozod qilishlik, biz shuning
uchun qon berayapmiz. Islom davlatini qurishlik esa keyin gaplashadigan
masalamiz. Avvalo zolimlar bilan hisob-kitob qilib ularni sha’riy mahkamalarga
tortish niyatimiz bor. Yana shuni aytmoqchimanki, mana ikki oydan beri biz
urush olib borayapmiz va O’zbekiston rejimining safida Afg’onistonlik Do’stimning
kommunistlari va Tojikistondan qochib ketgan Mahmud Xudoyberdiyevning askarlari
ishtirok etganlarini butun dunyoga yetkazib qo’ymoqchiman. Do’stim va
Xudoyberdiyevning bugun Termezda va Nurota tog’larida markazlari bor, va biz
ularga ko’p zarba berganmiz. Bizdan ham 23 kishi shahid bo’lgan. Men
musulmonlarni bu shahidlik bilan muborakbod qilaman va kelajakda har birimiz
manashunday shahid bo’lish orzusidamiz.
SAVOL: Mana siz jihod dedingiz. Ikki uch joydan O’zbekistonga 7-8 odamni kiritib jihod e’lon qildik, deb aslida O’zbekistondagi ko’plab musulmonlarning hayotini tahlika ostiga qo’ymayapsizlarmi?
JAVOB: Bizning harakat yuzminglarcha musulmonlarning harakati. Bugungisi faqat uchqun. Bir o’rmonni yoqib yuborish uchun bir dona gugurt cho’p kifoya qiladi. Shuning uchun bizning sonimiz Karimov rejimi bilan hisob-kitob qilishga yetarlidir.
SAVOL: Mana yaqinda O’zbekiston rahbari bir bayonot berib toliblar bilan siyosati yumshashini aytdi. Ertaga u toliblar bilan yaxshi qo’shnichilik o’rnatsa, ularning ham iqtisodiy manfaatlari bor, O’zbekistondan elektr olishlari mumkin, gaz olishlari mumkin, shunday paytda sizlarga joy tor bo’lib qolmaydimi?
JAVOB: O’zbekiston siyosatining bunchalik tez o’zgarishini dunyodagi hamma siyosatchilar bilib turibdilar, bu ildizsiz bur ko’chatga o’xshaydi. Shamol qaysi tarafga uchirsa uchib ketaveradi. Lekin O’IHning biror-bir davlat yoki biror-bir jamodan umidi yo’q, balki yagona Allohdan umidi bor va dunyoda bo’layotgan har qanday o’zgarish bizning islomiy siyosatimizni o’zgartira olmaydi. Biz oldimizga qo’ygan oliy maqsadni yo amaliy qilamiz va yoki hammamiz shu yo’lda shahid bo’lib ketamiz.
SAVOL: Matbuotda bir necha
maqola chiqdi, Onasi Tohirni oq qildi, degan. Rus matbuoti esa Tohirning
onasiga qarshi tazyiqlar bor, deb yozdi. Mana shulardan xabaringiz bormi?
JAVOB: Men shaxshiy hayotim
to’g’risida gapirishni yaxshi ko’rmayman. Lekin bugun mening onam emas, balki
o’n minglab onlarimizning ko’zi yoshlangan. Hatto onalarimiz zindonlarga
tashlanmoqda. Shuning uchun bo’layotgan zulmni onamning o’zigagina
xoslashlikdan yiroqman. Lekin dinda, tariximizda bor narsa shuki albatta,
kofirlar musulmonlarga shunday zulmlar, zug’umlar otqazgan. Bu zulmlarning
evaziga, inshooloh jannat umididamiz.
SAVOL: O’zbekiston prezidenti
Oliy, majlisda nutq so’zlar ekan Juma Namanganiy o’ziga bunday ism olib
Namanganga dog’ tushirmoqda, dedi. Bunga Juma Namanganiy qanday qaramoqda?
Taxallusini o’zgartirmoqchimi?
JAVOB: Bizga nom muhim emas. Islom
Karimov o’zining nomi qanday va nega Islomga dushman ekaniga o’zi javob bersa
bo’lar edi. Lekin bizning Namangandan va yoki boshqa yurtdan bo’lishimiz biz
uchun iftixor. Biz bu bilan ya’ni namanganlik bo’lganimiz bilan afsuslanmaymiz.
SAVOL:O’zlaringizni terrorist
emaslikilaringni qanday isbotlaysizlar?
JAVOB: Biz terrorist
emasligimizni aytib kelmoqdamiz. Biz yurtimizda ota-bobolarimiz singari
musulmon holatda yashamoqchimiz, agar kimningki o’z haq-huquqini talab qilib
kurashayotgani terrorist hisoblanadigan bo’lsa, bunda dunyoda kurashni
to’xtatib qo’yishlik kerak bo’ladi. Shuning uchun biz kimlarningdir oldida
o’zimizni oqlamoqchi emasmiz, bizning kimligimizni hamma dunyo, xususan
yurtimiz musulmolari bilib turibdi. Biz ibodatimizni terror emas, balki
Islomdagi farz qilingan Jihod ibodati, deb bilamiz.(Amerika ovozi, 8-9 Oktyabr,
2000)
2. O’IH-TERRORISTIK TASHKILOT
2001 yilning eng katta voqeasi
terroristlarning 11 Sentyabr kuni New Yorkda dunyo iqtisodining va zamonaviy
shaharsozlikning ramzi bolgan Jahon savdo markazi binosiga hamda AQSH mudofaa
timsoli hisoblangan Pentagon binosiga qilgan hujumlari, shundan keyin AQSH
boshciligida aksariyat davlatlarning terrorizmga qarshi birgalikda boshlagan
kurashlari boldi.
Bu kurash maydonida O’zbekiston ham oldingi jabhadan yer oldi. O’zbekistonni mazkur kurashning oldingi qanotiga yetaklagan esa O’zbekiston Islomiy harakatining tahlikasi edi.
Anashu tahlika ildizlari qayerda?
O’zbekiston Islomiy harakati davr talabi olaroq yetishib ciqqan harkatmi va yoki turli sabablar bois ortaga chiqqan kuchmi?
O’zbekiston Islomiy harakati bir davlatga xavf soladigan darajaga qadar yuksalishi ucun qanday omillar unga xizmat qildi?
U boshidanoq asosan tashqi kuclar tasirida bo’lgan, yana ham aniqroq aytadigan bolsak, O’zbeksitonga tashqi bo’lgan kuclar yetishtirgan terroristik tashkilot edimi?
Nima bo’lganda ham O’zbekiston tarixining ma’lum bir sahifalarini ishg’ol qilgan bu harakatning prinsipial xatolari nimalardan iborat edi?
O’zbekiston xalqi shu harakat kabi maydonga chiqib radikal islom davlati o’rnatishni talab qilgan kuclarning yo’lini qo’llaydimi yoki bunday yo’lni inkor etadimi?
Nima sababdan O’zbekiston Islomiy harakati deb nomlangan bu kuch Toliblarning qo’g’irchog’iga aylandi?
Nima sababdan bu
harakatning yulduzi porlamay turib so’ndi?
O’zbekiston
Islomiy harakatining jihod e’lon qilishi ortida aqidaviy masala bormi yoki bu
bayroq qilib ko’tarilgan narsami-di?
O’zbekiston Islomiy Harkatining harakatlari qanchalik Islomga mos edi?
Islomning 13-14 asrlar oldingi talablarini bugungi Markaziy Osiyoga tadbiq qilish, vahobiylik oqimini olib kirish adolat o’rnatadimi yoki qon to’kilishiga olib keladimi?
Bu savolarni jamiyatning turli qatlamlarini tamsil etgan siyosatdonlarga yonaltirdik..
Bugunga kelib Oz’bekiston Islomiy Harakati nomidagi uyushma terroristik tashkilot ekanligi haqida hech kimda shubha qolmadi. Dastlab bu Tashkilotni AQSH Davlat Departamenti 2000 yilda terroristlar royxatiga oldi. 11 sentyabr voqelaridan keyin AQSH prezidenti Kongres minbaridan xalqqa murojaat qilar ekan, O’zbekiston Islomiy tashkilotining nomi bir necha xavfli terroristik guruhlar yonida sanaldi. "Yo'lboshchisi Usama Bin Leden bo’lgan bu guruhga turli mamlakatlardan juda ko’p tashkilotlar bo’g’langan va Misr Islomiy Jihod tashkiloti hamda O’zbekiston Islomiy Harakati anashular jumlasidandir", degan prezident Bush O’zbekiston Islomiy harakatining kelajagiga ham parda tortdi.
O’zbekiston Islomiy harakati xavfli terroristik tashkilotlar royxatiga kiritilishini ba’zilar O’zbekistonning AQSHga yordam berish uchun rozi bo’lishidagi shartlardan biri desalarda, lekin AQSH manbalari bunga ayni shu tashkilotning o’zi katta rol oynaganini tushintirishmoqda.
Birinchidan, O’zbekiston Islomiy Harakati Qirg’iziston hududlariga kirishi va u yerdagi xorijiy geologlarni asirga olishi uning dunyo terroristlari royxatiga olinishi uchun ilk odim bo’ldi.
Ikkinchidan, yana Qirg’iziston hududida AQSH fuqarolari garovga olingani uning tarjimai holiga qora dog’ bo’lib tushdi.
Uchinchidan, bu tashkilot rahbari Tohir Yoldosh Amerikaga qarshi urushda Toliblar bilan birga bo’lganliklarini rasman e’lon qilgani ularning Usama Bin Ladenning terroristik tarmog’iga ham bog’liq ekanliklarini tan olish edi.
To’rtinchidan, esa O’zbekiston hukumati ularni 1999 yildagi Toshkent portlovlarida va Surxondaryo, Toshkent hududlaridan mamlakatga xuruj qilganlikda ayblab kelmoqda. Garchi 1999 yil portlovlarini harakat liderlari inkor etib kelgan bolsalarda qolganlarini e'tirof etishgan va shuning o’zi ham prezident Bushning gaplariga kuchli bir asos bo’lib xizmat qiladi.
Xo’sh O’zbekistonning yaqin tarixida bir terroristik tashkilot paydo bo’libdi va AQSH hamlasi bilan yakson etilibdi, hikoyaning boshi ham, oxiri ham aniq, ish bitibdi-ku, deyishingiz, mumkin. Ammo o’rtada savollar juda ko’p. Ertaga bu tashkilot bazasida va yoki undan mustaqil holda anashunday terroristik kuch yetishib chiqmasligi uchun nima qilish kerak, degan savol bugun savollarning otaboshisi bo’lib turibdi. Buning uchun esa butun voqealarning ibtidosidan intihosiga qadar qarab ciqmoq va turli qatlamlarni tamsil etadigan turli qarashdagi kishilarga quloq tutmoq va undan keyin saboq haqida xulosa chiqarmoq kerak.
3. O’IHning TAMALIDA QANDAY TASHKILOTLAR BOR EDI?
Sho’rolar davri bitib kelayotgan kunlar edi. Oshkoralik va qayta qurish shiori ko’plarning ko’ngliga yorug’lik bilan birga, jasorat ham olib kirgan va odamlar istagan gaplarini aytib, istagan ishlarini qilayotgan bir paytda diniy sohalarda uyg’onish boshlangandi. Sho’rolar davrida bangi icib uxlagan kabi sukutda bo’lgan diniy jamoalar vakillari endi Islomni boshqaruvga olib kelish uchun harakatga o’tdilar. Anashunday chaqiriqlar turli bo’linishlarga ham olib keldi. Jumladan, Movaraunnahr diniy boshqarmasi ham ichki alg’ov-dalg’ovliklarga ko’mildi va oxir oqibatda parchalnib ketdi.Diniy idorani boshqarganlar KGB bilan hamkorlik qilganlikda ayblansalar, ularga qarshi chiqqanlar esa vahobiylar deyilayotgan bir paytlar edi. Amalda Islom davlati o’rnatish uchun harakatlar borsada diniy ulamolar buning vaqti emasligini takrorlar ham edilar. Jumladan radikalizmda ayblangan Obidxon Qori Nazarov bir radio suhbatida O’zbekistonda Islom davlati o’rnatish ucun kamida yuz yil kerakligini aytsa, Tojikistonlik qozi Akbar Torajonzoda “Komsomolskaya pravda” gazetasiga bergan muloqotida “Agar kamida 50 yil tinmasdan islomni o’qitish va targ’ib qilish bilan shug’ullansak balki shunday bir davr yetihsar” degan edi.
Ana shunday bir paytda Farg’ona vodiysida “Adolat”, “Tavba”, “Islom Markazi”, “Islom Uyg’onish Hizbi”, “Islom lashkarlari” kabi bir qator uyushmalar maydonga keldi. Tohir Yoldosh suhbatlaridan birida o’zi boshida turgan harakat tarixini shunday izholagandi:
“Albatta bu O’zbekiston Islom Harakatining tarixi juda ham uzun. Bu harkatning muassisi biz emasmiz. Balki bu harakatni ellik yildan ko’proq davr mobaynida biz yosh avlodga dindan ta’lim bergan, kufr hukm surgan paytda tinim bilmasdan, jonlarini xatarga q’oyib faoliyat ko’rsatgan ulamolar bu harakatning muassislari hisoblanadi.Biz manashu kurashning davomchilarimiz. Bugunga qadar bu harakat turli nomlar bilan atalib keldi. Bu xuddi estafetaga o’xshagan kurashni bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tkazish demakdir. Hali O’zbekiston bugungi nomigagina mustaqil bo’lgan erkinlikni olmagan 1990 yillar boshida Qo’qonda “Insoniylik va Odamiylik”, Namanganda “Islom lashkarlari” tuzildi va bunga kamina rahbarlik qildim. Bu harakatlar xalqqa insoniy jihatdan yordam berish, uni turli tajovuzlardan saqlash, zulmning oldini olish uchun tuzilgandi. Xusussann “Islom lashkarlari” 1990-1991 yillardagi faoliyatida asosan nomuslari tajovuz qilinganlarni himoya etgandi, o’g’irlikka, mafiyaga va reketchilarga qarshi harakat qilgandi. U 1992 yilning Mart oyiga qadar O’zbekiston ichida faoliyat olib bordi va shu davrda biz o’z talablarimiz bilan O’zbekistonning barcha arboblari bilan uchrashib chiqdik. Oxirida harakatimiz siyosiy bosqichga ham chiqdi. ( “Amerika Ovozi” radiosi, 2000 yil)
1991 yilning Oktyabr oyida Namanganda “Islom Markazi” ishlay boshladi.
”1991 yil Oktyabr oyidan 1992 yil Mart oyiga qadar bo’lgan davrda mazkur uyushma a'zolari tomonidan Habibulla Mo’minov, Mo’sajon Turg’unov, Luqmonjon Ismoilovlar assossiz ravishda o'g'irlikda, Umar Dadamirzayev, Orif Abdullaeyv, Oksana Voronina, Yelena Mityunina va uning voyaga yetmagan qizi Zulfiya Muxametxanova, Aleksandr Voronin, Ismoil Turg’unov va boshqa bir qancha fuqarolar qonunsiz ravishda ayblanib, yechintirilib, ustidan sovuq suv quyish, qorong’u xonalarda oyoq va qo'llaridan osib qo’yib, kaltaklash, ovqat va suv bermasdan qiynab, aslida sodir etmagan jinoyatlar uchun iqrorlik ko’rsatmalarini berishga majburlab, ulardan katta miqdordagi pul jarimalari undirilgan.Yetkazilgan og’ir tan jarohatlari natijasida Ismoil Turg’unov va Aleksandr Voronin vafot etishgan”.(O’zbekiston Oliy sudining 2000 yil, 17 Noyabrdagi Hukmidan)
Amalda, nafaqat O’zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda Namanganda xalq o’zi tartib o’rnatisga boshlabdi, degan xabarlar tarqalgandi. Hatto, Moskvada ko’p tilda chiqadigan “Novoye Vremya” jurnali bu hodisalarga maxsus sahifa ajratib, xalq o’z- o’zini boshqarishning bunday o’rnagini keng yoyish kerakligini ham aytgandi.
Xo’sh, Oz’bekiston islomiy harakati davr talabi o’laroq maydonga chiqdimi yoki buning boshqa sabablari bor edimi? Bu savolga har kimning o’z javobi bor.
ERK partiyasi sobiq kotibi, bugun AQSH da yashayotgan Sulaymon Murodga ko’ra: “O’zbekiston Islomiy Harakati turli sabablar bois ortaga ciqqan kuchligi aniq, bu haqiqatdir. Uning paydo bo’lish sababalari esa chuqur va kopqirralidir. Ulug’ dinimizga o’tkazilgan ko’pyillik mislsiz tazyiq-u cheklovlar oqibatida paydo bo’lgan diniy savodsizligimiz anashunday harakatlar paydo bo’lishiga va yoshlar ularning ortidan ergashib ketishiga olib keldi.”
Erk partiyasining sobiq faollaridan biri, hozirda Norvegiyada yashayotgan Nomoz Nurmo’min (Normo’min) esa masalaga boshqacha qaraydi.”Ikki sistema o’rtasida kurash borib kommunizm yengilib, yiqilib Islomga yo’l ochildi,-deydi u.- Bu esa islomiy harakatlar paydo bo’lishiga olib keldi. O’zbekiston Islomiy Harakati paydo bo’lishiga O’zbekistan hukumatining Islomga nisbatan yanglish siyosati ham sabab bo’ldi”. Albatta turli qatlamlarda yana boshqacha qarashlar ham mavjud.
4. O’IH-NING SHAKLLANISHIDA KIMLAR ROL O’YNADILAR?
Ba'zi manba'lar Farg’ona vodiysida islomiy harakatlar tez rivojlanib ketishiga sho’rolar davrida Islomga tashna qolgan xalqning yoppasiga bu ummonga bosh urushi edi, deb baho beradilar. Bazilar esa Abduvali Qori Mirzayev, Obidxon Qori Nazarov singari ulamolar xalqni islom asoslariga bo’lgan yo’lini qisqartirish bilan birga, mavjud tuzumdan qutilishning yo’li ham Islomda ekanligiga odamlarni ishontira oldilar deyishadi. Abduvali Qori mavju rejim haqida radikal fikrlari bilan ham ovoza bolgandi. Abduvali Qori Mirzayevning 1992 yilda yozib olingan va’zida shunday o’rinlari bor:
“Pyg’ambarimiz S.A.V. bir ayol mushukka zulm qilgani uchun, mushukning erkinligini cheklagani uchun jahannamga kirganidan xabar beradilar. Bu narsadan xulosa chiqarish kerak. Bu musulmonlarga oiddir. Musulmon bo’lmaganlarga bu gapning aloqasi yo’q. Bu yaqin tariximizga, hatto shu kunlarga ham solishtirsak islom yo’liga kirgan yoki islomni qanday qilsam hayotimga olib kiraman deb yurganlar va yoki islomni yoyishga harakat qilganlarni va yoki islom yo’lida xizmat qilayotganlarni hibsga tashlayotganlarni qandy tushinish mumkin.Bir mushukning erkinligini cheklagan ayol do’zaxga kirgan bo’lsa, insonni Alloh mukarram qilib yaratgan va Allohning mukarram bandasini islom yo’lida bo’lgani uchun qamayotganlar shak shubhasiz jahannamga o’tin bo’ladilar”.
QISQA MA’LUMOT: Xalq orasida Abduvali Qori nomi bilan mashhur bo’lgan shayx Abduvali Mirzayev 1950 yilning 11 aprelida tug’ilgan. Yetti farzandning otasi.1989 yildan 1995 yilga qadar Andijon markaziy Jomesining imom xatibi bo’lgan.1995 yilning 29 avgust kuni Moskvdagi diniy anjumanga borish niyatida yo'lga chiqqanda Toshkent aeroportida yo’qolib qolgan. O’g’li Abduquddus Mirzayevning matbuotga bergan ma'lumotlari bo’yicha uni O’zbekiston MXX vakillari o’g’irlasgan. Bir qancha xalqaro tashkilotlar bugunga qadar Abduvali Mirzayevni o’g’irlab ketilgan o’zgacha qarashli kishilar ro’yxatida saqlamoqda…
Tabiiyki,
Abduvali Qori Mirzayevning yuqoridagi kabi fikrlari yakkahokimlik siyosatini
yurgizayotgan hukumatga yoqmas edi. Lekin Abduvali Qori Mirayevning va’zlarini
tinglab ko’rsangiz uning bazi muammolarga nisbatan radikal qarashlari
mavjudligi va hamma dardlarning malhami Islomda ekanlgi borasidagi fikrlarini
bot-bot uchratasiz-u Islom davlati tuzishga chaqirig’ini topa olmaysiz. Bazilar
buni uning ustaligi, u ustalik bilan yoshlarni bu yo’lga burib yubordi deb
baholaydilar. Ayrimlar esa u yirik islom olim edi va hech qachon ulamoligidan
qaytmagan yetuk ilm odami deyishadi. Balki O’zbekiston hukumati iddao
qilayotgandek, u ham O’zbekiston islomiy harakatining paydo bo’lishiga fikran
hissa qo’shgandir?! Ammo uning va’zlari shundan darak beradiki u doim begunoh
odamlarning qoni to’kilishiga, begunohlar bekordan- bekorga jazolanishiga
qarshi bo’lgan, doim adolatni qo’msagan.
O’zbekiston
Islomiy harakati paydo bo’lshiga yana qanday omillar bois bo’ldi, degan savolga
o’sha kezlari bu harakat tashkilotchilarini yaqindan tanigan bugun Kanadada
yashayotgan Namanganlik sobiq ishbilarmon Mahmudjon Hojiyev shunday deydi:
-Oshkoralik davrida ikki muammo
o’rtada turgan edi. Biri diniy masala bo’lsa ikkinchisi adolatsizlik edi.
Anashu adolatsizlikka qarshi o’laroq “Adolat” uyushmasi maydomga chiqqandi. Bu
odamlarning adolatsizlik, poraxo’rlik, ichki ishlar xodimlarining
bedodliklariga nisbatan isyonlarining bir ko’rinishi edi. Shuni aytish kerakki
xuddi anashu shior bilan maydonga chiqqan “Birlik” demokratik harakati hammani
birlashtira olmadi. Aksincha uning o’zi bo’linib ketdi. Uni ikkiga bo’lingan
deyishadi. Menicha to’rtga bo’lingan edi. Bu harkatdan “ERK” partiyasi ajralib
chiqdi. Shu zaminda “Erkin yoshlar” uyushmasi tuzildi va diniy qarashdagilar
ajraldilar. “Erkin yoshlar uyushmasi” o’sha paytdagi qurultoyda “Birlik”ni
hammani birlashtira olmaganlikda ayblagandi ham. Dindorlar ham ikkiga
bo’lindilar. Reformator yoshlar o’zlari harakat qila boshladilar va ularni vahobiylar
deb ayblashdi. Hukumat ularga qattiq tazyiq o'tkaza boshladi. Qarshi chora
sifatida ular mamlakatdan chiqib ketdilar. Buni esa O’zbekiston Islomiy
harakatining paydo bo’lish nuqtalari deyish mumkin.
Albatta, “Birlik” xalq
harakatining ham bo’linib ketishiga uning liderlari hukumat sababchi, uning
o’yinlari va malaylari sababchi deyishadi. Darhaqiqat, hukumat dastavval
demokratik ruhdagi muxolifatga zarba urdi va ularni nafaqat parchalb yubordi,
balki faoliyatlarini mutloq man etib qo’ydi. Bu esa qaysi bir ma’noda maydonni
bo’sh qoldirdi. Bu maydonga esa O’zbekiston islomiy harakati chiqdi. Bu yerda
hukumat bu ishlarni bilib va yoki bilmay qilgani haqida ham qarashlar ko’p.
Ammo 1992 yilda Islom Karimov Hollandiyaga safari chog’ida “Bizga yordam kerak,
O’zbekistonda kuchli Islomiy fundamentalizm mavjud” degani balki demokratik
muxolifat o’rniga islomiy kuchlar chiqishidan manfaatdorlik bormidi, degan
savolni ham o’rtaga qo’ygandi.
5. O’IH VA JAMIYATNING TURLI
QATLAMLARI
O’zbekiston Islomiy Harakati haqida
fikr bildirga Qashqadaryolik 73 yoshlik otaxon Ismoil Dadajonov “Amerika ovozi”
radiosiga bergan suhbatida shunday deydi:
- Ular terroristlar, ularning ayniqsa Islom nomidan ish ko’rib terroristlik qilishlari juda qabihdir. Ularning ishlari Islomga zid. Islom bunday harakatlarni qatiyan man etadi. Ularni musulmon ham deyish qiyin. Ular kofirlardir...
Jamiyatda mazkur
tashkilot haqida anashunday rangba-rang qarashlar gavdalandi. Qizig’i shundaki
bunday qarashlar aksariyat kishilarda ikki ko’rinishda bo’lmoqda. Biri matbuot
uchun va ikkinchisi o’zaro suhbat uchun. Odamlarda mazkur masalada
ikkiyuzlamachilik boshlandi. Bazilar esa mazkur masalada umuman so’z aytishdan
co’chishadi. Bu hatto xorijiy matbuot vositalarida ham ko’zga tashlandi.
Masalan, BBC radiosining o’zbek bo’limi doim bu tashkilot haqida so’z yuritar
ekan “O’zini Islomiy harkat deb atagan” iborasini qo’llandi. Inglizcha va ruscha xabarlarda
esa mazkur radio harakatning nomini aynan e’tirof etardi. Keyinchalik “Ozodlik”
radiosi ham shunday yo’l tutdi. Bunga esa Toshkent hukumatining “Bu tashkilotni
kim va qachon tuzgan, bunday tashkilot yo’q” degan bayonoti sabab bo’lgandi.
Hatto, O’zbekiston hukumati rahbarlari o’z bayonotlarini unutib, bu harakatni
o’z nomi bilan ayta boshlaganlariga, yani uning mavjudligini tan olganlariga
qaramay ham yuqoridagi kabi manzara o’zgarmadi. Biz bu bilan mazkur harakat
jamiyatning turli qatlamlariga turlicha ta’sir ham otkazganini uqtirmoqchimiz.
Bugun terroristlikda
ayblanayotgan O’zbekiston Islomiy Harakatining tarixiga razm solininsa, uni
anshunday ta’sir kuchiga aylalantirgan bir qanca voqelar bo'rtib kozga
tashlanadi. Jumladan, 1991 yilning 8 dekabrida Tohir Yo’ldohs boshchiligidagi
guruh Namangan viloyat ijroqo’mi binosi oldida mitingga chiqishdi. O’shanda yangi
mustaqil bo’lgan mamlakat prezident saylovi arafasida edi. Shu munosabat bilan
Namanganga tashrif buyurgan Islom Karimov bilan uchrashishni talab qilgan guruh
avvaliga “xo’p” javobini olib, keyin prezident ketib qolganidan g’azabga minib,
ijroqo’m binosini ishg’ol qilishadi. Guruhning ba'zi a’zolari esa shahar
bo’ylab yurib odamlarni o’zlariga qo’shilishga corlaydilar. Ular ertasiga ham
norozilik mitingini davom ettirib, prezident bilan uchrashishni talab
qilishadi.Turli manbalarda qayd etilishicha va videotasmaga olingan filmga
ko’ra bu voqeani hikoya qiluvchilar o’shanda Islom Karimov Namanganga qaytib
borgani va guruh azolari bilan uchrashganiga diqqat tortishar ekan, bir nuqtaga
urg’u beradilar. U ham bo’lsa guruhing O’zbekiston Islom davlatiga aylantirilishi
haqidagi talabi va saylov arafasida turgan Islom Karimovning bunga rozi
bo’lgani. Jumladan “The Washington Post” gazetasi ham 2001 yilning 10 Noyabrida
bu haqda yozar ekan, hukumat va islomiy guruhlar o’rtasida ziddiyat kuchayishi
debocasida Namangandagi uchrashuv turganini takidlaydi.
Namanganda Islom Karimov bilan
uchrashuvda Tohir Yo’ldoshning “Saylansangiz, bizga islom davlati qurib
berasizmi, shunga qasam ichasizmi?” degan so'zlarini misol keltirganlar bu
guruhning butun harakat va maqsadi ilk kundanoq islomiy davlat qurishga
qaratilgan edi, deyishadi. Bu iddao esa ko’pchilik tarafidan aytib kelinayotgan
va O’zbekistonda islomiy tahlika yo’q edi, buni hukumatning o’zi yetishtirdi,
degan qarashga ziddir.
Darvoqe, harakatning lideri
bo'lgan Tohir Yo’ldosh bugun Dunyoda islomiy davlat mavjud emasligini tan
olsa-da qaysi bir ma’noda xayoliy bir davlat sari intilayotganlarini e’tirof
etadi.Tohir Yo’ldoshning manabu gaplarini takror esga olishga to’gri keladi:
“Butun yer yuzida ayni
Rasululloh sallolohu vassalamdan qolgan Islom modeli yo’q' Bu narsani men ham
tan olaman. Biz R.S.A. dan qolgan Islomning aslini xoxlaymiz. Na Afg’onistonda,
na Eronda va na Saudiya Arabistionidagi model Islomning asliga o’xshatib
bo’lmaydigan modeldir". ( “Amerika Ovozi” radiosi, 2000 yil, 8 Oktyabr)
Bugunga qadar haqiqiy Islomiy
davlat modeli mavjud bo’lmasa, demak bunday model xayolda bo’ladi.
QISQA MA’LUMOT: Tohir
Abduxalilovich Yo’ldoshev, Muhammad Tohir Faruq.1968 yilning 2 Oktybrida
Namangan viloyatida tug’ilgan. U bolaligidan Mujodidiya Husayniya
naqshbandiylik sufiy guruhi anjumanlariga qatnagani aytiladi. U shingdek,
sufiylik oqimining taniqli namoyandasi qo'qonlik hazrat Eshon Ibrohimdan ham
ta’lim olgani manba'larda qayd etiladi. Shundan keyin namanganlik Umarxon
qoriga shogird tuhsadi. 1991 yilda u “Adolat” uyushmasini tuzadi. “Islom
Lashkarlari” guruhini tuzishda ham faol qatnashadi. “Tavba” guruhining ham
paydo bo’lishida ishtirok etgan Tohir Yoldosh Juma Hojiyev bilan yaqin
hamkorlikda bo’lgan.1992 yilda u ham Tojikistonga o’tib ketadi va Tojikiston
Islom uyg’onish harakati saflariga qo’shiladi. O’zbekiston Oliy sudi tomonidan
2000 yilda olim jazosiga hukm qilgan.
Endi yana O'zbekiston Islomiy
harakatining paydo bolishiga sabab bo’lgan omillarga qaytamiz. O’zbekiston
Inson huquqlari jamiyati raisi Tolib Yoqubov bu borada fikr yuritar ekan,
shunday deydi:
- Bu harakatning paydo
bo’lishiga O’zbekiston hukumatining repressiv siyosati sabab bo’ldi. Afsuski bu
siyosat bugun ham davom etmoqda. Qurolsiz kishilar qanday qilib qurolli
kishilarga aylandilar? Bu savolga javob aniq. Hukumatning zo’ravonlik siyosati
bunga olib keldi. Bu kuc O’zbekistonga, umuman boshqa bir davlatga tahlika
darajasiga ko’tarilgan emas. Uning Botkent voqelaridagi roli ham bo’rtirib
korsatilgan.
6. O’IH- MANFAATLAR CHORRAHASIDA
Afg’onistondagi so'nngi voqealar
haqida gap ketganda bugun Amerikada yashayotgan otaxon shoir Ergash Uchun Islom
nomidan bayroq ko’tarib, qotillik qilayotganlarni Islom tanasiga kirib olgan
qurtlar degan edi:”Bular Islom tanasiga kirib olgan qurtlardir. Ularning Islom
diniga hech qanday aloqasi yo’qdir. Ular butun dunyoda musulmonlarni badnom
qildilar”.
Bu-Toliblar bilan chirmashib
ketgan O’zbekiston Islomiy harakatiga ham aytilgan gap. Nega bu tashkilot
anashunday og’ir bahoga muyassar bo’ldi? Savolimizga javob qidirishda davom
etamiz.
Ma’lumki, O’zbekistonda Islomiy
uyushmalar debocasida bir emas, balki bir necha guruhlar turgan. Jumladan
“Adolat”, “Tavba”, “Islom Markazi”,” Islom Uyg’onish hizbi”, “Islom
Lashkarlari” va hokazo. Bu tashkilotlardan “Islom Uyg’onish Hizbi”ning lideri
Abdulla O’tayev Qohiradan qaytayotganda O’zbekistoni-Qozog’iston chegarasida
noma’lum kishilar tomonidan ushlangani bo’yicha haliga qadar dom
daraksiz.Boshqacha aytganda Abdulla O’tayevni bugunga kelib o’z safdoshlari ham
unutdilar-ki u haqda hech qayerda hech qanday gap quloqqa chalinmay qoldi.
Turli uyushmalar, jamiyatlar
bodroqday ko’payishiga sabab bo’lgan omillardan biri jamiyatdagi siyosiy,
iqtisodiy va ma’naviy cho’kish ekanligiga to’xtatlgan edik.
-Menimcha bunday harakat va
uyushmalar paydo bo’lishining ildizida adolatsizlik yotadi, deydi namanganlik
ishbilarmon Mahmudjon Hojiyev.-Men bir kuni Islomiy harakatga kirgan yoshlardan
biri bilan ucrashib qoldim. Unga “Sen oldin tuppa tuzuk ishbilarmon eding. Nima
bo’ldi senga, nega bu yo’lga kirib ketding” deb so’radim. Oldindan uni yaxshi
tanirdim va yolg’on gapirmaydigan yigit edi. U “ Har qadamda mirshablar pul
so’rashdi, oldiniga topganimni olishdi. Keyin topmaganimda, hech narsam
yo’qligida tuhmat qilib meni to’rt tomonga sudrashdi. Hech kim arz dodimni
eshitmadi. Qiyin ahvolda qoldim va eshitdimki, yoshlar to’planib bunday
bedodliklarga o’zlari yo’l qidirishayotgan ekan.Ularga qo’shildim. Keyin
tazyiqlar kuchaydi.Oxirida nojo’ya yo’llarga kirib ketdik” dedi. Bu o’nlab,
balki yuzlab yoshlarning nojo’ya yo’lga yetaklagan oddiy haqiqatdir...
Malumki, Farg’ona vodiysi
mintaqada aholi eng zich joylashgan bo’lgadir. Yillardir bu maskan etibordan
chetda qolib kelayotgani uchun portlashga hozir bolgan porox bochasi kabi
holdadir. Bunday hol esa alanga chiqarish uchun juda qulaydir. O’zbeklar va
mesxet turklari o’rtasida chiqqan olovli voqelar buning bir misoli.100 dan
ziyod odamning o’limiga va 1000dan ziyod kishining yaralanishiga, o’nlab
uy-joylar yoqib yuborilishiga sabab bo’lgan bu voqe juda tez unutib yuborildi. Yoki
ayni voqeaga ulanib ketgan O’zbek-Qirg’iz fojealarini yodga olaylik.400
atrofida begunoh insonning olimiga va 1000 ziyod kishining yaralanishiga yol
ochgan bu dahshatlar zamirida ig’vo bilan birga iqtisodiy va ijtimoiy masalalar
ham bor edi.
Bu voqelar mavjud hukumatlarni
yoshlar ko’z o'ngida subutsiz holga tushirdi. Chunki hukumatlar majlisbozlikdan
boshqa narsaga yaramadilar. Voqealarning asl sabablari yashirildi. Natijada
ishsizlik darajasi 80 foizga qadar yuksalgan vodiyda yoshlar umidni diniy
ulamolarga bog’ladilar.
Agar rasmiy raqamlarga nazar
solsak o’sha kezda O’zbekistonda 16 -30 yosh o’rtasidagi yigit-qizlarning 59
foyizi ishsiz bo’lgan. Xalqaro tashkilotlar hisob kitobiga ko’ra o’sha yillari
Farg’ona mintaqasida yashovchilarning aksariyatining o’rtacha maoshi ikki
dollar nari berisida edi. O’zbekiston miqyosida 9 million odam qashshoqlik
darajasidan pastda yashayotgani aytilgan paytda va undan keyin ham Moskvani
ayblash bilan vaqt o’tkazildi. Amaliy tadbirlar ko’rilmadi. O’z o’zini
boshqarishni istagan xalqning barcha huquqlari qo’lidan tortib olindi. Erkin
tijorat qilishdan tortib, demokratik muassasalar tuzishga qadar barcha imkonlar
cheklab qo’yildi.
Dinlarning qanday vaziyatlarda
vujudga kelganini bir o’ylab ko’rsangiz ko’p narsa oydinlashadi. Jamiyatda
tubanlik, qashshoqlik, adolatsizlik, parokandalik, ishonchsizlik chuqur ildiz
otgan paytda Islom dini o’rtaga chiqqan edi. O’zbekistonda diniy oqimlar
kuchlanishi anashu ko’rinishning mitti bir manzarasidir. Matbiot va soz’
erkinligi bo’lmaganligi bois mullalar, qorilar va boshqa ulamlorning ham
aytganlari tortishilmadi, bahs etilmadi. Haqiqiy Islom bilan turli oqimlar
himoya qilgan manfaatlar orasi ochib tashlanmadi. Natijada xalqning begunoh
bo'lgan juda ko’p farzandlari turli guruhlarga qo’shilib o’z umrlarini barbod
etdilar.Ular o’z millatlari, o’z davlatlariga tahlika soladigan darajaga
ko’tarildilar.
7.O’IH VA FARG’ONA VODIYSI
“FENOMENI”
O’zbekiston Islomiy harakati va
Farg'ona vodiysi mavzuida juda ko’p yozildi. Ba'zilar Farg’ona azaldan diniy
markazlardan biri bo’lgani bois bu yerda hamma vaqt diniy yuksalisgda ildiz bor
edi, degan xulosaga kelishdi.Bunda Dukchi eshonning isyoni ko’pincha misol
sifatida keltirildi.Ba'zilar esa “Bosmachilik” harakati deyilgan oqim ham
aslida diniy kurashning bir jabhasi edi va O’zbekiston Islomiy harakati anashu
yo’lning davomidir, degan g’oyani ilgari surishdi.Keyingi vaqtlarda harakat
liderlari ham shuday da’voni qildilar. Lekin unisi ham bunisi ham to’g'ri
deyish mushkul. Chunki Dukchi eshon ham, “Bosmachilar” deyilgan ota-bobolarimiz
ham ruslarga, rus bosqinchilarga qarshi kurashgandilar. Ularni bu kurashda
birlashtirgan narsa diniy tamal bo’lishi mumkin. Lekin maqsad Islom davlati
tuzish emas, birlamchi maqsad bosqinchilarni quvish bo’lgan.
Yuqorida ham ta’kidlanganidek,
sovetlar davrida hayotning barcha qirralarida chirish va cho’kish boshlangan
edi. Hukumat tizimlaridagi poraxo'rlik, o’g'irlik, adolatsizlk kabi qabihliklar
yoshlarning ko’nglida isyon uchqunlarini paydo qilgandi. Shunday kezda Abduvali
Qori, Umarxon qori, Obidxon Qori kabi ulamolar rishvatning ildizini Islom
qurita olishi, adolatsizlikka Islom nuqta qoyishi, o’g’irlikka va boshqa illatlarga
Islom chora topa olishi haqida yoshlarni ishontira bildilar.
Dunyoviy qarashdagilar esa ulara
muqobil mafkura va yoki muqobil fikr bilan ta’sir qila olmadilar. Buning
o’rniga zulmni kuchaytirdilar. Zulm zulmning onasidir. Zulmdan demokratiya
emas, zulm dinyoga kelishini ular unutdilar.
O'zbekiston Islomiy Harakati
anashu zulmga qarshi kurashni bayroq qilib olgani bilan asosiy maqsadi shariat
davlati tuzish ekanligini ham yashirmadi. “Amerika Ovozi” radiosiga bergan
suhbatida harakat lideri Tohir Yo’ldosh buni ochiqdan-ochiq o’rtaga qo’ygandi.
-Biz Karimov rejimiga qarshi
kurashga kirganmiz. Bizning maqasadimiz bu rejim maddohlari kabi Islom nomidan
gapirib Islomga qarshi kurash emas, balki Islomni olib kelish, Shariat davlati
tuzishdir. Xalqimiz istagan narsalarini Shariatdan topadi, xolos,- degandi
Tohir Yo’ldosh.
- Siz xalqimiz, deb aytmoqdasiz.
Shu xalqdan hech so’radingizmi, u Shariat davlatini istaydimi, buni istamaydi,
o’zbek xalqi demokratiyani istaydi, nima sababdan vakolatingiz bo’lmagan holda
xalqning nomidan gapirmoqdasiz, bu haqni siz kim berdi?- deb so'ralganda u
quyidagicha javob qilgandi.
-Biz bilamiz, xalqimiz azaldan
shariatni istagan va bugun ham istaydi.Lekin unga istagini aytishga hech qachon
izn berishmagan. Qolaversa bizga bu haqni Islom tanigan va biz uning
lashkarlarimiz. Biz albatta yurtimizda Shariatni ustivor qilamiz.
Shundan keyin ham O’zbekiston
Islomiy Harakatining rejimga qarshi kurashuvchi kuch deyish kerakmi yoki bu
harakat Shariatni o’rnatish uchun qo’liga qurol olganmi? Bugun Karimov rejimi
o’tkazayotgan zulm ularga bahonami yoki?. Ertaga demokratik davlat qurilsa ham
ular o’z “jihod”laridan qaytmasliklari aniq, yoki jihod yana davom etaveradi.
Bu boshqa mavzu. Yuqoridagi gapga qaytib, Tohir Yo’ldoshga berilgan savolni boshqalarga
yo’naltirsak qanday javob olamiz. O’zbekiston hukumatidan mustaqil bo’lgan
siyosiy sharhlovchi Farhod Ibrohimov shunday deydi.
- Yo’q, O’zbek xalqi Islomiy
davlatni istamaydi. O’zbek xalqi zamonaviy tuzumni, dunyoviy tuzumni istaydi.
Xalqimiz orasida juda ko’p o’qimishli odamlar bor va ular ham buning
sabablarini biladilar. Balki uzoq vaqt Rus mustamlakasi bo’lganimizdanmi, G’arb
madaniyatiga yaqinlashib qolganmiz. Xalqimiz endi orqaga qaytishni
istamaydi.Biz dunyodagi o’zini islom davlati degan hamma davlatlardan
madaniyat, ilm borasida ilgarilab ketganmiz. Islomni olib kelamiz deganlar
orasida hatto Islomning o’zini chuqur biladiganlar topilmaydi. Ular boshqaruvga
kelsalar shariat emas, balki boshboshdoqik, xunreslik, qirgin-barot boshlanadi.
O’shanday kunlardan Xudoning o’zi saqlasin!
Mana bir-biriga zid qarashlar. Biri
xalq shariatni istaydi, degan qarash bo’lsa, ikkinchisi aksi. Har holda bugun
aksini ko’proq eshitish mumkin. Shunday ekan, O’zbekiston Islomiy harakati
mansublari buni bilmadilarmi yoki xato qildilarmi? Bu savolga Samarqandlik olim
Sulaymon Murod lo’nda qilib shunday javob qiladi:
"Islom bizning mintaqada
alohida yo’lga egan bo’lgan, alohida tariqatlarga ega bo’lgan, lekin hech
qachon aqidaparastlikni tanlamagan. Aqidaparastlikka bizda yo’l yo’q edi.
Tarixni bilganlar buni ham biladilar. Tarixni bilmaganlar buni inkor
etadilar.O’zbekiston Islomiy Harakati esa uzoq tarixda ham yaqin tarixda ham
mavjud bo’lgan bu haqiqatni ko'ra olmadi. Ularning prinsipial xatolari anashu
edi".
8.O’IH va JUMA NAMANGANIY
“Tohir Yo’doshev o'z jinoiy
sheriklari O.Asqarov, K.Qo’chqorov va boshqa 20 nafardan ziyod shaxslar bilan
1991 yilning oxirida Namangan shahar ichki ishlar bo’limi uchastka vakili
Z.Bo’riboyevning xizmat faoliyatiga aralashib, “ Islom Markazi” uyushmasiga
tegishli bo’lgan Namangan shahridagi Engels qarorgohiga bir kun davomida qamab
qoyib, uni ozodlikdan mahrum qilib, jamoat tartibini saqlash vazifalarini
bajarishga yo’l qoyishmagan”(Oliy sud hukmidan.)
Bular xatomidi, jinoyatmidi yoki
adolatga tashnalikmidi? Yuqorida Oz’bekiston Islomiy Harakatining prinsipial
xatolaridan biri O’zbek xalqining aksariyat qismi shariat davlatini
istamasligini to’la angalab yetaolmagani degan xulosaga kelingandi.Darhaqiqat,
shuni aytish keraki, qayta qurish va oshkoralaik yillarida boshlangan bu
harakat nafaqat O’zbekistonda va balki Markaziy Osiyoning boshqa
jumhuriyatalarida, xususan Tojikistonda anchagina yuqori pardalarga
ko’tarilgandi.O'sha kezlarda “Ozodlik”maydonidagi mitinglar, “Rostaxes”
chaqiriqlari, Lenining haykalini buzib tashlash jarayonidagi hodisalar va keyin
boshlanib ketgan fuqarolar urushini eslab ko’rishning o’zi kifoya.
O’zbekiston Oliy sudining 2000
yil 11 noyabrdagi hukmida Tohir Yo’ldoshev va Juma Namanganiy 1992 yil 22
avgustda Tojikiston Islomiy Muxolifati safalariga qo’shilish uchun vatanlarini
tark etganlari aytiladi.Yuqorida Tohir Yo’ldosh haqida muxtasar ma’lumot
bergandik. Xo’sh uning yonida turgan sherigi Juma Namnganiy kim edi?
QISQA MA'LUMOT:Juma Namanganiy. Asl
ismi-sharifi: Jumaboy Ahmadjonovich Hojiyev. Namangan tumanining Xoja
qishlog'ida 1969 yilning 12 Iyunida tug’ilgan. Malumoti: Namangan shahridagi
28- hunar texnika ta'lim yurtini bitirgan. 1987 yilda Sovet armiyasining
havo-desant qo'shinlari safiga xizmatga chaqirilgan va 1988 yilda Afg’onistonda
janglarda ishtirok etgan. Afg’onistondan qaytgach ;uda ko’p Fargona yoshlari
kabi Andijonlik Abduvali qori Mirzayevning talabalaridab biri deb hisoblagan
o’zini. U Tavba diniy, yarim harbiy guruhining asoschilaridan biri deb ham
bilinadi.1992 yil O’zbekiston hukumati ta’qibidan qochib 30ga yaqin sherigi
bilan Tojikistonga o’tib ketadi.
Lekin Juma Namanganiy haqida ilk
bor dunyo 1996 yil Tohir Yo’ldosh BBC radiosiga bergan suhbatidan eshitdi. O’shanda
Tohir yo’ldosh ozi Birlashgan Tojik muxolifati raisi, Eronda yashayotgan Said
Abdullo Nuriyga o’rinbosar ekanligini va Jumaboy degan qo’mondoni boshchiligida
500 ga yaqin yigitlari Tojikistonda jang qilishayotganini aytgandi. Kimlar
ishonib, kimlar kulgandi. Bu xabarga turli oqimlarga moddiy yordam
ko’rsatadigan musulmon boylar, shayxlar ham tabiiyki ishonmagandilar.Lekin
Tohirning atrofida O’zbekistondan chiqib ketganlar ko’payayotgan edi.
Buning ilk sababi aqidaviy omil
emasligini hamma biladi. O’zbekiston hukumati 1992 -1993 yillarda demokratik
muxolifat a'zolarini qatag’onga olar ekan, tuzumdan norozi bo’lgan yoshlar
chetga chiqa boshladilar. Ularning ko’pchiligi Qirg’iziston va Qozog’istonga
yerlashdilar. Toshkent rejimi vakillari u yerlarda ochiqchasiga amaliyotlar
o’tkazib o’z muxoliflarini ushlab kela boshladilar. Yoshlar Rossiya xavfsizroq,
deb o’sha tomonga yo’naldilar. U yerda ham tahlika boshlandi. Toshkent ularni
quvishda davom ettdi. G’arb davlatlariga ketish oson emas edi. Turkiyaga
borganlarning ham oyogi bir etikka tiqildi.Natijada tahlikasiz joy Tojikiston
bo’lib ko’rindi va yoshlar islomiy harakat saflariga borib qo’shildilar.
Ikkinchi omil esa ishsizlik va daromadning ozligi edi. Shu bois ham
mardikorlikka chiqqan yigitlarning ko’pchiligi o’zlarini qisqa vaqt ichida
islomiy harakat jangohlarida topdilar va to'rtincidan, qayta qurish paytida
musulmon davlatlaridan O’zbekistonga kelgan turli oqim vakillari ham yoshlarni
ovlashga kirishgandilar. Ular buning uchun turli sabablarni qo’lladilar. Eng
keng yoyilgani esa sport togaraklari edi. Uzoq sharq sport o’yinlariga ishqiboz
bo’lgan yoshlar turli to’garaklarda karate, tekvando bilan birga islomdan ham
dars ola boshladilar. Turkiyadan borganlar ta'siriga tushganlar tez orada
Otaturkni dushman deb atay boshlasalar, Saudiya Arbistonidan borganlarning
tasiri berilganlar butun maqbaralari-yu mozor toshlarini buzishimiz kerak, deb
qoldilar.
Yuqorida O’zbekiston Islomiy
harakatining prinsipial xatosi uning mansublari o’zbek xalqining
xoxish-istaklari bilan hisoblashmaganlari, yana ham aniqrog’i ular olib kelamiz
degan tuzumni xalqning aksar qismi istamasligi borasida xulosa chiqarilgan
bo’lsa, O’zbekiston Inson huquqlari jamiyatining raisi Tolib Yoqubov
harakatning xatosini boshqa jabhada ko’radi.
-O’zbekiston Islomiy
harakatining prinsipial xatosi qurolli yo’lga bosh urishi edi. Kimki
hokimiyatni qurolli yo’l bilan qo’lga kiritaman, desa oxir-oqibatda fojilarga
yo’l ochadi. Bolsheviklar ham qurolli yo’l bilan kelgandilar va tarix ularni
sahnadan supurib ta’shladi. Jazoir, Tojikiston, Afg’onistonda ham bunday
misollarni ko’rdik.
9.O’IH VA JUMA NAMANGANIY
SHAXSIYATI
“Batkent voqeasidan to shu
kungacha hamma jihodiy harakatlarimizda dushmanlarimizni o’ldirganimizni tan
olamiz va kelajakda ham Islom dushmanlari va islom dushmanlari bayrog’i ostida
to’planib qo’liga qurol olgan chiqqan har qanday kimsani bo’lsa ham o’ldirishni
Islom shariati bizga haqqini bergan" der ekan harakat lideri Tohir
Yo'ldosh Juma Namanganiy boshida turgan qurolli guruhga ishonishini
yashirmagandi
Huquq Tartibot sohasidagi
ayanchli vaizyatdan norozi bo’lgan xalq uchun dunyoviy tuzum bo’ladimi va yoki
shariat qoidalari asosidagi tuzum bo’ladimi, adolat ornatilisa bas edi. Bir
guruh yoshlarning adolat o’rnatish yuzasidan shariat qoidalari asosida harakat
qilishi darhol ko’pchilikning og’ziga tushgani va ularga qo'shilgan yoshlarning
soni ham ortib borgani anshundan edi. Hukumat demokratik yo’nalishdagi
harakatlarga ham yo’l bermasdan ularning faoliyatlarini bo’gar ekan, bu ham
islomiy qarashdagi guruharning kuchlanishiga yo’l ochdi.Bu guruhlar tezda o’z
oralaridan liderlar ham yetishtirdilar. Ulardan biri keyinchalik butun dunyoda
tahlikali terrorist den elon qilingan Juma Namanganiy edi.Lekin uning shaxsiy hayoti
sirligicha qolayotgani borasida yuqorida to'xtalgan eidk.
2002 24 yanvar kuni AQSHning
Afg’oniston amaliyotiga rahbarlik qilayotgan general Tommi Franks Toshkentda
o'tkazgan matbuot konferensiyasida Qoshma Shtatlar ega bolgan manblarga ko’ra
O’zbekiston Islomiy harakatining lideri Juma Namanganiy halok bo’lgan, dedi.
Pokistonlik mashhur jurnalist va yozuvchi Ahmad Rashid esa 2002 yilning 14
Yanvarida “The New Yorker” dargisida e’lon qilngan “Ular hozircha uxlamoqdalar”
deb nomlangan maqolasida Juma Namanganiy o’lganiga shubha bildirgan edi.
Unga kura ham Juma
Namanganiyning o’limi haqidagi malumot haliga qadar aniq dalil bilan isbotini
topmagan. U Juma Namangoniyning shaxsiy hayoti haqida soz’ yuritib, jumladan
quyidagilarni yozadi.
“Namanganiy Tojikistonda bo’lgan vaqtida uning hayotida yuz bergan katta voqelardan biri uning ikkinci bor uylanishi, ya’ni eri fuqarolar urushida halok bo’lgan tojik ayoliga uylanishi bo’lgan edi. Toy marosimiga yuzlab insonlar kelgandilar. Kelin Pomirning dong'i ketgan go'zallaridan biri edi. Uning uylanishi nafaqat Tojik sulolalari bilan rishta bog’lash, balki Pahg’ambar ta’limoti, ya’ni shahidning, jihodda olgan kishining bevasiga uylanish ikki marta savob ekanligi haqidagi ta'limotni amalda bajarish bilan ham diqqat tortgan edi”. (Ahmad Rashid, 2002 yil, 14 Yanvar, “The New Yorker”)
Lekin bu haqda
boshqacharoq ma’lumotlar ham mavjud. Juma Namangoniy Tavildarada ekanligida Ganjina degan ayol bilan
tanishadi. 14 yoshida jangarilardan biri tomonidan xotinlikka olingan Qo’rg’ontepalik
Ganjina ikki bolasi bilan eridan ajralgan va muallimlik qilib yurgandi.
Ota-onasi Hodi Safolov va Oysha Safolova qizlari Jumaboyga tekkanidan keyin
voqeani eshitishgani aytadilar. Yuqoridagi manbada Ganjinaning turmush o’rtog’i
janglarda halok bo’lgan va Juma shahidning bevasiga uylangan deb da’vo
qilingan. Biroq Ganjinaning ota -onasi aytishicha u eri bilan kelishmagani
uchun ajralgan va keyin Jumaboy uni yaxshi ko’rib qolgan. “O’zodlik”
radiosining Tojik sho’basi muxbiriga 2002 yil 1 Iyulda muloqot bergan
Ganjinaning otasi qizining uc bolasi bo’lgani va uchinchisi Jumaboydan
ekanligi, ya’ni hozir bu qiz nevarasi ular bilan birga ekanligini aytgan. Unga
ko’ra qizi Afg’onistondagi janlar paytida ekanida jangchilar unga Jumaboyning
qonga botgan ko’ylagini olib kelib berishgan va uni shahid bo’ldi, deb
aytishgan.Shundan keyin u bolalari bilan Eronga o’tib ketgan, u yerda
qiynalganidan keyin Tojikiston vakolatxonasiga bosh urib Vataniga
qaytarilishini so’ragan. Jumaga turmushga chiqqandan keyin u bilan
Afg’onistonga ketib qolgan va u yerda 2 yil birga bo’lgan Ganjina erining
o’lganiga ishonsada uning bir kun qaytib qolishiga ham ko’nglida umid yo’q
emalsligini aytgan. Bu haqda gapirgan onasi Oysha Safolova o’zi ham, qizi ham
umid bilan yashyaotganlarini aytad.
Juma Namanganiy Dunyodagi mashur nomlardan
biriga aylanishi ortida bir neca sabablar bor:
Birinchidan, Tohir Yo’ldosh
harakatning siyosiy rahbari bo’lsa, Juma Namanganiy harbiy rahbari edi. Dunyoda
siyosiy rahbarlar chetda qolib harbiy rahbarlar bayroqni olib ketishlari
hollari ko’p yuz bergani uchun u diqqatni tortdi.
Ikkinchidan, u bugunga qadar
sirli shaxs bo’lib qolayotganidir. U matbuotga suhbat bermagan, uni qilaman,
buni qilaman deb jar solmagan va amaliy harakatlari bilan tilga tushib kelgan.
Uchincidan esa, u yaqin bo’lgan
odamlar Tojikistonda yuqori martabalarga ko’tarilgani uning mintaqadagi mavqei
oshishiga xizmat qilgandi.
To’rtinchidan, u Toliblar
rahbariyati tomonidan turli lavozimlarga tayin etilishi jahon jamoatchiligining
uning shaxsiga bo’lgan qiziqishini kuchaytirdi.
Beshinchidan, Juma Namangoniy
o’z qo’l ostida turli xalqlarning vakillarini to’play olgani, ya’ni ularga
yo’lboshchilik qilgani, boshqacha aytganda Al Qoidaning o'zga bir ko’rinishini
tuza boshlagani uni eng tahlikali terroristlar ro’yxatidan mustahkam o’rin
olishiga bois bo’ldi.
Oltincidan, uning va umuman
harakatning orqasida boshqa kuclar turgani haqidagi taxminlar edi.
Juma Namanganiy bugungi kunda
garchi o’lgani aytilayotganiga qaramay, hamon qo’rqinchli kishi o’laroq,
O’zbekistonga tahlika solib turgan shaxsiyat sifatida tilga olinayotgani
anashundan.
10.O'IH LIDERLARI O'Z
TARIXLARINI BILARMIDILAR?
“Tohir Yo’ldoshev va Juma
Hojievlar Tojikiston Respublikasining qonuniy hukumatiga qarshi janglarda
ishtirok etayotgan muxolifat kuclariga yollanib, O’zbekiston Konstitutsiyaviy
tuzumini ag’darib, islom davlati qurish uchun jangarilar tayyorlash haqida ular
bilan o’zaro jinoiy til biriktirgan. Shu maqsadda Farg’ona vodiysi va boshqa
viloyatlarda qolgan tarafdorlarini Jihodga tayyorgarlik ko’rish uchun
Tojikistonga olib o’tishib, Namangan bataloni tuzishgan. Tohir Yo’ldoshev
oz’ini O’zbekistondagi jihodiy harakatlarning amiri deb e'lon qilib, Juma
Hojievni esa muxolifatning dala qo’mondoni etib tayinlgan. ”.(O’zbekiston Oliy
sudining 2000 yil, 17 Noyabrdagi Hukmidan)
Darhaqiqat, Oz’bekistondagi
rejim zulmidan qochib tahsqariga ciqqanlardan ba'zilari Tojik islomiy
muxolifati atrofida to’plandilar. Machitga bordingmi, demak namoz o’qishing
kerak, qo’l qovushtirib boshqalarni tomosha qilib, qaytib kelishga imkon yo’q.
Ya'ni machitga namoz o’qish uchun boriladi. Anashundan kelib chiqilsa, urush
borayotgan joyga kelganlar roman yozishni emas, miltiq otishni o’rganadilar.
Tojik muxolifati prezidentlik
saylovlaridan keyin zo’ravonlik bilan hukumat teppasiga kelgan kuclarga qarshi
qurolli jangga kirganda uning pushtipanohlaridan biri Eron bo’ldi. Tojik
islomiy muxolifatining liderlari dastlab Eronda boshpana topishar ekan, Tohir
Yo’ldosh ham o’sha yerda edi. Keyin Pokiston, Afg’oniston doimiy maskanga
aylandi. Xalqaro miqyosda madad topish uchun Tojik muxolifati o’z yoniga
Markaziy Osiyodagi boshqa kuclarni ham jipslashtirishi muhim edi. Zotan shunday
ham bo’ldi. Tez orada birlashgan tojik muxolifati dunyo nazdida tan olindi. BMT
oraga tushdi va hukumat bilan muzokaralar boshlandi. Hatto O’zbekiston hukumati
Birlashgan tojik muxolifati bilan muzokara olib bormayotgani uchun Dushanbeni
surunkali tanqid qilib keldi. O’rtada vositachi bo’lish tashabbusi bilan
chiqdi. O’sha kezda birlashgan tojik muxolifatining ko’zga ko’ringan
namoyondalaridan biri Akbar To’rajonzoda Toshkentga taklif etilishi va
prezident Islom Karimov tomonidan iliq qabul qiliniib, maqtovlarga loyiq
ko’rilishi ham tanganing ikkinchi tomonini yashirishga urinish edi. Tanganing
ikkinchi tomonida esa O’IH mansublarining Tojik muxolifati bilan birgaligi aks
etgan edi.
Toshkent o’sha kezda tojik
muxolifatini rasmiy kuchga aylantish tufayli ular safidagi O’zbekistonliklarni yakkalab
qo’yishni mo’ljallagan edi. Ammo bu reja aksiga tepdi. Bugungi O’IH nomidagi
alohida kuchning o’rtaga chiqishida va qurollangan tahlika manbaiga aylanishida
Toshkentning Dushanbega aql o’rgatib, o’zi bajarmagan ishi ham katta rol
o’ynadi. Ya'ni Toshkent tashqarida shunday kuch borligini doim inkor etib
keldi. Hatto bu kuch dunyoda ma'lum bo’lib qolganidan keyin ham u bilan bir
gaplashib ko’raylikchi, degan fikrdan uzoq turildi.O'IHning bir davlatga
tahlika darajasiga ko’tarilishini, Toliblar bilan birlashib ketishini va Usama
Bin Ladenga yaqinlashuvi ildizlarining bir uchini anashundan qidirish kerak.
Toliblar qilgan xatoni
O’zbekiston Islomy harakati ham takrorlay boshladi. Qadim Turon, qadim
Turkistonda islom marifatli kuchga ega bo’lganini, bu erda kelgindi
urf-odatlardan qochish kuchli ekanligini unutdilar. Haqiqiy islomni olib
kelamiz, degan Toliblar buyuk madaniyat ildizlariga bolta urar ekanlar,
O’zbekiston Islomiy harakati ham ularning safidan o’rin olishi jiddiy xato
bo’ldi. Karimov rejimini yiqitamiz,deb bayonotlar bilan chiqqan harakat Turon,
Turkiston madaniyatining dushmanlari bilan birlashib ketdi. Hirotda Navoiy
hazratning qabrlari, Husyan Boyqoroning me'rosi, Kobulda Bobir mirzoning xoki
poyini oyoq osti qilganlar bilan bir suyak, bir ilik bo’lishdi. Aslida
demokratik qarashdagilarning ulardan yuz o’girishiga sabab bo’lgan sabablardan
biri anashunda.
Turk dunyosning oqsoqolaridan
bolgan Ergash Uchqun aytganlaridek, bu zaminda Toliblarga qadar toliblardan
aqlliroq odamlar o’tganini biznikilar yo bilmadilar, yo unutdilar va yoki
unutishga majbur bo’ldilar.
Xatolar xatolarning onasidir.
O’zbekiston rejimining xatolari O’zbekiston quroli Islomiy harakatini voyaga
yetkazgan bo’lsa, O’zbekiston islomiy harakatining xatolari esa ming- minglab oddiy
musulmonlarni qiyin vaziyatlarga tushirdi.
11.O'IH INQIROZINING TAMALIDAGI
MUHIM NUQTALAR
O'zbekiston hukumati Islomiy
uyushmalar va ularning tuzilishi, maqsad va yo’nalishlari borasida doim
ma'lumotga ega bo’lgan. Chunki Sovet davridanoq diniy qarashdagilarning yoniga
albbata bir ayg’oqcini qo’shib qo’yish odat edi. Yoki ularning ichlaridan
ayg’oqchilar tanlanardi. Ko’pincha esa ular turli yo’llar bilan ayg’qochilikka
majbur qilinardilar. Bu bilan hukumat doimiy ravishda ma'lumot olib turish bilan
birga diniy qarashdagilarni bir-birlariga adovatli shaklda saqlab ham turar
edi. Zotan qayta qurish davrida Diniy Boshqarmada bo’ladigan yig’inlarda
odamlar bir-birlarini KGB ga ayg’oqchilk qilishda ayblashlari keng tus olgandi.
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillari hali u qadar radikal bulmagan
islomiy kuchar radikallashuvining sabablaridan biri hukumat ekanligi oldingi
maqolalarda ham qayd etildi. Ayniqsa, Xalqaro inson huquqlari bilan
shug’ullanuvchi tashkilotlar bu masalada doim O’zbekiston hukumatini ayblashib
kelmoqda. Human Rights Watchning ana'naviy yillik hisobotlariga nazar solinsa
deyarli har yili bu narsaga diqqat qaratilganini ko’rish mumkin.
“Islom Karimov hukumati
musulmonlarga qarshi qaratilgan ayovsiz, beshavqatlarcha kampaniyasini davom
ettirib kelmoqda. Musulmonlarni soxta ayblar bilan jazolash, ularni qiynoqlarga
solish va antikonstitutsiyaviy faoliyati, deya uzoq muddatalarga qamab yoborish
tajribasini qullanmoqda. Bu esa oz navbatida aholi o'rtasidagi noroziliklarga
sabab bo'lish bilan birga hukumtga qarshi kuchlarning saflari o'sib borishiga
olib kelmoqda. O'zbekiston hukumatning kelishaolmaslik siyosati mintaqada diniy
beqarorlik bilan birga davlatlarga tahlika soladigan kuchlar yetishib
chiqishiga ham olib kelmoqda. Bugungi qarama-qarshilik vaziyatini hukumatning
uzoq yillik anashunday siyosatidan qidirmoq kerak.” (Human Rights Watch
tashkilotining 2000 yildagi hisobotidan)
Ayni ruhdagi aybnoma har yili
Xalqaro Amnistiya tashkiloti tomonidan ham e'lon qilinmoqda. Bu yerda zanjirlanish
amaliyotini kuzatish mumkin. Yani hukumat bosimni kuchaytirgani sari qarshi
tomon ham harakatlari doirasini kengaytirib boraverdi. Bunga javoban yana
hukumat kuchliroq bosim o'tkazdi. Natijada sekin aylanayotgan g’ildirakning
aylanish davrasi kuccayib borib, to’xtamas holga keldi. Hukumat garchi
demokratik muxolifatni tashkilot sifatida falaj holga tushirgan bo’lsada, uning
mansublari turli ko’rinishlarda bu masalaga munosabat bildirib hukumatni
ogohlantirib keldilar. Lekin O'zbekiston hukumati ularni hatto eshitmadi ham.
Xalqaro tashkilotlarga esa o’ziga xos va o’ziga mos mana bunday javobi bor edi.
“Ozbekiston hukumati diniy
bayramlarni nishonlasa, hajga boruvchilar uchun yordab bersa qanday qilib u
musulmonlarni ta'qib etayotgan bulib chiqsin. Human Rights Watch, Amnestining
bu boradagi tanqidlarini qabul qilolmaymaiz. Biz bir to’da ekstremistlarga
qarshi kurashmoqdamiz” ( Akmal Saidov,Uzbekiston Inson Huquqlari Milliy
markazining rahbari, “Amerika Ovozi” ).
Yuqorida ta'kidlangan g’ildirak
shu qadar tez aylandiki, endi uning shovqinidan faqat hukumatning
aytganlarigina eshitiladigan bo’lib qoldi. Buning ustiga hukumat bilan
kelisholmay chetga ketib qolgan bazi ulamolar ham hukumatga bo'lgan gina
kudratdan voz kechishgani O'zbekiston Islomiy Harakatini begona kucga
aylantirdi. Vahobiylikning O'zbekistonda ildizga ega emasligi, bu oqim yotligi
haqida yuritilgan fikrlar hukumatni ancha yengil torttirdi. Boshqacha aytganda
hukumat aybdor degan, gap vaqtincha bo’lsada chetga chiqib qoldi. Bu vaziyatni
yaxshiladimi?
-Bugin odamlarning noroziliklari
pasaygan emas. Aksincha kuchayib bormoqda,- deydi O'zbekiston Inson huquqlari
jamiyatining raisi Tolib Yoqubov. U aytmoqchi, tashqi ko’rinishda o’zgarish
bor. Ammo ichki tomondan norozilk to’lqini pasaygan emas. O’zbekiston Islomiy
Harakati qurolli yo’l tutgani va terroristik tashkilot sifatida nom qozongani
bois uning O’zbekistonning kelajagida muhim rol o’ynay olmasligi tobora
aniqlashib bormoqda. Lekin boshqa nomda va boshqa ko’rinishda anashunday bir
tashkilot yetishib chiqmaydi, deb kim kafolat bera oladi?
Zamin mavjud bo’lgan joyda
daraxtni kesib tashlasangiz boshqasi unib chiqadi. Yana kesaversangiz puttalar,
jangallar korinishida bolsa ham yana o’sib chiqveradi. Shu bois masalaning
mohiyati, yani zamini haqida o’ylab korish kerak.
12.O'IH: RADIKALLASHUV OMILLARI
Yuqorida Islomiy kuclarning
radikallashuvga, yani murosasizlikka olib kelgan omillardan bir nechtasi
sanalgan edi. Ularni quyidahgicha tizimga solish mumkin.
Birinchidan, yetmish yildan
koproq vaqt mobaynida sho’rolar siyosati dinni bo’g’ib keldi va qayta qurish,
oshkoralik yillarida odamlar ozodlikka qovushgan kabi diniy erkinllika talpinar
ekanlar O’zbekistonda eski siyosat davom etdi. Diniy yuksalishga mafkuraviy
jabha bilan emas, kaltak bilan qarshi chiqildi.
Ikkinchidan, jamiyatdagi
ma’naviyatsizlik, adolatsizlik, turli-tuman ko’rinishlardagi buzilishlar,
ishsizlik, iqtisodiy muammolarga mavjud hukumat mulozimlari chora
topolmaganlari islomiy guruhlarni najot qal'asi sifatida namoyish etdi.
Uchinchidan, hukumat mafkura
topolmagani, demokratik mafkura tarafdorlari yanchib tashlangani, zulmga erk
berilgani maydonda islomiy qarashdagi kuchlar qolishiga yo’l ochdi va ularga
ham demokratlarga nisbatan qo’llanilgan uslub, ya’ni zo’ravonlik bilan javob
berilganida ular zarbaga qarshi zarba dedilar, va mavjud hukumatni qurol yo’li
bilangina yo’q etish mumkin, degan xulosaga keldilar. Bu narsani O’zbekiston
Islomiy harakatining 2000 yil 12 Iyulda Toshkent hukumatiga yozilgan 1078
raqamli Ochiq xatidagi manabu satrlardan ham bilib olish qiyin emas:
"O’zbekiston hukumatidan
rejim turmalarida begunoh azoblanayotgan diniy ulamolar, tuhmat bilan qamalgan
va o’limga hukm etilgan yuz minglab musulmonlar va muslima ayolar tez fursatda
ozod etilishini va musulmonlarning berkitilgan masjid-madrasalari va
muqaddasotlari qaytarib berilishini, muslima ayollarimiz hijoblarda,
erkaklarimiz uchun Rasulullohdan sunnat bo’lgan soqol bilan yurishlariga
dushmanlik qilmasliklari va musulmonlarga qarshi davom etayotgan repressiyalarni
darhol to’xtatilishini talab qilamiz".
Kurash jabhasida hijoblaru
soqolga qadar yetib borgan rejim o’z mafkurasini o’rtaga qo’ya olmagani uchun
bundan ham oshib tushadigan yollarga bosh urdi. Masalan, pivo bayrami
o;tkazish, behayo filmalrni bepul namoyish etish, zardo’shtiylik, bahoiylik
kabi oqimlarni targ’ib qilish, missionerlarga faoliyat uchun kengroq sharoit
yaratish va hokazo... Bu narsalar xalqda farzandlarimiz o’z dinimizdan ajralib
qoladi, degan qo’rquvni o’yg’otdi.
Agar bir qushning hali polapon
bo’lmagan bolalari yotgan uyasi tomon qol uzatsangiz tishlash nimaligini
bilmaydigan jonivor qo’llaringizni cho’qiy boshlaydi, kerak bo’lsa ko’zingizga
changal soladi. Cho’chib qolgan xalq ham o’z dinini himoya qilish yo’llarini
izladi. Najotni bolalarining islomni o’rganishida deb bildi. Lekin Islomni
o’rgatadiganlarning o’zlari ham bir qancha oqimlar, tariqatlar va yo’llarga
bo’linib ketgan edilar.
O’zbekiston rahbariyati Islom
haqida ko’p gapiradi, balki tinmay gapiradi, hatto davlatimiz musulmon davlati
ham deyishadi, machitlarni ochib qo’ydik, hajga boradiganlarga yordam
berayapmiz, Islom dorulfununi ishlamoqda deyishadi. Dunyoning turli
burchaklaridan kelgan Islom ulamolari ham O’zbekiston hukumatini bu borada
dunyoda eng xayrli ish qilayotgan hukumat, deb maqtab ketishadi. Bu ham bir
ziddiyat. Ya’ni islomiy ulamolarning ko’pchiligi O’zbekiston hukumati tahlika
qarshisida qolganini, radikal islomiy kuchlar- bular faqat o’z manfaatlari
uchun kurashadigan to’dalar ekanini baralla aytib va yozib ham keldilar. Bu
ayni paytda qarshi jabha yanada radikalashuviga xizmat qildi. Bu bir qarashda
boshi berk ko’chaga oxshab qolmoqda. Yani O’zbekiston Islomiy harakati tutgan
yo’l ham xalqning talabini qondirmaydi. Mavjud hukumat tutgan yo’l ham. Xo’sh
demokratiyaga o'tishmi bundan qutilishning chorasi? Asl demokaratiyani har ikki
tomon ham rad etmoqda. O’zbekiston prezidenti Referendum kuni (27 Yanvar, 2002)
bergan muloqotida demokaratiyaga o'tish qancha davom etishini bilmayman, bu
o’tish umuman qachon bitishini ham bilmayman degani bunga dalildir. Zotan
"Wall Street Journal" gazetasida 2002 yilning 8 fevral kuni chop
etilgan “Karimovning Islomga qarshi urushi Markaziy Osiyoni izdan chiqarishi
mumkin” deb nomlangan maqolada islomiy ekstremizm uchun hukumatning o’zi
sharoit yaratib berayotgani qayd etiladi.
13.O'IH MAYDONGA CHIQMASIDAN
OLDINGI VAZIYAT
Ozbekistonda islomiy uyushmalar
va demokratik harakatlar mavzui hali tahlil qilinmagan soha bo’lgani bois bu masalaga
biroz batafsilroq to’xtalmoqchimiz. Malumki, sho’rolar davrida demokratik
harkatlarga yo’l ham yo’q va O’zbekistonda jur'at qilib bu ishga qo’l urgan
kishilar ham barmoq bilan sanarli edi. Ularni ham jamiyatga yot va yoki aqldan
ozganlar deyishardi. Shunga qiyosan qaraganda islomiy harakatlar ancha kengroq
yoyilgan edi. Tug'ri, tuzum bu sohani qattiq nazorat etar va har bir odimni
diqqatdan qochirmaslikka intilardi.Yana ham to’g’rirog’i uni o’zi boshqarardi.
Lekin shunga qaramay norasmiy islomiy harakatlar ham bor edi. Masalan,
vahobiylik oqimining O’zbekistonga 70 yillarda kirib kelgani ham bu fikrning
bir dalilidir. Islom Uyg’onish partiyasining ham kurtaklari Sovet Ittifoqi
davridayoq o’sib chiqqandi. Uning markazi Astraxanda bo’lib respublikalarda
amirliklari tuzilgandi.
Shuni aytish kerakki, Sovet
davrida O’zbekistonda bor yo’g’i 65 ta machit rasman ro’yxatdan o’tkazilgan va
hukumatning 3 mingdan ziyod mullasi ish olib borgan bo’lsa qayta qurish,
oshkoralik paytiga kelib har bir qishloqda bittadan yangi machit qurila
boshlandi. Boshqacha aytganda O’zbekistonda machitlar soni 1000 dan oshib ketdi
va nafaqat juma kunlari balki boshqa paytda ham bu dargohlar ibodat qiluvchilar
bilan liq to’la boshladi. Ilgari bor yo’g’i bitta madrasada talabalar o’qitilgan
bo’lsa endi bu madrasalar soni ham yildan yilga ko’payib bordi. Qolavrsa jome
va machitlarning o'zi madrasalar rolini o’tay boshladi.
Ammo demokratik harakatlar bu
shiddatli oqim yonida juda sust edi va faqat 1988 yilning 11 noyabr kuni
“O’zbekiston tabiati, moddiy va ma'naviy boyliklarini himoya qilish Birlik xalq
harakati” tuzildi. Islomiy uyushmalar garchi demokratik harakatlardan har
jihatdan ancha oldinda bo’lishlariga qaramay tashkiliy tomondan orqada edilar.
Buning esa sabablari ko’p edi.Ularning turli tariqatlar, oqimlar va guruhlarga
mansubligi tashkiliy jihatdan uyushib maydonga bir tashkilot sifatida
chiqishlariga monelik qilardi. Buning ustiga ularning oralarida zamonaviy
siyosatni ham hazm qilib, uning talablari asosida ish tutishni qoyil qiladigan
yetakchilar yo’q edi.
Buni O’zbekiston Islomiy
Hisbining Amiri bo’lgan Abdulla O’tayevning 1990 yilda Astraxanda qilgan
nutqidagi mana bu gaplar ham isbotlaydi:
- Biz bugun har bir demokrat,
kerak bo’lsa har bir kommunist bilan ham ish olib borishimiz kerak. Ular aslida
musulmon farzandlari bo’lib kommunist va yoki endi demokrat bo’lishga majbur
qolganlar. Biz erinmasdan ularni qo’lga olish va ishlatish yo’llarini
topishimiz zarur. Ulardan chiqqan deputatlar va boshqa rahbarlarnig uylariga kirib
borish, turli iltimoslar bilan ularga yaqinlashish va ularni Islomga olib
kelish bu bizning burchimizdir. Yangi tuzilgan va tuzilayotgan harakatlar
hukumatga muxolifatda bo’lgani uchun ular bilan til topishish osonroqdir va
ularning o’zlari ham biz bilan birga bo’lishni istaganlari uchun bu
imkoniyatlardan foydalanish kerak.
Abdulla O’tayevning bu qarashi
Astraxanda to’plangan boshqa jumhuriyat ulamolari tarafidan subha ostiga
olingan bo’lsada uning o’zi va tarafdorlari bu usulni O’zbekistonda keng qo’lladilar
va qisman natijalarga erishdilar ham. Joylarda sport to'garaklari ochib, bu
joylarda islomiy saboq berish bilan birga yoshlarni Uzoq Sharq kurashiga
o'ratish barobarida ularning ko'nliga jihod urug'larini ham ekdilar. Lekin aniq
bo’lgan yana bir narsa shu ediki, hali jabhalar to’la ochilmagan, kimning
kimligi yaqqol bilinmas edi.Demokratman deganlar jamiyatning hamma qatlamini,
jumladan dindorlarni ham o’z saflariga olishni istardilar. Chunki ular ham
ko’pchilik va hamda xalqqa yaqinroq edilar. Boshqacha aytganda har ikki tomon
ham bir-birini ovlash, bir-biridan foydalanish ko’rinishini bersada aslida
islomiy qarashdagilar hukumatga kelsalar jamiyatni qanday boshqarish masalasida
aniq bir dasturga ega emas edilar. Dasturimiz Quroni Karim, der edilar, ammo
ko’pchiliklari hatto Quronni o’qishni bilmas edilar. Demokaratlarning ham hali
hukumatni boshqarishga doir aniq dasturlari va tamallari yo'q edi. Ular
jamiayatni boshqarishda ishtirok etishni istar edilar, xolos. O'sha kunlarni
eslab, Birlik harakatining asoschilaridan bolgan Dadaxon Hasan "Amerika
ovozi"ga bergan muloqotida shunday deydi.
- Oshanda biz ko’p narsani
tushunmagan ekanmiz. Shu sababdan ham ko’p xatolarga yo’l qo'yganmiz. Ya'ni
dinodrlar o’z yo’lidan, biz demokratlar o’z yo'limizdan ketishimiz kerakligini
tushunmaganmiz. Hatto men o’zim ham Turkiston birlashgan Islomiy harakati nomi
bilan bir tashkilot tuzishga uringanman va lekin odamlarni birlashtira
olmaganman.
Dadaxon Hasan ham
ta'kilayotganidek qayta qurish va oshkoralik hamda O'zbekiston mustaqilligining
ilk yillarida hali islomiy uyushmalar va demokratik harakatlar o’rtasidagi
chiziq ravshan bo’lmagani tufayli ularning munosabatlari ham bir-biriga
aralashib ketgan holda edi. Bu esa Sovet ideologiyasi zanjirlaridan qutlib
chiqqan bir xalq uchun tabiiy hol edi.Lekin anashu tabiiy hol O'zbekiston
Islomiy Harakatining kelajakda imkon tug'ilgan paytda maydonga chiqishi uchun
zamin bo'lgan sabablardan biridir.
14.O'IH JAMIYATDAGI KUCHLARNING
BO'LINISH NUQTASIDA
O'IH kelib chiqish sabablari haqida yozakgan Amerikaning nufuzli gazetasi shunday xulosa chiqargandi: “Islom Karimovning musulmonlarga qarshi vahshiyona va qatag’on repressiyasi O’zbek ekstremistlarini supurib tashlash o’rniga ularning tegirmoniga suv quydi, ayni payda uning nobarqaror iqtisodiy siyosati mamlakat yakkalanib qolishi va qashshoqlik sari yetakladi”. "The Washington Post" gazetasining 2002 yil, 18 fevral kungi bosh maqolasidan.
Adabiyotda Graf Monte Gristo fenomeni bor. Bu esa adolatsizlikka uchraganda adolatsizlik bilan javob berish demakdir. Boshqacha aytganda zulmga qarshi zulm qo’llanish. Bu G’arb adabiyotida va san’tida, ayniqsa kino san’atida keng yoyilganini e'tirof etmoq kerak. Lekin Sharqda buning aksi ham mavjud. Masalan Himolay xalqlarining "Ashoka" dostoni buning yorqin misoliodr. Zulmga qarshi zulm bilan kurashgan shahzoda oxir oqibatda o'zi ham salafi kabi zilmdor bo’ladi va hayotining oxirida tanlagan yo’li xato ekanligini anglaydi, ammo ish ishdan, g’isht qolipdan ko’chgan bo’ladi, bu paytda.
O’zbekistonda 1990 yillar boshida demokratik muxolifatga qarshi zulm mashinasi shiddat bilan kurashga kirar ekan, bunga paralel o'laroq diniy uyushmalarga qarshi ham qatag’on borayotgandi. O'sha yillari Namaganda, Andijonda, Qo'qon,Parkentda sodir bo’lgan qonli voqelarni eslashning o'zi kifoya. Yoki Toshkent talabalar shaharchasidagi voqelar ham shu zanjirning bir uchi edi. Bu jarayonlar hukumatga muxolif bo’lgan kuclarni saralay boshladi. Mustaqillik uchun deya sho’rolar tizumiga qarshi chiqqan kuclar tortga bo’lindi.
Birinchi guruh, muxolifat saflarida yetakchi rol oynagan ziyoli va adiblar hamda diniy ulamolarning mavjud hukumat tomoniga o’tib ketganlari.
Ikkinchi guruh, qatag'onlar va tazyiqlarni tashlab tashqariga ketib kurashini demiokratik tarzda davom ettirishni o’ylaganlar.
Uchinchi guruh, mavjud tuzimni faqat qurol yo’li bilangina yo'qotish mumkin degan xayolga borganlar.
Va tortinchi guruh, bu asosan ko’pchilikni tashkil qiladi, mamlakat ichida qolgan holda passiv muxolifat rolini bajarganlar va imkoniyat kelishini kutib turganlar.
Aytish kerakki, anashu bo’linish nuqtasi aslida islomiy uyushmalar va demokratik muxolifat o’rtasidagi farqning muhim chizgisi edi. To’g’ri, keyinchalik u yoqdan bu yoqqa sakrashlar bo’ldi va bu asosan shaxslar holida edi va guruhlar, harakatlar, yoki partiyalar o'laroq bir-biriga qo'shilish, yoki birlashish bo’lgan emas.
Bu masalada ikki xil fikr
aytiladi:
Birinchi fikr tarafdorlari, agar
Tojikistondagi kabi Shahidon maydonida hamma kuchlar birlashganidek bir musht
bo’lganimizda bugungi ahvolga kelmagan, ko’plab yigitlar bugun terrorist
tamg’asi ostida qolmagan bo’lardilar, deyishadi.
Ikkinchi fikr tarafdorlari esa,
hukumat nafaqat quvg’in va qatagon qildi, balki demokratik kuclarni parchalb,
orasiga dushmanlik urug’ini tashlab ularning bir qismini falaj holga keltirgani
bilan o’ziga qarshi qurolli muxolifat yetishtirdi va bu siyosatdan ortga
qaytilmaguniga qadar bu muxolifatdan qutula olmaydi, deyishadi.
Muxolifatchi adib Yodgor Obid
ham birinchi fikr tarafdorlaridan.U birinchi fikr haqida gapirib, Tohir
Yo'ldosh va Juma Namanganiylar hukumatni qurol bilan yengishni tushunganlari va
ular demokratiyaga Islomda o’rin yo’q deganlari, lekin Islomda demokratiyaga
o’rin borligini aytadi.
Pokistonlik Ahmad Rashidning
2002 yilning boshida Yala universiteti tomonidan chop etilgan “Jihod” deb
nomlangan kitobida ham Markaziy Osiyoda keyingi yillarda islomiy harakatlar
roli haqida so'z boradi. Juma Namanganiy o'lganiga shubha bildirgan adib, u
bormi yuqmi baribir, O’zbekiston hukumati qarshisida tahlika yo’qolmasligini
qayd etadi va O'z qarshisida o'zi yetishtirgan qurolli muxolifatdan Toshkent
hukumati AQSHning yordami bilan vaqtincha qutuldi, deyish mumkin, lekin
qatag’on siyosat davom etgan taqdirda va iqtisodiy islohotlar amalda isbotini
topmaguncha O’zbekiston islomiy harakati tarafdorlari yengildi deyish xato
boladi.Balki bunday siyosat ikkinci Afg’onistonni paydo qilishi mumkin, deb
yozadi. Ahmad Rashidning “Jihod” kitobi haqida yozgan "The Washington
post"(2000 yil,17 fevral) muallifning manbu gapini alohida
urg'ulaydi:“Markaziy Osiyoda asl buhron isyonchilar bilan emas, balki
hukumatlar bilan bog’liqdir”.
15.O'IH va DEMOKRATIK KUCHLAR
Amerika Kongresi va hukumatining
O'zbekistondagi diniy erkinliklar ahvoliga oid tashvishda bo'lganlarini ifodalovchi
ko'pdan-ko'p hujjatlari mvajud.Ularda. jumladan, shunday fikrlar bo'rtib
turadi: "Ozbekiston hukumati vijdon erkinligi borasida sezilarli darajada
ko'zga tashlanadigan cheklovchi choralar ko’rgan. Ba’zi siyosatga daxldor
bo’lgan diniy guruhlarga ro’yxatdan o’tkazishga ijozat bermaslik yo’li bilan
hukumat ularni diniy marosimlarga amal etish huquqlaridan judo etgan, ko’plab
diniy faoliyatlarga chek qo’yib, fuqarolarni diniy e’tiqodlari uchun jazolagan.
Rus, yahudiy va xorijiy dindorlar, umuman aytganda, an’anaviy musulmon etnik
guruhlarga, ayniqsa etnik o'zbeklarga nisbatan kengroq erkinliklarga ega.
(AQSH davlat departamentining xalqaro diniy
e’tiqod erkinligi bo’yicha 2001 yil hisobotidan.)
AQSH Davlat Departamentining
demokratiya, inson huqulari va mehnat buyrosi tarafidan tayyorlangan mazkur
hisobotida qayd etilishicha, Frag’ona vodiysida ayniqsa, turli diniy uyushmalar
tez tarqalgan. Darhaqiqat, rasman 1999 yilda o’zini tashkilot deb e'lon qilgan
O’zbekiston Islomiy harakatining asosiy tarkibini ham vodiylik yoshlar tashqil
qilgandi. Keyinchalik ularga qo'shilgan xorazmlik yoshlar bilan esa o’rtada
nizo chiqqan va ularning bir qanchasi qatl etilgandi.
Hukumat manbalari bu yoshlarni
ERK partiyasi lideri Muhammad Solih( Salay Madaminov) bilan bog'liq deb
hisoblaydilar. Lekin ERK partiyasiga mansub ba'zi shaxslar O’zbekiston islomiy
harakati bilan yaqin bo’lgan bolishlari mumkin. Biroq mazkur partiya
a'zolarining aksariyati demokratik qarashda bo'lganlari uchun bu yo'ldan uzoq
turganlarini ta'kidlamoq kerak. O’zbekiston hukumati haliga qadar Muhammad
Solihni O’zbekiston Islomiy harkatiga bog’lab kelmoqda. Uning o’zi tashkilot
rahbarlari bilan uchrashganini tan olib, yaqin munosabatda bolganini rad etib
kelayotir. "Birlik" harakatining ham O’zbekiston Islomiy harakatiga
qarashi o’ziga xosdir. Oldinroq har ikki partiya ham e'lon qilgan bayonotlarida
O’zbekiston Islomiy harakati qurolli muxolifat holiga kelishi uchun O’zbekiston
hukumatining zulm asosiga qurilgan siyosati sabadir, degan gapni takrorlab
keldilar va buni bugun ham eshitish mumkin. Demak, bu yerda o'rtadagi
munosabatlar qanday ekanligini aniqlsh u qadar qiyin emas. O'rtada uchta rasmiy
qarash mavjud.
Birinchi qarash:Hukumat
demokratik kuchlarni ham O’zbekiston Islomiy harakatiga bog’lashga urinadi.
Ikkinchi qarash: demokratik kuch
mansublari biz ayri-ayri yo’llarga sohibmiz va O’zbekistonning kelajagini ham
boshqacha tasavvur qilamiz, deydilar.
Har ikki qarash bir-biriga zid
va bu yerda hamma narsani uchinchi qarash hal etadi.
O’zbekiston Islomiy harakatining
lideri Tohir Yo’ldosh xorijiy radiolarga bergan interviyularida bu masalaga
avvaliga ochiq baho berishdan, ya'ni uchinci qarashni ochiq o’rtaga qo'yishdan
biroz chekingan bo’lsa, keyinchalik, yo'llar ayri ekanligini ta'kidlay
boshladi. Ba'zan ular demokratlar va demokratiya bizning yo’limizga zid,
deyishgacha bordilar. Lekin 2000 yilning yozida Rus va Qirg’iz matbuotida
O’zbekiston demokratik muxolifati bilan O’zbekiston Islomiy harakati birlashdi,
degan xabarlar paydo bo’ldi. Shundan keyin O’zbekiston Islomiy harakati bu
masalada keskin fikrlarini o’rtaga qoya boshladi. Jumladan harakatning rasmiy
qarashini uning matbuot devoni boshlig’i bo’lgan Zubayr Ibn Abdurahim o’sha
kezda shunday e’lon qildi.
-Avvalo muxolifat o’zi o’z
orasida birlashib olishii kerak. Bizning ular bilan yo'llarimiz boshqadir va
biz jihod e'lon qilganmiz, ular esa demokratik yo’lni tanlaganlar.
Demak, bu yerda hukumatning
da'vosi puchga chiqmoqda. "Birlik" va "ERK" harakat hamda
partiya o'laroq O’zbekiston Islomiy harakatidan kurash uslubi jihatidan keskin
farq qiladi va ayri-ayri yo’llarni tanlaganlar. Shaxslarning aralashgan va yoki
aralashmagani esa ayri mavzudir.
"Birlik" xalq harakati
nomidan 2000 yil 25 Avagustda e'lon qilingan Bayonotda shunday satrlar bor:
"O’zbekiston Islomiy harakatining asl maqsadi O’zbekiston musulmonlarini
hukumatning o’z millatining diniga qarshi Stalin usullari bilan o’tkazayotgan
vahshiyona tazyiqlaridan, to’g’rirog’i qatag’onidan qutqarishdir. Shu sababli,
bo’layotgan urushning asl sababchisi O’zbekiston hukumatining g’ayriinsoniy
siyosati ekanligini butun dunyo tan olmoqda. Aynan Karimov hukumatining avval
demokratiya tarafdorlarini, so’ngra hukumatdan mustaqil bo’lishini istagan
dindorlarni jismonan yo’q qilishga qaratilgan siyosati ko’pchilikning
mustaqillik va demokratiyaga, demokratik usullarga asoslangan kurashga
ishonchini o’ldirdi. Natijada mamlakatimiz fuqarolar urushiga kirdi. Demak,
mavjud rejimni o’zgartirish yo’liga tushgan islomchilarning eng kamida ilk
maqsadi-mohiyatan siyosiy, dunyoviy maqsad". Lekin bunga qo'shilib
bo'lmaydi. O'IH liderlari maqsadimiz islomiy davlat deb ochiq aytib
turganlarida bunday bayonot berishning mohiyati noaniqdir.
16.O'IH va TOSHKENTNING TASHQI
SIYOSATI
O'zbekistonning AQSH bilan yaqinlashuvi
va prezident Karimovning Qo’shma shtatlarga safari(2000 yil,11-14
Mart)jarayonida ham O’zbekiston Islomuy harakatining oyoq izlari sezilib turdi.
Toshkentning tashqi siyosatida bugun AQSH yetakchi o’rin tutayotgan ekan, Human
Rigths Watch tashkilotining safar arafasida prezident Bushga yo’llagan
maktubida qayd etilganidek, O’zbek ma’muriyatining qattiqqo’l siyosati sabab
uning qarshisida qurolli muxolif paydo bo’ldi. Nima bo’lganda ham O’zbekiston
Rossiya bilan yaqin edi va bugun anashu qurolli muxolifning tahlikasi bois AQSH
bilan ittifoqdosh holida.O’zbekiston Islomiy harakati davlatga, xususan Karimov
rejimiga qarshi u qadar kuchli tahlika emas edi, deguvchilar ko’p. Lekin
voqealar rivoji buning aksini ko’rsatadi. O’zbekiston Islomiy harakati Toshkent
rejimiga qarshi jihod e’lon qilganini 1999 yil 25 avgustdagi bayonoti bilan
ma’lum qilgandan keyin, Toshkent tahlika ichida qoldi. O’shanda Toshkent bunday
tashkilot mavjudligini hatto rad etgan bo’lsada amalda uning tahlikasini har
qadamda his eta boshladi. Islom Karimov 2002 yilga kelib o’sha kunlarni
eslarkan, men ertalab ishga kelishimdan to ketgunimga qadar shu masala bilan
band bo’lardim, degani ham buning yaqqol ifodasidir.
Ma'lumki, jihod qarshisida
mushkul vaziyatda qolgan Toshkent rejimi birinchi bo’lib Rossiyaning quchog’iga
otilgandi. Prezident Putin Toshkentga qilgan safari chog'iqida Islom Karimovga
dalda berdi.
"O’zbekiston qarshisidagi
tahlika bu ayni paytda Rossiyaga ham tahlikadir.Biz buni bugun tushunmasak va
o’zbek do’stlarimiz bilan birga bugun buni to’xtatmasak ertaga kech bo’ladi va
bizning o'zimiz ham bu tahlika bilan yuzma- yuzma qolamiz", deya bayonot
bergandi Rossiya rahbari.
Ammo Rossiyaning kuchi va ahvoli
ko’pchilikka ma’lum edi. Chechenistonda bir narsa qila olmayotgan Rossiya
O’zbekistonga qanday yordam berishi savollarga sabab bo’lsada, Toshkentni o’z
yoniga tortish uchun unga imkoniyat paydo bo’lgandi. Bundan ustalik bilan
foydalangan Moskava o’shanda harbiy hamkorlik haqida shartnoma imzoladi va
O’zbekistonni oz ta’sir doirasiga mahkamroq mixlab oldi. Toshkent uchun boshqa
yo’l qolmaganini Islom Karimov mana bunday ifoda etgandi:
-Bu dunyoda O’zbekiston kabi bir
davlat bunday vaziyatda o’zini yakka holda himoya qila olmaydi va men buni
masuliyat bilan e’lon qilaman. Qarshimizda qandaydir bir davlat emas, balki
katta zahiralarga ega bo’lgan kuch turibdi.
Bunday bayonotning ikki xil ta’siri bo’ldi. Birinchidan, O’zbekiston Islomiy harakatining xalq ichida va shuningdek tashqarida ham katta kuch sifatida talqin qilinishiga olib keldi. Ikkinchidan esa O’zbekiston Islomiy harakatining O’zbek xalqiga qilgan “foydasi” shu bo’ldiki, uning tahdidi tufali mamlakat yana Rossiyaning pinjiga kirib qoldi degan qarashlar paydo bo’ldi.
Bu radiomuloqot davomida harakatning liderei Tohir Yo’ldoshga savol o'laroq yo’naltirilganda uning javobi mana bunday bo’lgan edi:
-Bularning Rossiyaga sajda qilishi yangi gap emas. Rossiya ularning eski qiblasi. O’zbekiston Islomiy harakati yurtimizga zarar berdi, deb hisoblamayman, aksincha biz kimning kimligini ko’rsatib foyda berdik deb o’ylayman.
Lekin Toshkentning tashqi siyosatidagi urinishlar turli ko'rinishlarda o'z "meva"sini berdi Masalan, shunday xulosalar chiqarildi:"O’zbek musulmon jangarilari Afg’oniston sharqida AQSH kuchlariga qarshi jang qilayotgan Al Qoida qoldiqlariga bugun ham yo’lchilk qilish bilan birga AQSHga qarshi urushmoqdalar.O’zbekiston Islomiy harakatining liderlari Afg’onistonda Tolibon va Al Qoida boshqaruvini yoyishda muhim rol o’ynadilar. Ular Usama Bin Laden tanlagan Jihodning jirkanch usulini targ’ib qilibgina qolmay, terroristik jamlog’larni qurish va ishlatishda ham faol ishtirok etdilar. Karimovning juda ham tahlikali bo’lgan bu dushmanlari George. W. Bushning ham dushmanlaridir.("The Washington Post", 2002 yil 10 Mart)
Bu Vashington Post ro'znomasida e’lon qilingan "Inson Huquqlari va sheriklarimiz" degan maqoladan olingan satrlar ayni paytda O’zbekiston Islomiy harakatining Toshkent tashqi siyosatidagi o’rnini ham ko’rsatuvchi belgidir. Ayni gaplarni ikki yil oldin Turkiya prezidenti Sulaymon Demiral ham Toshkent safari chogida aytganini eslasak, yana ham ko’proq narsa oydinlashgan bo’ladi.
17.O'IH va UNGA QARSHI KURASH
USULLARI
Islom Karimov 1999 yil 16
fevralda, portlovlar kuni qilgan nutqida shunday degandi: "Hozir
O’zbekistonda yoshlar kelajakka katta umid bilan intilmoqdalar va ba'zi kuchlar
bunga qarshilik qilishga urinmoqdalar. O’zbekistondagi barhca yoshlar mening
bolam va men ularni hech kimning qo’liga bermayman".
Malumki, terrorozmining
ko’rinish va usullari aniq bo’lmaganidek, unga qarshi kurashdagi uslublar ham
turlichadir. Masalan, Afg’onistonda ushlangan amerikalik "tolibon"
John Walker haqida gapirilganda va yoki yozilganda so’z doim uning o’zi haqida
bordi. Butun Amerika bolalariga yangi bir ota topilgan emas. Walkerning o’z
ota-onasi esa advokat olib farzandlarini himoya qilisga kirishdilar. Ular
o’gillari haqida hamma joyda faqat yaxshi gap aytdilar va buning uchun ularni
jazolashgani yo’q. Onasi esa, qaysi ona o’z bolasidan kechadi, degan gaplari
bilan og’izga tushdi.
Yoki Inson huquqlari
tashkilotlari Guantanamo harbiy bazasiga keltirilgan mahbuslarning huquqlarini
himoya qilib chiqdilar va ularga hech kim, nega siz terroristlarni himoya
qilmoqdasiz, degan emas. Mahbuslarga urush asiri statusi berilishi o’rtaga
qoyilganda esa Bush ma'muriyati buni har bir asir masalasida alohida ko’rib
chiqib hal etajagini bildirdi. Bu esa har qanday sharoitda ham insonning ma'lum
bir darajadagi huquqlari saqlanib qolishini korasatdi.
O’zbekistonda ham terroristalarga
nisbatan kurashning o’z yo’llari paydo bo’ldi. Tanqili Adib Ahmad Rashid
“Jihod” deb nomlangan kitobida takidlaganidek, shunday usullardan biri
terrorist, deyilgan kishining yaqinlariga tasir qilish, tazyiq va bosim
o’tkazishdir. Darvoqe, Islom Karimov "Otalar bolalar uchun javob
beradilar" degan qoida o'rnatdi. Ko'p o'tmay bi oanlarga ham qaratildi.
Hukumatga qarashli O’zA
boshqarmasi muxbiri imzosi bilan 1999 yilning 13 Oktyabrida “Xalq soz”
gazetasida bosilgan “O’g’limni oq qildim ...” sarlavhali maqola Ahmad
Rashidning va u kabi fikrlaganlarning gaplariga dalil bo'la oladi. Tohirr
Yoldoshning onasi bilan suhbat qilganini tariflagan muxbirning yozganlaridan
parcha oqiymiz:
"Rostdan ham o’glimni
shunday bo’lishini bilganimda bolaligidayoq o’z qollarim bilan o’ldirgan bo’lar
edim,- deydi Karomat Asqarova,- Hozir ham o’ldirishga tayyorman, uning
qilmishlarini kechirib bo’lmaydi.Bunday jinoyatlarni ona qalbi ham
kechirmaydi... Shu darajaga borib yetdiki, boshqa o’g’illarim akasi do’g
tushirgan familiyada bo’lishni ham xoxlashmayapti. Kenja o’g’lim katta
otasining ismini familiya qilib oldi. La’nati Tohir tufayli shincha azob
chekayapman... Ona rozi Xudo rozi, deydilar. Men undan rozi emasman, uni oq
qildim. Menga bunday o’gil kerak emas. Bir o’zim dardini tortganimda mayli
edi-ya, u qanchadan-qanhca odamlarni be baxt qildi, boshiga kulfat soldi...
Darvoqe,-deb davom etadi
muxbir.-Tohir Yo’ldoshning onasi bu gaplarni o’zi yashaydigan Avliyo domla
mahallasida bo’lib o’tgan yig’ilishda ham aytdi".
Izohga hojat yo’q. Lekin bu
bitta hodisa emas, juda ko’plab onalar va otalar mahallalarga olib chiqilib
muhokama qilingani va anashunday og’ir soz’larni aytishga undalgani ham sir
emas. Bu haqda AQSH Davlat departamentining Inson huquqlari boyicha hisobotida
ham qayd etiladi.
Islom Karimovning AQSH ga safari
asnosida Prezdent Bushga va Karimov bilan uchrashadigan boshqa rahbarlarga
yuborilgan maktublarda ham xalqaro inson tashkilotlari, jumladan, aybdor va
yoki gumon qilingan kishilarning yaqinlariga o’tkazilgan tazyiqlardan shikoyat
qilishdi.
Xo'sh, Tohir Yo’ldoshning onasi
oq qildi, degan usul qanday samara bergandi? Bu usul borib o’z nuqtasiga
tegdimi? O’shanda O’zbekiston Islomiy Harakatining rahbari bunga quyidagicha
munosabat bidirgan edi:
-Men o’zim haqimda gapirishni
ko’p yoqtirmayman. Lekin mening onamga qilingan zulm, faqat unga emas, balki
barcha onalarga qilinmoqda va ularning ko’zi yoshlanmoqda. Men buni
kofirlarning musulmonlarga qilgan zulmi, deb bilaman va buning evaziga,
inshooloh, jannatga borishni kutmoqdamiz.
O’zbek matbuotida keng yoyilgan
kurash usuli aslida jurnalistlarning ixtirosi, deb bo’lmaydi. Chunki ko’p
hollarda bunday maqolalar ularga yuqoridan keladi. Masalan, 1999 yil 16
fevralda yuz bergan qonli voqelardan keyin deyarli barcha matbuot sahifalarida
“Fevral voqelari, u kimga kerak bo’ldi? Ijrochilar kimlar? Tashkilotchilarchi?”
degan maqola bosilgandi. Anashu maqoladan satrlar o’qiymiz:
"Shariatga ko’ra Xudoning
barhaqligiga munkir kelgan, kufrona ishlarni qilib yurgan kishi kofir sanalmaydimi?
Mantiqan fikrlansa, Xudoning buyurganlarini bajarmagan kishi uning oldida osiy
va jofiydir. Axir, musulmon kishining musulmon birodari qoni begunoh
to’kilishiga bosh qo'shishi gunohi kabira emasmi? Kengroq ma’noda aytganda,
xalqning xoxish-irodasiga zid amal qilgan kimsaning dinsizdan nima farqi
bor?"
Darvoqe, terrorizmga qarshi
kurashning AQSH qo’llagani kabi qurolli hujum usuli aniq. U ma’lum bir natijaga
olib keladi. Lekin undan keyin baribir mafkuraviy jihatiga ehtiyoj tug’iladi.
Ahmad Rashid Markaziy Osiyodagi
vaziyatni o’z kitobida tahlil qilar ekan, bu masalaga ham to’xtalib, asosiy
kurash maydonini yaratmoq uchun jamiyatni demokratiyalashtirsh kerak, deydi. Darhaqiqat,
o'shanda kurash usullari rangba -rang bo’ladi va xalqo'ziga kerakli usullarni
kashf etadi
”O’zbekistan Islomiy Harakati,
O’zbekiston va mintaqaga jiddiy tahdid yaratishga davam etmoqda. O’sama bin
Laden rahbarligidagi al-Qaida tiziming bir bo’lagi hisoblangan O’zbekiston
Islomiy Harakati, O’zbekiston hukumatini kuch yo’li bilan ag’darishga
urunayatgan to’dadir. O’zbekiston Islomiy harakatining a‘zolari, al-Qaidaning
Afg'onistandagi lagerlarida mashqdan o'tishgan. Ushbu lagerlar endilikda buzub
tashlandi va u yerlarda mashqdan o’tib, yetishib ciqqanlarning ko’pchiligi o’ldirildi
yoki nazoratga olindi. Lekin qolganlari hali ham tahdid yaratmoqda.”
Bu AQSH hukumatining