Jahongir.Org
O'ZBEKLAR VA O'ZBEKLAR
JAHONGIR MUHAMMAD
ESSE
O'qiganda qayerdadir agar o'zingizni yoki siz
tanigan, bilgan biror kishini "ko'rib" qolsangiz, demak bu kitob asar
holiga yetibdi, agar bu yerdagilarning hammasi sizga begona bo'lsa, u holda
mehnatim zoya ketibdi. MUALLIF.
ZEHNIYAT yoki KIRISH O'RNIDA
Mazkur kitobning ilk qismini
e'lon qilishim bilan, ayniqsa, Amerikadagi tanishlar orasida qizg'in munosabat bildirish
boshlandi. Munosabat bildirishning turli yo'llari bor. Masalan, orqavorotdan
gap-sozlar qilish."Ko'rdingizmi, nimalarni yozibdi, tanbeh berib qo'yish
kerak!" Yoki boshliqqa " Bunaqa narsalarni yozib nima qiladi, kimga
keraki bor?" tarzida xat yo'llash va yoki muallifning o'ziga nafrat
sochish... Ko'pincha o'zini avliyo sanash va bor narsani hazm qilaolmaslik
bunga sabab bo'ladi. Meni esa boshqa narsa o'ylatdi. Ozmi-ko'pmi Amerikada
yashayapmiz. Ba'zilar esa 20-25 yildan beri yashayaptilar. Amerikani oyoqda
ushlab turgan narsa inson huquqlari borasida uning Konstitutsiyasiga qo'shilgan
o'nta o'zgarmas qo'shimchadir. Shundan birinchisi so'z erkinligi haqida. Shunga
ko'ra istagan odam istagan gapini ayta oladi va yoza oladi.Istagan odam unga
javob yozadi. Ammo birovning ismini qo'yib, seni o'ldiraman, deb yozsa bu ish
bilan tabiiyki, politsiya shug'ullanadi. Birovning ismi-sharifini keltirib
shaxsini haqorat qilsa, so'ksa bu fuqaroviy tarzda sudda isbotlanishi kerak.
Shulardan kelib chiqsak, mening
diqqatimni tortgan narsa "Nega bu haqda yozadi?" deb shikoyat qilgan
odam bo'ldi. O'zbekistonda bo'lsa tushunarli. Ammo Amerikada bo'lib Amerikani
tushunaolmaslik bu zehniyatdagi temir qolip mavjudligini ko'rsatadi.Amerikada
bir yozuvchi yoki bir jurnalistga "Nega buni yozding?" desangiz
"Sen nega nafas olding" deb masxara qiladi.Boshqacha aytganda yozish
huquqiga hech kim, hatto prezident ham rahna sololmaydi.Amerikaning eng katta
yutug'i bu! Ammo ma'lum bir maqsadlarda pul sarflab ma'lum bir nashrlarga ega bo'lganlar,
turli yo'llar bilan o'z siyosatlarini yurgizadilar.Bu bohsqa gap.
Amerikada yashab uning demokratiyasini qabul
qila olmaslik ba'zilarning zehniyatida mavjud. Bundaylar hech qachon
demokratiya nimaligini bilmay o'tib ketadilar.Bu kitobni yozarkanman, ularga
dars bo'lar degan maqsadni oldimga qo'yganim yo'q. Balki amerikalik
bo'laolamayotganimiz(amerikalik bo'la olmaslik der ekanman demokrat, inson
huquqlariga hurmat ko'rsatish, erkin fikr va so'z erkinligi, adolatni tushunish
kabi qadriyatlarni o'zimizga singdira olmaslikni nazarda tutayapman)
sabablarini o'rganishni ko'zladim.Bu esa bugunga emas, kelajakka kerak
bo'lishini bilganimdandir.
Zehniyat har bir insonning, har bir
millatning ko'zgusidir. Shu bois ham zehniyatga nazar tashlamoq o'zlikka nazar
tashlamoqdir.
ORADAGI DEVOR
Xorijda yashayaotgan va o'zini
oz'bek deb atayotgan( bu muhim, chunki ko'plari o'zlarini afg'on ham deb
ataydilar) kishilar O'zbekistondan xorijga chiqqanlar bilan qo'shilib keta
olmayotganlari bugunga kelib, sir bo'lmay qoldi. Buning bir qancha sabablari
ko'rinmoqda,
Birinchidan, madaniyat va
ana'nalardagi farqlilik. Zamon va makon ta'sirida bu borada uzgarishlar yuz
bergan.O'zbekistonda yashaganlar ruslar orqali sizgan G'arb madaniyatidan
ta'sirlangan bo'lsalar, Afg'onistondagilar esa o'sha yerda yashagan va
ko'pchilikni tashkil qilgan xalqlar ta'siridan chetda qolmaganlar.
Ikkinchidan, til, alifbodagi
o'zgarishlar ta'siri. O'zbekistondagilar garchi o'zbek tilidagi maktablarga
sohib bo'lsalarda amalda alifboning bir necha karra o'zgarishi girdobida
qoldilar. Afg'onistondagilar esa hatto o'z tillaridagi maktabni tasavvur ham
qila olmadilar.Xorijga kelib o’zbek tili orqasidan kun ko’rganlari esa
"O" bilan "A" farqiga borish u yoqda tursin, O’zbekistondan
kelganlarning ustidan kulishardi. O’zbekistondan kelganlar esa ularning
talafuzlariga hayron qolishardi. Zamon va makon bir oila farzandlarini
anashunday boshqa-boshqa odam qilib qo’ygandi.
Va uchinchidan, vatan haqidagi
tushunchalar. Oz'bekistondan hijrat qilganlar bugungi mavjud rejimdan norozi
bo'lsalar, xorijda yashab kelganlar O'zbekiston bilan aloqani saqlash maqsadida
mavjud rejim bilan hamkorlik qilishga urinardilar.
Ana shu jihatlar oradagi devor
va qandaydir ma'rakalarda bir oraga kelmasalar, xorijdagi o'zbeklar hatto bir-
birlarini ko'rmay ham yashamoqdalar.
IKKI KARRA XOINLAR
Sho'rolar bosqinining ilk
davrlarida va yoki ikkinchi Jahon urushi davrida xorijga chiqqanlar qo'shaloq
"xoin"lardir.Albatta, bu qo’shtirnoqqa olganimiz kabi ko'chma
ma'noda. Chunki ularni Sovet ittifoqi, jumladan O'zbekiston ham xoinlar, deb
keldi. Qarangki, ularning o'zlari ham bir-birlarini xoinlar, der ekanlar.
Albatta orqavorotdan.
"Bu odam avval sho'rolarga ishladi. Keyin AQSH razvedkasiga. Endi esa Karimovga ishlayapti. Asl xoin shu bo'ladi"
"Ana uni
yaxshi taniysiz-mi, otasi ham o'zi ham kommunistlar bilan aloqada bo'lgan. Ulardan pul olib bizni sotib
turgan."
" Bu odam olim emas.
Yozganlarini hech kim tan olmaydi. Tarix bu ilm. Bu odamniki esa quruq gap. U asli
o'zi yahsayotgan davlatga sotilgan. Bo'lmasa, kommunistlar yomon ekan, nima
bugungi hukumat ham yomon-mi?"
Bunday gaplarni deyarli har kun
eshitish mumkin. Bugun o'zbek muxolifatining xorijdagi vakillari bir birlarini
CNBchi, deb ayblashar ekan bu kasal yangi emasligini ta'kidlamoqchimiz. Hali
vaqt kelib ular ham qo'shaloq "xoin" bo'ladilar. Bunisi oldinda.
KEYINGILAR
Yuqorida avval hijarat qilgan
o'zbeklar va bugun taqshqariga chiqqanlar nima sababdan birlasha olmaganlari
sabablarini keltirdik. Xo'sh keyin chiqqanlar o'z oralarida nega birlasha
olamaydi, nega tarqoq va yuzko'rmas bo'lib ketdilar. Menga ko'ra buning ham bir
qancha sabablari bor.
Birinchidan, keyin
chiqqanlarning aksariyati muxolifat bilan va yoki muxolif qarash bilan bog'liq.
"ERK" va "BIRLIK" tashkilot sifatida tobora kichrayib,
ko'rinmas nuqtaga aylanib borsada uning rahbarlari o'rtasidagi kelishmovchilik
kuchlanib boraverdi. Ular boshqalarni ham, jumladan o’zlarini tark etgan sobiq
safdoshlarini ham bu botqoqa tortishga urindilar. Ba'zan tuhmat va ba'zan fitna
bilan xorijdagilarning orasiga qutqu soldilar. Bu holat, bu kelishmovchilik
boshqalarning ham o'rtasiga sovuqlik tushirdi.
Ikkinchidan, otdan tushsa ham
egardan tushmaslik kasali ularni ajratib, parchalab yubordi. Hamma o'zini aqlli,
boshqalarni axmoq, deb o'ylashi bilan birga, "Birlik" va
"ERK" miz deganlar ochib qo'ygan va boshqargan interenet
sahifalaridagi mehmonlar kitobi,forumlar orqali bir-biriga ig'vo va tuhmatlar
qilish bilan ovora bo'ldilar. Na mehmondorchilikning va na mehmonning izzati
qoldi. Bu Karimov rejimiga ham qo'l keldi. Rejim odamlari ham bu sahifalardan
yaxshigina foydalandilar.
To'rtinchidan, o'zbeklar qachon
birlashgan edilar-ki, endi bilashsinlar, degan yot qarash hammalariga singib
ketgan.
Va beshinchidan dunyodagi barcha
muxoliflarni bir-biriga muxolif qilgani kabi pul biznikilarni ham bir-birga
dushman qildi. Sen ko'p olding va men kam oldim, degan an'anaviy ayblovlar
ularni asosiy maqsad va harakatlaridan ustun keldi.
Bularning hammasi esa bir
bo'lib, xorijdagi o'zbeklarni O'zbekistondan uzib, xorijliklarga aylantirdi va
ular o'zlari yashagan mamlakatlarining oddiy fuqarolariga aylanib qola
boshladilar. Endu ular tilda har qancha vatanparvar bo'lsalarda, amalda
xorijliklar edilar. Kelajakda ham ular O'zbekistonga faqat mehmon bolib, ha,
faqat mehmon bo'lib borib kelishlarini hozirdanoq qo'rqmay aytaverish mumkin.
EGARDAGILAR
Ilgari xorijga chiqqanlar
orasida tanilgan, ko'zga ko'ringanlari doim o'zaro mushtlashmagan bo'lsalar ham
orqavorotdan doim bir-birlarini xoin va yoki axmoq, deb ayblab yurganlarini
yuqorida ta'kidladik. Hatto o'ladigan kunlarida ham bir-birlarini kechirmay
o'lib ketmoqdalar. Ular Turkiston uchun birgalashib kurashish haqida ko'p
gapirsalarda aslida ayri-ayri, yakka-yakka tarzda kurashni afzal ko'rganlar.
Yoki kurashmoqdaman, deb o’zlarini ovutganlar. Asosiy kuch-quvvatlari
bir-birlarini yomonlashga sarf bo'lgan.
Masalan, oqsoqollardan biri
bilan gaplashib qolsangiz: U hammani qutqazgan, u hammaga yaxshilk qilgan,
hammani ish bilan ta'minlagan, faqat uning bir o'zigina Turkiston ozodligi
uchun kurashgan, O'zbekistonni u mustaqil qilgan… olmoniyalik Boymirza Hayit
uning uchun dunyodagi eng yomon odam, AQSHlik Ergash Buloqboshini go'rida ham
tinch qo'ymaydi...
Boshqalar bilan gaplashsangiz,
buning aksini eshitasiz.
Karvonning boshi shunday
bo'lgach, davomidan nima istaysiz, degim keladiyu lekin hali davomi davom
etmoqda-da.
MEHMONDORCHILIK
Bugun Virginiada yashayotgan
akaxonning hikoyasi:"Biz Amerikaga kelganimizda Vashington shtatining poytaxti
Sietle shahrida yashay boshladik. Mahalliy do'stlarimizdan biri mehmonga taklif
qildi.Bu bizning Amerikada ilk mehmonga borishimiz edi.Kun bo'yi tayyorgarlik
ko'rib katta hayajon bilan bordik. Mezbon esa hali tayyorgalik ham ko'rmagan
ekan. Ancha vaqt ostonada qoldik. U uy kiyimida bamaylixotir chiqib kelar ekan,
nega qarab turibsizlar, kiringlar, dedi. Biz ichkariga kirib qayerda o'tirishni
ko'zlay boshladik.
-Nega qarab turibsizlar,
o'tiringlar,-dedi u. Men stolning narigi chetidagi o'rindiqqa o'tirdim. Mezmon
menga ajablanib qaradi-da,
-Bu yerdan tur, bu mening
joyim,-dedi.
Noqulay ahvolga tushib qoldim.
Sekin joyimdan qo'zglaman, deganimga ham qaramay kela solib, xuddi o'rindiqning
ustida oltin boru u quriq qolganday o'tirib oldi. Menga qayerga o'tirishimni
ko'rsatmadi ham. O'tirishi bilan men do'konma do'kon yurib tanlagan va maxsus
qog'ozlarga o'ratgan hadyani sharaqlatib ocha boshaldi. Ochdiyu,
-Bundan to'lib ketgan uyim, garajga
chiqarib quyganman. Olib ket, balki o'zingga kerak bo'lib qolar,-dedi.
O'rnimdan turg'izgani bir
shapaloq urganday bo'lgan bo'lsa, endi bunisi tepgandan ham oshib tushdi.
Badbaxt, yoqmas ekan, mehmon chaqirib nima qilasan, ahvoling shu bo'lsa, deb o'ylarkanman:
-Nega qizarib-bo'zarib
ketayapsan, biror ishingni unutdingmi, istasang borib kel, yoki telefon
qil,-dedi-da qo'liga gazetani olib o'qiy boshladi. Men ketishimni ham
ketmasligimni ham bilmasdim. Xullas, shundan keyin mehmonga chaqirishsa bormasdanoq
"Rahmat" deb qo'yadigan bo'ldik."
DARSDA
O'zbek tilidan dars berar
ekanman, madaniyatlar o'rtasidagi anashunday farqliliklar haqida gaplashar
ekaniz, talabam,
- Amerikada har joyda har xil,
mamlakatning ichkarisiga kirib borsangiz sizlarning madaniyatdagi kabi
mehmondorchilik, izzat ikrom bor, -dedi.
Darhaqiqat, besh barmoq bir
bo'lmaganidek, muhojirlar mamlakatida ham hamma har xil edi. Masalan, shu
talabamning oz'i ham. Men dars bergan joyda sinfda talaba bir yoki ikki nafar
bo'lardi. Tilni tez o'rganish uchun ular yakka tartibda dars olishni
istardilar. Men tushlik ovqatni uydan olib kelardim. Tushlikka chiqishimiz
bilan u kelib ovqatimga qarab turardi, o'zbekchilik yoddan chiqarmidi,
-Qani marhamat,- deyishim bilan
u mening ovqatimni yey boshlaydi. Men esa iymanib qarab turaman. Keyin ovqatni
ko'proq olib keladigan bo'ldim. U oldin men bilan ovqatlanadi, keyin esa
ko'zini lo'q qilib o'zinikini yey boshlaydi.Bersa ham ko'ngli tortmayduyi lekin
indamagani alam qiladi. Ha, ertaga ko'rasan, deb qo'yaman, lekin ertasiga
"marhamat" deb yuborganimni o'zim bilmay qolaman. Madaniyatlar haqida
gaplashganimzida esa, u Amerikaning ichiga borsangiz xuddi sizga o'xshab, qani
bizning ovqatdan ham tatib ko'ring, deydiganlar kop, deydi.
Olti oy anashunday o'tdi. Yo'lqon
bo'lmasin , oxirgi kunlar edi, u bir olmani ikki bo'lib yarmini menga uzatdi.
Xursand bo'lib ketdim. Olib yeyman desam, po'sti archilmagani u yoqda tursin
yuvilmagan ham ekan. Do'konda yopishtirilgan yaltiroq qog'ozchasini ko'rib,
buni yuvib kelay, keyin yeyman, deb tashqariga chiqib ketdim. Olmasini
uloqtirib sinfga qaytib kirganimda u;
-Bekorga ovora bo'ldingiz,
domlajon, men buni yuvib, keyin sotishadigan do'kondan olganman,- dedi.
-O’zbekistonda ham mamlakatning
ichiga borsangiz olmani yuvib, keyin sotadiganlarni ko'rib qolasiz,-dedim men
kinoya bilaman. Lekin kinoyani tushunadigan bormidi?
GO'SHT OLARKAN
Karimjon Amerikaga kelganda
boshi aylanib qoldi. Do'konga borsa go'shtning yuz xil narxi bor. Masalan, mol
goshti kalla qismidan dum qismiga qadar turli-turli baholarda sotilar ekan.
Hammasining o'z nomi va o'z bahosi bor. Bunga "tishi" o'tmasligini
tushundi-da eng arzonini qidirdi. Arzoni qiyma go'sht ekan. Narxi 1 dollar 58
sent. Kelgan mamlakatidagi narx bilan solishtirdi. Arzon tushganday bo'ldi.
Demak, qimmatrog'ini olsam, bo'ladi, deb o'yladi u. Xullas, o'rtachasidan
birini tanladi. Lekin go'shtning og'irligi taxminidan yengilga o'xshardi. Bu
qistaloqlar tarozidan urgan ko'rinadi, deb boshqalarini ko'rdi. Bu hammmasidan
ham urib qolishganga o'xshaydi deb o'yladi. Borib janjal qilay desa til
bilmaydi. Olmasa, bugun mehmon keladigan. Dardini ichiga yutib olib keldi.
Kechqurun Amerikada anchadan beri yashaydigan o'zbeklar xush keldingizga
kelishdi. U
-Amerikaning ham o'zimizdan
farqi yo'q ekanku,- dedi,- Bizda qassoblar yashirib urishadi, bu yerda es
istaganini yozib yana ochiq qo'yishar ekan.
-Unday bo'lishi mumkin emas. Bu
yerda bir gramm urib qolsa, xaridor darhol sudga berib, do'konni sharmanda
qilish u yoqda tursin, bir qop pulini ham tortib oladi. Buni maxsus qidirib
yurganlar bo'ladi. Su sababdan bu ishlar juda qattiq nazorat ostida bajariladi
va hech kim urib qolishga jur'at qilolmaydi,-dedi mehmon.
Karimjon u desa bu deyishdi, bu
desa u deyihsdi. Ko'rsatay desa xotini go'shtni qozonga solgan. Keyin bir zumga
tashqariga chiqqan bo'ldi-da uyining yonidagi do'kondan go'sht olib keldi.
- Mana buni tortib ko'ringlar,
balki do'konni sudga beradigan odamlar kelmay qolgandir,-dedi u kinoya
bilan.-Shu ikki kilo chiqadimi?
-Yo'q,- deyishdi mehmonlar.-Bu
ikki pound. Bir kilodan ham ozroq. Bir pound esa 453 gramm.
Mehmonlar o'zining ustidan
qah-qah otib kulishlarini kutgan Karimjon yana bir ajblandi.Ulardan biri:
-Bu kunlarni biz ham
yashaganmiz,-dedi.- Bu yerda hamma narsa bizdagiga teskari. Hech qayerda
narsalar kilolab sotilmaydi, litrlab, metrlab o'lchanmaydi.
-Tag'in mashina olsangiz
O'zbekistondagi kabi soatiga 80 kilometr tezlikda haydayman, deb o'ylamang. Bu
yerda tezlik ham mil hisobida. 55 atrofida haydasangiz O'zbekistondagi 80 bilan
baravar bo'ladi,-dedi mehmonlardan biri. Boshqasi ilova qildi:
- Hali ko'rasiz bu yerda
og'lingizni uylantirganda ham soliq to'laysiz.
QARZGA BOTGAN O'GIL
Salimbek Amerikaga joylashgach,
otasini mehmonga chaqirdi. Juda ko'p qiyinchiliklardan keyin ota arang yetib
keldi. O'g'lining hayoti yaxshiligi, dang'illama uyi, bir nechta mashinasi
borligidan sevinib ketdimi, yoki yo'l og’irlik qildimi, birdan yurak xurujiga
uchradi. 9-11 ga sim qoqishdi. Ikki daqiqaga qolmay tez yordam yetib keldi. Har
ehtimolga qarshi o't o'chiruvchilar, politsiya xodimlari ham kelgandi. Bu bir
qoida. Otani hospitalga olib ketishdi. Darhol amaliyotga oldilar. O'gilni esa
do'xtirlar so'roq qilardi.
-Otangizning sug'urtasi bormi?
-Yo'q, u kishi mehmon bo'lib
kelganlar.
-Mehmon bo'lib keladigan odamga
oldindan sug'urta olish kerak.
-Bilmasam.
-O'zingzining sug'urtangiz
bormi?
-Bor edi, yaqinda ishni
almashtirdim. Bu yerda olti oy ishlasam, keyin sug'urta berishar ekan.
Xullas, so'roq yarim tungacha
davom etdi. Boshliqlarga telefon qilgan do'xtirlar Salimbekning hujjatlaridan
nusxa olishdiyu indamay qo'yishdi. Ikki kundan keyin otani javob berishdi.
Yurak amaliyotidan keyin ham ikki kunda javob berishlariga u hayron bo'lmadi.
Chunki o'zi ko'richak bo'lganda amaliyot ertalab o'tgan bo'lsa tushdan keyin
uyiga jo'natishgandi.
Otasini uyda saqladi, yana
do'xtirlrga ko'rsatishiga tog'ri keldi. Shu orada hospitaldan qogoz keldi. 70
ming dolar to'lashi kerak ekan. Yana tavsiya qilishibdi. Agar qiynalsangiz
oyma-oy to'lang va bir yilda uzing deya. Aks holda ish moliya tarixi markaziga
havola qilinar ekan. Moliya tarixi markazi butun amerikadagilarning moliyaviy
tarixlarini yaratadi. Agar uy olaman desangiz, bankdan pul olaman desangiz,
mashina xarid qilaman desangiz, xullas, ba'zan yo'talaman desangiz ham shu
joyga murojaat qilishadi. U yerdan esa, bu kishining qarzi bor, degan ma'lumot
keldimi, tamom bir narsa qila olmaysiz. Siz bilan tirjayib xayr- ma'zur
qilishadi.
Moliya markazidagi qarz miqdori
esa ko'payib boraveradi, jarimasi, foyizi bilan. Ora-sira sizga xat ham kelib
turadi. Juda muloyimlik bilan yozilgan xat. Agar qarzingizni to'lay olmayotgan
bo'lsangiz , biz orada vositachilik qilamiz, degan. Qarzdan o'lib ham qochib
bo'lmaydi. O'sha kuni uy joyni, molk mulkni olib qo'yishadi. Salimbekning ishi
hozir sudda. Birinchidan, otasining vizasi o'tib ketibdi. Ikkinchidan, otasini
chaqirganda qo'l qo'ygan qog'ozlarda sug'urtasini ham olaman, degan joyi bor
ekan. Hukumatni aldagan bo'lib chiqayapti. Uchinchidan, qarzi masalasi. Sudga
advokat olgan ekan. Uning ham pulini to'lolmay yurganmish.
KASAL BO'LGANDA
Karimjon kasal bo'lganidagi
voqeani hikoya qilib berdi: "Amerikaga kelganimning ilk haftasi edi,
chamamda, haroratim oshib ketdi. Do'xtirga bordik. Sug'urtang bormi, deb
so'radi. Yo'q, dedik. O'ylab ko'rdida, bir joyga telefon qilib, qo'limizga
adres berdi.
-Borsangizlar u qabul qilishi
mumkin,- dedi. Mening jahlim chiqdi. Ahvoli og'irlashib borayotganini amallab
tushintirgan bo'ldim. Uning esa faqat "Money"- "pul" degan
so’zini tushunardim, xolos. Keyin shu yerdan ilgari kelgan o'zbeklardan biriga
telefon qildim. U ishda ekan. Xotini bilan gaplashdim. U ham inglizcha
bilmayman, dedi. Lekin tushintirib berdi. Amerikada yo sug'urta bo'lishi kerak
ekan, yoki katta pulingiz. Bizni olib kelgan tashkilot bir oy ichida sig'urta
qilib berishi kerak ekan. O'shanda do'xtirga borsam, bo'lar ekan. Ungacha o'lib
qolamanmi, dedim-da pul olsa olsin, deb haligi do'xtir bergan adresga bordim.
Vetnamlik do'xtir ekan, darrov qabul qildi. Oz-moz rushca ham bilar ekan. Haroratimni
o'lchab 101 bo'libdi, yuqori,dedi. Esim chiqib ketay dedi. 41 bo'lsa odamga bir
kor-hol bo'ladi, deyishganini eshitgandim. Balki termometri buziqdir?! Yana bir
marta o'lcha, dedim. U termometrni qo'ltig'im ostiga emas, og'zimga qo'ydi.
Balki shuning uchun 101mikan? Og'zimdan olib qo'ltig'im ostiga qo'ydim. Do'xtir
kuldi. Unga nega kulasan, desam:
-Sen yaqinda kelganga
o'xshaysan,-dedi u yarim ruscha qilib.- Sizlarda selzada o'lchanadi bizda esa
farangeytda . Agar 101 dan 30ni ajratsang 71 bo'ladi. Uni ikkiga bo'lsang 36,5
bo'ladi. Unga ikki qo'shsang 38,5 bo'ladi. Bu esa sening harorating, dedi.Bu
biroz taxminiy o'lchov, ammo men senga buning grafigini beraman, deb qo'limga
bir qogoz tutqizdi.. Suvga muz solib ichib turishimni, agar haroratim juda oshib
ketsa, vannaga muz solib ichiga kirib yotishimni aytib, dori yozmasdan
anchagina pulimni olib, chiqarib yubordi. Yodimga rahmatli onam keldilar,
haroratim oshishi bilan ko'rpaga o'rab, issiq saqlardilar. Hech sovuq narsa
bermasdilar. Do'xtir kelib tomog'ing og'ribdi, sovuq ichma, deb bir ukol qilib
ketardi, bas. Amerikada esa teskarisi ekan. Odam o'sha, kasallik osha, ammo
qolgan narsa hammasi boshqa..". Karimjon boshqalar Amerikaga kelsalar
oldindan sharoitni o'rganib, keyin kelishlarini,biznikilar esa borganda
ko'ramiz, bilan shu kuyga tushishlarini ilova qildi. Balki shundaydir...
ALIFBO VA HAQIQAT
Karimjon yuqoridagi kabi
mashmashalarga chek qo'yishning bitta yo'li bor, u ham bo'lsa avval ingliz
tilini o'rganishim kerak degan fikrga keldi. Kollejlardan biriga bordi. Olti oy
har kuni ikki soatdan o'qisa, qariyb ming dollar to'lashi kerak ekan.
O'zbekistondagi imkoniyatlarni o'ylab, ichi yondi. Oqar suvning qadri yo'q,
deganlari shu bo'ladi. Unga ingliz tilini o'rganish uchun qulay sharoitlar
chiqqandi. Lekin u Amerikaga borsam, darrov qo'shilib ketaman va o'rganaman,
deb xayol qilgandi. Mana uch oydan beri shu yerda va haliga qadar ikki kalima
o'rgangan emas. Bu yerdagi o'zbeklarga qarasa aksariyati o'n yillar davomida
ham o'rganishmagan. O'zlari aybdor, deb o'yladi. O'qisalar o'rganar edilar.
O'qimagandan keyin nima bo'lardi? U pulni sanab berdi-da sinfga bordi.
Amerikadagi ingliz tili o'ziga xos bir mo'jiza ekanini u sinfda angladi.
Oqituvchi boshqa so'zni yozardi va boshqacha o'qirdi. U avvaliga ruslar ham
"o"ni "a" deb o'qirdilar, o'rganib ketgandik, buni ham
o'rganamiz deb o'yladi. Lekin qiyin bo'ldi. Oqituvchi taxtaga
"enough" degan kalimani yozdi va Karimjonga,
-O'qi, dedi. U qiynalib,
-Inak, -dediyu o'zi ham hayron
qoldi. Inak degan so'zni qishlog'ida eshitgandi. Boshqa joyda sigir deyishardi.
O'qituvchi yana o'qitdi. U yana og'zini to'ldirib "inak" dedi.
Uchinchi martasida xatosini sezib qolganday bo'ldi. Voy kallavaramey,
"g"ni "k" qilib o'qib yuboribmanku? U endi '"inag"
deb o'qidi. O'qituvchi, boshini chayqadida tushuntira ketdi,
-Bu ispan yoki rus tili emaski,
qanday yozilsa shunday o'qiysizlar. Bu "inaf" deb o'qiladi.
Karimjon "yoppiray"
deb yoqasini ushlab qoldi. Bu qanday qilib "inaf" deb o'qiladi? Bu
yerda "f" harfi yo'qku. Xullas' "inaf" degani
"yetar" degani ekanini o'rganib olibdiyu ammo yozishida hozirga qadar
xato qilar ekan. Keyin qarasa bu asosan shunaqa ekan, deyarli hamma so'zlar
boshqa yozilib, boshqa o'qiladi, boshqacha talaffuz qilinadi. Masalan bitta
"A" harfini uch joyda uch xil talaffuz qilishga to'gri keladi. Yoki
"C" harfini bir joyda "K" deb o'qish kerak, boshqa joyda
"C" deb. "I" harfini bir joyda "I" deb
o'qisangiz, ikkinchi joyda" Ay" deb oqishingiz kerak va qaysi holatda
qanday o'qiladi, degan qoidalar ham yo'q va borlari ham hayotga to’gri
kelmaydi, odamlarning og’ziga qarab yodlashingiz kerak. Nega bunday, desa hech
kim javob berolmaydi. Bu yerda xalq muhofazakor. Bor narsalarni yo'qotishni,
islohotni istamaydi. Bir paytlar bitta "f" harfini isloh qilaylik, degan
prezident oz qolsin xalq dushmani, deb e'lon qilinar ekan. Xullas, Karimjon
boshqa hamyurtlari qatori "oson" yo'lini topdi. O'rganmaslikka, kasal
bo'lmaslikka, mashina minmaslikka qaror qildi. Lekin...
ORIY
Otasi Andijon taraflardan Afg'onistonga
o'tgan va o'zi qariyb 20 yildirki Amerikada yashayotgan bir o'zbekning uyida
mehmonda bo'ldim. Agar Turkistonliklar to'planishsa yo tojikcha va yoki turkcha
gapirishlaridan xunob bo'lib, o'zbekcha gapiraylik, deb yuradigan bu odam
anchagina ziyoli ham edi.
-Biz oriylarmiz dedi,-dedi u
menga.
-Qanday qilib? Oriy degani Hind-
yevropalik degani emasmi?- ajablandim men.
-Yo'q, bu g'arbliklarning
tushunchasida, bizda esa oriy degan oliy irq mansubi degani...
-Olmonlar ham o'zini oriy,deb
hisoblagan.
-Olmonlar yahudiy bo'lmagan hama
xalqlarni ham oriylar, deb atashgan. Ammo biz oriylarmiz. Faqat cho'l savdolisi
Shayboniyxon Samarqandni bosib olib, Boburiylarni quvg’in qilgach, biz bu nomni
yo'qotdik. G'arbda oriy degan kalimaga izoh berilar ekan, Hind-Yevropa
ma'nosida Boburiylardan boshlanadigan va Eronga qadar uzangan zaminni nazarda
tutadilar,-deya tushuntirgan bo'ldi u. Men esa Tojikistondan misol keltirdim.
Olimlarini bir tomonga qo'ying, siyosatchisi Imomali Rahmonov ham,
"Tojiklar-tarix ko'zgusida" deb nomlangan va 1996 yilda uch tilda
nashr etilgan kitobida tojik degani oriy deganidir, deydi, demak biz ham tojik
bo'lib chiqamizmi, Sadriddin Ayniy ham tojiklarni oriylar, deb yozadi, -dedim.
-Rahmatli Ayniy faqat Samarqand
eroniylari oriylardir deguvchi, edi,- dedi xuddu Ayniyni yaqindan
tanigandek.-Ammo uning maqsadi asl kelib chiqishi turk bo'lgan va Boburni
Sayboniydan himoya qilish uchun Samarqandga kelgan eroniylarni ham tojiklarga
yaqinlashtirish uchun shunday qilardi. Vaholanki, bu eroniylar, Shoh Ismoil
hukmron bo'lgan Xurosondan, bugungi Eronning Ozarbayjon va turkmanlar
yashaydigan qismidan kelishgandi.
-Xo'p bu boshqa masala, lekin
bugun biz oriylarmiz, desak ustimizdan kulishmaydimi?- deya so'radim men.
-Bugun O'zbekistonda kimning
kimligini anqilab bo'lmaydi. O'zbekiston nomini Lenin bergan, Turkistonni
parchalagan. Biz bugun yo Temurni tan olishimiz va yoki Shayboniyxonni. Temurni
tan olsak oriyligimizni tan olgan bo'lamiz. Shayboniyxonni tan olsak,
oriyligimizdan voz kechib cho'l badaviysi bo'lamiz.
Bu suhbatni radioga bera
olmadim. Chunki meni endi irqchiikda ayblagan bo'lardilar. Aslida esa bu masala
ochiqligicha qolmoqda.
O'ZBEKSOTARLAR
Mustaqillikning o'ninchi yilligi
nishonlangandan so'ng oradan bir oy o'tib bu ibora paydo bo'ldi. Gap shundaki,
AQSHda 2001 yil 11 Sentyabrda uchiqchlar bilan Amerika ramzlari hisoblangan
binolarga hujum qilingandan keyin jilovi tortilgan erkinliklardan biri bu yerda
g'ayriqonuniy yurgan muhojirlarni ushlash bo'ldi. Ushla-uhsla borar ekan,
matbuotda bir xabar paydo bo'ldi. O'zbekistonlik bir er-xotin yosh-yosh
oz'beklarni olib kelib Amerikada sotishar ekan. Sotish deganda tabiiyki qul
kabi sotib yuborish emas, balki ularni quldan ham battarroq shaklda sotish,
ya'ni ularning vujudlari hisobiga pul qilish bilan shug'ullanishar ekan.
Politsiya vizasi o'tib ketgan fohisha qizlardan ayrimlarini ushlagach, ipning
uchi egalariga, ya'ni er-xotinga borgan va ular ham qo'lga olingan. Er-xotin
oliy ma'lumotli bo'lib, ingliz tilini yaxshi bilishgani uchun va qizlar
bilishmagnidan foydalanib ularning ustidan pul qilar ekan.
Umuman manashunday "xizmat"larning juda ko'p turi tarqalib qolgandi. Masalan, O'zbekistondan ilgari Amerikaga kelgan bir kishi men shirkat ochganman, sizlar ishlaysizlar, deb o'nlab yoshlarni olib kelar, ularga eng og'ir ishlarni qildirib soatiga 1-2 dollardan to'lar ekan. Aslida esa bu ish ga'yri qonuniy. U odam bu ishni o’zim qilayapman, deb soatiga 15-20 dollardan olgani holda bechora yurtdoshlariga o'n barvar kam haq to'lar ekan. Yana og'zini to'ldirib vatanga xizmat qilayapmiz, deyishiga qoyil qolasiz. Aldanganlar nima qilishsin, kimga shikoyatga borishadi? Borishsa o'zlarini qamaydi. Chunki vizalari o'tgan, g'ayriqonuniy ishlab yuribdilar va hokazo. Qo'lga tushgan er-xotin haqida yozgan jurnalist "O'zbeksotar o'zbeklar" degan iborani ishlatgandi. Uni o'qigan o'zbekistonlik bir tanishim esa:
-Nima qipti, Buxoroda chet elga jo'nataman, deb pulini olib, o'zlarini bo'laklab tashlagan voqea bo'ldi, Toshkentda mushuk go'shtini yeganlar o'rtaga chiqdi, pul uchun ota-onasini so'yganlar ham bo'ldi, ularning oldida bu hech narsa emas-ku,- dedi.- Bu ham mustaqillik "sharofati". Balki haqiqiy mustaqil bo'lish uchun shunday ko'chalardan o'tishimiz kerakdir.
Meni esa bu voqeada ko'proq Amerikaga kelgan, qorni to'q odamlar o'z millatidan bo'lgan bechoralarni sotishgani, ya'ni o'zbeksotar o'zbeklarga aylanishgani o'ylantirardi.
ISHTONSIZ...
Ishtonsizning tizzasi yurtiqqa kulganiga qara, degan gapni ko'p eshitgansiz. Yoki avval o'zingga boq, keyin nog'ora qoq, deydilar. Xullas, bu kabi gaplar bejiz aytilmaganini ham bilasiz. Bunga yana bir misol. Amerikaga 20 yil oldin Saudiya Arabistoni orqali kelganlardan biri jon jahdi bilan hammani dinga da'vat etar, har kimdan bir kofirlik belgisi topgan bo'lib gap qilardi.
"Falonchining qizi yalang'och yurganmish, musulmonlikni ham bir pul qildi bu badbaxtlar!"
"Ana uning
o'gli inglizga uylanganmish, suf sanday musulmonga!"
"Agar
Amerika ovqatlaridan qo'yadigan bo'lsalaringiz davralaringizga bormayman!"
"Sobiq
mudirimni bilaman, har kun ichmasa uxlay olmaydi, hamma vaqt og'zidan ichkilik
sassib turadi!"
Bular uning lo'g'at xazinasidan
zarralar, xolos. Bir kuni O'zbekistondan mashhur bir xonanda bilan raqqosa
keladigan bo'ldi va mahalliy o'zbeklarga sizlar ularga bir joy qilib beringlar
va ular sizlarga konsert qo'yib beradi, deyishibdi. Bir ma'rakada shu gap
ochilib qoldi. Haligi odam,
-Bizning ota-bobolarimiz
konsertsiz o'tgan, agar sizlar shunga rozi bo'lsalaring, mana-men ketdim, deb
ma'rakani tashlab ketdi. Uyning egasi,
- Nimaga bu gapni ochdingizlar,
endi kim duoa oq'iydi,- deb turgandi darhol mulla ham topildi va ish bitdi.
Oradan ikki oy o'tgach, bir to'yga bordik. Yarim yalang'och bir qiz to'yning
boshidan oxiriga qadar o'rtadan chekinmasdan o'ynadi.
Biz bilan o'tirganlardan biri,
-Otasining gapi qilichdayu
bolasiga pichoqday ham ta'sir qilmaydi. Har kim ko'rpasiga qarab oyoq uzatsa
yaxshi bo'lardi,-dedi.
Men u kishing o'zlari to'yga
kelmadilarmi?- deb so'radim.
-U kishining qoidalari bo'yicha
to'yni ham musiqasiz o'tkazish kerak ekan,-dedi haligi kishi.
Mening esa yodimga qizi
amerikalikka to'ysiz tegib olgan bir kishinig gapi tushdi:
-Falonchinig o'gli Amerikalikka
o'ylanibdi. Ertaga to'ymish. Xudo insof bersin odamlarga!-degandi u.
VAQT
Amerikada yashayotgan
o'zbeklarning qaysi biri bilan gaplashsangiz, "Amerikalik bo'lib
qoldik" deydi. Bu esa bordi-keldiga, ko'ngil ochar o'tirishlarga,
to'ylarga vaqt qolmayapti degani. Kimdir qarzlarini to'lash uchun yetti kun
ishlashi kerak. Bu yerda istagan vaqtda ishdan chiqib ketolmaysiz, to'grisi
istagan vaqtda keta olasiz, ammo yo maosh ololmaysiz va yoki ishdan quvilasiz.
Buning ustiga ish soatlari sizga ko'ra emas, ishxonaga ko'ra tuziladi. Kimdir
yarim tunda ishga borsa, kimdir yarim tunda ishdan keladi. Dam olish kuni
bo'lganlarning shu kunga to'plangan tashvishlari ko'p bo'ladi. "Amerikada
hamma narsa bor ammo qidirsang hech narsa yo'q" degan iborani tez-tez
eshitasiz. Bu esa dam olish kunlari do'konma-do'kon yurish, kerakli narsaning
ham yaxshisini ham arzonini qidirish kerak degani. Ham yaxshi, ham arzon narsa
kam. Yaxshi bo'ldimi qimmat bo'ladi. Yana osha gap: vaqt pul. Uni yo'qotgan
sayin pulni ham yo'qotaverasiz.
Mehmon chaqirsangiz uning vaqti
sizga to'gri kelmaydi, sizniki unga. Yana har kim har yerda yashaydi. Orada
50-60 kilometr masofa bor. Qolaversa, o'zbeklar diniy turmushlari jihatidan ham
bo'linishgan. Bittasi ichkilk ichsa, ikkinchisi namoz qiladi. Ikkalasi ham
bir-birini ko'rsa, itni ko'rgandek g'ijinadi. O'ziga to'qrisi bo'lsa, nima
qilaman shular bilan vaqt o'tkazib, deydi-da dengiz sohilidagi uylardan kiraga
olib qo'yadi va bo'sh vaqti bo'ldi, deguncha xotinini olib, o'sha yoqqa ketadi.
To'y ma'araka ham anashundan kelib chiqib, qanday bo'lishini tasavvur
qilavering. Shunga qaramay O'zbekistondagidan yaxshi shekilli, hamma bu tomonga
kelaman, deydi.
XUDOGA SHUKUR
"Birlik"ning mehmonlar
sahifasida mittigina sahna asari paydo bo'ldi. Menga yoqdi. Shu kundagi
manzarini chizib berishga uringandi mualiff. Lekin muallif asl ismini yashirib,
ismini "Birov" deb yozgandi. Mana o'sha asar:(Aynan nusxa)
21. Name: Birov ,
Siyosiy Tomosha
Yer: Uzbekiston
Ishtirokchilar:
Islom Karimov, Muhammad Solih,
Abdurahim Polat, Hizbi tahrirchilar, Islomiy harakatchilar, olomon...
Karimov: Men Uzbekistonda
bugundan etiboran demokratiya elon qildim. Hozir hammaga alfavit tartibida soz
beraman. Soz A. Polatga.
A.Polat: Birlikni biz tuzganmiz.
M. Solig sotqin. Agar u hoinlik qilmaganda...
M.Solih: Shallalqilik qilma...
Olomon icidagi Birlikchi ve
Erkchilar orasida tortishuv ve nizo boshlanadi...
Karimov: Jim, jim bolinglar. Soz
M. Soligha...
M.Solih: Birlikni biz tuzganmiz.
Biz 90 yilda hukumat bilan murosa tarafdori edik. Birlikchilar radikal
edilar...
A. Polat: U payt muropsa
sotqinlik edi endi esa biz murosa tarafdorimiz.
Olomon yana notinch.
Karimov yana olomonni
tinchitadi. Soz Islomiy harakatchilarga
UIH vakili: Biz avval shariat
urnatamiz.Hizbi tahrirchilar: Yoq avval halifat urnatilishu kerak.
Olomon ichidan avval shariat, avval halifat degan qichqiriqlar. Sen hoin, sen shallaqi, avval shariat, avval halifat deya baqir chaqir va tos topolon. I Karimoz asabaiylasha boshlaydi. Milisia olomonga uq otadi. Olomon qocha boshlaydi.
Sahna yopiladi.
I. Karimov: Soz olganlarning hammasini ushlanglar, qamoqqa tiqib aqlini kirgizib
qoyinglar...
Tuesday, May 28, 2002 at 00:54:29 (MSD)
Sahifadan aynan olganim uchun xatolarini ham tuzatmadim. Bu e'lon qilingach, o'sha kuniyoq elektron adresimga no'malum bir kishining nomiga ochilgan adresdan maktub keldi va yuqoridagini yozishda meni ayblagan kishi bir kun albatta jazoimni olishimni ham ta'kidlagandi. Keyin "Birlik" da o'sha narsa qaytadan sahifaga qo'yilib, orqasidan qiyidagi xat paydo bo'ldi.
6. Name: Oshlik
Siyosiy Tomosha -mualifiga 5-5-5-5 baho. Mavzuni organish uchun uning qahramonlari Islom Karimov, Muhammad Solih,Abdurahim Polat va IDU lideri Amir Tohir Foruh bilan hamtavok bolishni ozi kifoy qilmasligi korinib turibdi ,qachonlardur ularga safdosh bolganligingiz mahsuli bolganligi bilinib turibdi.Sizning qalamingizga mansub bolgan yngi szenariylarni kutamiz hurmatlik "JBIROV" janoblari.
Wednesday, May 29, 2002 at 18:35:22 (MSD)
Uslubidan tanidim, bu ilgari barcha tanqidiy gaplarni mendan ko'rib yuradigan bir tanishimiz edi. U mening badiiy narsa yozolmasligim haqida orqadan ko'p gapirganini eshitardim. Mana endi tan beribdi. Xudoga shukur. Bundan keyin muxolifat haqida o'z imzoim bilan yozganlarimdan tashqari yoziladigan barcha imzosiz badiiy asarlar ham menga tegishli, bilib qo'yinglar. Har holda endi meni plagiatorlikda(ko'chirmachilikda) ayblaydiganlar ham topilib qolar. Bunisiga ham oldindan shukur! Chunki hayotda bundan yuz, ming marta yomonroq voqealar sodir bo'ladi-da.
JANNATDA YASHAGANLAR
Amerikadagi qarindoshlarinikida uch oy yashab qaytgan 82 yoshli O'g'iloy momoning radio muxbiriga:
-Men jannatda yashab kelganimni bilmay qolibman,- degan gapi og'izdan-og'izdga ko'chib yurdi. Buni eshitgan amerikalik o'zbek ayollardan biri:
-Biz bu yerda ellikda egilib, oltmishda olinib yetmisga yetolmasdan yurimiz,-dedi.-Ammo Namanganining
Kosonsoyidan kelgan momo 82
yoshda bo'lsalar ham bizlardan sog'lom edilar. Asl jannat-Vatan. U yerdan
kelganlar yeguluk topolmaymiz, deyishadi. Nima qilasiz, yegulik qidirib. Mana
biz ozolmay garangmiz.
Darvoqe, Amerikadagi eng yoyg'in
kasallardan biri semizlikdir. Ayol zoti borki, tashvishi ozish. Xayolidagi
narsa diyet. Hatto ozish uchun diyet qilib, ozish kasaliga yo'liqib
o'ladiganlar ko'payib qoldi. Ozish uchun ovqat yemay qo'ygandan keyin vujud bir
kun kelib ovqatni inkor etar va umr ham shu yerda bitar ekan.
Do'xtirlarning hozirgi kundagi
eng katta tashvishi bolalar o'rtasida semirishining avj olgani. Ovqatlar arzon
va mazzali bo'lgani sayin bolalar semirib ketishmoqda. Bu esa turli kasalliklar
va umrning qisqarishi degan gap. Shu sababdan ham O'g'iloy momo kelganda bu
yerdagilar unga havas qilishgan. U esa bu yerdagilarga havas qildi:
-Tavba, birortasidan bugun
go'hst yo'q, gurunch yetmadi, yog’ tamom bo'ldi,-degan gapni eshitmadim,- deydi
u.
Shunaqa dunyo. Jannatda ham
kamchilik bor, agar rostdan ham Amerika jannat bo'lsa. Balki jannatda emas,
jannatdagilarda kamchilk bordir... Biz bo'lmagan joylar biz uchun jannatmikan?
Rostdan ham jannatda yashab qayerda yashaganimzini bilmay yurgan bo'lmaylik,
tag'in?!
MUSULMON
R. Amerikaga kelganda ko'rdiki,
diniy erkinliklar benihoya. Diniy ibodatlarga sho'ngib ketishi u yoqda tursin
asta sekin dinni targ'ib qiluvchi mullaga ham aylanib qoldi. Boshi ochiq
yuradigan xotini va qizlari ham hijobga o'randilar.
O'gli til chiqargan kundan
e’tiboran, Quronni yodlata boshladi. Qayerda bir yig'in bo'lsa va qanday masala
muhokama qilinishidan qatiy nazar u gapni albatta, Xudoga olib borib taqar, nomoz
o'qimaganlarni eng yomon odamlar deb atar, ulardan nafrat qilishini ochiq ifoda
etardi.
2001 yil 11 Sentyabr voqelaridan
keyin musulmonchilikning yo'llari xira tortdi. Hech kim ochiqchasiga sen
musulmonsan, deb kamsitmasada "musulmon" degan so'z "terrorist"
kalimasi bilan qariyb tenglashib qoldi. Ishga olishlardan tortib, maktablarga
qadar ko'rinmas bir qo'l musulmonlarni barmog'i bilan ko'rsata boshladi.
R. ilgari shialarni haqorat
qilib yurar edi. Amerikaliklar bilan gaplashganda asta-sekin o'zining shia
ekanligini ayta boshaldi. Bir kuni televidenielar eng ko'p terroristlar shialar
ichidan chiqayotganini aytib qoldi.
U endi vaqtinchalik shia
bo'lganini ham unutdi va endi ota- bobolarim Buxorodan bo'lgan, yahudiy
bo'lganlar va mahalliy zulmlardan qo'rqib musulmonchiikni qabul qilganlar,
deganini eshitib qoldik. Ammo hech kim uning oldingi gaplarini yuziga solmadi.
Yashash uchun kurash. Ilgari
jiyani yahudiyga o'ylanib qoygani uchun undan viz kechgandi. Endi esa eng yaqin
odami jiyanidir. Ertaga bir kun yahudiylarni yomonlash boshlansa u nima qilar
ekan?
Har holda ismini Ronald
familiyasini Reygan qilib o'zgartirib olsa kerak. Ammo ko'rinishini nima
qiladi? Amerikada uning ham yo'li bor. Hozir sochini bo'yagan erkaklar, yuzini
amaliyot qilgan kishilar shunchalik ko'payib ketdiki...
SHOQOLAMUN
U Toshkentda faqat fransuz
konyagi ichardi.
-Bu ham bir madaniyat,- derdi.
Turkiyaga kelganda milliyatchiga
aylanib qoldi. Chunki u tarjima qilgan bir kitob milliyatchilar o'rtasida
mashur va milliyatchilar O'zbekistondan kelganlarga alohida hurmat bilan qarar
ekanlar. Buning ustiga ular hukumatda ham edilar. U O'zbekistonni yo'qotib,
buyuk Turkiston qurish haqida va'z aytib yurdi.
Vaqt kechib, hukumat
dindorlarning qo'liga o'tdi. Bizning siyosatchi vaqtni qochirmasdan darhol
Umraga borib keldi. Namoz o'qiy boshladi. Kecha milliyatchilarga qo'shilib
turkchilik, deb yurgan bo'lsa, endi ummatchilik deydigan bo'ldi. Vahobiylikni
orzu qila boshaldi. O'zbekistonda islomiy davlat qurish ishqiga tushdi.
Uning "baxti"ga harbiylar
bir yilda dindorlarni taxtdan olib tashladilar va kommunistlar hokimiyatni
qo'gla oldilar. Bizning siyosatchi yana araq magaziniga yugurdi. Gazetalarga
suhbat berib, doim g'arb orzu qilgani, baynalminal ekanligi, O'zbekistonni ham
shunday ko'rishi haqida gapira boshaldi. U buqalamunni ham dog'da qoldirdi.
Bir kun Turkiya unga tor
bo'lgach, Amerikaga kelmoqchi bo'ldi. Shu paytga qadar Amerikani so'kib yozib
yurgan odam birdaniga maqtay boshaldi. Hatto maxsus kursaarga borib inglizchani
o'rgandi. Birdaniga u yana Amerikani so'kib yoza boshladi. Gap nimadaligini
bilmay yurgandim.Yaqinda eshitsam, u Amerikaga kelmoqchi bo'lgan va unga viza
ham boshpana ham berishmabdi.
Buqalamun sharoitga qarab
moslashsa, bizning shoqolamun esa sharoitga qarab moslashish davridan o'tib,
sharoitni oziga moslashishini istaydigan darajaga yetib keldi. Ammo sharoit
kimlargadir moslanishi qiyin bo'lgani uchun shoqolamunga ham oson bo'lmaydi.
"ALVIDO, DO'ST"
1984 yilning birinchi Dekabr
kuni uyimiz yonib ketganda kelgan odam ko'ziga yosh olgandi.
"Hamma narsasidan ayrildi,
sho'rliklar, endi nima qilishadi?"
"Bunday kunnni hech kimning
boshiga solmasin, endi qanday qilib oyoqqa turishadi?"
"Uy-joysiz yashash
mumkinmi?" kabi gaplar bir necha marta qulog'imga chalingan uning og’zidan.
Boshqalarning boshiga shunday
ofatlar kelganda sochlarini yulib yig'lashganini ko'p ko'rganman. Ya'ni bu
oddiy odatga aylangan. Uy- joy- Vatan. Uy-joydan ayrilib qolish esa vatandan
ayrilib qolishdek o'gir qabul qilinadi. Qolaversa O'zbekistonda uy-joylik
bo'lish oson kechmasligi, bir umr mehnat qilib uy joyli bo'lingani uchun ham u
qariyb hayot bilan teng mavqega kelib qolgan.
2002 yilning Aprel oyida AQSHda
Meriland shtatining bir tumanida ko'plab uy-joylarni to'fon girdobi silib
ketdi. Bechoralar, endi nima qilishadi, deb o'ylay boshladim. Topgan pulini
uy-joyi uchun to'lab yurgan odamlarga bizdagidan ham og'ir tushsa kerak, deb
o'yladim. Ertasiga uyini to'fon girdobga tortgan bir ayolning televideniyedagi
gapi meni hayratga tushirdi. Muxbir undan "Bu uyda 20 yildan buyon
yashagan ekansiz, shuncha yillik tarixingiz, to'plagan narsalaringiz ham bir
onda yo'q bo'ldi, xayolingizdan nima o'tmoqda?" deb soradi. Keksa ayolning
yuzida hech qanday aziyat belgisi yo'q edi.
-Birinchidan, Xudoga shukur,
tirik qoldim. Xudoning suygan bandasi ekanman,-deb javob berdi, hatto biroz
jilmaygan qiyofada.- Agar uyim qolib, meni olib ketganda, balki men uchun fojia
bolishi mumkin edi. Ammo u ham Xudoning irodasida. Uy-joyni su'gurta qilganman.
Yangisini qurib berishadi. Uyim eskirib qolgani uchun bu Xudoning menga bir
karomatidir. Aks holda qarigan chog'imda eski uyning muammolari bilan band
bo'lardim-da. Mashinani ham yangisini olaman. Sug’urta uni ham qoplaydi. Uydagi
hamma narsalarim ham sug'urta qilingandi. Hatto albomlarga qadar sug'urta qilib
qo'ygandim. Qarigan kunlarimda yong'in-pong'in chiqib qolsa, qiynalib yurmay
deb su'gurtaga bosh urgandim.
Ayol shunday deb birdan jiddiylashdi. Ko'zlarining ostiga birdan g'am cho'kkandek bo'ldi.
-Eng ko'p achinganim, bu
gullarimdir. To'fon gullarimni ham yulib ketdi. Ularni biror-bir sug'urta
tiklab berolmaydi. Men o'z istagimga ko'ra do'konma-do'kon yurib, olib kelib
o'tqazgandim. Anacha mehnatimga kuydim. Lekin ularni ham tiklab olaman... Ammo
ana u yiqilgan daraxtni qanday tiklayman. Yigirma yildan buyon bu daraxt ham
bir do'stga aylanib qolgandi,-dedi.
-Ayolning ko'zlarida yosh
halqalandi..
Muxbir esa maxsus xizmatchilar
shoxlarini kesayotgan daraxtning yoniga borib, "Alvido do'st" dedi...
JAVOB
"Birlik" sahifasiga
quyidagi xatni 2002 yilning yoz kunlarida yuz kunda yuz marta joylashtirib
javob surashdi. Sahifada faqat Muhammad Solih bilan Abdurahim Pulatov o'rtasida
janjal borayotgandi. Shunday kezda bu ikki kishining janjali emas, deya boshqa
odamning nomini ham aralashtirish janjalchilarga xos edi. Nima bo'lganda ham
men javob bermadim. U sahifaga yozmayman, deb so'z berganim uchuni javobni bu
kitobga kiritdim. Demak, avvalo, xat:(Xatolarini tuzatmadim, uslublarini
yashirish uchun ba’zan ataylabdan xato bilan yozishadi)
"1997 yilda Pulatovning
onasi ulgani munosabati bilan Pulatovnung uyiga borganbmiz. Men(meni Pulatov
xam Mamatov xam biladi), Jaxongir Mamatov, Tohir Yuldoshev, Zayniddin Asqarov,
Abduraxim Paulatov birga marhuma xotirasiga duo qildik. Shundan keyin nomoz
qilmoqchi bulib, joinomoz suradik. Pulatov xotiniga "falonchaxon
joinomozni keltiring" dedi. Falonchaxon xam "adasi bizda joinomoz
nima qiladi?" deb erini sharmanda qildi. Keyin mayli nomozni shunday xam
qilmiz, xush, qibla qaerda deb suradi bosh mexmonimiz Tohir Yoldosh. Pulatov
akamiz tipirchilab qoldi, endi qiblani topolmay sharmanda bulgandi. Undan
keyingi sukutni buzgan jana Pulatov akamiz buldi. U dedi; Mayli ulgan uldi,
keling endi siyosat haqida gaplshaylik, birlashgan muxolifat qilish uchunnima
shartlar bor, deb qoldi.Tohir ijirganib qoydi. qaytaylik bu erdan degan imo
qildi. Jaxongir ancha chaqqon, darrov gapni olib qochdi. Uyga qaytganda xam
jaxongir "shu kommunist Pulatovni qoying,islomi harakat bilan
birlashuvimnizni qandai qilamiz" degan suxbatga boshladi. Endi bu saitdagi
Muhammad Solih haqidagi gibatlarni uqib, ajabo bu odamlarda insof bormi deb
uylayman. Odam zoti shuncha yolgonchi bulrkanmi deb ujlajman. Agar bu gapimga
etiroz qilmoqchi bulsa, Pulatov bilna Mamatov chiqib shu erdan desin: Xudo
ursin, shundaj gap bulmadi,desin. Men kechirim surajman ulardan"
Bu xat yozilarkan, mening Tohir
Yo'ldosh bilan Istanbulda uchrashganimiz haqida yozganlarimga moslashga harakat
qilingan. Lekin Abdurahim Po'latovning onasi o'lganda Istanbuldagi barcha
o'zbeklar fotihaga kelgan, faqat Pulatov bilan janjal qilib yurganlar
kelishmagandi. Ular Po'latov bilan o'rtadagi janjalni musulmonchilikdan,
odamgarchilikdan ustun qo'yishgandi.Bu ham ularning xususy ishi.
Lekin yuqoridagi xat uni yozgan
odamning dindan ham bexabar ekanligini ko'rsatadi. Islomda "Uyingda
joynamoz bo'lmasligi gunoh" degan qoida yo'q va yoki, "Uyingda
joynamoz bo'lsin" degan farz ham yo'q. Buning ustiga Tohir Yo'ldoshlar
"vahobiylik" tarafdori bo'lgani uchun namoz o'qiydigan joy muhim
emas, balki namozni o'qish muhim, degan qarashni himoya qiladiganlardan. Zotan
dunyodagi aksar musulmonlar namoz payti bo'lganda joynamoz qidrirmaydilar.
Vahobiylar joynamozni Eron zodagonlari va yoki Turk sultonlari o'ylab topgan,
deb hisoblaydilar. Shuning o'zi ham xat boshqa maqsadda yozilganini, ya'ni meni
Tohir Yo'ldoshga yaqin qilib ko'rsatishga va bu bilan yomon otliq qilishga
urinilganini ko’rsatadi.
Xatning ostida bu gaplar yolg'on
bo'lsa, qasam ichish talab qilingan. Bu gaplar rost bo'lsa, nega muallif o'z
ismini yashirib "Mamatov va Po'latovni tanigan musulmon" deb imzo
chekdi?
Baqara surasining 224
Oyatida" Yaxshilik qilish, taqvodor bo'lish va odamlar orasini isloh
qilish (kabi amallardan to’suvchi bo'lgan) qasamlaringiz uchun Allohni bahona
qilmangiz! Alloh eshituvchi, bilguvchidir", deyiladi. 225; "Alloh
sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. Balki
dillaringiz bilan qilgan narsangiz(qasamingiz) bilan jazolaydi. Alloh
mag'firatli, haliym zotdir". Ya'ni dilda bo'lgan haqiqat muhimdir.
QO’LBOLA ALIFBO
Radioga kelganimda meni dastlab
hayratga solgan O'zbek bo'limida qo'llanilgan alifbo bo'ldi. 1998 yilning oxiri
edi va O'zbekistonda hali kiril alifbosi kuchda. Ammo lotin ham chuchmomo kabi
o'sib chiqayotgan kunlar. Radioda esa uchinchi bir alifboni kordim. Dunyoning
biror joyida bunaqa alifbo qollanilmas edi.
O'zbek bo'limi ochilganda bu
antiqa alifbo o'ylab topilgan ekan. Yani bu yerdagi 8-9 harf turkchada ham va
eski o'zbek alifbosida ham yo'q. Nega, nima maqsadda bunday qilinganini hech
kim izohlab berolmaydi. Ammo taxminlar ko'p. Alifboni "yasaganlar"
esa allaqachon olamdan o'tishgan. Bo'lim mudiriga:
- O'ngimizda uchta to'g'ri yo'l
bor. O'zbekistonda qo'llanilayotgan kiril, yangi qabul qilingan lotin va yoki
Turkiyadagi alifbo. Nega shulardan birini tanlash mumkin emas,- dedim.
- Kirilni bu yerda hech kim
bilmaydi,- dedi u,- Yangi lotin esa hozirgacha uch marta o'zgardi. Yana
o’zgarishi mumkin. Turkiya alifbosini bo'lsa qabul qilolmaymiz, chunki bo'limimiz
o'zbek bo'limi!
Uning vajlari to'g'ri. Lekin
radiodagi antiqa talaffuzdan qutulish uchun ham alifboni o'zgartirish kerak
edi. Masalan, radio alifbosida "Olma", "Alma" deb yoziladi.
Ya'ni "O" harfi o'rnida "A" ishlatiladi. Rus so'zlari
qo'llanilganda esa "O" hatfi "O'" o'rnida
qolaveradi.Shuning uchun ham o'qiganda "O"-ni "A"deb o'qib
ketiladi. Natijada "boshqa"so'zi 'bashqa', "shohid"
kalimasi "shahid" "bolib ketaveradi". Nima qilamiz, kamina
ham shu alifboni o'rgandim. Bir kun uyda radioni eshutsam, "Falastindagi
janglarda to'rt kishi shohid bo'ldi,,," deb o'qib yuboribman.
UCHINCHI ODAM
Radioda xabarlar va yoki
maqolalar o'qilganda tayyorlagan kishi "uchinchi odam" bo'lishi
"qonunlashtirilgan" ekan. Bo'limda jurnalist yo'qligi, ko'pchilik
tilni shu yerda o'rgangani, mustaqil maqola yozadigan kishi anqoning urug’iga
aylangani bois shunday qoida o'rnatilgan ekan.Bir kuni xabarlarni tuzatar
ekanman, shunday satrga ko'zim tushdi:
"Bugun Sharqiy Timorda
Jahon tashkilotining 4 nafari o'ldirilgan. Bu haqda radiomiz muxbiri shunday
deb aytgan."
Men bu satrlarni:
"Bugun Sharqiy Timorda BMT
ning to'rt nafar xodimi o'ldirilgani ma'lum qilindi. Bu haqda radiomiz muxbiri
shunday dedi:..." shaklida tuzatdimu boshim baloga qoldi.
Birinchidan, BMT emas Jahon tashkiloti
deyilsa to'g'ri bo'lar emish.
Ikkinchidan, nafar kalimasidan
keyin xodimi, degan soz' ortiqcha ekan.
Uchinchidan, "dedi"
deb tuzatib siyosiy xatoga yo’l qo'ygan emishman. Yani mixbir menga hech narsa
aytmagan, meni tanimaydi ham, u xabarlar bo'limiga aytgan emish.
- Hov baraka topgur, dunyoda
yuzlab jahon tashkiloti bo'lib, har birining o'z nomi bor. To'rt tashkilot
emas, to'rt kishi o'ldirilgan. Keyin muxbir xabarni bizga emas, tinglovchiga
aytmoqda. Biz esa yetkazib bermoqdamiz. Bu yerda "uchinchi odam"
ortiqcha.Vositachilk emas, bilvositalik muhim, buning ustiga o’zbek tilida
nafar "ta" man’nosini beradi, ya’ni sanoqni ko’rsatadi,- deganim
bilan meni eshitadigan qayda?
Lekin bo'lim mudiri bu borada
meni qo'llagani uchun tuzatishlarimni qabul qilganlar yutib ketdi.
O'zbekchalari anchagina tuzalib qoldi. Ha, ba'zan foyda ko'rsak ham
manfaatimizga ishlagan odamga dushman ko'zi bilan qaraymiz. O'zbekmiz-da!
ISTASAM KULAMAN...
Gapni qitiqlasang gap tug’adi,
deydilar. Yodimga yana bir voqe tushdi.Radioga ishga o'tayotgan kunlarim edi.
O’zini muxolifatning "otasi" deb hisoblab yurgan bir
"oshnamiz" meni ishga olmasliklarini, agar olgan bo'lsalar
O'zbekiston mavzuida menga ishonmasliklarini talab qilgandi. Oradan ikki kun
o'tib uning jiyani va ukasi imzosi bilan yana bir xat kelibdi. Bu safar
boshliq:
-Qiziq siz bu yerga
bolalaringizni boqish uchun ishga o'tayapsiz, Amerikada birovning ustidan
shikoyat yozishmaydi, ayniqsa ish masalasida. Agar birovning birovda da'vosi
bo'lsa mahkamaga boradi,- dedi. Ko'nglimda " Taqsir, axir biz amerikalik
emas, biz o'zbeklarmiz" degan gap o'tdiyu unga aytmasdan kulimsirab
qo'ydim. Uning oldingi safar nega kulimsiraganini ham tushunganday edim. Lekin
shunday bulsa ham nega kulganini so'radim.
-Bu yer Amerika, Politbuyro
emas, qachon shuni tushunishsa ishlari oldinga ketadi-dedi u. U garchi
Afg'onistonda ulg'aygan bo'lsada sho'rolar davrida shikoyat yozish
biznikilarning qon-qoniga singib ketganini tushunib qolganiga qoyil qoldim.
Lekin u mening nega kulimsiraganimni so'ramadi. Keyin bilsam Amerikada bu ham so'ralmas ekan. Bu ham xususiy masalaga kirar ekan: ya'ni istasam kulaman!..
MUXOLIFATCHI
Hamkasbimning hikoyasi: Bir hamkorimiz doim muxolifatning bir qanotinii yozar va suhbatlarni ham ular bilan o'tkazardi. Boshliq muvozanatni saqlash uchun mendan ko'proq muxolifatning ikkinchi qanotidan interviyu olishni so'rardi. U pensiyaga ketar ekan, unga hazillashdim:
-Bundan keyin maqolalaringizni muxolifatning gazetasiga yuborib tursangiz, ular nashr etib turadilar.
Uning jahli chiqdi.
-Men muxolifat
a'zosi emasman. Qolaversa, Siz menga bunaqa gaplarni aytmang,- dedi u.
- Bugunga qadar
muxolifatning bir qanotini chetlab kelganingiz uchun shunday xulosa qildim-da,-
dedim.
- Oldin narigi
qanoti haqida yozardim, ko'p yozardim. Bir kuni ana u boshlig'i bilan urishib qoldik. Uning jig'iga tegish
uchun bu qanot haqida yoza boshladim,-dedi u samimiyat bilan.
Nima deb qo'yganini birdan
angladi shekilli, jahli chiqqan odam endi kula boshladi va:
- Nima qilasiz o'zbeklarmiz-da,
shu yerda ham o'zbekchilik qilib yuribmiz!-dedi.
MILLIYATCHI
Amerikaga kelganimni eshitgan
bir o'zbek mehmonga chaqirdi:
-Bilasiz-mi, siz Amerikaga
yaqinda keldingiz. Siz vatanparvar bo'lganingiz uchun sizga yaxshilk
qilmoqchiman. Bu yerda bitta milliyatchi, vatan uchun jonini ham berib
yuboradigan bitta odam bor, nima gapingiz bo'lsa u bilan maslahat qiling. Undan
yordam oling, unga yordam bering, u bilan do'st bo'ling, boshqalariga quloq
solmang, hammasi xoin,- dedi.
Bir kun o'sha odam mehmon bo'lib
keldi uyimizga. Internetda Turkiya gazetalarini ochib o'qib o'turgandim, menga
ham ko'rsating deb, deb qoldi. Unga ko'proq milliyatchi ruhdagi gazetalarni
ochgandim,
-Yo'q men
"Jumhuriyat"ni o'qiyman", -dedi..
Turkiyaga kelgan kunlarimizni
esladim. Bir kishi:
-Bu yerda ehtiyot bo'ling,
kimning kimligini o'qigan gazetasiga qarab bilishadi. Kommunist so'lchilar hech
qachon "Milliyatchi harakat" va yoki "Turkiya"ni
o'qimaydilar, ular uchun "Jumhuriyat" muqaddas hisoblanadi,-degandi.
Bu yerdagilar uning aka-ukalari
kommunist bo'lgani haqida ko'p gapirishar, men esa har kim ishonganiga e'tiqod
qiladi, deb qo'yaverardim. Hali ham shu fikrdaman. Ayniqsa, Amerikaga kelgandan
keyin bu fikrim yana ham mustahkamlandi. Amerikaliklar o'zga qarashlarni ham
hurmat qiladilar.
Menu o'ylantirgan esa, menga
yaxshilk qilmoqchi bo'lgan kishining gaplaridir.
"XUDOGA TOPSHIRDIM !"
Biror kishidan va yoki biror
narsadan jig'ibiyron bo'lsam, rahmatli Anbar buvim: "Bolam shu gapga ham
ota go'ri qozixonami, Xudoga topshirdim, deb qo'y. Rabbim o'zi chorasini
ko'radi" derdilar. Shu bois birovdan bir yomonlik kelsa, "Xudoga
topshirdim" deb qo'yardim. Amerikaga kelganimdan keyin radioda yoshi
saksonga borib qolgan kishidan shu gapni eshitib, garangsirab qoldim. U xayrlashib
ketar ekan, "Xudoga topshirdim!" dedi. Unga nima yomonlik qildim
ekan, deb o'ylab yurdim. Ertasiga ham shu gapni takrorlagach,
-Kechirasiz sizga biror yomon
gap aytib qo'ymadimmi?- deb so'radim.
Bu safar endi u garangsirab
qoldi. Keyin buvimning gaplarini aytib berdim. U esa ajablanib "Bizda bu
gap yaxshi manoda aytiladi" dedi. Ha, demak u Allohga omonat, manosida
ishlatgan ekan.
Biz madaniyatlar o'rtasidagi
farqlar haqida ko'p gapiramiz. Bu esa Jayxunning u sohilida ulg'aygan o'zbek
bilan bu sohildan kelgan o'zbekning anglayishdagi farqlari edi. Chunki undan
har safar "Xudoga topshirdim" degan kalimalarni ehsitsam, garchi u
buni ijobiy ma'noda ishlatgan bo'lsada ko'nglimda bir og'rinish sezardim.
LAYOQATLI
Radioda menga tahrir ishlari
topshirilar ekan, ko'p yillardan buyon o'zbek bo'limida ishlagan bir kishi
"Bu ishlarga kecha kelgan layoqatsiz odamni nega tayinlaysizlar" deb
rahbariyat bilan janjal qildi.
Baribir bu ishni menga
yuklashdi. Aslida bu ish menga ortiqcha yuk edi. Boshqa vazifalarimni yengillatmagan
holda tahrir ishlarini ham yuklashgani uchun u emas men janjal qilishim kerak
edi, aslida. Ammo O'zbekistondagi tinglovchilar ko'z oldimga kelgani uchun bu
ishga rozi bo'ldim. Ertasiga o'sha odam tarjima qilgan bir xabarni ko'rar
ekanman "O'zbekistonda chehcenlarning lagerlari bo'lib, ki Rossiya bu
joylarni to'p bo'ron qilmoqchi" degan satrni o'qib avval hayratlandim ve
keyin "O’zbekiston" kalimasini "Afg'oniston" qilib
tuzatdim. Bir necha daqiqadan keyin u janjal ko'tardi.
-Men bu odamni layoqtasiz degan
edim, mana isboti, u nafaqat layoqatsiz, balki josuslik ham qilmoqda,-dedi.
Uning qo'lida xabarning
inglizcha matni bo'lib unda ham "O'zbekiston" deb yozilgan ekan.
-Yozgan odam adashgan,-deya
vaziyatni tushintirgan bo'ldim unga.
- Sen inglizlarni hali axmoq deb
o'ylaysanmi?- deya u shikoyat qilish uchun chiqib ketdi.
Anchadan keyin a'lo kayfiyatda
kirib keldi:
- Teppadagilar( xabarlar bo'limi
tepadagi qavatda edi) ham dunyoda nima bo'layotganidan bexabar. Oz qolsin bu xabar
52 tilda o'qib eshittirilardi. Bir nechtasida berilibdi ham. To'xtatdik va
tuzatdik. Hammasi rahmat aytib qoldi. Ularga xatolarini isbotlab berdim,- dedi
u go'yo oradan hech narsa o'tmagandek.
Ha, bu masalada u ancha
layoqatli edi.
"ILOHIM, HECH KIM
ESHITMASIN…"
Hamkasimning hikoyasi:
"Radidodan pensiyaga chiqib ketgan bir kishi tinim bilmay ishlab yuradigan
odam edi. Bir kunda birnechtalab maqolalarni ham tarjima qilib qo'yaberardi va
vaqt o'tib, eskirib, ko’pi foydalanilmasdan qolib ham ketaverardi. "Bir
kun balki bo'limda hech kim qolmasa ishlatilar, deb tayyorlab qo'yamanda"
derdi u ajablangan odamga. Ishga ham hammadan oldin keladi va xabarlarni
tarjima qilib chiqardi. Hamma kelgan vaqtda esa xabarlar yangilanardi va u
qaytadan ishga kirishardi. Bir so'z bilan aytganda juda ham jonsarak edi.
Radioga ishga kelgan kunlarim
edi, u bilan birga xabarlarni o'qish uchun studiyaga kirdik. Chiqarkanmiz u:
-Xudoyim, ilohim bugun ham hech
kim eshitmagan bo'lsin,-dedi.
Ajablanib qoldim va nega bunday
deyishini so'radim.
-Biz bu yerga ishga
kelganimizdan beri har kuni studiyaga kirishda ham chiqihsda ham shunday duo
qilaman. Eshitishsa ustimizdan kulishadi-da. Eshitmaganlari ma'qul,- dediyu
xandon otib kuldi. Eshitishmagandir, deb pensiya chiqib ketdi".
MOZOR
AQSHga Afg'onistondan kelganlar
Mozori Sharif nomini qisqa qilib "Mozor" deb gapirishadi. Bir kun
xabarlarda ham shunday deb yozgan hamkasbimga bu holda yanglish ma'no chiqib
qoladi, dedim.
- Biz xalqqa yaqin bo'lishimiz
kerak,- dedi u.- Har bir narsaga shubha bilan qarayverish yaxshi emas.
Men baribir "Mozori Sharif" deb tuzatdim. Oradan bir yil o’tib, ( 2001 yil, 16 Oktybar) BBC radiosining o'zbekcha eshittirishini tinglar ekanman, Toshkentdan Londonga borib ishlayotgan jurnalist o'qigan xabar diqqatimni tortdi. U "Abdurashid Do'stimning askarlari Mozorga kirdi" dedi. Ya'ni Do'stum askarlari Mozori Sharifga kirib borgani haqidagi xabar edi.
Demak bunday deyish uchun afg'onistonlik va yoki o'zbekistonlik bo'lishning ahamiyati yo'q ekan, degan fikr kechdi xayolimdan.
ANA’NA
Chet ellarda yashagan o'zbeklar orasida bir- birini josus deb ayblash an'naga aylanganini yuqorida aytdim. Albatta, bunda jon bo'lgan. Sovet davrida KGB chet eldagi har bir "vatandosh" bilan aloqa qilishga uringan. Shu bois ham bir-birini yo'q yerga ayblash an'anaga aylangan. Men radioga kelganimda SSSR parchalanib ketganiga qariyb o'n yil bo'lsa-da yuqoridagi an'ana yashayotgandi. Uzoq yillar radioda ishlab, pensiyaga chiqib ketgan bir kishi boshligga kirib:
- Men bu odam
bilan gaplashib ko'rdim. U O’zbekiston prezidenti Karimovni menga yomonladi. Islom
Karimov ruslarga qarshi turgan qalqon. Shu bois bu odam KGB tarafidan Karimovga
qarshi kurash uchun yuborilgan bo'lishi mumkin,- debdi.
Boshliq bu gapni
menga aytar ekan, " Biz bu gapga ishonarmidik..." dedi-da kuldi. Uning
kulishi ham an'anaga o'xshab tuyuldi.
"CHAP
KO'ZIM"
Biz chap
ko'zning uchishini yomonlikka va o'ng ko'zning uchishini yaxshilikka yo'yishga
o'rganganmiz. Umuman chap deganda yomonni va o'ng deganda yaxshini idrok etishga
odatlanganmiz.Amerikadagi tanishlardan biri uyga qo'g'iroq qilgan ekan javoban
sim qoqdim.
-Chap ko'zim
uchib turgandi, siz telefon qilsangiz kerak, deb turgandim,- dedi u.
Ko'nglimga
xiralik cho'kdi. O'ylab yurguncha o'ylab ayt deganlariga amal qilib, chap kozim
uchib turgandi'ni biz qanday anglashimizni aytdim. U xijolat tortdi. Qachon
gaplashsak qayta-qayta uzr so'raydigan bo'ldi. Bir kun undan:
-Siz ulg'aygan
Mozori Sarifda bu gap qanday anglamga keladi,- deb so'radim.
-Esimni tanigandan buyon
do'stlar telefon qilganda bir-birimizga shunday deymiz. Yani sen telefon
qilishingni kutib turgandim, degan ma'noda. Mana endi O'zbekistondan
kelganlarga aytmaydigan bo'ldik,- dedi.
TA’QIB
"Biz Afg'onistonda faqat
uyda o'zbek tilida oz- moz gapirar edik.Tuzukroq gapirishni esa radioga kelib
o'rgandik,-deya bir hikoyani gapirib berdi hamkasbim.- Avvalgi mudirlarimiz
Turkiya orqali kelgan edilar va ularning ta'sirida o'zbekchamiz turk va oz'bek
tilining qorishigi'i bo'ldi. Biz O'zbekiston o'zbekchasida yozsak ham ular
Turkiya turkchasiga moslab tuzatishardi. Asta sekin o'zimiz ham shunga moslanib
qoldik. Masalan, ta'qib kalimasini bizga "xabardor bo'lib turish"
ma'nosida o'rgatishgan. Turkiyada shunday ekan. Bir kuni O'zbekistonning
Vashingtondagi elchisi bilan uchrashdik. U kishi qanday istaklar bor, deb
so'radilar uchrashuvda. Men sho'bamiz nomidan so'z olib, Sizlarning
faoliyatingizdan bexabarmiz. Sizni ta'qib etishni istaymiz" dedim. Elchi
xaxolab kuldi-da, "Bizni taqib etishini ochiq aytayotgan odamni ilk bor
kurayapman, dedi-da, biroz tin olib, "Bu sizning vazifangiz ta'qib
etavering" deb qo'shib qo'ydi. O'shanda hech narsani tushunmadim, ammo
O'zbekistonga borganda bildimki "ta'qib" kalimasi boshqa anglamga kelar
ekan. Izza boldim. Chunki bir necha yil davomida bu kalimani radioda "
kuzatib, xabardor bo'lib borish' ma'nosida ishlatib keldikda..."
IZLASH
Faxriddin Umarov ijro etgan
"Izlarman" ashulasi doim quloqlarim ostida. Ba’zan o'zimcha
"O'shal barnoni izlarman..." deya xirgoji ham qilib yuraman. Tarjima
etilgan bir xabarni tahrir qilayotgandim. " AQSH prezidenti Rossiyaga
tinclik siyosatini izlamoqda" degan satr diqqatimni tortdi. Rossiya bilan
AQSH o'rtasida yaqin aloqalar mavjud va o'sha kezdagi president Klinton Rossiya
rahbari Boris Yelsinni har tomondan qollab-quvvatlayotgandi. Birdan xayolimga
"izlamoq" kalimasi Turkiyada " davom ettirmoq" anglamiga
kelishi tushdi-da uni tuzatub qo'ydim. Ammo "muallif" xabarlarni efirga
uzatishda yana "izlash" deb o'qiganini eshitib qolib, unga o'rtadagi
farqni tushuntirgan bo'ldim. Ammo uning xabarlarida bu kalimani har kun
tuzatishdan men charchamadim va efirga uni "izlash" deb oqishdan u
tolmadi. Ushbu satrlarni yozgan kunim ham radioda u "A- QE-SHE ma'muriyati
Afg'onistondagi terrorist gruppalarga qarshi hujum siyosatini izlamoqda"
dedi. Ammo alllaqachon AQSH Afg'onistondagi hujumini avjga chiqargan edi.
MANFAAT
"O'zbek bo'limini tashkil
topgan kunidan beri besh-olti marta yopihsmoqchi bo'lihsdi, deb hikoya qildi
radiodan ketgan bir odam. Birinchi harakatlar payti edi. Bir kishi:
- Menga alam qiladigani ishimni
yo'qotish emas, shuncha tillarda eshittirish bo'lgani holda nega O'zbekchani
yopishlari,- deb achinish bilan so'z yuritdi.- Mayli bizni ketkazishsin, lekin
O'zbekchani saqlab qolishsin. Xalqimizning nomi bu yerdan yo'qolmasin!
Har kun takrorlanib turdi bu
holat.
Ko'p tortishuvlardan keyin
bo’limni yopadigan emas, balki eshittirish vaqtini va bir nech kishini
qisqartiradigan bo'lishdi. Bo'limda eng keyin kelgan men edim. Bu asosiy talab
bo'lgani uchun biror-bir e'tirozsiz qisqartirishga tushadigan bo’ldim. Qolganlardan
esa ko'p yil ishlaganiga qarab olgan darajasi kimniki yuqori bo'lsa o'shalarni
qoldirishga va o’zgalarni boshqa pastroq ishlarga o'tkazishga qaror qilishdi. Haligi
odam yana achinish bilan:
- Falonchini boshqa ihsga
o'tkazmoqdalar. Adolat yo'q. Nega dasturni saqlab qolishdi, bo'lmasa? Yopib
tashlashsin edi, hammamiz boshimizga tushganini ko'rardik…- dedi.
- Nima bo'lsa ham O'zbek bo'limi
qoldi. Kelajakda yana kengayishi mumkin. Siz aytgan odam ko'chada qolgan emas. O'zingizku
biz ketsak ham bo'lim qolsin, deb yurgan edingiz.- dedim men.
- To'g'ri, lekin bir ish topilsa
siz avval o'z yaqiningizni o'ylaysizmi yoki boshqalarnimi? Men ham o'zimga yaqinroq
odam haqida qayg'urayapman,- deb javob qildi u. Bu bizning
vatanparvarligimiz!"
QARZ
O'zbekistonda bir umr pul
to'plab, keyin bir narsalar sotib olsangiz Amerikada hamma narsani qarzga olib,
bir umr to'lab yurasiz. Ayniqsa uy-joy qimmatga tushadi. Qarzning foyizi uyning
pulidan ikki uch marta ko'pga mol bo’ladi. Bir tanishimiz katta hovli sotib
oldi. Juda qimmatga. Bola chaqasi bilan birga topgan puli shu uyning qarziga
ketadi. O'zbekistondan kelgan odamni uyiga takif qiladi. Do'stlari "U
uyini ko'z-ko'z qilish uchun shunday qiladi" deb yurishadi. Nima bo'lganda
ham mehmondorchilik endi unga qimmatga tuhsmoqda. Kelgan mehmonlar ikki uch
oylab uning uyida qolishmoqda. Biri ketsa, ikkinchisi keladi. Aslida mehmon
kutish yaxshi. Lekin Amerika shartlari boshqa. Ishga bormadingmi, haydalasan.
Haydaldingmi, uyingni pulini to'lay olmaysan. Oyma-oya to'lay olmadingmi, uysiz
qolasan. Mehmonlarni esa olib yurish uchun vaqt kerak. Asosiy transport xususiy
mashina bo'lgani uchun ularga shoferlik qilishing kerak. Tanishimning oilasida
hamma ishlaydi. Dam olish kunlari ham ishlashadi. Aks taqdirda uyga pullari
yetmaydi-da. U mehmonlar bilan asosan kechqurun shahar aylanavergach, ishdan
qolib, avval maoshdan, keyin ishdan ayrilibdi.. Yaqinda eshitishimcha u uyini
sotuvga qo'yibdi...
PROFESSOR
O'zbekistondan xorijga ketgan
o'rtamiyona bir domla juda tez professor bo'lib oldi. O'zbekistondan ketib
xorijda professor bo'lgach, tabiiyki Toshkentda bu nomni olish uchun tuproq
yalab yurgan minglab olimlar uchun mo'jiza edi. Boshqalar ham hayron edilar:
"Shunday qobiliyatli olimni tanimagan ekanmiz-da" deganlar ham
bo'ldi. Ammo uning "h" bilan "x" ning farqiga yetmasligini,
"ho'kiz"ni "xo'kiz", "hurriyat"ni "xurriyat"
deb yozishini bilgan hamkasblari "U hoynahoy o'zbek tili professori bo'lib
olgandir-da!" deb kinoya qilishdi va masxaralab kulib ham yurishdi.
Xorijda oddiy maktabda dars
bergan va umuman biror joyda dars berayotgan odamni professor deyishadi. Bizning
hamshahar ham o'zini "professor" deb e'lon qilar ekan, aslida xato
qilgan emas. Faqat xorijni bilmaganlar uni yanglish tushundilar,xolos.
DOKTOR
O'zbekistonda hech kim telefon
go'shagini ko'tarsa " Doktor falonchiman " demaydi. Ammo Turkiyada
fan doktorlarining uyiga va yoki ish joyiga qo'ng'iroq qilsangiz "Doktor
falonchi eshitadi..." deyishadi. Oz'bekistondan Turkiyaga ko'cib kelgan
bir kishi hali bu yerda yashashga izni bo'lmagani holda qisqa vaqtda
"doktor" bo'lib oldi. Uyiga telefon qilsangiz "Doktor….
eshitadi" degan javobni olasiz.
O'zbekistondan kelgan har bir
kishi Turkiyaliklar uchun aziz kishi. U bilan gazetadagilar ham qiziqishadi,
yig'inlarga takilif etishadi. Do'stimiz hatto gazetalarga ham
"doktor.." imzosi bilan interviyular bera boshladi. Tez orada u
"Doktor falonchi" nomi bilan mashur bo'ldi. Katta-katta davrlarda fan
doktorlari bilan bahslasha boshladi. Aslida u hech kimni aldagan emas. Chunki
O'bekistonda ham u doktor edi. Faqat oddiy doktor' ya'ni tabib edi.
AKADEMIK
Boshqa bir oz'bek
"professor", "doktor" kabi yo'l tutishni istamadi. Ulardan
yuqoriroq bo'lishni va buni rasmiylashtirishni istadi. O'zbekistonda qirq yil
hukumatda ishlagan edi. Kelishmay qolgach, xorijga yo'l oldi.Ketish oldidan
avvaliga fan doktori diplomini sotib oldi.Qarasaki oddiy tabiblar chet elda fan
doktori bo'lib yurishibdi.Suning uhcun ozgina ko'proq sarfladida akadmik
unvonini sotib oldi. Toshkentda bu nomini ishlatib yurmadi. Chunki akademik
deganlari olimligiyu kashfiyotlari bilan tanilgan kishi bo'lishi kerakligini u
yaxshi bilardi. Uni esa O'zbekistonda pora berganlar va orqasidan quvib
yurganlar tanishardi, xolos. Shu sababdan bu daftarni xorijga kelgandan keyin
ochdi. Ammo tarvuzi qo'ltig'idan tushib ketdi. Bu yerda akademik degan so’z
Toshkentdagi ma'noni anglatmas ekan. Umumiy bilim, degan ma'noni berar ekan. U
bir ikki kun sarflagan puliga kuydiyi keyin doktorlik unvonini ishlatishga
kirishdi. Sho'rlik bu yerda ham qovun tushirdi. Chunki olgan diplomi qirq yil
ishlagan sohasiga teskari edi. Buning ustiga diplomni eng qiyin sohadan olgan
ekan, oddiy savollarga ham javob berolmay qizarib buzarib yurdi. Aytishlaricha
hozir u olgan diplomlari qaysi sohada bo'lsa o'sha soha bo'yicha bir narsalar
o'rganishga urinayotgan, lekin qarib qolgani uchun bu ish og'ir kechayotgan
ekan.
SHARHLOVCHI
Siyosat nimaligini unchalik ham
tushunib yetmagan o'zbeklardan biri sharahlovchilik qilmoqchi bo'ldi.
Sharhlovchi deganlari uzoqroqni ko'radigan bo'lihshi kerak. U esa o'z oyoq
ostini ko'ra olmaslardan edi. Shu bois ham har bir sharhi yo latifaga va yoki
zaharxanda kulgiga aylandi. Amerika Usama bin Laden guruhiga hujum ochgan
kunlar edi. Sharhlovchidan so'rashdi:
-Mana qariyb bir oydirki Amerika
terrorga qarshi urush e'lon qildi. Endi Afg'onistonga hujum qilmoqchi. Voqelarni
yaqindan kuzatgan bir kishi sifatida bu hujumlar qachon bo'lishini taxmin qila
olasizmi?
- Bu yaqinda bo'lmaydi. Amerika
Iroqqa hujum qilganda ham uzoq vaqt tayyorlanib, keyin qisqa vaqtda ishni
bitirgan edi. Hozir Amerikaning o'sha paytdagi qo'mondalari yana ish boshida.
Shuning uchun Afg'onistonga urush boshlanishi oylar emas, balki kamida bir yil
vaqt oladi. Buni ishonch bilan ayta olaman,- deb javob qildi.
Dunyoning ihslarini qarang,
sharhlovchi bu gapni aytgan kunning ertasiga xuddi unga qasd qilgandek Amerika
Afg'onistonga hujumga o'tdi.
Hali ham bunday sharhlar davom etmoqda. Eshituvchilarga hazil mutoyiba ham zarur-da!Ammo bizning sharhlovchi allaqachon folbinlik da'vosini boshlatgan.
TARJIMON
Londonga kelgan
bir o'zbek universitetda ingliz tilini o'qidi, degan diplom olgan edi. Ammo bu
yerda ancha vaqt ish topolmay yurdi. Ishga o'tishga borganda yonida o'g'lini va
yoki qizini olib borar, ular tarjimonlik qilar edilar. Har holda ishga oluvchi
bir diplomga va bir jajji tarjimonlarga qarab ajablanib qolsa kerakki unga
"Boravering, bir kun telefon qilamiz sizga" deb javob berardi. Avvallari
u rostdan ham telefon qilib qolishar deya tarjimonlik uchun bolalarini navbati
bilan maktabdan qoldirib yurdi. Keyinchalik ishga olishmaganlarining sababini
o'zi ham tushundi shekilli, o'zbek tilidagi radiolardan ish qidirdi. Inglizchasi
yaxshi deb o'ylashdi har holda siyosiy voqealar haqida undan xabarlar ola
boshladilar. Tasodifan bir xabarini eshitib qoldim. " Sun nashrining
xodimi Sibir yazvasiga uchradi. Partizanlarcha harakat qilgan
tekshiruvchilar..". O'zimni kulgidan to’xtata olmadim. Chunki Sun
yozilgani bilan San o'qiladi va aytiladi. Bu ayni paytda "Quyosh"
kalimasining ingilizchasi va mashhur gazetaning nomi bo'lgani uchun ham deyarli
har daqiqada eshitish mumkin bo'lgan so’z. "Bipartisan" kalimasi
"Ikkipartiyaviylik"("ko’ppartiyaviyli") degani bo'lib,
masalani o'rganish uchun ikkipartiyaviy asosda taftish boshlandi, degan xabarni
bizning bilimdon "partizanlik bilan" deb tarjima qilgandi. Nima
deysiz, ayb unda emas, balki shu kuni bolalarining imtihoni bo'lib maktabdan
olib qolishga jur'at etmagan bo'lsa, anashu savobi yuqoridagi gunohini yuvib
ketsa ajab emas?!
TO’Y
O'zbekistonda
poraxo'rlik bilan pul yig'ib xorijga qochgan bir kishining qiziga muhojiratdagi
o'zbeklar elchi qo'yihsdi. Tezda to'y taraddudi boshlandi. Hali O'zbekistondagi
kayfiyatda yurgan va xorijning nimaligini anglab yetmagan bu odam
o'zbekchilik qilib dang'illama to'y boshlatdi. Eng yirik restoran
tanlandi(koshki arzon bo'lsa, O'zbekistondagi yuzta restoranni qoshsangiz ham
bundan arzonga tushadi), tanigan tanimagan hamma to'yga xabar qilindi. Gastrolda
yurgan o'zbek sozandalari taklif etildi, maxssus oshpazlar chaqirib milliy taomlar
pishirildi va hokazo. To'y o'tdi va haligi odam olib kelgan barcha pullarini
to'lash barobarida qarzga ham botdi. Ammo xorij O'zbekiston emaski birov qarz
bersin. To'yga kelganlar ham to'ydan keyin uni tanimadilar. U hamma narsasini
sotib kambag'allar yashaydigan g'arib mahallaga bordi va hukumatga yordam
so'rab bosh urdi. Uni bir cherkovga bog'lab qo'yishdi. Endi hech qachon to'y
qilmaslikka qasam ichib, arang kun ko'rib yuribdi. Ha, darvoqe kuyov-chi, kuyov
yordamga kelmayaptimi? Xorijda bu savol ham kulgili. Har kim o'zing uchun o'l
yetim, qoidasiga amal qilinadi bu yerda.
ORZUGA
AYB YO’Q
AQSHdan siyosiy
boshpana so'ragan siyosiy bo'lmagan o'zbeklardan biri choyga da'vat qildi. Mehmondorchilikdan
qaytar ekanmiz,
-Katta yo'lga
qanday qilib chiqamiz, deb so'radim. U chontagidagi bir varaqni chiqarib yo'l
yo'nalishini chizdi va u qog'ozni menga berdi. Uyga kelgach, qarasam orqasida
uning siyosiy boshpana olganda sudda qilgan nutqi yozilgan ekan. Tovuqni
dumsizligi shramanda qiladi deb shuni aytsalar kerakda.
"
O'zbekiston prezidenti meni o'zining yakkayu yagona raqibi deb biladi va
shuning uchun quvg'in qilmoqda. Menga siyosiy boshpana bersangiz, men vaqtincha
bu yerda yashayman, chunki xalqim kelajakda meni albatta, chaqirib olib
prezident qiladi. O'shanda men bu yaxshiligingizni unutmagan holda AQSH bilan
munosabatlarni yaxshilayman, ikki davlat o'rtasida qardoshlik ko'prigini
quraman, O'zbekistonning katta tabiiy boyliklari, ya'ni xazinasi AQSH kabi
mehribon davlatga ham ochiq bo'ladi.." degandu u jumladan nuqida.
Bir kuni nutqi
yozilgan qog'ozni qaytarib berish niyatida gap ochgandim u mendan xafa bo'ldi. Xuddi
men uning sirini, yani prezidentligini o'g'irlab qo'ygandek menga dushman
nazari bilan qaray boshladi. Hamma joyda meni yomonlab yurar ekan. Har holda
o'sha nutqim haqida aytsa, ishonishmasin, deb shunday qilsa kerak. Ammo orzuga
ayb yo'q deydilar.
MUXOLIFAT
NIMA?
Anashunday
savolni tez-tez berihsadi. Bunga har kimning javobi ham har xil bo'ladi tabiiy.
Rasmiyroq tilda javob beradigan bo'lsak, muxolifat- hukumatni boshqarish,
jamiyatni xalqning xoxish irodasi bo'ylab yo'naltirish, siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy rivojlanishni ta'minlash uchun alternativ dasturga ega
bo'lgan va buni amalga oshirish uchun kurashga qarorli uyshgan kuchdir.
Buni rasmiy
tildan sodda tilga o'giradigan bo'lsak muxolifat mamlakatni boshqarishga qodir
bo'lgan da'vogardir. Uning prezident bo'ladigan layoqatli lideri, mamlakatni
boshqara oladigan malakali kadrlari va boshqaruv dasturi bo'lishi kerak. Bugun
ichkarida va tashqarida o'zini muxolifat deb atayotgan guruhlar va yoki
guruhchalarda anashunday poydevor bormi?
KARIMOVNING
DASTURI
Ichkarida
prezident Islom Karimovning hech qanday dasturi bo'lmaganidek u tuzib qo'ygan
qo'g'irchoq partiyalarda ham hech qanday dastur yo'q. Prezident dastur, deya
oldinga surgan besh tamoyil qog'ozda qolib ketdi va mamlakat Islom Karimovning
xoxish, istak va kayfiyatiga qarab boshqarilmoqda.
Xo'sh dastur
bo'lmasa ham boshqarish mumkin ekan, mana mamlakat yiqilmay turibdiku degan savol
tugiladi. O'zbekiston bugun oyoqda turgan bo'lsa bu eng avvalo xalqimizning
bardoshi kuchli bo'lganidir. Ikkinchidan esa xalqni aldab kelishmoqda. Masalan,
Sovet ittifoqi qular ekan Shaxnazaryan boshchiligidagi guruh qotil Gdlyanlar
q'oli bilan minglab o'zbek boshqaruvchilarini qamoqqa tiqdi. Karimovga
keyinchalik ularni oqlaysan va ular sening qullaring bo'lishadi, deb
o'rgatishdi.
Darhaqiqat,
Karimov ularni oqlab ishlariga tikladi va o'z iborasi bilan aytganda "har
yerda o'z odamlari" bo'lishiga erishdi. Bu tajriba faqat O'zbekistonda
emas boshqa bir qator sovet jumhuriyatlarida ham tadbiq etildi. Bugun ham ayni
tajriba davom etmoqda. Yil davomida odamlar nohaq ayblab qamoqlarga tiqiladilar
va Mustaqillik kuni oldidan prezident ularni oqlaydi.
Bu bilan
prezident adolatli, boshqalar esa zulmkor, degan ko'rinish berihsga urinadilar.
Bugun Islom Karimovning bu dasturi ishlamqoda.
ALDASHNI
BILADI
Yuqoridagi kabi
yozilmagan bir qator dasturlar o'n yildan buyon faola ishlayotganini aytish
kerak. Masalan, xalqning maoshlarini oshirish haqidagi farmonga prezident imzo
qo'yadi, Oradan ko'p o'tmay narxlarni oshirish haqidagi hujjatni esa Bosh vazir
imzolaydi. To'g'rirog'i bu hujjat unga izmolatiladi.
Bugun
O'zbekistonda ko'pchilik huquq tartibot idoralari ishidan norozi. Shikoyat
bilan Karimovga boraman, deb uringanlar son mingta. Xalq ( har holda ko'p
qismi)nega haliga qadar parda orqasida Karimovning o'zi turganini anglab
yetmayapti. Chunki odamlar oldida yana bir dastur tomoshasi o'ynalmoqda.
Majlislarda prezident
hukumat a'zolari va boshqa rahbarlarni juda qattiq urishadi va bu televidenie
orqali xalqqa ko'rsatiladi. Karimov qiynalib ketgan rahbar rolini shunday
ustalik bilan o'ynaydiki buni ko'rib turgan dehqon "Voy bechora
prezidentimiz, yolg'izlanib olibdiku!" deydi.
Kechagina o'zi ishga tayinlagan bir rahbar