SIYOSIY   LATIFALAR

 

Oldingi latifalarni quyidagi kitoblarda o’qing:

“Aldarko’sa taxtga minganda...”

"220 Latifa"

 “Yarmi chin, yarmi ximchin”  

 

 

OVSAR

ALDARKO’SA

 

12-9-2006

BEG ONA

Aldarko’sa qizi aytgan qo’shiqni tinglab o’tirgandi:

-Bu tanish ovoz-ku?-dedi xonaga kirib kelgan nevarasi.

Aldarko’sa darhol ovozni o’chirdi-da:

-Qanaqasiga tanish bo’lsin, begonaku?!-dedi.

-Qachondan beri oyim sizga begona bo’lib qoldilar? Hozir borib aytaman!

Aldarko’saning rangi oqarib ketdi va:

-To’xtang, to’xtang, Bek, Siz tilni ham yaxshi bilmas

ekansiz-ku,-dedi.-Men Beg ona, ya’ni bekning onasi dedim!

 

11-9-2006

 “AMIR AKA!”

-Yangilaridan bormi?-deb so’radi Aldarko’sa har kungi

latifalarni aytib turadigan maslahatchisidan.

-Bugun 11 Sentyabr, Amerika haqidagisini eshiting,-dedi maslahatchi.

-Qani… qani..

-Amerikani ham o’zimiz kashf qilgan ekanmiz. Bir kuni

Amer Temur bu qit’ani bosib olib, odamlaridan ko’ngli

to’lmay ortga qaytayotgan ekan, ular uning ortidan “Amir aka,

Amir aka!” deb dodlab qolibdilar. Ularning sohilda turib,

“Amir aka, Amir aka” deb dodlashlarini eshitib qolgan

sayyohlar bu joyning nomi “Amerika” deb o’ylab, shunday deb atay boshlabdilar…

-Unday bo’lsa, nega bu dinchilar ham o’z boshliqlarini “Amir aka” deb chaqiradilar?

-Menimcha, boshliqlari “Amerikani men ochganman!” degan bo’lsa kerak-da!

-Balki biz ham amirlik boshqaruviga o’tsak-mi?

-Biz zotan amirlik-ku!

-Unda nega meni “Amir aka” deb chaqirmaysan!


9-9-2006

 “KETSAM”

-Men ketsam nima bo’ladi?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Qachon ketasiz?-deya ajablandi maslahatchi.
-Qachon bo’lsa ham, agar ketsam nima bo’ladi?
-Men tassavvur qila olmayman.
-Nima, ketsam shuncha yomon bo’ladimi-ki, tassavvur qila olmaysan?
-Yo’q, ketishingizni tassavvur qila olmayman!

7-9-2006

BOZOR… 
-YUNESKO nega menga oltin suvu yugurtirilgan

medal berdi?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchidan. 
-Bozor iqtisodiyotiga o’tishni biz emas, g’arbliklar talab

qilishmoda. Buning ustiga oltinning bahosi

qimmatlashgan. Yana zargarlik mehnati ham og’ir… 
-Blarning bozor iqtisodiga-yu YUNESKO medaliga nima aloqasi bor? 
-Ha, ilgari zarbof to’nlarni shunday berardik-da!

 

6-9-2006

AGAR

-Butun dunyo bizni maqtab yozmoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Xususan qaysi mamlakatlar?
-Shimoliy Koreya, Belarus, Zimbabve, Birma va hatto Kuba!
-Yashasin Fidel og’am!
-Inisidan og’asiga bitta maqtov maktubi yozaylik-mi, bo’lmasa?!
-Qarab turlaring, agar o’lmasa yozlaring!
-Jozibasi juda kuchli, o’lsa ham ko’p odamni tortadi, ko’p odamni bir joyga to’playdi…
-Bo’pti, yozib qo’yaver, agar o’lib qolsa,

xatni o’zim olib boraman, o’zim o’qib beraman!

 

5-9-2006

QABUL

-Ertaga Yunesko rahbari kelmoqda? Qabul qilasizmi?-deb

so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-U kim bo’ldi?
-Dunyo bolalar tashkilotining rahbari…
- Meni bolalar bilan necha pullik ishim bor?
-Ammo ularning katta-katta, pullik ishlari bor!
-Unday bo’lsa nega so’rab o’tiribsan? Unga ayt,

mening ham bolalarim, nevaralarim bor!

 

4-9-2006

MARDIKOR
Aldarko’sa Nursulton bilan Ostona shahriga chiqdi.
Odamlar

uni o’rab olib, u bilan salomlashishga oshiqardilar.

Lekin bitta keksa odam chetdan unga yomon qarab turgandi.

-Ana u odam Hizb-ut-tahrir bo’lishi mumkin,

tag’in suiqasd qilmasin?- dedi Aldarko’sa.

Darhol haligi odamni ushlab, tekshirishdi.

-U bizdan emas. Sizlardan bu yerga kelib ishlayotgan mardikor ekan,-dedi Nursulton.

Aladarko’sa hovliqib qoldi:

-Ko’rdingmi, gapim to’g’ri chiqdi, uni qo’yib yuborma!

 

3-9-2006

SAMOLYOTDA
Aldarko’sa va Nursulton Ostonaga samolyotda uchub borishayatgan edi.
-Esingdami, Sovet davrida Siyosiy Buyro rahbarlari

samolyotdan maktub yo’llashardi, men bitta maktub

yozib tashlab yuborsam, xalqing xursand bo’larmidi?-dedi Aldarko’sa Nursultonga.
-Nafaqat mening xalqim, hatto sening ham xalqing

juda xursand bo’lardi, agar xatni emas, o’zingni tashlab yuborsang!,-dedi Nursulton.

 

2-9-2006

OILAGA

Aldarko’sa bayram nutqini ko’tarib minbarga chiqdi va o’qiy boshladi:

-Men sizlarga 15 yilda jannat qurib berdim. Butun

istaganingizni muhayyo etdim. Mamlakatning yer osti va yer

usti boyliklarini qo’lingizga berdim. Dunyoning eng

ilg’or texnologiyasi, olimlari, tabiblari xizmatingizda.

Oy desangiz oy qo’lingizga qo’nadigan qilib qo’ydim…

U yana nimalar qilib berganini yarim soat aytdi-da keyin

boshini ko’tarib ko’zining ostidan bayramning

birinchi qatorida o’tirgan oila a’zolariga qarab qo’ydi.

 

1-9-2006

E’TIROF
Maslahatchi Lomonosov nomidagi oliygoh filiali

binosining tantanali ochilishida qatnashgan Aldarko’sadan so’radi:
-Balki oliygohga o’zimizdan bir kishining ismini bersak yaxshi bo’larmidi?
-Qanday taklifing bor?
-Takliflar ko’pu faqat bitta lekini bor-da!
-Nima ekan?
-O’zimizdan bittasining nomini qo’ysak,

Oq poshsho mening nomimni qo’ymabsizlar deb xafa bo’lmasmikan?
- Xafa bo’lmaydi. U afandi odam! Undan keyin kim

keladi va nima deydi Xudo biladi. Shuning

uchun bilganingni qilaver, ungacha, yo Afandi o’ladi, yo eshagi!

 

30-8-2006

OTAMAN!

-Hamma yoqda saylov haqida gapira boshladilar.

Saylov ham yaqinlashgandur?-dedi qizi Aldarko’saga.
-Istagan paytimizda o’tkazamiz,-deb javob qildi Aldarko’sa.
-Kimga ovoz beramiz?-deb gapga aralashdi xotini.
-Kimga ovoz bermoqchi eding?
-Bilmasam, o’rtada qoldim!
-Bo’lmasa o’rtada turaver, saylovning senga qizig’i yo’q!
-Nega? Menga ham qizig’i bor, lappi etib yutqazsangiz nima qilaman?
-Yutqazsam, sen onasisan, onam deb indamaydi,

onaligingni qilaverasan, ammo men nima qilaman, axir men otaman!
-Menimi yoki o’zingizni-mi?-dedi qizi.

 

29-8-2006

MOS

-Qoyil, bir shoir dunyoning hamma hayvonlari haqida she’r yozibdi.

O’qisam hamma hayvonda bir yomon tomon bor ekan, demak

butun dunyoda shu hol ekan-da,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.

-Butun dunyoda emas, bizda shunday. Masalan, Amerikada

 eng yaxshi hayvon-it,  yoki eshak va fil mehnatkashlikning ramzi,

hatto siyosiy partiyalar buni o’zlariga ramz qilib olganlar.

-Nega bo’lmasa bizda boshqacha?

-Haligi gapingiz bor-ku?! O’zimizga xos, o’zimizga mos!-dedi maslahatchi.

 

28-8-2006

ILMA-TESHIK

Aldarko’sa  maslahatchidan so’radi:

-Katta kalibrlisi zo’rmi yoki kichik kalibrlisimi?

-Qiningiz qanaqa?  Kattasi sig’adimi, kichigimi,

shunga bog’liqda! Lekin kattalar zamoni o’tdi,

axlatxonalarda zanglab yotibdi, zamon kichiginiki, teshib ketadi.

-Seni teshganga o’xshaydi-a?

Maslahatchi Aldarko’saning uxlamay chiqqan ahvoliga qarab:

-Faqat men emas, ilma-teshik bo’lganlar ko’p,-dedi.

 

27-8-2006

URTO’QMOQ

Aldarko’sa Nursultonga sim qoqdi:

-Tayyorgarlikni yaxshiroq qil, faqat “Beshmarmoq” bilan qutulmaysan!

-Bilaman, senga “Beshbarmoq” kamlik qiladi, to’ymaysan,

 shuning uchun “Beshmarmoq”ning yoniga “Ur to’qmoq” ham buyurdim,-dedi Nursulton.

-Nega O’zbekistonga qaytib ketayapsizlar, axir Andijon

qatliomidan keyin sizlar uchun oraga kirgan qancha

xalqaro tashkilotlarni qiyin vaziyatga qo’ymoqdasizlar-ku?!

-Biz ularni emas, ular bizni qiyin vaziyatga qo’ydi…

-Qanday qilib?

 

26-8-2006

ENG SIFATLI

-Eng ulug’, eng aziz bayram - istiqlolimizning 15 yillik

to’yiga bag’ishlab “2006-sifat yili!” ko‘rgazmasi

yakuniga yetdi,-dedi sevinch bilan maslahatchi.

-Kim birinchi o’rinni oldi?-deya so’radi Aldarko’sa.

-Bizda ishlab chiqarilgan-mi? Demak, eng sifatli! Mamlakatimiz-birinchi!

-Darhol 50-60 kishini ordenga taqdim et! Mustaqillik bayramida o’zim topshiraman!

-Xo’p, bugunoq Farmon loyihasini tayyorlayman…

-Chet ellik ishtirokchilarni ham unutma!

-Ular kelishmadi, o’zlaridan ko’rishsin!

-Zotan ko’zimiz uchib turgani ham yo’q!

 

25-8-2006

TOZALOVCHI

-Ma’lumotlarga ko’ra odam boshiga non yeyish

kamayib ketibdi. Buni xalqqa qanday

tushuntirsak ekan?-deb so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.

-Ma’lumotni e’lon qilmalaring!

-Allaqachon e’lon qilib yuborishibdi, buning uchun ba’zilarni jazoladik…

-Bo’pti, hali muxbirlarni chaqir, bu ma’lumot odam boshiga

ekanligini, asosiy non esa odamning qorniga ketishini tushuntirib beraman.

-Rahmat-e, doim xatoimizni o’zingiz tuzatib berasiz.

-Ha, ishni senlar qilasanlar, orqalaringni esa, men tozalayman!

 

24-8-2006

DIPLOMATLAR

Aldarko’sa Shanxay tashkiloti majlisiga kelgan

mehmonlar bilan otamlashib o’tirgandi, Xitoydan kelgan mehmon:

-Saylov bo’larmish, shu haqda eshitdik, rost gapmi?-deb so’radi.

-Men ham Internetda o’qib qoldim, lekin bu

Xitoyning ichki ishi, biz burnimizni tiqmaymiz,-dedi Aldarko’sa.

-Biz hamkormiz, bir-birimizdan hech narsani ayamaymiz,

agar shunday istagingiz bo’lsa, tortinmang, o’ta

mamnuniyat ila qabul etamiz!-deb javob qildi mehmon nazokat bilan.

 

23-8-2006

BU DUNYO…

-O’zbekistonning ichida turib diktatorni maqtagan

odamning bahonasi bo’lishi mumkin. Ammo chet

elda turib, Karimovni maqtagan odamning

qanday bahonasi bo’lsihi mumkin?-dedi bir muhojir ikkinchisiga.

-Uning bahonasi kimga kerak!

-Bo’lmasa nega maqtaydi? Buni qanday tushinish kerak?

-Qanday tushunsangiz, shunday tushunavering…

-Ha, bu dunyoga har kim o’z vazifasini bajarish uchun keladi.

-“Bu dunyoga” deganda qaysi dunyoni, G’arbni nazarda tutayapsizmi?

-Siz ham qanday tushunsangiz, shunday tushunavering!

 

22-8-2006

O’TIRISH KERAK!

-O’zbekistonda yaxshi edi,-dedi chet elga kelgan bir

muxolifatchi ikkinchisiga.-Xorijdan

jaraq-jaraq pul olardik, soliq ham to’lamasdik.

-Bu yerda ham tekin yeb, tekin yotibsan-ku!-dedi oshnasi.

-Lekin it yotish, mirza turish-da! O’zbekistonda

dang’illama uy-joylarim qolib ketdi, qaytsammikan?

-Qayt, qaytaver, faqat unutma, u yerda

yotish ham, turish ham bo’lmaydi, o’tirish kerak!

 

21-8-2006

ASHADDIY DUSHMAN

-Kim men aytgan ishni uddalay olmasa arizasini yozib,

ko’zimdan yo’qolsin,-dedi Aldarko’sa va maslahatchilaridan

so’radi:-Qani, kim muxolifatni parchalab tashlaydi?

Hamma “Men” deya o’rnidan turdi.

Aldarko’sa jilmaydi va:

-Bu juda ham oson ish ekanligini bilaman. Buni o’zim ham

uddalay olaman. Qani kim muxolifatni birlashtira oladi?-dedi.

Hamma maslahatchilar qog’oz olib ariza yoza boshladilar.

-Nima, shu qadar og’ir ishmi, bu? Oldilariga chiqib, “Men

senlarning ashaddiy dushmaning bo’laman” desang,

bas, hammasi senga qarshi birlashadi.

Bosh maslahatchi arizasini Aldarko’saning stoliga qo’ydi-da:

-Taqsir, agar shunday bo’lsa, ular

allaqachon sizga qarshi birlashardilar-da,-dedi.

 

20-8-2006

CHIQIT

-Yangilik yaratdim, paxta chiqitidan pul ishlab chiqarishni

topdim, bilasanmi, chiqitdan-a!-dedi Aldarko’sa xotiniga.
-Yangilikmish, orqada qolibsan, xalq uni

necha yildan beri ishlatib yuribdi-ku!-dedi xotini.

 

19-8-2006

QAMOQXONA

-Jasliqdagi yangi qamoqxonamizning qurilishi qanday

ketmoqda?,-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Qamoqxonamizni aytganingizdek qilib,

G’arb dunyosi tajribalaridan kelib chiqib, juda katta

qulayliklar bilan qurmoqdamiz,-dedi maslahatchi.
-Uxlaydigan joy yaxshi bo’lsin, belga

botadigan bo’lmasin, Internet ham qo’ylaring…
-Xo’p, xo’p…darvoqe, qanaqa kondinsioner

o’rnataylik, chunki sizga uncha-buncha havo

sovutgich yoqmasligini bilaman…

 

18-8-2006

AYOLLAR

-Baxtiyorning boshini yor degandingiz, yuborgan ayollarim

yorib qo’yishdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Endi o’sha ayollaringni taloq qil,-dedi Aldarko’sa.
Maslahatchi ajablanib:
-Nega?-deb so’radi.
-Nega bo’lardi, bundaylar bilan bir marta ish qilib, keyin quvib

yuborish kerak! Bo’lmasa nafaqa talab

qilib, seni boshingni ham yorishadi.

 

17-8-2006

ISTE’FO

-Bojxona ittifoqida zarar qilamizmi, yutamzimi?-deb

so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Biz yutamiz, siz esa yutqazasiz…
-Mening kitobimda yutqazish yo’q. Darhol chorasini top

va “biz”ni “siz”ga, “siz”ni esa “biz”ga almashtir!
-Gapingiz chin dildan-mi?
-Men qachon chin dildan gapirmabman?
-”Siz” “biz”ga, “biz” esa”siz”ga aylanishimiz uchun iste’fo berishingiz kerak-da!
-Bo’pti, aytganing bo’laqolsin, Bojxona ittifoqidan iste’fo berdim!

 

16-8-2006

KELSIN-CHI?

-Bugun yana bitta muxolifatchi Andijon masalasida AQSh va

Avropani yomonlab chiqdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Saroy ostonasini yalayotgan itlarga qo’shilibdi-da,-javob qildi Aldarko’sa.
-U avropalashgan, o’z yalog’i bo’ladi, ostona yalamasa kerak…
-Bo’lmasa, kelsin-chi?! Yalashi uchun o’ziga munosibroq narsam bor!

 

15-8-2006

XAVFSIZLIK

Aldako’sa xavfsizlik kengashini o’tkazdi.
-Qanday xavf bor?-deya so’radi u kengashda qatnashgan qizidan.
-Kimga?-deya ajablandi qizi.
-Onangni eriga,-dedi jahl bilan Aldako’sa.
-Qaysi eriga?

 

14-8-2006

SOLIQLAR
-Soliqlarni yo’lga soldingmi?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Ha, yo’lga soldim, hammasi yo’lda, bugun-erta qo’lingizga yetib keladi.
-Odamalar nima deyishmoqda?
-Mamnun..
-Qanday bilding?
-Soliqlarning ortidan termulib, sidqidildan qo’l siltab qolmoqdalar…
-Sidqidildan ekanligini qayerdan bilding?
-Xalqning samimiyati haqida shubha qilmasak ham bo’ladi. Hatto birovning

 uyiga tunda bosib kirgan qurolli bosqinchiga ham

sidqidildan bor-narsani berib, jon foydaga

qoldi deb mamnuniyat bilan

qo’l siltab qolishadi-ku…

 

13-8-2006

XITOY

-Xitoy bilan munosabatimiz qanday ketmoqda?-deb so’radi

Aldarko’sa maslahatchidan.

-E, hali uni ushlab ber, hali buni ushlab ber, deb xitoy qilib

yuborishdi,-dedi maslahatchi.

Aldarko’sa maslahatchiga ajablanib qaradi-da:

-Qani ko’zing qisiq emas-ku!-dedi.

 

12-8-2006

MUXOLIFAT

-Nega muxolifat bir-birini yemoqda?-deb so’radi Aldarko’sa.

-Agar bir-birini yeyishdan to’xtasa, bizni yeydi-da,-deb javob qildi maslahatchi.

 

11-8-2006

BAHO

Aldarko’sa odam savdosi masalasidagi xabarlarni ko’rib qiziga dedi:
-Bu ketishda bir kun meni ham sotib yuborasan, shekilli!
-Yog’e, sizni olishmaydi, ikki pulga qimmatsiz…
-Axmoq, o’z otangga shuncha ham past baho berasanmi?
-Ha, bo’pti uch pul.
-Nima, men o’zimni sotaman dedim-mi?
-Bo’lmasa nega savdolashayapsiz?

 

10-8-2006

JALLOD

Saylov kampaniyasi arafasida:

-Men prezident bo’laman!-dedi bittasi.

-Mana men prezident bo’laman!-dedi boshqasi.

-Men ham prezident bo’laman!-dedi yana bittasi.

Buni eshitib turgan maslahatchi Aldarko’saga:

-Bularni prezidentlik ishtiyoqidan sovutish uchun nimadir qilmasak bo’lmaydi,-dedi.

Aldarko’sa darhol  buyurdi:

-Hamma lo’g’atlarni yig’ib olib, “prezident” degan so’zning ma’nosini

“jallod”, deb o’zgartirib chiqinglar va tezlikda

qayta nashr etinglar! O’shanda ular “Men  jallod bo’laman” deya olmaydi!

-Saylov boshlanmoqda, o’zingiz yana prezident bo’lsangiz kitoblarni qayta nashr

etamizmi? Juda katta xarajat bo’ladi-ku!

-Unday bo’lsa, qolaveradi!

 

9-8-2006

UYATSIZ

-Amerikaliklarni rosa so’kdik, dumi ham qolmadi, nog’orasi ham. Endi u yerdan

kelgan katta mehmonning yuziga qanday qaraymiz?-dedi maslahatchi Aldarko’saga.

-Ha, rosa so’kdik. Uyatlaring, sharmu hayolaring bo’lsa, uchrashuvdan

oldin qora ko’zaynak taqib ollaring!-dedi Aldarko’sa.

-U bugun biz bilan uchrashadi. Aytganingizdek, qora ko’zaynak taqib olamiz.

-Ertaga nima qiladi?

-Ertaga siz bilan uchrashmoqchi. Ko’zaynak olib kelaymi?

-Yo’q..

 

8-8-2006

KLIP

-Qizingizni klipi chiqdi, ko’rdingizmi?-dedi

Aldarko’saning xotini.

-Nima, yana rasvolik qilibdimi? Yana o’sha yo’lga bosh

uribdimi? O’ldiraman uni!

-O’zingizni bosing! U ashula aytmoqda, shuni klip

qilishibdi, birinchi klipi, ko’rdingizmi o’zi?

-Uning  birinchi klipi Dubayga borganda chiqqan edi...

-Nega mening xabarim yo’q...

-Ja, ko’rmoqchi bo’lsang, ana seyfda, lekin infarkt

bo’lib, o’lib qolma, deb ko’rsatmagan edim!

 

7-8-2006

TABARRUK

-Mana buni qara,  eski do’stim  “Atrofimda yoshlar

to’planib qoldi,” deb maqtanib yozibdi,-dedi Internetdagi

postinglarni o’qib o’tirgan Aldarko’sa maslahatchiga.

-U qarib qoldi, yoshlar unga qaramaydilar, yoshlarga

yosh, qirchillamasi kerak-dedi maslahatchi.

-Nega unday deysan, mana, mening orqamdan

iliqib yurgan yoshlar ko’p-ku?!-deya maqtandi Aldarko’sa.

Maslahatchi esa:

-Sizniki tabarruk-da!-dedi.

 

6-8-2006

OBRO’

-Oltinning jilovini amerikaliklardan ollaring,-dedi Aldarko’sa Bosh vazirga.

-Jilov o’zingizda-ku! Ularga faqat chiqindilarni tozalashni

berganmiz. Chiqindini yuvib, ham sizga atab, ham o’zlariga

oltin zarrachalarini terishayotgandi...

-O’shani ham ollaring!

-O’zimiz tozalay olmasak nima qilamiz, keyin..

-Ruslarga berlaring!

-Ular chiqindini emas, asl konlarni olishmoqchi...

-Nima qipti?! Beraver, bizga oltin emas, obro’ kerak!

 

5-8-2006

HOMIY

-Bunisiga qanday ayb topdilaring?-dedi Aldarko’sa maslahatchisi

G’ayridinga u keltirgan “Winrock International”  tashkilotiga

oid hujjatlarga qarar ekan.

-Bular “Islom dini va ayollar” degan kitobni nashr etish uchun homiylik

qilishgan. Kitobdan juda ko’p xato topdik. Payg’ambarimizning hayotlarini

yortishda qo’pol xatolar qilingan.  Hadislar buzib talqin etilgan. Umuman

muallif dindan bexabar odam ekan. Buning

ustiga ayollarimiz haqida ham yaxshi gaplar yozilmagan,-dedi G’ayridin.

-Bu Barnoning kitobi emasmi?

-Ha, o’sha!

-O’tgan safar Barnoni ham, kitobini ham rosa maqtagan eding. Bu

 kitobni jahon tarixidagi noyob asar deb ataganding-ku?!

-Unda “Amerika hamkorimiz!” degan farmoni oliyingiz amalda edi-da!

Aldako’da G’ayridinga bir alaydi-da:

-Bo’pti, kinoyani yigishtir, Barnoga  bu kitobni qayta nashr

qilish uchun homiyni Rossiyadan topib ber!,-dedi.

 

4-8-2006

GAZ

-Gazingni to’xtataman,-deya baqirdi

Aldarko’sa tojik Imomaliga.

-Ako, mening gazimni to’xtatsangiz, keyin nimani hidlab

o’tirasiz?,-deya javob qildi Imomali.

 

3-8-2006

“MEN O’ZIM”...

- Muxoliflarimiz biz haqimizda faqat iflos gaplarni yozadilar,

shuning uchun sizlar ularning vebsaytlariga

kirmalaring va ayniqsa, “posting”larni o’qimalaring! –deya

buyurdi Aldarko’sa atrofidagi maddohlariga.

-Ularga zarba berib turish uchun nima yozayotganidan xabardor

bo’lishimiz kerak emasmi?-deya so’radi maddohlardan biri.

Aldarko’sa unga bir alayib qaradi-da:

-Men o’zim xabardor bo’lib turibman-ku!-dedi.

 

2-8-2006

BAXTLI XALQ

-Dunyoda qanday yangiliklar bor?-deya so’radi Aldarko’sa

maslahatchidan. Maslahatchi mana bu xabarni o’qib berdi:

-Psixolog olim Endro Uayt dunyodagi baxtli xalqlar

yashaydigan mamlakatlar xaritasini hozirladi...

Ana shu xaritada sobiq Sovet

respubliklari ichida eng yuqoriga O’zbekiston chiqdi.(80-o’rin), tadqiqot

natijasiga ko’ra,  “o’n besh opa-singildan” eng baxtsizi Moldova (175 o’rin),

ja’mi 178 mamlakat orasida Rossiya esa 167 o’rinda. (manba)

-Yaxshi olim ekan, yegan oshini oqladi,- dedi Aldarko’sa.

 

1-8-2006

XABAR

Dunyoda qanday xabarlar bor?-deb so’radi

Aldarko’sa maslahatchisidan.

-Hamma joyda “Muxolifat bo’linib ketdi”, deb yozishmodqa.

-Nima, ular birlashganmidi?

-O’tgan yili birlashganda, odamlarimiz orqali joyida parchalagan

edik, bilasiz-ku dunyo xabarlarni bir yil kechikib

yoritadi..

-Yaxshi ekan, unda saylovni o’tkazdik deb rasmiylashtirib

qo’yaver...

 

31-7-2006

SIYOSATCHI

-Shoirni nima o’ldiradi?-deb so’radi Aldarko’sa

maslahatchidan.

-Siyosatchini nima o’ldirsa,  shoirni ham o’sha

narsa o’ldiradi,-deb javob qildi maslahatchi.

-Nima, shoirlar ham yolg’onchi va ikkiyuzlamachi

bo’ladilarmi?-deya ajablandi siyosatchi Aldarko’sa.

 

30-7-2006

SIZ

-Xudoyim sendan o’lim so’rayman! Yalinaman, yolvoraman, istagimni 

bajo keltir! Axir men o’zim uchun so’ramayapman-ku!

-Kim uchun so’rayapsan, bo’lmasa? Kim o’sha?- deya

xotinining yolvorishini kesdi Aladako’sa.

Xotini to’satdan paydo bo’lib qolgan erini ko’rib:

-Siz, siz…,-deb qoldi.

 

29-7-2006

QONSIZ

-Men inqilob qilaman,-dedi muxolifatchi bir uchrashuvda.

-Ilgari ham inqilob qilganmisiz? Tajribangiz bormi?-deb

so’rashdi undan.

-Yo’q birinchisi bu!

-U holda qanday qilasiz?

-Qon to’kmasdan…

 

28-7-2006

QUVG’INDA

-Sizning qanday kuchingiz bor?-deb so’rashdi Amerikaga

kelgan muxolifatchidan.

-59 ta Nohukumat tashkiloti mening qo’l ostimda,-dedi u ko’kragiga urib.

-Ularning har birida qanchadan a’zo bor?

-Kamida bittadan!

-Ularning hammasi mamlakatingizning poytaxtidami yoki viloyatlarda ham bormi?

-Yo’q, hammasi tashqarida, quvg’inda…

 

27-7-2006

NAQDIDAN

-Bizdan nima istaysiz?-deb so’rashdi Amerikaga

kelgan muxolifatchidan.

-Naqdidan!

-Kechirasiz, bizning bunday imkoniyatimiz

yo’q. Biz naqd bera olmaymiz?

-Bo’lmasa, chek yozsangiz ham bo’laveradi.

 

26-7-2006

MUXOLIF

-Men hokimiyatga kelmoqchiman,-dedi bir O’zbek

muxolifi amerikaliklar bilan uchrashuvda.

-Qanday kelasiz?

-Agar xalq istasa, o’zi yo’lini ko’rsatadi.

-Agar istamasa-chi?

-Unda yana Amerikaga, sizlar bilan

uchrashuvga kelaman!

 

25-7-2006

MASLAHAT

Otchoparda Putin ot choptirayotgan paytda Aldarko’sa

askiya qilib:

-Meni ham choptirgim kelayapti,-dedi yonida turgan Nursultonga.

-Sen u yoshdan o’tgansan, hamma narsaga havas qilma, endi

choptirolamysan,-deya javob qildi Nursulton.

-Choptirgim kelsa. nima qilay, ichaverib, qistanib

ketdim axir?-dedi askiyadan bor gapga ko’chgan  Aldarko’sa.

Nursulton miyig’ida kuldi-da:

-Juda ushlay olmasang, bolaligingni esla!-dedi.

 

24-7-2006