Jahongir.Org                                                            

 

220 LATIFA

 

JAHONGIR MUHAMMAD

 

 

 

 

 

O’NG SO’Z O’RNIDA

Navoiy hazratlarining "Turkni yakqalam qildim" degan iboralari bor. Ul ulug’ zotning panjalariga panja urmoq nafaqa tmushkul balki mumkin ham emas. Ammo men mustaqillik yillarining keyingi davrini hayotini latifa qildim, tog’rirog’i saroy va unga yaqin doiraning latifa hayotini qisqa satrlarga ko’chirdim. Ishonmasangiz oqib ko’ring, bular to’qib chiqarilgan latifalar emas, kundalik hayotning achchiq hajvlardagi in’ikosidir.(2000-2004 yillar)

Muallif.

1."ISLOM AKAM..."

 

-Saddamning Bog'dodda yo'lning ustiga ikki qilichning uch qismini ikki tomondan keltirib, bir-biriga tekizib, qurgan ramziy ko'prigi Islom akaga juda yoqib qolgan, ayniqsa uning ostidan odamlar o'tib turgan manzarani takror-tarkror ko'radilar, sizlar ham shuni tez-tez ko'rsatib turinglar,- dedi maslahatchi televideniye xodimiga.

-Ha, Islom akam ham odamlarni qilichning ostidan o'tkazishni yaxshi ko'radilar-da,- dedi jurnalist.

 

2.QISQARTIRISH PLANI

 

-Islom akam odamlarni qisqartitish planini tuzdilar,- dedi hukumatdagi bir odam tanishiga.

-Qancha odamni qisqartirmoqchi ekanlar?- soradi tanishi.

-Bilishimcha 25 million odamni!-dedi hukumat mulozimi.

 

3.DAVRNI BELGILGAN ODAM

 

-Eshitdingmi, Moskvada "Trud" gazetasi o’zbek olimlari Murod Sharifxo’jahev bilan Faxri Rahimovlarning Karimov haqida "Davrni belgilagan odam" degan kitobini nashr etibdi,- dedi bir talaba ikkinchisiga.

-Ha, Karimov haqiqatdan ham O’zbekistonning ma’lum bir davriga o’z tamg’asini urgan odam, u diktatura, zulm, yolg’onchilk va sharmandagarchilik davrining otasidir,- dedi ikkinchi talaba.

 

4.QOCHISH YO'LI

 

-Sammit uchun qurilgan binoni oliy darajali uchrashuvdan oldin Karimovning o'z borib tekshirdi. Terroristlar hujum qilishi mumkin degan gap eshitganmish,- dedi bir mirshab ikkinchisiga.

-U bizlarga ham ishonmay qo'ygan. Bir gap bo'lsa qanday, qaysi yo'l bilan qochish kerakligini bilib qaytgan, shekilli- dedi ikkinchi mirshab.

 

5.KARIMOVNING YULDUZI

 

Prezident kechqurun bog'da aylanib yurar ekan, yulduzshunos folbinni chaqirtirib:

-Yulduzlarimizga qarachi, ular Amerikaga qarayaptimi yoki Rossiyagami yo bo'lmsa Xitoygami?- dedi.

-Mening yulduzim sizga qarayapti. Sizniki esa ko'rinmayapti,- dedi osmonga tikilgan folbin.

-Nega ko'rinmaydi?-so'radi Karimov.

-Hayronman, so'nayotgan bo'lsa kerak,- dedi folbin.

 

6.XOTININING JAVOBI

 

Prezident kutilmaganda xotinining qo'yniga kirdi va soradi:

-Bir marta to'g'risini ayt, hayotingda hech begona erkak bilan yotganmisan?

-Ha, ilgari bir marta yotganman, bugun ikkinchisi,- dedi xotini.

 

7.BAHONA

 

Prezident xotini bilan yotgan edi, birdan xotinini turta boshladi.

-Nega turtasiz,- dedi xotini.

-Yaxshi xotin bo'lmaganing, o'zingni yosh saqlamaganing uchun,- dedi prezident.

Oradan ko'p o'tmay xotini erini turta boshladi.

-Nega turtasan, axmoq xotin, -dedi eri.

-Haramda yosh qizlar bilan bo'lib qaytib, endi menga teskari qarab yotganingiz uchun,- dedi xotini.

 

8.QANDAY BO'LSA O'SHANDAY

 

-Bir haftadan beri qabulingizda kutaverib, ochlikdan yiqilay deb qoldim, ovqatning ta'mini ham unutib yubordim,-dedi qariya Karimovga.

-Parvo qilmang, ovqatning ta'mi o'zgargan emas, qanday bo'lsa hali ham o'shanday,- dedi Karimov.

 

9.IQROR

 

-Ismat Xushev "Amerika ovozi"ga interviyu berib, hamma gaplarni aytib, "Hamma ishni Karimovning topshirg'i bilan qilganman" deb iqror bo'libdi,- dedi maslahatchi.

-Ishqilib haramdagi gaplarni aytmabdimi?- so'radi prezident.

-Keyingi payt uni haramdan uzoqlashtirgan edik,- dedi maslahatchi.

-Nega menga aytmasdan qildinglar bu ishni,- baqirdi prezident.

-Bir kuni shunday iqror bo'lishini bilardik-da,- dedi prezident.

-Yo'qol ishdan aydalding,- dedi prezident.

-Sening ham bir kun iqror bo'lishingni bilaman. Yo'qol, hozirroq farmonni ham chiqarman.- dedi Karimov.

 

10.SABAB

 

-Nega muxolifat liderlari Karimovning iste'fo berishini talab qilmaydilar?,- deb so'radi bir talaba ikkinchisidan.

-Chunki Karimov iste'fo bersa, demokratiya boshlanadi va ular ham iste'fo berishlari kerak-da,- dedi ikkinchi talaba.

 

11.YOPISHIB QOLGAN

 

-Karimov o'zini qayta-qayta saylatib taxtda qolishini tushunish mumkin. Agar ketsa, o'sha kuni toshbo'ron qilishlaruini o'zi ham biladi. Lekin partiya raisligiga Karimov bilan bir vaqtda "saylangan" Muhammad Solih 10 yildan beri chet elda bo'lsa ham nega egardan tushgisi kelmaydi? ERK partiyasi uchga bo'linib ketsa ham u egardan ajralgisi kelmayotganini qanday tushunish kerak?- deb so'radi bir "Birlik"chi bir "Erkchidan.

-Menimcha egar yopishib qolgan bo'lsa kerak, bunday paytda kimning ham sharmanda bo'lgisi keladi, yoki bu ishni sizning raisingiz boshlashini kutmoqda- deb javob qildi "Erk"chi.

 

12.HAMMASI OCHIQ

 

-Asqar Akayev butun boyliklarining ro’yxatini e’lon qilibdi.Unga ergashib Nazaraboyev ham shunday qilmoqchi? Biz nima qilamiz,- dedi masalahatchi Karimovga,-buning ustiga muxolifat bizning prezident o'z boyliklarini qachon e’lon qiladi deb radiolarga chiqab jar solmoqda.

-Bu muxolifating axmoq deb sanga necha marta aytdim. Bizning yashiradigan joyimiz yo’q.O’zbekistonda nima boru nima yo’qligini bilishmasa ana, statistika ma’lumotlarini olib o’qishsin. Hammasi ochiq yozib qo’yilgan,-dedi Karimov.

 

12."YIRTQICH"

 

-Eshitdingmi, bugun xalqaro Chegra tanimas jurnalistlar tashkiloti Islom Karimovni "yurtqich" deb e'lon qildi,- dedi bir muxolifatchi ikkinchisiga.

-Ha, radiodan eshittim, lekin u aslida ham "yirtqich" edi-ku! Axmoqni axmoq deb e'lon qilish bilan u aqlli bo'larmidi? -ajablandi ikkinchisi.

 

13.BIR GO'R

 

-Karimov bilan Madaminov orasida qanday o'xshashliklar bor?- deb so'radi bir muxolifatchining o'g'li otasidan.

-Juda ko'p. Masalan, Karimovni maqtasang yaxshi odam hisoblanasan, tanqid qilsang g'arazgo'ysan. Madaminovni maqtasang yaxshi odamsan, agar tanqid qilsang, yoki uni maqtamay qo'ysang g'arazgo'y nomini olasan. Karimovni tanqid qilsang seni onangni deb so'kadi, Madaminovni tanqid qilsang ham boshing iflos so'kishlarni eshitishdan qutulmaydi. Xullas, ikkalasi ham bir go'r!- dedi otasi.

-Tavba,qanday bir go'r bo'ladi, bittasi Toshkanda, ikkinchisi chet elda bo'lsa?- hayron bo'ldi bola.

-Hayron bo'lma, Interent go'rlarni ham birlashtirib yubordi. Sen ham boshingni ko'p Internetga suqaverma, chiqarib ololmay qolasan,-dedi otasi.

 

14.SAYLOVOLDI SUHBATI

 

-Qurultoyda partiya raisligiga Dilshodni ko’rsatsak,- dedi partiya kotibi sobiq raisiga.

-Yo’q, uning kelib chiqshi tojik, ehtiyot bo’lishimiz kerak,- deb javob qildi sobiq rais.

-Gulnorani ko’rsataylik bo’lmasa…

-Uning kelib chiqishi qozoqligini bilmaysizmi?

-Abdusamad-chi?

-Uning qirg’izligini hamma biladi.

-Norqulbekka nima deysiz?

-U eroniylardan

-Orifjonchi?

-U pirsiyonlardan…

-Mamatqulchi?

-U mang’itlardan..

-U holda partiyamizda birorta ham o’zbek yo’q ekanda?

-Mana men borman.

-Sizning Sparmurod Niyozovning urug’idan, taka turkmanligingizni hamma biladi-ku,-dedi kotib.

-Sizning ham tatar bilan qo’shimchangiz borligidan xabardormiz!- o’shqirdi sobiq rais.

 

15."O'ZIMIZGA KERAK"

 

-Amerikalik mehmon yana nimani talab qildi?- deb so'radi Prezident Tashqi ishlar vaziridan.

-Haligi, besoqolboz Ruslanni ozod qilishimizini istashdi, yo'q deb javob qildim,- dedi vazir.

-To'gri qilibsan, qo'yib yuborsak Amerikaga olib ketishadi, yaxshigina bola ekan, o'zimizga kerak,- dedi Prezident.

 

16.OLDINGA SILJISH

 

-AQSHning "Parad" jaridasi yan bizni diktatorlar ro'yxatiga kiritibdi,- dedi maslahatchi Karimovga.

-Bu yil menga nechnachi o'rinni berishibdi, qiziqdi Karimov,

-O'n ikkinchi,- dedi maslahatchi.

-Xudoga shukur, oldinga siljibmiz, axmoqlar o'tgan yili yigirma beshinchi o'rinni berishgandi.

Keyin ro'yxatni ko'rib baqirib yubordi: - Nega axmoq Saparmurod Niyozov bizdan oldinda!

 

17.JARIMA

 

-Qiziq qamoqda qiynoqdan o'lgan bolasining aybdorlarini qidirib yurgan Muqodirovani Karimov nega qamadiyu nega qo'yib yubordi? - deb o'rtaga savol tashladi mamlakatdan tashqarida ishlayotgan bir fuqaro.

-Qamoq to'lib ketgandir-da,- dedi ikkinchi fuqaro.

-Menimcha, Karimovning tushiga onasi kirgan va "Bolam, bunday qilma!" deb aytgan bo'lsa kerak,-dedi uchunci fuqaro.

-Onasining ruhi ham undan qo'rqadi, uning tushiga kirish nimasi?- dedi to'rtinchi fuqaro.

-Karimov Muqodirovani shunday qo'yib yuborgan emas, 280 ming so'm jarima soldi. O'zbeksitonda bir narsadan norozi bo'lishdan, gapirishdan oldin yig'ib qo'ygan pulingiz bo'lishi kerak. Chunki Karimov norozi bo'lganlarni o'ldirib, onasidan jarima oladi,- dedi beshinchi fuqaro.

-Zotan shuning uchun chetga kelib, pul topalayapmizda,- dedi oltinchi fuqaro.

Qolganlar esa sukut saqlardilar. Chunki ularning hali to'plagan pullari yo'q edi.

 

18.FARQ

 

-Karimov bilan o'zini unga raqib deb bilgan ERKning sobiq raisi Muhammad Solih orasida qanday farq bor?- deb so'radi o'quvchi o'qituvchidan.

-Deyarli farq yo'q. Ammo Karimov o'zining dushmanlari, jumladan Muhammd Solih haqida ham kitob yozganlarga mukofot- mansab beradi. Muhammad Solih esa Karimovni esdan chiqarib, o'zi yomon ko'rgan odamlar haqida uydirmalar bitib, o'zini esa maqtab bohsqa bir laqmaning nomidan nashr etadi, unga pul ham beradi, keyin kitobni web sahifasida qo'yib, har kuni o'zi tomosha qilib o'tiradi.

-Karimovni dunyodagi eng battol,ichi qora, axmoq odam degan edingiz, Muhammd Solih undan ham battar , aqldan ozgan ekan-ku,- ajablandi o'quvchi.

-Ha, ya,- dedi o'qituvchi,-aks taqdirda Karimov 15 yildan beri taxtda emas, Osloda o'tirgan bo'lardi.

 

18.ASOSIY MASALA

 

"Moskvada muxolifatning bo'limi ochildi,- deb xabar tarqatdi muxolifatning web sahifasi.-O'zbekistondan chiqib ketgan yuzga yaqin kishi bu bo'limga a'zo bo'ldi. Bo'limning ilk majlisida qaysi mamlakatdan siyoisy boshpana olish uchun muxolifatning tavsiyanomasi qancha turishi va pullarni rubldami yoki dollardami topshirish muhokama qilindi".

 

19.HAYVONOT OLAMIDA

 

"Olisdan uchub kelgan boshi katta, tumshug'i uzun Qizilishton o'rmondan quvililb tog'likdagi arshazorda in qurgan olachipor patli, yelpig'ichsimon tojli, qayrilma tumshuqli, hashorotxo'r Sassiqpopishak bilan muzokara bashladi. Tomonlar qanday qilib birgalikda ayyor Tulkiga qarshi kurashish borasida fikr almashdilar. Qizilishton tog'likdagi boshqa hayvonlar bilan ham rasmiy uchrashuvlar o'tkazishni mo'ljallagan. Sassiqpopishak bilan esa muzokaralar ertaga davom etadi",- deb yozdi O'rmon xabarlari web sahifasi.

-Tulkiga qarshi kurashib nima qilasizlar? Qo'yinglar u ham kunini ko'rsin, o'rmon katta-ku,- deb fikrini bildirdi o'quvchi hayvonlardan biri web sahifaning mehmonlar kitobida.

"Muzokarlarning ikkinchi kuni tomonlar qanday qilib Tulki bilan hamkorlik qilish yo'llarini qidirdilar" deb yozdi web sahifa keyingi kungi xabarida.

-Tulki nafaqat og'zingizdagi pishloqni olib qo'yadi, balki o'zingizni ham tushlikka qoldirmay bitiradi,- deb yozdi yana bir o'quvchi hayvon.

-E, nima qilaylik? Biringiz unday deysiz, biringiz bunday. Bizni boqadiganlar ham kecha tulkiga qarshi bo'lsa, bugun uni himoya qilishmoqda,- deb bayonot berdi Qizilishtonga hamrohlik qilgan va hamma vaqt jim turadigan qora va kul rang patli Ola qarg'a bu safar quloqlarni qomatga keltiradigan darajada qag'g'illab..

-Jig'ildon bo'shasa gung ham gapga kirarkan,- deya kesatib yozdi Mehmonlar kitobining o'quvchi hayvonlaridan boshqasi.

 

20.QARINDOSH -URUG'CHILIK

 

-Ana u faqat mahalliychilk qilib, hammayoqni kelgindilar bosib oldi, der edi. Endi o'zi qarindoshlarini to'plab partiya tuzibdimi? - deb so'radi jurnalist muxolifatchidan.

-U xalqqa emas, qarindoshlariga, ya'ni qarindosh-urug'chilikka ishonadi-da!,- javob qildi muxolifatchi.

 

21.SABAB

 

-Nega muxolifatdagi hamma partiyalarni aka-ukalar, er-xotin, tog'a jiyanlar tuzishgan?-so'radi bir ziyoli ikkinchisidan.

-Grantlarini begona bilan baham ko'rgilari kelmaydi-da.- deb javob qildi u.

 

22.ENG YAXSHI DIKTATURA

 

Karimov maslahatchisiga:

-Bizning diktaturani buncha yomonlashadi. Xo'p, dunyoda eng yaxshi diktatura qayerda ekan, ko'rsatib berishsinchi?- dedi.

Maslahatchi o'ylab ham o'tirmasdan javob qildi:

-Dunyodagi eng yaxshi narsalarning hammasi o'zimizda,oqsoqol!

 

23.RASHIDOVNING XATOSI

 

-Odamlarga biroz yaxshilik ham qilsangizmi, o'lganingizdan keyin sizni ham Rashidovga o'xshatib, ko'rdan chiqarib tashlamasinlar tag'in?,- dedi xotini Prezidentga.

-Rashidovning xatosini men takrorlamayman. Oldin meni go'rga tiqishi mumkin bo'lganlarning hammasini go'rga tiqaman, bildingmi, deb javob qildi Prezident.

 

24.ERTAGA

 

-Ertaga o'lib ketsangiz...,- deya gap boshlagan xotinini Prezident to'xtatdi.

-Kim senga aytdi, ertaga o'lishimni, yoki birovlar bilan til biriktirdingmi?

 

25."MENI TINCH QO'Y"

 

-Ertaga o'lib ketsak.. deya yana gap boshlagandi xotini Prezident jahl bilan uning gapini bo'ldi:

-Ertaga o'lsang sen o'laver, meni esa ting qo'y!

26.QACHON?

 

-Jo'rabekov kasalligini aytib, prezidentdan pensiya uchun izn berishini so'radi:

-Esingizdan chiqdimi, birga keldik, o'lguncha birga bo'lamiz, degandingiz,- dedi prezident.

-Rostdanmi, qachon o'lmoqchisiz?- soradi Jo'rabekov.

 

27.TOVUQ

 

-Meni Rashidov fondiga rahbar qilib qo'ysangiz, qarilikda donimni o'sha yerdan terib yursam,- dedi Jo'rabekov Karimovga.

-U yerda tovuqlarga o'rin yo'q,- dedi Prezident.

 

28.JAMG'ARMAXO'R

 

-Nega Rashidov jamg'armasida ishlashni istayapsiz?- soradi Karimov Jo'rabekovdan.-Nafaqani yeb yotavermaysizmi?

Jo'rabekovning o'rniga maslahatchi javob qildi:

-Nafaqa jamg'arma emasda...

-Bo'lmasa Ismoil Hakimovichni bundan keyin nafaqaxo'r emas, jamg'armaxo'r deymiz,- kesatdi Karimov.

 

29.HUKM

 

O'zbekiston Islomiy Harakatining vakili Aziz Karimovni sud o'limga hukm qildi. Maslahatchi Prezidentga:

-Shuni avf etsangizmikan, xorijda "Karimov o'limga hukm etildi" deb yozishmoqda, bu kesatiqdan qutulgan bo'lardik,-dedi.

-Qutulib bo'psan,- dedi Karimov,-keyin "Karimov avf etildi" deb yozishadi. Nima men bir gunoh qilganmidim?

 

30.OSH VAZIR

 

-Shavkat qani?- deb so'ardi Karimov ertalab ishga kelishi bilan.

-Janob Mirziyoyev ertalab bir tanishimnikiga oshga o'taman, keyin ishga kelaman, degandilar,- javob qildi kotiba.

-Men uni osh vazirlikka emas, bosh vazirlikka tayinlaganman! Kimdan so'rab ketdi? Aytib qo'y, kelganda joyida tosh vazir bo'lib o'tirsin, bo'lmasa mosh vazir qilib yuboraman, bo'sh vazir bo'lib yuradi,- dedi Karimov.

 

31.ESHAK MIYA

 

Bir lofchi maqtandi:

-Men tovuqdan odam yasashni yo’lga qo’ydim. Qaqirlgani qaqirlagan!

Ikkinchisi javob qildi:

-Men itning miyasini odamga o’rnatdim, o’zimga muxolifat bo’ldi, hurgani hurgan.

Uchinchi lofchi pinagini buzmay:

-Men eshakning miyasini ho’kizga o’rnatib, odam qiyofasiga solgandim, mana o’n ikki yildan beri o’zimga prezidentlik qilmoqda,- dedi.

 

32.HUKUMATNING ODAMI

 

-Ana u ham hukumatga ishlamoqda,- dedi muxolifatchi rahbarning kassiri, rais o'rinbosarini qoralab.

-Hukumat uning ustidan ish qo'zg'ab tergov qilmoqda-ku! Qanday qilib uni hukumatga ishlayapti deysiz?- ajablandi muxolifatchi.

-Hukumat shunday qilib qo'lga oladi-da, ko'rmayapsizmi, rahbarimizni tanqid qilib yuribdi.

-Ha, endi rahbarning o'zida ham rahbarlik qolmagan-da! Kamchiligi ko'p-da. Diktatorlikda Karimovdan oshib tushmoqda. Bilmayman nega biz muxolifatmiz o'zi?!

-Voy, men axmoq sizga ko'ngil ochib yuribman-a, siz ham hukumatning odami ekansiz-ku?!- dedi raisning kassiri va qo'l siltab ketib qoldi.

 

33.SHIOR

 

-Chet el radiolarining hamkorlaridan ba'zilari nega muxolifatchilikni grant olish deb bilganlarga buncha sadoqatli bo'lib qolishdi?- ajablandi tinglovchilrdan biri.

-Radiodan quvilib qolishini sezganlari shunday bo'ladi, quvilsa nima qiladi? Chet elga ketishi yoki muxolifatning grantiga sherik bo'lish kerak. Ularning shiori: Bir eshik yopilmoqdami, ikkinchisini och!

 

34.ORZU

 

-Karimovga qarshi kurashsam jannatga ketamanmi?- deb so'radi soqoli sabza urmagan dindor yigitcha Muftiydan.

-Karimovga qarshi kurashsang jannatga emas, Jasliqqa ketasan!- deb javob berdi Muftiy.

 

35.TOSH OTISH

 

-Karimovga qarshi tinmay tosh otaveringlar, bittasi tegmasa, ikkinchisi tegadi,- dedi muxolifat rahbari.

-Tosh otish bilan ish bitganda 14 asrdan berii Minadagi shyaton bir yoqlama bo'lardi,- dedi oddiy muxolifatchi pinagini buzmasdan.

 

36.SIYOSIY BOSHPANA

 

-Jannatdan siyosiy boshpana olish mumkinmi?- soradi dindor yigit Muftiydan.

-Mumkin, Minaga borib sahyatonga tosh otsang, men o'zim tavsiyanoma yozib beraman,- deb javob qildi Muftiy.

 

37.SAYLOV

 

-Amerkada saylovda Bush yutadimi, yutqazadimi?- deb so'radi talaba domlasidan.

-Sen uning Karimovdan maslahat olib-olmaganini aytsang, men uning yutib- yutmaganini aytaman,- dedi domlasi.

 

38.DO'ZZAXDA HAM...

 

-Karimov kasal, ana ketadi, mana ketadi,- deb yozdinglar qani jin ham chalmadi-ku?- deb so'radi bir muxolifatchi ikkinchisidan.

-Xudoga yoqib qolgan bo'lsa kerak,- dedi u.

-Yoqib qolganda olib ketardi, yoqmay qolgan desang-chi, bu borib do'zzaxda ham diktatura o'rnatishi mumkin-da!-suhbatga aralashdi uchinchisi.

 

39.XOTIN

 

-Erni er qiladigan ham, xotin, qora yer qiladigan ham xotin, deyishadi, Ana Uning xotini urus. O'zi esa prezident bo'lmoqchi.Bunga nima deysan?- so'radi bir muxolifatchi ikkinchisidan.

-O'zing aytayapsanku, xotini urus deb, o'sha uni prezident qilmqochidir-da,- javob qildi ikkinchisi.

 

40.IMKONIYAT

 

-Ana U muxolifatchilar haqida yozgan kitoblariga nima uchun boshqalarning ismini qo'yib chiqaradi?- so'radi bir o'quvchi ikkinchisidan.

-Chunki bu kitoblar hojatxonaga ketishini o'zi ham biladi-da, javob qildi ikkinchisi.

-Ismini qo'yishga rozi bo'lganlar-chi?- yana savol berdi birinchi o'quvchi.

-Ular ham biladilar, bu ularga bir imkoniyat, boshda rasmlarini qo'yish sharti bilan ismlarini berishga rozi bo'ladilar,- dedi birinchi o'quvchi.

 

41.BECHORA

 

-Stalin,Lukashenko va Karimov bir kichkina xonada boshlarini Stalinning oyoqlariga qo'yib uxlab yotgan ekanlar,- deya hikoya boshlagan talabaning so'zini ikkinchisi bo'ldi:

-Kutilmaganda Putin kirib keldi... Endi ikkinchi talabaning so'zini uchinchisi kesib:

-Va borib Stalinning bir oyog'iga bosh qo'ygancha uyquga ketdi,- dedi.

-Lukashenko-chi?- deb so'ragan talaba:

-U Stalinning ikkinchi oyog'iga bosh qo'yib uxlayotgandi,- degan javob olishi bilan,

-Bechora Karimov!- deb yuborishdi hammalari bir ovozdan.

 

42.TO'HMATCHI KUCHUKCHALAR

 

Maslahatchi Karimovning huzuriga kirib: -Ablahlar yana sizni tanqi qilishayapti,-dedi.

-Nega menga aytasan, ularga qarshi ig’vogar itni ishga solsangchi, Osloda osilib o’tiraveradimi?,- javob qildi Karimov.

-U tinimsiz akkillayverganidan, hamma uning bizga xizmat qilishini bilib bo’ldi. Shuning uchun qurultoy o'yinidan ham o'tmadi,- dedi maslahatchi.

-Unda yana bir marta qurultoy… e, yo’q, suiqasd taktikasini ishga sol...

-Rostdan ham uni o’ldirib qo’yishsachi? Unda nima qilamiz?,- bo’yin burdi maslahatchi.

-Dunyoning bir qismidan savobga qolamiz, keyin ukasini uning o’rniga qo’ayasan. Qiztaloqning tili akasinikidan o'tkir. Iplos so’kishlarni yozganida mazza qilaman. Ruschani ham boplaydi. O’sadigan bola, akasi ig'vo iti bo'lsa, bu ig’vo itvachchasi. Kiprigini qimirlatmasdan har qanday to'hmatni to'qib tashlaydi.- dedi Karimov.

Maslahatchi ichida: "Oqsoqol uning allaqachon itvachchalikdan o'tib bo'lgani, endi bolalagani,kuchukchalari dunyoning bir qancha joyida ham paydo bo'lgani, bir kun kelib, akasiga o'xshab o'zimizga qarshi akkillay boshlashini bilmaydi-da" deb qo’ydi.

 

43.OTASINING QIZI

 

Gulnora Karimova "Independent" gazetasiga suhbat berdi:

Muxbir:-AQSHning sudi sizni qamoqqa olish haqida hukm chiqardi, agar notog'ri bo'lsa nega qarorni yuqori sudga appelatsiya tartibida shikoyat qilmaysiz?

Karimova:-Qilardim, ammo pulim yo'q-da!

 

44.SHAXS YO’Q

 

-Oz’bekistonda shaxsga sig’inish bor ekanmi?-so’radi G’arblik bir kishi safardan qaytgan do’stidan.

-Sig’inish bor, ammo shaxsni ko’rmadim,- dedi u.

 

45.ENG BOY

 

-Qaysi biringiz eng boy,- deb soradi Putin.

-Menda,-dedi Islom Karimov,-25 millionta qo’yim bor.

 

46.KEYINGI SAFAR

 

-Oqituvchilar Karimovning huzuriga kelishdi:

-Necha oydirki maoshlarimizni ololmayapmiz. Qo’limizda bir tiyin ham pul yo’q,-deyishdi ular.

-Bo’pti kiraveringlar, keyingi safar berasizlar,-dedi Karimov,

 

47.SHAHLIK

 

Nazarboyev, Rahmonov va Karimov borsa kelmas oroliga tushib qolishdi. Ochlik, issiqdan sillalari qurib qolishdi. Butun umidlari baliq ushlashdan edi. Rahmonov Karimovga yur, desa u bormasdan, yotib oldi. Rahmonov jahl bilan ovga borib, qaytib kelsa, Nazarboyev shashlik pishirib yeb o’tirgan ekan:

-Shu Karimov jonga tegdi. Qachon qarasang o’zini panaga oladi. Nafrat qildim, shundan,-dedi.

-Bo’pti, nafrat qilsang, yemagin,-dedi Nazarboyev.

 

48.BOLA CHAQA

 

Markaziy Osiyo prezidentlari Ostankino minorasida ichib o’tirishgandi.

-Qani telexranitellaring sanlarga qanchalik sodiqligini sinaymaiz. Sanlarga sodiq bo’lgani manashu minoradan o’zini pastga tashlasin,- dedi Rahmonov. Nazarboyevning telexranitili: -"O’dag’asi bolalarim yosh, meni avf eting,- der ekan, Akayevning telexranitili esa "Bola chaqa bor" deya iste’fo berdi.

Karimovning telexranitili o’zini otib yubordi va tasodifan tirik qoldi. Undan:

- Sen Karimovni shuncha yaxshi ko’rasanmi?-deb so’ragandilar:

-Bola chaqa bor-da,- deb javob qildi.

 

49.UNDAY BO’LSA

 

-Kimni o’zimdan keyin prezident qilib tanlasam ekan,-deb so’radi Karimov Jo’rabekovdan.

-Shavkatni-da,-dedi Jo’rabekov bamaylixotir.

-Nega?- so’radi prezident.

-Diktatura nima ekanligini dushmanlaringizga ko’rsatib qo’yadi. Ana undan keyin qadringizga yetadilar.Sizga zor bo’ladilar, yolvorib-yolvorib qaytib olib keladilar,- dedi Jo’rabekov.

-Unday bo’lsa ketib nima qilaman, bechora xalqni qiynab yuramanmi?,- dedi Karimov.

 

50.CHAP QO'LLAB…

 

Quvaytga borgan prezident qarz so’radi.

-Istaganingizcha beramiz, lekin bitta shartimiz bo’ladi,- dedi Quvayt Amiri.

-Qanday shart ekan,-dedi Karimov.

-Pora olganlarning o’ng qo’lini kesish haqida farmon chiqarasiz,-dedi Amir.

-Bosh ustiga,-javob qildi Karimov.

-Unday va’da bermang, keyin hukumatda o’ng qo’lli odam qolmaydi, pilni qanday qilib yig’amiz,- dedi maslahatchi.

-Parvo qilma, chap qo’llab olishni o’rganasizlar,-dedi Karimov.

 

51.YANGILIK

 

-Amerikada odamning boshidagi gapni o’qiydigan mashina kashf qilishibdi. Terroristlarni shu mashina bilan tekshirishayotgan ekan, biz ham sotib olsakchi?,- dedi Almatov Karimovga.

-Hammani qo’yib yuborishning yo’lini topibsan-ku, yoki hammasidan pora oldingmi?,-dedi Karimov.

 

52.EHTIYOJ

 

-Amerikada odamning boshidagi gapni o’qiydigan mashina kashf qilishibdi. Terroristlarni shu mashina bilan tekshirishayotgan ekan, biz ham sotib olsakchi?,- dedi maslahatchi Karimovga.

-Bizga terroristning boshidagi gapni o’qiydigan mashinaning keragi yo’q, bizga bizning istaganimizni terroristning boshiga yuklaydigan mashina kerak,- dedi Karimov.

 

53.YAXSHILIK

 

-"Birlik"ni ham 1999 yil portlovlariga bog’lab yubordikmi, endi,- dedi Adliya vaziri prezidentga.

-Kecha o’zing ro’yxatga olmaslik uchun yo’l qidirayapmiz degandingku, ishingni qilaylashtirib qo’ydim, sanlarga yaxshilik ham yoqmaydi,-dedi prezident.

 

54.PREZIDENT BO'LMOQCHI

 

-O'qidingizmi, ana u tentak, prezident bo'laman, deb yozibdi, birinchi farmonlari nima haqda bo'lishini ham yozibdi?,- dedi bir muxolifatchi ikkinchisiga.

- O'zingiz uni tentak, deb turibsiz-ki? Tentak bo'lgandan keyin yozaveradi-da.

 

55.BAQIROQ

 

-16 ta odamni birlashtira olmay, bitta qurultoyni eplab o'tkazaolmagan odamdan nima chiqadi?-so'radi muallim o'quvchilardan. -Prezident bo'laman, deb baqiradigan baqiroq chiqadi,-dedi siyosatchining o'g'li.

 

56.DEMOKRATIYA

 

Karimov Zayniddinni chaqirdi.

-Bo'ldimi?

-Hammasi bo'ldi. Aytganingizday qilib gapirib berdim.Ularni oqlab sizni yomonladim.

-Ko'ramiz, endi ham "O'zbekistonda demokratiya yo'q", deydigani topilarmikan?

 

57.SIYOHSATCHI

 

-Qamoqdagilar unga qarshi gap aytsa, ular bosim bilan gapirishgan, deydi. Agar unga foydali gap aytishsa, haqiqatni aytishdi, deydi. U qanday odam o'zi?

-U siyohsatchi...

 

58.EHTIMOL

 

"Salay Madaminov O'zbekistonga prezident bo'lishi mumkinmi?"degan savolni qoldirdi bir o'quvchi "Birlik" web sahifasining mehmonlar kitobida. Unga darhol javob berishdi.

-Bo'ladi, agar Norvegiya O'zbekistonni bosib olsa!

"Abdurahim Po'latov-chi? U O'zbekistonga prezident bo'ladimi" degan savolni yozishdi keyin. Bunga ham tez javob berildi.

-Bo'ladi. Agar O'zbekiston, deganingiz websahifa bo'lsa.

 

59.NIMA BO’LADI?

 

-Karimov o’lgandan keyin nima bo’ladi?,- deb so’radi Toshkentga kelgan bir chet ellik o’zbek otaxondan.

-Qumursqalarga yeb bo’ladi?- javob qildi otaxon.

-Yo’q, O’zbekiston nima bo’ladi, deyayapman? -Qumursqalarga yeb bo’ladi,- dedi yana bamaylixotir otaxon.

 

60.AVF

 

-Ramazon hayiti munosabati bilan diniy mahbuslarga avfu umum e’lon qilaman,- dedi Karimov. Ramazon o’tib ketdi ammo avf chiqmadi. Muxbirlar Karimovga gapini eslatishdi:

-Ramazon hayitida degandimku, nima hayit bir marta keladimi? Buncha shoshazislar!

 

61.SAFARDA

 

Ramazon oyi tugab hayit kuni Karimov Bulg’oristonga bordi. -Bayramingiz muborak,-dedi prezident Georgiy Prvanov uni kutib olarkan.

-Qanaqa bayram?,- ajablandi Karimov.

-E, kechirasiz, men sizni musulmon,deb o’ylabman,- dedi mezbon.

 

62.O’XSHAMASA, UCHRAMAS

 

-Hayit kuni so’kishni istamayapman, bo’lmasa sen ablah, padar la’nati, iplosga aytadigan bir ikki og’iz gapim bor edi,- deya yozdi "Ozodbek" laqabli bir muxolifatchi Internetdagi "Birlik" sahifasining mehmonlar kitobida "O’zbek" laqabli oshnasiga.

-Mening ham hayitda so’kingim kelmayapti, bo’lmasa sen pes-moxov, xoin, andiga bir-ikki achchiqroq gap yozgan bo’lardim,-deya yozuv qoldirdi "O’zbek".

 

63.BERMURD UCHBURCHAGI

 

-Bermud uchburchagini eshitganmisiz?,- so’radi muallim talabadan.

-Bermurdmi? Ha… Karimov, Akayev, Rahmonov-da. Ikkitasi "Ber, ber" deydi, uchinchisi, "Murd, murd", ya’ni "O’ldi o’ldi" deydi,- javob qildi talaba.

-Kimni?

-Kimni bo’lardi, Jumani-da!

 

64.FARQ

 

-Muxolifatning kuchi bilan prezident Shevardnadze ketdi. Bu holat O’zbekistonda ham takrorlanishi mumkinmi?,- deb so’radi chet ellik muxbir Karimovdan.

-Bizda Saakashivilli va Burjanadzelar yo’q,- javob qildi Karimov.

 

65.SHU HAM PUL BO’LDIMI?

 

-Bugun MDH bo’yicha qarzdorlarni e’lon qildik. O’zbekiston ham bizdan 700 million qarz ekan,- dedi Putin Karimovga.-Shuni tezroq to’lasangiz, juda ham pul kerak bo’lib qoldi.

-Hozir yoningizda yurgan qizim Gulnoraga telefon qilaman, bitta chek yozib beradi, shu ham pul bo’ldimi?- dedi Karimov.

 

66.DEMOKRATIYA

 

-Ozarboyjonda prezidentlik otadan o’g’ilga o’tdi, buning otini ham demokratiya deyishmoqda. Gurjistonda esa xalq ishni eplolmagan prezidentni quvib yubordi. Bu ham demokratiya. Buni qanday tushunish mumkin?- deb so'ardi bir muxbir sharhlovchidan.

-Biri Sharq demokratiyasi, ikkinchisi G’arb demokratiyasi, buni tushunish uchun Aflotun bo'lish kerak emas,- deya kinoya qildi sharlovchi.

 

67.TA’BIR

 

Karimov ta’birichini chaqirtirib, tushida saylovda yutqazib qo’yganini aytib, bu nimadan ishora ekanligini so’radi.

-Bir qoshiq qonimdam kechsangiz batafsil aytib beraman,-dedi ta’birchi.

-Kechdim, gapir!-dedi Karimov.

-Bugun oyog’ingizga yiqilib yurganlarning hammasi sizdan yuz o’giradi, keyin xotiningiz va qizlaringiz ham sizni tashlab ketishadi, muxolifat bo’lsa sizni…

-Bas qilsang-chi ablah, bu gaplarni qayerdan olding! Boshqa tuzukroq gap yo'qmi?

-Taqsir, saylovda yutqazganingizdan keyin boshqa nima bo’lardi?- dedi ta’birchi.

 

68.XUDOGA SHUKUR!"

 

Karimovni sud qilishayotgandi.

-Xalqqa qarshi barcha jinoyatlaringiz uchun 20 yil qamoq jazosi berib, bu jazoni Jasliq turmasida o’tash haqida hukm qilaman,-dedi sudya.

- Iltimos, 20 yildan ortiq jazo bering, lekin Jasliqqa yubormang,- dedi yolvorib Karimov.

-Biz demokratmiz, mayli so'ngi istagingizni inobatga olib,jazo muddatini 20 yildan oshiramiz, lekin muddat yigirma yildan oshsa bu avtomatik ravishda O’lim jazosi bilan almashadi,-dedi sudya.

-Xudoga shukur,-dedi Karimov,- Jasliqqa borishdan qutuldim.

 

69.TESKARISI

 

-Eshitdingmi Abror Hidoyatovning nevarasi dehqonchilikdan xabari bo'lmasa ham dehqonlar partiyasi tuzibdi,- dedi bir muxolifatchi ikkinchisiga.

-Bizda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bir paytlar uruslar qo'llab turganida o'z otini yozolmagan ketmonchi Oxunboboyev ham "prezident" bo'lgan. Endi teskarisi bo'ladi. Shunga ham ota go'ri qozixonami?- javob qildi ikkinchi muxolifatchi.

 

70.PARTIYA TUZISH

 

-Kelajakda demokratiya bo'lsa, O'zbekistonda qancha partiya bo'ladi?,- so'radi bir talaba mardikor ikkinchisidan.

-Qancha odam chet elga ketgan bo'lsa, shuncha partiya tuziladi?Pul yuborib tursa bas, mardikorlikdan partiya tuzish osonroq ishda,- javob qildi ikkinchi mardikor.

 

71.HOVLIQMA QIZ

 

-Haydar Aliyevdan keyin o'g'li prezident bo'ldi, mamlakat ham tinch, xalq ham tinch. Menimcha biz ham bu haqda o'ylashimiz kerak,-dedi Gulnora dadasiga.

-Buncha hovliqasan, Moskvanga yo'qolsangchi, hali Haydar Aliyevning yoshiga yetgunimcha 20 yil bor,-dedi dadasi.

 

72.IMKON

 

-Anau eski dushmanimizni bekorga kechirgan ekanmiz, mana yana muxolifatga o'tib, ochlik e'lon qilib yuribdi,- dedi vazir prezidentga.

-Tag'in qamoqqa olib yurma, aksincha bir-ikki shovvozni yubor, qo'llab tursin, shu yo'l bilan yana bittasidan qutulsak yomon bo'lmaydi,- dedi prezident.

 

73.MAQSAD

 

-Ana u chetga ketgan dushmanimiz ham ochlik e'lon qilibdi,-dedi vazir.

-U bularga o'xshagn anqov emas, maqsadi boshqa, u sog'lom yurish uchun ochlik qiladi,- dedi prezident.

 

74.BO'LINISH?

 

-Mana ERK ham ikkiga bo'lindi,-dedi sobiq "birlikchi".

-Qiziq yuzga bo'lingan narsa qanday qilib ikkiga bo'linar ekan,- dedi sobiq "erkchi".

 

75.PROGRAMMA

 

-Bizning programmamiz bor,-deya maqtandi muxolifatchilardan biri.

-Men uruschani bilmayman,-dedi qishloqlik yigit.

 

76.JINNIXONA

 

-Bizning programmamiz bor?,- dedi muxolifatchi.

-Nima qipti, jinnixonadagilarning ham programmasi bor. Programma maksimum-bosh vrachni o'ldirish. Programma minumum- oshxonadan non o'g'irlash.

-Buning bizga nima aloqasi bor?

-Aloqasi shuki, dunyo jinnixona!

 

77.RAQIBLAR

 

-Sizlarda xalqa beradigan hech narsa yo'q.Biz hokimiyatga kelsak ozodlik, so'z erkinligi beramiz!,- dedi bir "erkchi" azaliy raqibiga.

-"ERK so'zi", "Erkin yurt", "Ozod ovoz", ERK matbuoti, ERK haqiqatidan boshqasiga yo'l bermaymiz, desang to'gri bo'ladi,-dedi "birlikchi".

 

78.TAXT

 

-Ana u sargardon otdan tushsa ham egardan tushmay yurgan edi, mana egaridan ham ajraldi, "taxti"dan ajralib, endi qayerda o'tiradi?- deb so'radi ukasi akasidan.

-Ot ketdi, egar ketdi, endi qoziqning ustida o'tiradi-da,-dedi akasi.

 

79.HOZIRJAVOBLIK

 

-Mansab olaman desang prezidentni maqta!- Dedi talablardan biri ikkinchisiga.

-Siyosiy boshpana olaman, desang muxolifatning "ota"larini,- deya kesatdi ikkinchi hozirjavob talaba.

 

80.ENG ZO'RI

 

-Yuzta eshaksanlaru aravani tortish menga qolgan,-dedi prezident.

-Ha, endi, oramizdagi eng zo'ri sizda,- deb yubordi Bosh vazir.

 

81.ESHAK

 

-Yigirma besh million eshakning yukini ko'tarib yuribman, yana meni tanqid qilishadi,-dedi prezident.

-Yo'g'e taqsir,-dedi qulog'i og'irroq maslahatchi,- yigirma besh million odamning yukini bitta eshak ko'tara olmaydi.

 

82.KIM EKAN U?

 

-Eshitndingmi, O'zbekistonning Hamroqulov degan elchisi ketib, o'rniga sobiq Tashqi Ishlar vaziri Komilov kelibdi,- dedi bir amerikalik siyosatchi ikkinchisiga.

-Hamroqulov dedingmi? Shunday elchi ham bor edimi?,- ajbalandi ikkinchi siyosatchi.

 

83.BIR TIYINGA QIMMAT

 

-Muxolifatni qanday baholaysiz?-dedi muxbir inson huquqlari kurashchisiga.

-5.000 dollar,-dedi u.

-Nega?

-Ularga Freedom House besh ming dollar ajratganda. Shu bo'lmaganda qolgani bir pul, bir tiyinga qimmat.

 

84.PULI BORNING QULI BOR

 

-Anau vatanparvar shoir nega vatansotganni qo'llab yuribdi?- so'radi bir shoir ikkinchisidan.

-Hozir vatansotarlikning bozori chaqqon, san ham bu ishni uddalab ko'proq pul topsang dushmanlaring ham seni qo'llashadi, puli borning quli bor og'ayni,- javob qildi ikkinchi shoir.

 

85.ITLAR

 

-O'zbek sahifalarida faqat ikki kishi bir-birini so'kib yozadi? Kim ular o'zi? Ba'zan boshqalarga ham tashlanib turishadi?- so'radi bir internet muxlisi ikkinchisidan.

-Ular Karimovning itlari. U it urishtirishni yaxshi ko'radi. Karimov boshqa ish bilan band bo'lganda ular atrofdagilarga tashlanadilar.

 

86.O'XSHAMASA UCHRAMAS

 

- Mana "Birlik" saylovlarda Oliy Majlisga kiradigan bo'ldi,-dedi bir birlikchi raqibi erkchiga.

-Unda Oliy Majlis ham "Birlik"ning Internetdagi mehmonlar kitobiga o'xshab qolar ekan-da,- dedi erkchi.

-Xavotir olmang, "ERK"ning forumiga ham joy beramiz,-kesatdi birlikchi.

 

87.PULBO'LTOY

 

-Eshitdingmi, hukumat qarshilik qilmapti, anaular qurultoy o'tkazishibdi,- dedi eski muxolifatchi do'stiga.

-Ular qurultoy emas, pulbo'ltoy o'tkazishdi,-dedi voqeadan xabardor do'sti.

 

88.SHARTLAR

 

- O'zbeksitonda prezident bo'lishning qanday shartlari bor,- deya so'radi bir xorijlik mehmonga borgan O'zbekdan.

-Beshta tamoyiliy shartlar bor,- dedi O'zbek,- birinchisi, kelib chiqishi noaniq bo'lishi kerak, ikkinchisi xotini rus bo'lishi lozim, uchinchisi aka-uka, qarindoshlari suvarakdek ko'p va ko'payuvchan bo'lishi zarur, to'rtinchisi o'zi o'g'riboshi bo'lishi darkor va oxirgisi so'zbo'yamachi, ko'zbo'yamachi, o'zbo'yamachi bo'lishi shart!

 

89.AKASINING UKASI

 

- Saxarov nomidagi mukofot qanday odamlarga beriladi?- so'radi talaba domlasidan.

-Akasining ukasi bo'lganlarga,-dedi domla.

 

90.UY MUZEYI

 

-Karimovning uylari ko'payib ketdi, kelgusida qaysi bir uning uy muzeyi bo'ladi endi?- so'radi bir olima ikkinchisidan va qo'shimchasi bilan javob oldi:

-Toshturma o'ziniki, "Qo'yliq jenkolonna" qiziniki...

 

91.G'ULOMOV BOG'I

 

-Ulug'bek bog'ining nomini o'zgartirib "G'afur G'ulom bog'i" deb atashibdi, voy ablahlarey,- jig'ibiyron bo'ldi bir O'zbek.

-Bu hali holva, shu ketishda "Amir Temur bo'g'ini" "Qodir G'ulomov bo'gi" deb nomlashadi, hali,- deya kesatdi boshqa O'zbek.

 

92.URUSGA UYLANGANDIR

 

- Falonchi ruschani bilmaydiyi rus tilida kitob yozibdimi?- so'radi bir muxolifatchi ikkinchisidan.

-U ham rusga uylangan bo'lsa kerak,- dedi savolga javob bergan muxolifatchi.

 

93.ORQASIGA TEPDI

 

-2007 yildagi saylovga hozirdanoq tayyorgarlik ko'ringlar. G'arbni aldab bo'lmay qoldi,- dedi prezident maslahatchilariga.

-"Operatsiya-91"ni yana ishlatsakchi. G'arbni ham qoniqtirgan bo'lamaiz ,- dedi Bosh masalahtchi.

-U nima deganing?

-Muxolifatni ro'yxatga olamiz, ulardan ham o'zimizdan ham nomzod chiqaramiz, saylovdan keyin ularnikini yutqazdi, deb orqasiga tepamiz,-deb javob berdi maslahatchi.

-Yana o'sha gapda, qulog'im ostidagi shovqin bitmaydi yana,-dedi prezident.

-Siz saylovda qatnashmayman, deyapsiz-ku, qo'yavering, yangi saylangan presidentning ham boshini biroz qotirishsa hech narsa qilmaydi.

-Ablah, bu xalqni bilmas ekansan, to o'lmagunimcha mendan boshqasini saylamaydi,-deya qo'l siltab joyidan turib ketdi prezident. Ertasiga Bosh masalahatchi chet elga elchilikka tayinlandi.

 

94.HAR EHTIMOLGA QARSHI

 

-Gulnora haqida gap-soz'lar ko'payib ketdi,-dedi xotini eriga.

-Moskvaga ketsin, degandimku!- baqirdi eri.

-Odamlar ona vataniga ketdi, deb aytishlaridan qurqayapti.

-Qo'rqadigan bo'lsa, Moskvadan nega uy sotib oladi?

-Har ehtimolga qarshi...

-Hozir ham har ehtimolga qarashi ko'zimdan yo'qolsin!

 

95."INTERNETDAN ESHITTIM"

 

-Maqsudiy "Amerika Ovozi"ga interviyu beribdi,- dedi yurtboshining yordamchisi.

-Nega bo'g'mading?- achchiqlandi yurtboshi.

-U Amerikada yashagani uchun qo'limiz kaltalik qildi-da...,- gunohkor boladek tovlandi yordamchi.

-Uni bo'g'ish qo'lingdan kelmasligini bilaman, radioni nega bo'gmading.

-Bo'gib qo'yganman, xo'jayain. O'zim ham devondagilarga qo'shilib Internetdan eshittim.

 

96.TANGRIBOY

 

- Maqsudiy nima debdi?- qiziqdi prezident uning radioga interviyusi haqidagi xabardan keyin.

- Nevarangizga Islom deb u ot qo'ygan emish, shuni aytdi,-dedi yordamchi.

-U qo'ygan bo'lsa mana men o'zgartiraman,-jahli chiqdi perzidentning.

-Keyin dindorlarga qilingan hujumlarni qanday oqlaymaiz. Hozirgacha mana hatto nevaralarining ismlarini Islom va Iymon qo'yganlar, bu kishi yurakdan din tomonida, deb turibmiz.

-Berdisini aytmasdan yoqamga yopishmasangchi, men Islomchikning otini Tangriboy deb o'zgartiraman.

 

97.YAXSHI ODAM EDI

 

Maslahatchi prezidentning oldiga kirdi:

-Haydar Aliyev o'libdi,- dedi.

-Yaxshi bo'libdi, sassiq chol jonga ham tegib ketgan edi.

-O'gli Ilhom Aliyev uning joyiga perzident bo'libdi,- dedi maslhatchi qo'liagi qo'gozga tikilib.

-Hmm, otasini Xudo rahmat qilsin, durust odam edi, darrov ta'ziyanoma yubor,- dedi yurtboshi. p>

 

98.AQLDAN OZISH BELGISI

-O’zbekistonda nima ish bo’lsa hammasini prezident men qilganman desa, chetdan bo’layotgan hamma ishni o’zini muxolifat lideriman, deb yurganlar, men qilayapman, deydi, xo’p qiziq zamonga qoldikmi?- so’radi bir yo’lovchi yo’ldoshidan.

-Jinnixonadagi jinnilar bu gapni eshitib qolishsa, "Ular noto’gri aytishibdi, hamma ishni mana biz qilganmiz", deyishadi,- javob berdi sherigi.

 

99.ELCHINING QAYNONASI O’LGANDA

 

Xorijdagi o’zbeklar bir- biriga telefon qilib:

-Elchining qaynonasi o’lib qolibdi, bir fotihaga borib kelmaymizmi,-der ekanlar, ulardan birining yodiga Afandi latifasi tushdi. Afandi har kuni Allohga yolvorib:

-Podshoimizning qaynonalarining jonini ol,-deb yolvorar ekan. Buni eshitib yurgan qo’shnisi bir kuni sababini so’rabdi.

-O’zlari bizni hech chaqirmaydilar, shu bahonada borib ham tanishib, ham oshlarini yeb kelardik-da,- debdi Afandi.

 

100.BILDINGMI, XUMPAR

 

Prezidentning Vazirlar mahkamasi majlisi oldidan nutqini yozib bergan maslahatchisi:

-Tayyorlangan hisobotda O’zbekiston chetdan olgan qarz va yordamlar bir necha million, deb juda ham kamaytirib aytilibdi. Balki xato ketgandur, aslida qarzlar va yordamlar 18 milliard dollardan oshdi,- dedi.

Prezidentning jahli chiqdi-da:

-Hamma senga o’xshagan "aqlli" emas,-dedi.- Biznikilarga chet eldan shuncha yordam keldi desang, "Bular shuncha milliradni yeb yuboribdi", deyishadi, bildingmi, xumpar. Qancha kamaytirib aytsang shuncha yaxshi.

 

101.MUKAMMAL

 

-Markaziy Osiyo liderlari Qozog’istonda to’plandilar, kun tartibida nima bor edi?- soradi amerikalik jurnalist qozoq hamkasbidan.

-Nursulton og’aning, ya’ni Sultonimizning tug’ilgan kunlari edi,-javob qildi qozoq jurnalist.-Payg’ambar yoshini nishonladilar.

-Turkmaniston prezidenti nega boramdi?

-U o’zini payg’ambar deb e’lon qilganku, Nega kelsin?

-Sizlarda zo’r ekan, bittasi payg’ambar, ikkinchi Islom, uchinchisi Imom, to’rtinchisi Sulton va oxirgisi Askar. Pichog’i ham arqoni ham o’zlaringdan mukammal ekan-a?

 

102.DINGA BOG’LIQLIK

 

Internetni ko’rib o’tirgan Prezident maslahatchini chaqirib:

-Nima bo’ldi, nega Haqnazarov imzosi bilan material chiqarishni to’xtatdingizlar?-deb so’radi undan.

-"Haqnazarov" degan ot dinga bog’liq bo’lgani uchun mashhur bo’lib ketdi, keyin hamma shu ot bilan yoza boshladi. Internet deganini nazorat qilib bo’lmas ekan. Qorishib ketdi. Shuning uchun biroz kutib turaylik’chi, dedik,- javob qildi maslahatchi.

-Lattasanlarda, oti dinga bog’liq bo’lsa xo’tigini ham bog’lab qo’yavermaysanlarmi? "Haqnazarov"ni o’g’irlashsa, boshqa ot kammi? Ollohberdi Xudoynazarov, Rahmon Tangriqulov, deb to’qib tashlamaysanlarmi? Farqi nima, oti dinga bog’lansa bo’ldi, galvars olomon ishonib ketaveradi…

-Ha, galvars olomon Islom Karimovga ham ishonib yuribdi-ku?

Maslahatchi xayolidan o’tgan bu gapdan qo’rqib, lablari gezarib ketdi.

 

103.SOVCHISI BOR YIGIT

 

Amerikaga o’qishga kelayotgan ikki talaba uchqichda suhbatlashib qolishdi.

-Iltimos, menga ko’p gapiravermang, Amerikaga borayapti, deb shunday ham ko’p sovchilarim bor,- dedi soqoli sabza urmagan yigitcha so’limgina qizga.

-Voy, nima deyapsiz, biz hali Hindiston bo’lganimiz yo’q-ku, qiz tomon yigitnikiga sovchilkka borsa, buning ustiga men sizga faqat yo’ldosh sifatida gapirdim, xolos, -dedi qiz talaba.

-Men qizlar bilan emas, yigitlar bilan yo’ldosh bo’lishni orzu qilgandim, lekin… Qiz talaba uning gapini bo’ldida:

-Amerikada sovchisi bor yigitlarni "geylar" deyisharkan, qo’rqmang o’zingizga anchagina do’st topib olasiz, hali, omad, orzuga ayb yo’q-deb boshqa joyga borib o’tirdi.

"Sovchisi bor’ yigit anqovroq ham ekanmi hech narsa tushunmadi shekilli:

-Hmmm, noziga qarang,- deb qo’ydi.

 

104.LAYLI VA MAJNUN

 

-Eshitdingmi, Sodiq akamiz predentning qiziga uylanarmishlar, degan maqola chiqibdi, o’zim o’qidim, Internetda,- dedi xorijdagi talabalardan biri ikkinchisiga.

-Nihoyat oshiq-ma’shuqlar visolga qovushadigan bo’libdilar-da,-dedi ikkinchi talaba.

-Nega unday deyapsan?

-Ilgari Sodiq akamiz prezidentning qizi bilan "oldi-berdi"si uchun vazirlikdan quvilgan, keyin ham bu ishni chetda turib davom ettirgandan so’ng qo’lga tushib qolgan va xotinini haydab, prezidentning qiziga uylanishga tayyorman degach, yana Toshkentga chaqirilgandi.Xudoga shukur, o’zbek "Layli va Majnun"larining hikoyasi yaxshi tugaydigan bo’libdi.

-Lekin tarixda minglab "Layli va Majnun"lar bo’lgan, ammo hech birining oxiri yaxshi tugaman.

-O’zbekistonning hamma sohada o’z yo’li bor, kerak bo’lsa bu sohada ham o’z yo’limizni yaratamiz, bezovta bo’lma!-xitob qildi talaba.

 

105.O'RGIMCHAK

-

Saddam sakkizoyoq, axtapotga o'xshab qochishga usta ekan-a?- dedi o'zbek talaba.

-Qo'rqma,-deb javob qildi unga do'sti,-bizniki qocholmaydi, bizniki o'rgimchak, u o'zi to'qigan to'r-uyaga oyog'idan osilib o'ladi.

 

106.QOQSAROY

 

-Karimov yana besh yil qolsa nima bo'ladi?- deb so'radi chet ellik mehmon bir o'zbekdan.

-O'zbekiston-Jasliq, Toshkent-Tosh kent, O'zbek- Bo'z bek, Cho'z Bek!- bo'ladi dedi.

Chet ellik hech narsani tushunmadi.

-Qachon Karimovning kimligini bilsangiz buni ham tushunasiz,- dedi o'zbek anqayib qarab turgan mehmoniga.

 

107.XALQARO LAQAB