Jahongir Muhammad

 

BIR RASM

AFSONASI

 

"ERK" Web sahifasidan ko'chirma:

"O'zbek hukumatiga va muxolifatga savollar

 Savollar:

1. Nega O'zbekiston hukumati bu suratni(Sahifada 1995 yilda yilda olingan bir surat berilgan va bu savollar shu haqda-JM) shu paytgacha e'lon qilmagan? (Surat O'zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmatiga yaqin manbalardan olingan). Axir xuddi shunday surat asosida ERK Partiyasi raisi Muhammad Solih sud qilinib, 15 yil qamoq jazosiga hukm qilinmadimi? Hukumat qo'lida shunday suratdan boshqa M.Solihng Islomiy harakat bilan aloqadorligini isbotlaydigan hech qanday dalil yo'q edi-ku?

2.Yana bir muhim savol: Nega MXK(SNB) bu suratni faqat endi "ishga solish"ga qaror berdi?

Yoki biron narsaning fursati keldimi? Nimaning, kimning Fursati keldi?

Malumki, 1999 yil fevral voqealari mahkamasiga chiqarilgn "guvoh" Zayniddin Asqarov yuqoridagi surat "personajlari"ga qarshi ham ko'rsatma berdi, ammo bu ko'rsatmalar elon qilinmadi, buning siri nimada?

3.O'zbekiston hukumatining bunday ikki xil yondoshish usuli ostida nima yotibdi - o'zi shundoq ham parchalangan muxolifatni yana ham parchalash rejasimi yoki bu yerda bundan ham jiddiyroq niyatlar yashirilganmi?

4. So'nggi paytlarda "Amerika ovozi" radiosi o'zbek bo'limi, aniqrog'i, uning xodimi Jahongir Muhammad(Mamatov) tomonidan O'zbekiston muxolifatiga qarshi kuchayib ketgan propagandani nazarda tutib, bu soxta muxolifatchilarni boshqarib turgan Markaz Toshkentda joylashmaganmi, degan savol tug'ilmaydimi?

5. Nega hech kimning xayoliga "nima uchun 8 yil davomida bu "muxolifatchi"lar nomi O'zbekiston matbuotida na yaxshi, na yomon tarafdan loaqal biron marta ham eslanmadi-yu, bu davr mobaynida Muhammad Solihning nomi totalitar rejim matbuoti va televideniesidan "xalq dushmani" sifatida hech to'xtamay qoralandi," degan savol kelmaydi?

Bu haqda xolis kuzatuvchilar shunday yozadi:

"1999 yil fevral oyining 18-chi kuni Toshkentda yuz bergan qayg'uli voqealadan so'ng aynan so'z qo'riqchilari ekstremizmga qarshi kurashning yo'l ko'rsatuvchilariga aylandilar. Ular redaksiyalarga bu voqealardan g'azablangan odamlarning ocherk va maqolalarini chop etishni buyurardilar, agar odamlar hech narsa yozmasalar, ular jurnalistlardan ana shunday "munosabat"larni to'qib-bichib yozishni talab qilardilar. Masalan, "Xalq so'zi" gazetasi asosiy "terrorist" Muhammad Solih haqida maqola chop etdi("u ko'p xotinli, ko'rimsiz bir shoir va portlashlarning ma'naviy tashkilotchisi" qabilida) va senzura o'sha kuniyoq rus tilida chiqadigan nashrlardan "munosabat" talab qildi. Va jurnalistlar quyidagi qabilda "munosabat" to'qishga majbur bo'lishdi: "Men, kabel zavodida ishlaydigan Vasya Pupkin, yaramas Solih haqida o'zbek tilida chop etilgan maqolani o'qidim va bu g'ayriinsonga o'zimning noroziligimni bildiraman, u hech ham shoir emas..." Va so'z nazoratchilari mana shunday "liniya" yil davomida ushlab turilishini qattiq nazorat qilib turishadi.("Osobennosti hatsiyonalnoy tsenzury" Alisher Juraev. Tsentr Ekstremalnoy jurnalistiki.27.03.2001)

6. Voqealarni ko'rib turgan har qanday kishi shunday deb savol berishga haqli: nega Muhammad Solih va uning ukalarinining uylari musodara qilingani singari bu soxta muxolifatchilarning  uylari musodara qilinmagan, nega ularning qarindoshlaridan birontasi ham Muhammad Solihning qarindoshlari singari qamoqqa olinmagan, qiynoqlarga solinmagan?

7. 8 yillik umrini  faqat ERK Partiyasiga qarshi tuxmat qilish, uning obrusini to'kishga sarflagan bu guruhni "Karimovga qarshi Muxolifat" deb atash mumkinmi?

O'zbek muxolifati yillar davomida O'zbekiston demokratik kuchlarining Birlashgan Jabhasini   tashkil etishga urunib keldi,(eng songgisi 1992 yilda tuzilgan Demokratik Forum edi), ammo bu bunga doim yana o'sha "po'latovalr" halaqit berdi - ular muhojirotda qanday "Missiya" ni ado etmoqda? Va bu "Missiya" ularga kimlar tarafidan topshirilgan?

 

Cengiz Turan

Turkistan-NET, 04.04.2001".

 

"ERK"dagi bu rasm va bir necha tilda(?)gi   savollar  menga qaratilmagani va men muxolifat tarkibida emasligim uchun uni avvaliga parvosiz qoldirdim. Ammo uning ortidan yuz bergan voqelar bunga qaytishga undadi. 2001 yilning 17 May kuni bu xususda yoshiga to'ri keldi.

 

IG'VOGARGA YOZILGAN MAKTUB

   

Biz rasmga tushgan kunlar 1995 yil oxiri edi. Tohir Yo'ldosh bilan avval Abdurahim Po'latovning Istanbulning Kadiko'y mahallasidagi uyida uchrashdik. U bir necha kishi bilan keldi va salom alikdan so'ng:

-Bir xonaga o'tib gaplashaylik,-dedi.

Abdurahim Po'latovning bolalari uxlaydigan xonaga o'tdik. Ikki qavatli karavotga suyanib o'tirgan Tohir:

-Menga siyosiy qanot kerak,- dedi.- Armiyam bor, askarlarim bor, faqat siyosiy bir kuch bo'lsa bas, hukumatni unga olib beramiz.

Biz uzoq gaplashdik. Men:

-Toliblar bizga hech qachon do'st bo'lmaydi,-dedim,-Agar ular O'zbekistonga kelsalar va siz ularning safida bo'lsangiz, biz Amudaryoning ikki sohilimiz!          

Abdurahim Po'latov ham O'zbekistonda islom davlati emas, demokratik davlat tuzish masalasida qarorli ekanini aytdi. Tohir kayfiyati buzilib xonadan chiqarkan, zaharxanda kulib turib, yarmi hazil-yarmi chin shaklida " Sizlar kommunist bo'lganlaringcha qolibsizlar" dedi.

Uning hali Karimovni o'ldirish haqida gapi yo'q edi. Ammo Islom davlati rejasi unda paydo bo'la boshlagan edi. U birgalashib kurashylik, deb atrofiga odam to'playotgandi.

 

U ketayotib " Men MS ( Madaminov Salay va yoki Muhammad Solih-JM) bilan ko'rishaman, keyin sizlar bilan ham takror  uchrashaman" dedi. Ertasiga Tohirning Istanbuldagi vakili Zayniddin Asqarov telefon qildi va Tohirning men bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi.

Zayniddin ikki yil oldin Istanbulga kelgan va ora sira telefon qilib turardi. U doim MS ning yonida bo'lganini aytar va uning mendan juda ham ranjiganini takrorlardi.

Tohir bilan ertasi kuni kechqurun bizning uyimizning yonida, benzin kolonkasi oldida gapashdik. Tohir uyga kirishga vaqtim yo'q, desa ham ikki soat chamasi tortishdik. U menga katta pul evaziga o'zi bilan Eronga borishimni va Tojik muxolifatining radiosida O'zbekcha eshitirishlarga bosh bo'lishimni so'radi. Men unga o'zbek o'laroq bir vatan farzandlari, lekin, biz g'oyaviy jihatdan boshqa- boshqa odamlar ekanligimizni, qurolli yo'l emas, maqsadimiz, balki demokratiya ekanligini tushuntirishga harakat qildim.

U ketayotib " Xato qildingizlar, Muhammad Solih sizlarga qaraganda ancha yaxshi tushunar ekan" dedi. Men undan gazetaga interviyu berishini suradim. O'shanda "Turkiya" gazetasida ishlardim. U rozi bo'ldi va ertasiga uchrashadigan bo'ldik. U Abdurahim Po'latovga ham va’da bergan ekan. Istanbul markazidagi Yoshlar uyida uchrashdik. Rasmga o'sha yerda tushdik. Boshqa rasmlar ham bor.Interviyudan keyin u MS bilan uchrashgani va bizlarga oxirgi marta birga bo'lish taklifini qilayotganini aytdi. Biz o'zbek sifatida bir-birimiz bilan uchrashib, gaplashishimiz mumkinligi, lekin g'oyalarimiz ayri-ayri qolishini takror aytib xayrlashdik.

Zayniddin Asqarov oldin gazetaga  ham kelib turardi. Birdan oyog'ini uzdi. Ammo ora-sira telefon qilib MS bilan Eronga, Afg'onistonga, Chechenistonga borib keldik, deb aytardi. Yoki Tohirning Istanbulga kelgani haqida ham sha'ma qilardi.Men uning bunday uslubini tushunmas va MS ning navbatdagi o'yini deb qo'yardim. Ammo o'shanda MS ning "Ozodlik" radiosidagi bir chiqishi diqqatimni tortdi.

MS vahobiylar haqida gapirib, bu oqimning fazilatlariga to'xtaldi va so'ng toliblar bizga dushman emas, do'st ekanligini aytdi. Abdurashid Do'stimni do'stim, deb kelgan MS birdaniga unga ham qarshi fikrlar bildirdi. Men ko'proq turkchi, turonchi goyasiga yaqin bo'lganim uchun buni hazm qila olmadim.

Abdurashid Do'stim Anqaraga kelganida Abduraim Po'latov bilan huzuriga bordik. U bilan  "Turkiya" gazetasida katta suhbatim, rasm bilan birga bosilgan. Kelgusida balki u ham "terrorci" deb topilib qolsa dalil qidirganlarga buni oldindan aytib quymoqchiman.

Keyinchalik "Radikal" gazetasida Anvar Oltoyli va MS haqida turkum maqolalar chiqqanda MS va Do'stim orasi nega buzuq ekanligini tushundim.

Maqola "Yo'qolgan pullar MHP kuryerida" deb nomlangan va Turkiyaning eng mashhur gazetalaridan biri bolgan Radiklada 1996 yil 17 dekabr seshanba kuni bosilib chiqqandi.Gazetaning yozishicha Turkiya hukumati Abdurashid Do'stimga Anvar Oltoyli orqali 12 million dollar yordam yuborgan. Ammo pulning hammasi Do'stimga bormagan. Oltoyli qolgan pulni MS ga berganini aytgan. Bu ishda Turkiya hukumatida ishlagan Kamol Yujaorol(turmush o'rtog'i o'zbeklardan va o’zi MS ning do'sti. Bulent Ejevitning MSning kitobiga yozilgan so'zboshisini ham shu odam uyushtirgandi) arachilik qilgan ekan.

Darhaqiqat shundan keyin men bazi savollarimga javob topganday bo'ldim. Turkiyada yashash oson emas edi. Men kelganimdan ko'p o'tmay  gazetada ishlay boshladim. Ammo bir oilani boqish uchun bu maosh yetmas edi. KOCH universitetida o'zbek tilidan dars bera boshladim. BBC radosiga muxbirlik qildim. "Ozodlik" bilan hamkorlik qildim. Shunda ham ba’zan  qo'l kaltalik qilgan paytlar bo'lgan. Ammo MS Istanbulning eng qimmatbaho joyidan uy olgan va shohona hayot kechirar, lekin hech qayerda ishlamas edi.  Kitob chiqarish uchun ham pul kerak edi. Gazeta uchun ham, sagfarlar uchun ham...

Xullas, gazetadagi maqola ko'p narsani oydinlashtirdi. Bu paytda hukumat almashib, pul berganlar o'rniga islomiy REFAQchilar kelgandi. Kechagina demokrat bolib, yurgan MS endi dindor bo'lib qoldi. U namoz o'qishni boshlash bilan birga Umraga ham borib kelsada ba’zan "qittay-qittay" qilishni ham qo'ymas edi. Ammo tekshir-tekshirlar boshlangani uchun Turkiya unga tor bo'lib qoldi.

Mayli bu ayri mavzu. Tohir masalasiga qaytadigan bo'lsak O'zbekiston hukumati MSni faqat bitta rasm uchun ayblayotgani yo'q. Uning 1994 yilda qurol yo'li bilan davlat to'ntarishiga harakat qilgani sir emas. Bu haqda kitoblarimdan batafsizl ma’lumot topishingiz mumkin.

MS Afg'onistonga bormaganini ham isbotlay olmaydi. Chechenistonga borgani ham o'rtada. General Lebed bilan uchrashgani esa ERK gazetasida shov-shuv qilindi. Anvar Oltoyli bilan Saudiya Arabistoniga qayta-qayta borib kelishgani ham oydan ravshan. Mening shaxsiy fikrim shunday: Toshkent portlovlarini O'zbekiston hukumati qilgan. Lekin MS va Tohirni bu ishda qo'llanishgan. Ya’ni taxminan ishtirok 70 ga 30 foyiz darajasida bo'lgan.

O'zbekiston hukumatio’zini qo'llanayotganini MS bilib turganiga ham ishonaman. Chunki Turkiya elchisi bo'lgan Abdulla Abdurazzoqov bilan doim xufyona uchrashib turgani va Abdurazzoqov Toshkenga chaqirilgach ham undan maktub olib turganini bilaman. Hukumat MSni Abdurazzoqov va Oltoyli orqali boshqargan. Hukumatning maqsadi MS bo'lmagan. Balki islom tahlikasini kuchlantirib o'z umrini uzaytirmoqchu, demokratiya istaganlarni ham yo'qotmoqchi va zulmni xavfsizlk tahlikasi bilan oqlamoqchi bo'lgan. Ammo tahlika rostdan ham kuchaydi va bunga hukumatning o'zi aybdor.

"ERK" e'lon qilgan savollarda shunday satr bor:"Surat O'zbekistom Milliy Xavfsizlk xizmatiga yaqin manbalardan olingan". Bu esa hukumat bugun ham MSni kimlardir orqali boshqarayotganini ko'rasatdi. MS "Iqror" kitobining tarjimai holi yozilgan qismida,  440 betda shunday yozadi:

"1984 yil may oyida meni KGB ga chaqirishdi. Bir rus mayori suhbat qildi. O'sha paytlari Toshkentda bir amerikalik olim yigit bilan tanishib qolgan edim. KGBni shu Amerikalikning dunyoqarashi va albatta mening unga qarashim qiziqtirgan ekan. Mening aytganlarim unga ma’qul bo'lmadi. Shunga qaramay, suhbat so'ngida tez-tez uchrashib tursak yaxshi bo'lardi, dedi mayyor".

Sundan keyin MS mayyor hec kimga aytmang degani bilan bu uchrashuvni hammaga aytganini yozadi. Song "84 yil oxirida mening hayotimda yana bir muhim voqea ro'y berdi. Yozuvchilar soyuzi menga bir emas, ikki emas. Roppa-rosa uch xonali kvartira berdi" deb yozadi MS. O'sha yillarni bilganlar aytishsinchi, KGB ga qarshi chiqqan odam kvartira ololarmidi?

Men MS KGB chi demochi emasman. Balki uni qo'llanishgan, degan fikrdaman. U har narsaga darrov ishonadigan va do'st dushmanni ajrata olmaydigan, ig'volarga berilib ketib, nimalar bo'layotganini unutadigan bo'lgani uchun ham hozirga qadar qo'llanishmoqda. Bo'lmasa qanday qilib, bu rasmni MXX "ERK" sahifasiga chiqishini taminlaydi?

Savollarning men haqimdagi qismida esa mening "Amerika Ovozi"da muxolifatga qarshi propaganda ishlari olib borayotganim masalasidir. Juda qiziq, radioning yopilishi haqida gap ketsa meni Islom Karimovga qarshi tinimsiz tanqidiy chiqishlar qilganim uchun ayblashadi. Yoki Tohir Yo'ldosh bilan suhbat qilganim bunga sabab bo'ldi, deyishadi. "Amerika ovozi" men ishlagan davrda  haqiqatdan ham Karimovni deyarli maqtamadi. Chunki Karimovni maqtaydigan matbuoti bor. Muxolifat a’zolaridan ham aksariyatiga doim so'z berildi va senzura qilinmadi. Radioda bugunga qadar kamdan-kam tortishilgan mazularga ham  qaytiladigan bo'ldi. U ham bo'lsa muxolifat o'rtaisdagi parchlanishni yo'qotib, umumiy demokratiya va inson huquqlari masalasida birlashish. Bu mening o'ylab topgan narsam emas. O'zbekistonda yetilgan masala bu. "ERK"chi va "Birlikchi"lar o'rtadagi g'avg'olarga yetar, bas demoqda edilar. Men ham birlashish masalasidagi fikrlarni olib ortaga qo'ydim. Gapirgan men emas, balki muxolifat a’zolari. edi. Agar o'z safdohslaringizning tanqidini hazm qila olmasangiz liderman deganingiz necha pul deb so'raydigan yo'q. ,

Biz esa ezgulik xizmatida. Radio eshitmaydigan va ukasi yoki boshqa birovning gapi bilan darhol jahli chiadigan MS buni o'ziga qarshi deb bilmoqda. 1994 yilda Istanbulda ekanmizda ukasi Muhammad Bekjon "Ozodlik" radiosidan bizga tosh otmoqdalar deganida, darhol radioga raddiya xati yozib menga "Qo'l qo'yib jo'nating' dedi. Men unga: bu ahvolda Karimovdan farqimiz qolmaydiku? U tanqid uchun odamlarni qatag'on qilmoqda. Biz ham radioga darhol xat yozsak, qanday bo'ladi. Ular shaxsimizni haqorat qilishgan emas. Hatto otimizni tutib tanqid ham qilishgan emas, faqat Abdurahim Po'latovga so'z berishganda u nimalargadir ishora qilib gapiribdi,- dedimu baloga qoldim.

Xatni o'zi imzolab yubordi va so'ng radio bo'lim boshligi Yoqub Turonga telefon qilib u bilan ham ancha tortishdi.

Darvoqe, "Amerika ovozi" masalasiga qaytasak, bu egasiz dargoh emaski, JM hamma ishni qilsin. Bo'limda eng kichik lavozimda bo'lgan odam kamina edi. Olinadigan va beriladigan suhbatlar mudir bilan maslahatli qilinardi. Mudir eshitib ko'rgandan keyin efirga berilardi. Masalan, men rahbariyatning izni bo'lmasdan biror interviyu olganim yo'q. Tohir Yo’ldosh va yoki uning safdoshlari telefon qilganda mudir menga buyurgan va bu ishni men bajarganman.

O'zbekiston Islomiy harakati terroristlar ro'yxatiga kirganda va Tohir Yo’ldosh radioga telefon qilganda men mudira  "Borib rahbariyatdan so'rab kelingchi, olishimiz mumkin-mi" deganman. Rahbariyat esa bu yer Amerika, so'z erkinligi, deb javob qilgan. Agar "ERK" da savol berganlarning mantig'iga quloq solinsa, jurnalist Ahmad Rashidni qamab qo'yish kerak ekan-da. U nafaqat interviyu olgan,b alki Afg'onistonda o'zbekistonliklar bilan yuzma-yuz uchrashgan ham.

Agar "Amerika ovozi"ning Karimov rejimiga qarshi bo'lganlarga keng o'rin berganini muxolifat qarshi propaganda desa, buni o'ylab ko'rish kerak.Menimcha gap bunda emas. Bu bir kasallikning alomati. Nega men emas, ular tanqid qilishadi,  degan ichki bir hasad kasali bu. Balki Karimov rejimi yana MSni  qo'llangan bo'lmasin?!

Savollarda diqqatni tortgan yana bir necha jihat bor.

Birinchisi: Bugunga qadar O'zbekiston hukumati faqat MSni gapirayotgan va boshqlarga, jumladan menga indamayotgan, ekan. Shu qadar ham so'qir bo'lish kerami? 1994 yilda 300 raqamli Jinoyat ishida MSning  qozon qorasidan bizga tegmaganmi? Yaqinda, yani 2000 yil 19 Noyabrda O'zbekiston Oliy sudi chiqargan hukmda garchi muxolifatdan chiqib ketganinga besh-olti yil bo’lganiga qaramay mening  nomimni bir nech joyga tirkab qo'yishganini nahotki MS ko'rmadi? U holda Hukmni yana bir o'qib chiqsin. Hamma qilg'likni u qilib, balosiga boshqalar qolmoqdaku? Yana nega menga indaydiyu boshqalarga indamaydi, deyishi uning xarakterida men ochmoqqa uringan detallarni oshkor qilib turibdi.

Esimda hukumat mening o'yimni olib qo'yganda(Darvoqe savollarda nega MSning uyini olishdiyu boshqalarnikini olishmaydi deb so'rashgan.)MS "Bu haqda gapirishimni ham istamasdi. Qarindoshlarimni qamashganida ham O'zbekistondek katta masala oldida bular mayda chuyda,  degan shaklda gap qilardi. Ammo navbat o'zining uyini olishga kelganda bu xabarni telefonda eshitayotib lablari gezarib, qo'llari qaltirab qolgandi. Mol-mulk jigar, deydilar. Men chekkan aziyatlarni MS bu qadar tez unutgani uning xotirasida ham zaiflik boshlanganining dalolatimi? Yaqinda Amerikaliklar bir kashfiyot qilishdi. Odamlar eslab qolmaslikka ataylab urinsalar xotira hodisalarni xazinasidan uloqtirar ekan. Bu ikki taxmindan qaysi biri to'g'ri bu menga qorong'u. Umuman men va qarindoshlarim va yoki Po'latov va qarindoshlari Karimovdan aziyat chekmagan taqdirda ham "Nega bularga indamayapsan" deb baqirishning o'zi dahshatli hol. Bunday odamdan hamma narsani kutsa bo'ladi.

Men sakkiz yildan buyon ERK partiyasiga va yoki MS yozganidek, ERK ga qarshi kurashibman. Men ERK partiyasidan chiqqanimdan keyin biror marta ham ERKga qarshi yozmadim. ERK bu xalq . Xalqqa qarshi yozish mening uslubim emas. Ammo o'zini "ERK" deb hisoblagan MS o'ziga qarshi gaplarni ERK ga qarshi deb bilsa bu ham uning tarjimai holiga oid.

Men MSga toki u Safar Bekjonning nomidan yozilgan kitobida menga tuhmat, buhton yozmaguncha bilganlarimni ichinga yutdim. Endi bilsam, eng katta xatoim shu bo'lgan ekan. Andishaning otini qo'rqoq deydilar, deganlari bugun o'rtaga chiqmoqda. Karimov rejimi barobarida MS rejimi ham kamina haqida tinmay ig'vo tarqatib kelmoqda.

Birlik elektron sahifasini men tayyorlayman, deb o'ylaydi. Chunki men MS ni yonida bo'lganimda hamma yozish chizishlarni qilganim, gazetani o'zim chiqraganimni xotirasiga "unutma" degan. Bugun hatto Abdurahim Po'lotov o'z oti bilan yozganlarini ham mendan ko'radi. Men keyingi bir yil ichida Abduraim Po'latov bilan faqat bir marta uchrashdim, u ham bo'lsa u radioga tashrif buyurganda. "Birlik" sahifasiga esa aloqam yo'qligini yozishimga ham hojat bo'lamasa kerak.

MS o'zini ovutib JM yana menga tuhmat qilmoqda va rasmni Cengiz Turon degan turk e’lon qilgan,  men emas, deydi. Bu cho’pchak. U odam agar bor bo'lsa "Amerika ovozi"nining o'zbekcha eshittirishlarini eshitib tushunmaganga o'xshaydi. O'zbek turkchasini o'rganishni maslahat bergan bo'lardim unga. Agar u yozgan bo'lsa, MS ga shu qadar yoqib ketibdiki "ERK" sahifasining "qoshi" bilan "ko'zi"ga aylandi bu rasm va savollar? Agar rostdan ham faqat rasm tufayli ayblanayotgan bo'lganda "Qo'yinglar bu tuhmatni men yashayapman, dushmanimga ham ravo ko'rmayman" degan bo'lardi. Afsuski, bu ham uning terrorga boshi kirib, orqasi chiqmay qolganini ko'rsatadi. Qisqa qilib aytganda qo'li qon odam har qanday qabihlikdan qaytmas ekan. MS qisman  rohat qiladigan bo'ldi. Bugun mening opam va singlimni qamoqqa olishdi. ( Vashington, 2001 yil, 17 May)